Xarakterga psixologik yondashuv
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
www.sciencebox.uz Volume: 03 Issue: 01 | Jan - 2023 ISSN: 2181-2594 Journal of Innovations in Social Sciences 8 xos unsurlardan oladi. Ma‟lum bir asar qahramonining obrazini tarjimada to„laqonli aks ettirish uchun uning portretini, nutqini, xatti-harakatini to„g‟ri tasvirlab berish lozim. Tasvirlashning boshqa vositalari bilan bir qatorda portret tipik obraz yaratishning ta‟sirchan vositasi hisoblanadi. Portret qahramonning ichki dunyosini ochib berishga, xarakterini individuallashtirishga, uning o„zgachaliklarini ajratib turuvchi xususiyatlarni ko„rsatishga xizmat qiladi. Yozuvchining ijod qilish, yaratish uslubi va mahorati muayyan g‟oyaviy-badiiy funksiyalar bilan bog‟liq ravishda yuzaga chiqadi. Bu funksiyalarni, asarda, ma‟lum darajada, portret xarakteristikasi bajaradi. Shu boisdan qahramon portretini tarjimada to„laqonli tasvirlab berish uchun tarjimon portret yaratishda asar muallifi qo„llaydigan individual usullar haqida aniq tasavvurga ega bo„lmog‟i, har bir portret tasvirining xarakterga aloqador nuqtalariga, milliy xususiyatlariga diqqat qaratishi, portretdagi har bir detalning mazmuni va vazifalarini aniqlashi kerak bo„ladi. “O„tkan kunlar” romanida yozuvchi qahramonlarning ham ichki dunyosini, ham tashqi ko„rinishini, shuningdek, xarakterini ochib berishda qahramon portretini o„ziga xos yo„sinda aks ettirgan. Muallif birinchilardan bo„lib qahramonning tashqi ko„rinishi orqali uning psixologiyasi, xarakteri, ichki dunyosini ko„rsatishga erishgan. Qahramon portretini tasvirlashda ko„proq milliy bo„yoqqa ahamiyat berilganligi, o„z navbatida, tarjima jarayonida mutarjimga noqulayliklar tug‟dirishi mumkin: Otabek – “ogʻir tabiatlik, ulugʻ gavdalik, koʻrkam va oq yuzlik, kelishgan, qora koʻzlik, mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit” – romanning bosh qahramoni, savdogar, Yusufbek hojining oʻgʻli, bir muddat Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida tahsil olgan, yigirma toʻrt yoshda. Kumush – “quyuq jinggila kiprak”lari ostidan “timqora koʻzlari” boqib turguvchi, “qop-qora kamon, oʻtib ketkan nafis, qiyiq qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan choʻchigan kabi” koʻringuvchi, “toʻlgʻan oydek gʻuborsiz oq yuz”lik oʻn yetti-oʻn sakkiz yoshlardagi, margʻilonlik Mirzakarim qutidor qizi, Otabekning maʼshuqasi; roman oxirida kundoshi Zaynabning taomga qoʻshib bergan zaharidan oʻladi. Zaynab – toshkentlik Olim ponsadboshining qizi, “oʻn yetti yoshlar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, oʻrtacha husnlik”, Oʻzbek oyimning oʻgʻli Otabek uchun tanlagan kelini, Kumushning kundoshi: roman oxirida Otabek taloq qoʻyadi va u jinni boʻlib qoladi. Yusufbek hoji – Toshkent hokimining mushovir-maslahatchisi, Toshkentning mashhur aʼyonlaridan biri; Otabekning otasi, xalq, el-yurt manfaatini oʻylaydigan fidoyi shaxs. Oʻzbek oyim – Yusufbek hojining xotini, ellik besh yoshlarda; chala-dumbul tabiatlik, ammo eriga oʻtkirligi bilan mashhur xotin, uncha-muncha toʻy va azalarga “kavshim koʻchada qolgan emas” deb bormaydi. Hasanali – Otabekning “maʼnaviy otasi”, hoji xonadonining quli, oltmish yoshlar chamasida; oʻziga xos maʼnaviy qiyofaga ega qahramonlardan biri. Mirzakarim qutidor – Yusufbek hojining margʻilonlik doʻsti, savdogar, “qora qosh, qora koʻz, koʻrkam yuz”lik, qirq besh-ellik yoshlar chamalik kishi, Kumushning otasi. Oftob oyim – “oʻttuz besh yoshlar chamaliq goʻzal, xush bichim bir xotin”, Mirzakarim qutidorning jufti haloli, yaʼni Kumushning onasi. Oysha buvi – Oftob oyimning onasi, yetmishlardan oshgan kampir. Homid – Otabekning raqibi, Ziyo shohichining qaynisi, chaqimchilik, “qoʻlansa gaplar uchun yaratilgan odam”, romandagi shaxslararo konfliktda asosiy oʻrinda turadi; oʻttiz besh yoshlarda, Otabek tomonidan oʻldiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling