Xarakteristik rentgen nurlarini standart rentgen spektrometrlari yordamida
Download 163.6 Kb.
|
Analitika Darslik 1-545-554 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Miqdoriy analiz. RFAda miqdoriy analiz darajalash grafigi usuli orqali o‘tkaziladi. Analiz o‘tkazish uchun bitta solishtiriladigan standart namuna yetarlidir. Namunaning sifat va miqdoriy tarkibi to‘g‘risidagi [tajribaga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlardan foydalanib] tegishli energiyaga ega bo‘lgan elektronlar atomning tegishli sathidagi elektronlar bilan to‘qnashganda rentgen nuri chiqish ehtimolini, bu rentgen nurini namunaning boshqa atomlari tomonidan yutilish ehtimolini va boshqa omillarni hisobga oluvchi nazariy tuzatishlar kiritiladi. Miqdoriy aniqlash oralig‘i 0,01–100 % mass. gacha. Mikroanaliz natijalarining nisbiy standart chetlanishi 0,15–0,2.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: Uzluksiz va xarakteristik rentgen nurlari qanday paydo bo‘ladi? Modda bilan rentgen nurlarining o‘zaro ta’siri natijasida qanday jarayonlar sodir bo‘ladi? Rentgen spektrini qo‘zg‘atish manbalari. K-, L- va M-chiziqlarning hosil bo‘lishi, xarakteristikasi hamda belgilanishi. Rentgen emission analiz bilan rentgen fluoressent analizning qanday farqi bor? Mozli qonuni uning matematik ifodasi va mazmuni. Rentgen spektroskopiya usulida sifat va miqdor analizlari qanday o‘tkaziladi? Nima uchun rentgen fluoressent spektroskopiya yordamida engil elementlarni analiz qilish qiyin? Vulf-Breglar formulasi va uning mohiyati. Rentgen fluoressent spektrometr qanday qismlardan iborat va uning ishlash prinsipi? Rentgen nurlarini qayd qilishda nimalar ishlatiladi? Ssintillyasion hisoblagichning tuzilishi va ishlash prinsipi. Kristall-analizator nima. U nimalardan tayyorlanadi va nima uchun ishlatiladi? Download 163.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling