Adabiyot 7 umumiy
Download 21.64 Kb.
|
7-sinf adabiyot umumiy
Adabiyot 7 umumiy 1. Alisher Navoiy qalamiga mansub quyidagi qaysi asar tazkirachilikka oid? A) “Sab’at abhur” B) “Majolis un-nafois” C) “Xazoyin ul-maoniy” D) “Muhokamt ul-lug‘atayn” 2. Qaysi javobda Shuhrat qalamiga mansub doston berilgan? A) “Farzand” B) “Mehrol” C) “Ona va farzand” D) “Guldursun” 3. Quyidagi qaysi ijodkor Niyozsolih mulla maktabida tahsil olgan va Idrisbobo madrasasida o‘qigan? A) Hamza B) Zavqiy C) Maxtumquli D) Qodiriy 4. “Oq kema” qissasida bola nimani “aqli va quvnoq”, “tushlarini bir-biriga aytadi” deya tasavvur qilgan? A) toshlarni B) shiroljinlarni C) supurgio‘tlarni D) pechakgullarni 5. “O‘zimniki emas bu umr, To‘la menikams sezib turibman Bir vaqtlar meni deb halok bo‘lgan kimdir, Men uning uchun ham yashab yuribman. Ushbu she’r muallifining she’riy to‘plamini aniqlang. A) “Nilufar” B) “99 minatura” C) “Ishqim va rashkim” D) “Vafo” 6. Qaysi ijodkorn siyosatdan mutloqo yiroq bo‘lsa-da, siyosatning eng yomon joylariga atayin yuborilar, surgun qilingan shoirga o‘xshar va sho‘ro yillarida birorta asari chop etilmay vaqtli matbuotlarda qolib ketgan edi? A) Zavqiy B) Cho‘lpon C) Qodiriy D) Hamza 7. Xayriddin Saloh qalamiga mansub “Laylo”, “Yangroq hayot” asarlari qaysi janrda bitilgan? A) she’riy to‘plam B) pyesa C) doston D) qissa 8. Saida Zunnunovaning qissa va hikoyalari qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) “Qizlarjon”, “Sodiq va Anor” B) “Do‘stlik”, “Ko‘chalar charag‘on” C) “Bir yil o‘ylari”, “Xayrixon” D) “Gulbahor”, “Ko‘zlar” 9. O‘lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz” hikoyasida Sarsonboy otaga “jizillama” deya murojaat qilardi? A) rais B) oshnalardan biri C) kampiri Zebi D) Madumar aka 10. “Ravshan” dostonida Ravshanjonga sehrli uzuk bergan qahramon haqida qaysi javob to‘g‘ri? A) Hasanxonni bag‘riga olib, yoqasidan olib edi B) Avazning qiz bermaganiga bosiqlik bilan munosabat qilgan C) Mayna qushini kutib olgan D) Avaz va Hasanni quad qilish fikrini aytgan 11. Ernest Seton Tompsonning “Yovvoyi hayvonlar hayoti” asari haqida qaysi hukm to‘g‘ri? A) “Alanga” medali bilan taqdirlangan B) Ernest nomini butun olamga yoygan C) “Eliot” medali bilan taqdirlangan D) ikki jilddan iborat holda chop etilgan 12. Ubaydulloh Zavqiyning “Ajab ermas” muxammasida qo‘llangan shiori shar nimani ifoda etadi? A) adolatni B) qonun ustuvorligini C) islom, tinchlik, tenglikni D) adolat va qonun ustuvorligini 13. “Mehr va Suhayl” hikoyatida qaysi qahramon ov ketidan quvib, lashkardan judo bo‘ladi? A) Nu’mon B) Jobir C) Navdar D) Suhayl 14. O‘lmas Umarbekovning qaysi asarida yosh bir ayolning o‘limi va jinoyatlarni fosh etish qalamga olingan? A) “Urush farzandi” B) “Sevgim, sevgilim” C) “Fotima va Zuhra” D) “Yoz yomg‘iri” 15. Mirmuhsinning “Me’mor” romanida kim “Bu xudodan kelgan balo, ustod. Men bu uchun ortiqcha haq ololmayman” deb aytgan? A) G‘avvos B) Horunbek C) Zulfiqor D) Zavrak 16. Asqad Muxtorning keng jamoatchilik e’tiboriga tushishiga sabab bo‘lgan asar qaysi? A) “Po‘lat quyuvchi” B) “Daryolar tutashgan joyda” C) “Opa-singillar” D) “Chinor” 17. Hamzaning tashabbusi bilan qaysi shaharda “G‘ayrat” nomli kutubxona tashkil etilgan? A) Shohimardonda B) Qo‘qonda C) Namanganda D) Marg‘ilonda 18. Rasul Hamzatov necha yoshida Dog‘istonning mashhur shoiriga aylandi? A) 14 yoshida B) 15 yoshida C) 16 yoshida D) 18 yoshida 19. Shuhratning “Mardlik afsonasi” balladasidan olinmagan misrani aniqlang. A) Qo‘li bog‘liq yashashdan o‘lim a’lodir B) Uyat bizga dushmanga bosh egib yashash C) Bizga g‘ov bo‘lolmas shafqatsiz o‘lim D) Bo‘gzimda qolmasin erk to‘la kuyim 20. Shuhrat qalamiga mansub qaysi balladada fransuz bosqinchilariga qarshi kurashda qahramonlik ko‘rsatgan shaxs yoritib berilgan? A) “Jamila” B) “Raymonda” C) “Uch qiz afsonasi” D) “Guldursun” 21. Mirmuhsinning o‘zbek yoshlarininf ruhiyati va dunyoqarshidagi o‘zgarishlar tasvir markaziga olingan asari qaysi? A) “Chodrali ayol” B) “Tungi chaqmoqlar” C) “Qamar” D) “Ziyod va Adiba” 22. Quyidagi baytda qaysi tovush raviy sanaladi va u qanday qofiyaga misol bo‘la oladi? Arzim buki Qori sumalakka, Arzisa boshi yetsin falakka. A) mutlaq qofiya, a tovushi B) muqayyad qofiya k tovushi C) mutlaq qofiya k tovushi D) muqayyad qofiya, a tovushi 23. “Mehrobdan chayon” romanida dor ostiga ketayotgan Anvarning bir qoshiq qonidan kechishni Xudoyorxondan o‘tingan obraz kim edi? A) Tursun otaliq B) Muhammadniyoz domla C) Darvesh hudaychi D) Sultonali Mirzo 24. Qaysi ijodkor Samarqandda Hamid Olimjon bilan do‘stlashadi va Yo‘ldosh Oxunboboyevning shaxsiy kotibi sifatida ishlaydi? A) Qodiriy B) Cho‘lpon C) Oybek D) Mirtemir 25. “Oq kema” qissasida quyidagi ta’rif kim haqida? “….u taqdiridan ranjib yurgan edi, xudo boshqalarga besh-o‘ntadan farzand berganda, uni farzand dog‘ida kuydirib qo‘ygan” A) Seydahmad B) Mo‘min chol C) Ko‘katoy D) O‘rozqul 26. “Mehr va Suhayl” hikoyatida quyidagi so‘zlar kim haqida? “Shohni derlar sipohi bilan shoh, Shoh emas u anda bo‘lmasa sipoh” A) Jobir B) Navdar C) Nu’mon D) Suhayl 27. Qaysi ijodkor devon tuzmagan, balki uning she’rlar 1958-1960 yillarda ikki bora, 2003-yilda150 yilligi munosabati bilan to‘plab chop etilgan? A) Zavqiy B) Cho‘lpon C) Hamza D) Maxtumquli 28. “Ravshan” dostonida qaysi qahramonning yurti Vayangan edi? A) Avazxon B) Xon Dalli C) Hasaanxon D) parilar 29. O‘lmas Umarbekovning qaysi asari ifoda maromining shiddatkorligi, sujet to‘qimasining murakkabligi bilan ajralib turadi? A) “Yoz yomg‘iri” B) “Urush farzandi” D) “Sevgim, sevgilim” D) “Odam bo‘lish qiyin” 30. Qaysi javobda Mirmuhsinning dostoni berilmagan? A) “Do‘nan” B) “Cho‘ri” C) “Yashil qishloq” D) “Shiroq” 31. Qaysi shoir g‘ariblikni bir dard ekanini, odamni o‘ldirmaydi-yu, lekin kuldirmasligini qalamga olgan? A) Asqad Muxtor C) Xayriddin Saloh C) Mirtemir D) Maxtumquli E) Zavqiy 32. “Mehrobdan chayon”da “Qarg‘a qarg‘anining ko‘zini cho‘qimas” jumlasi kimlar haqida? A) Anvar va Sultonali B) Solih maxdum va Mohlar oyim C) Kalonshoh va Abdurahmon D) Sharif va Rahim 33. Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” she’rida 46 savdogardan qaysi savdogarni shoir “qattig‘ligi o‘xshar danakka” deya hajv qilgan? A) Ortiqbachchani B) Bonkaboyvachchani C) Qosim Oxundni D) Abduqodirni 34. Mirmuhsinning “Me’mor” romanida buyuk me’morning jinoyatchilarga qo‘shilib, fojiaga sabab bo‘lgan o‘g‘li nomini toping. A) Najmiddin B) Hamidulla C) Abdulla D) Nizomiddin 35. O‘lmas Umarbekovning qaysi asarida Abdulla va Gulchehra kabi yoshlarning muhabbati qalamga olingan? A) “Sevgim, sevgilim” B) “Fotima va Zuhra” C) “Odam bo‘lish qiyin” D) “Yoz yomg‘iri” 36. Ernest seton Tompsonning qaysi asari uning nomini olamga yoydi. Kitob qo‘lma-qo‘l o‘qildi, tik turib o‘qildi, ovoz qo‘yib o‘qildi, kecha-yu kunduz o‘qildi. Kitobni butun dunyo o‘qidi. A) “Jonivorlar haqida hikoyalar” B) “Shimoliy hayvonlar hayoti” C) “Yovvoyi hayvonlar hayoti” D) “Men bilgan jonivorlar” 37. “Ishmaktabda ham, bilim yurtida ham o‘zimiz ekar, o‘zimiz tikar, o‘zimiz kiyar edik. Deyarli hamma hunar o‘rgatilar edi. Og‘ir yillar edi: …xo‘ragimiz har kuni ikki yo uch marta bir burdadan qora non va tushlik bir cho‘mich bo‘tqa edi…” tarzida o‘zining mashaqqatli o‘qish yillarini xotirlagan ijodkor kim? A) Mirmuhsin B) Chingiz Aytmatov C) Xayriddin Saloh D) Mirtemir 38. Qaysi javobda Abdulla Qahhor qalamiga mansub komediya janridagi namunalardan keltirilgan? A) “Shohi so‘zana”, “Og‘riq tishlar” B) “Tobutdan tovush”, “Muhabbat” C) “Kelinlar qo‘zg‘aloni”, “Kuyov” D) “Ayajonlarim”, “Sinchalak” 39. Yuzidin bargi gul xijil erdi, Qaddidin sarv munfail erdi, deya Navoiy qaysi qahramoniga ta’rif beradi? A) Suhayl B) Mehr C) Navdar D) Jobir 40. Qabul qilmay vallamatning so‘zini, Nomard Avaz bermas bo‘pti qizini, O‘tib ketdi Avazxonning so‘zlari, Bizni quzg‘un, lochin qipti o‘zini. Ushbu jumlalar Ravshanjon tomonidan kimga qarata aytilgan? A) Yunus pariga B) Xon Dalliga C) Hasanxonga D) Misqol pariga 41. O‘zbek adabiyotidagi vaznlarning qaysi birida misralardagi bo‘g‘inlarning miqdori va guruhlanishidagi bir xillik muhim sanaladi? A) aruz B) sarbast C) barmoq D) oq she’r 42. Adib asarda aks etgan voqealarni o‘z boshidan o‘tkazganligi uchun romanda tasvir tabiiy chiqqan va u ulkan muvaffaqiyat qozongan”. Ushbu parcha Shuhratning qaysi romani haqida? A) “Mashrab” B) “Shinelli yillar” C) “Jannat qidirganlar” D) “Oltin zanglamas” 43. “…Kel, men senga qisqagina doston o‘qiy, Qulog‘ingga o‘tganlardan ertak to‘qiy, Kel, ko‘zingning yoshlarini so‘rib olay, Kel, yarali tanlaringni so‘rib olay”. O‘z yurtiga , Vataniga ana shunday murojaat qilgan ijodkor nomi berilgan javobni tanlang. A) Xayriddin Saloh B) S. Zunnunova C) A. Muxtor D) Cho‘lpon 44. Ko‘chimning qaysi turida tashqi o‘xshashlik asosiy o‘rinda turmaydi, balki o‘xshatilayotgan va o‘xshayotgan narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy o‘xshashlikka, yaqinlikka, vazifalardagi umumiylikka tayaniladi? A) ramzda B) istiorada C) majozda D) tashbehda 45. Cho‘lpon o‘zining qaysi she’rida “Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar”, “Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida, Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar”, “Shifo istab kelmasin der qo‘noqlar” kabi tasvirlarni qo‘llagan? A) “Xalq” B) “Binafsha” C) “Buzilgan o‘lkaga” D) “Go‘zal” 46. “Gadomiz, boshlar uzra soya solsin, Humo yetkur”. Mamlakatimiz gerbidagi Humo qushini oldindan bashorat qilgandek tuyuladigan mazkur misra qaysi shoirga tegishli? A) Turdi B) Hamza C) Cho‘lpon D) Zavqiy 47. Uvaysiyning “Anor” chistoni haqida aytilgan to‘g‘ri hukmlarni toping. 1) bu chiston majoziy chiston 3) bu chiston qofiyasi mutlaq qofiya 4) bu chiston qofiyasi muqayyad qofiya A) 1,3 B) 2,4 C) 2,3 D) 1,4 48. O‘lmas Umarbekov qalamiga mansub qissalar qatorini toping. A) “Oqar suv”, “Kurort”, “Odam bo‘lish qiyin”, “Bolgar qo‘shiqlari” B) “Tungi chaqmoqlar”, “Damir Usmonovning ikki bahori”, “Oltin yaproqlar”, “Yoz yomg‘iri” C) “Urush farzandi”, “Cho‘li Iroq” , “Sevgim, sevgilim”, “Oq qaldirg‘och” D) “Ikki soldat haqida qissa”, “Sevgi afsonasi”, “Changalzor qonuni”, Charos” 49. Majnuntol tagiga o‘tqazing meni, Shu kungacha men o‘zli cheklab bo‘ldim, tarzidagi iqror qaysi hassos shoirga tegishli? A) A. Muxtor B) E. Vohidov C) Mirtemir D) X. Saloh 50. “Dahshat” hikoyasining bosh qahramoni Unsinoy kimning qizi? A) aravakashning B) tegirmonchining C) chilangarning D) temirchining Download 21.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling