- Bir qancha olimlarning tadqiqotlarda odamlarning harakat usullari nerv sistemasi umumiy tipining xususiyatlari bilan aynan bir tipik vaziyatda va sharoitda bir xil ijobiy munosabatda bo`lish bilan solishtirib ko`rilgan. Bunda shu narsa aniqlangan-ki, nerv sistemasi umumiy tipining zid xususiyatlarga psixologik jihatidan zid bo`lgan xarakat usullari mos keladi. Masalan: sust nerv sistemasiga ega bo`lgan o`quvchilar yaxshi tanigan o`rtoqlarining tor doirasi bilan alohida qilishga loyiq bo`ladilar. Ular o`z tashabbuslari bilan o`zlari haqida kamdan-kam biror narsa aytadilar. Ular juda qiyinchilik bilan yangi tanish orttiradilar, ammo ular eski o`rtoqlari bilan uzoq vaqtga ajratayotgan bo`lsalar, ular bilan munosabatlarini uzushlari qiyin bo`ladi.
- Agar nihoyatda zid qarama - qarshi nazarda tutilsa, unda ayrim odamlarda bu sistema o`ziga ishonish, o`zidan mag`rurlanish, o`zbilarmonlik, maxtanchoqlik, urishqoqlik, o`ch olishlik, kekayishi, pismiqlik, jamoatchilik tomonidan ma harakat qoidalarni pisand qilmasliklarning qo`shilishida nomayon bo`ladi. Boshqa bir odamlarda bu sistemaga qarama - qarshi xususiyatlari bilan qo`shilgan holda namoyon bo`ladi.
- Xarakter strukturasini xar tomonlama o`rganish, xulq atvorni hayotning turli vaziyatlarga tahlil qilish, yashash sharoiti va tarbiyani qanday yo`lga qo`yilganligini o`rganish asosida to`liq o`rganish mumkin.
- Xarakter strukturasida birinchi navbatda uning ikki tomoni: mazmuni va shakli farqlanadi. Xarakter mazmuni shaxsning hayotidagi yo`nalishini, yanaviy extiyojlarini, qiziqishlarini, ideallarini tashkil qiladi.
Odam xarakterning strukturasi turli xususiyatlar va psixik protseslarning sintezidan iborat. Bular: - Ishonch.
- Ehtiyoj va qiziqishlar
- Intellekt tushunish, tushuncha, mulohaza.
- Iroda
- Hissiyot
- Temperament
Shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to`rta sistemasi farqlanadi. - 1. Kollektivga va ayrim odamlarga bo`lgan munosabatlarni ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik)
- 2. Mehnatga bo`lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar (mehnatsevarlik, yalqovlik, mehnatga masulyatsizlik bilan munosabatda bo`lish va shu kabilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |