Xasanov Komiljon im-90 16-variant Savol


Download 14.63 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi14.63 Kb.
#1221640
Bog'liq
Pul va banklar amaliy 2


Xasanov Komiljon
IM-90
16-variant
Savol:


  1. Inflatsiaga qarshi kurashish yo’llari.



  1. Kreditlash jarayoning bosqichlari.



  1. Masala. A Tijorat banki 135 000 000 so‘m miqdoridagi avtokreditni 36 oyga, 23,5% stavkada B mijozga berdi. Ushbu kredit bo‘yicha oddiy (differensial) foiz stavka usulida: birinchi oy uchun oylik asosiy qarz to‘lovi; birinchi oy uchun oylik foiz to‘lovi; birinchi oy uchun oylik umumiy to‘lovini toping.


Javob:

  1. Inflyatsiya (lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) - ma'lum davr ichida mamlakatda baholar o'rtacha (umumiy) darajasining barqaror o'sishi, pulning harid qobiliatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning surati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga havfli tasiri shunchalik katta bo’ladi.

Inflyatsiyaga qarshi kurashda yo’qotishlar va natijalarning nisbati: ba’zi bir empiric ma’lumotlarga ko’ra inflyatsiyani 2%ga pasaytirish uchun bir yillik YaMMning 5% dan voz kechish kerak, inflyatsiyaning 1% ga kamayishi davriy ishsizlikning 2,5% ga oshishini talab qiladi.
Nullifikatsiya usuli. Bunda eski, qadrsizlangan puldan voz kechiladi va muomalaga yangi pul birliklari chiqariladi. Masalan, 1797 yil 4 fevralda Fransiya hukumatining qaroriga binoan pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida muomaladagi qogʼoz pullar bekor qilingan va ularning oʼrniga muomalaga real pullar yaʼni qimmatbaho metallardan ishlangan tangalar chiqarilgan. Bu usul inflyatsiya darajasi juda yuqori boʼlgan hollarda qoʼllaniladi.
Denominatsiya. Bunda eski pul birliklari maʼlum bir nisbatda yangi pul birliklari bilan almashtiriladi. Аlmashtirilmagan pullar bekor qilinadi. Bunda yangi pullar qadri oshiriladi. Denominatsiya sof holda odatda izohlanganidek, pul muomalasini tartibga solish, hisob-kitoblarni yengillashtirish uchun ishlatiladi. Lekin odatda «ogʼirlashgan» pul inflyatsiya natijasida qadrini yoʼqota boshlaydi. Bu tadbir sobiq Ittifoqda 1961 yilda oʼtkazilgan, muomalaga yangi pul chiqarilgan. U eski pulga nisbatan 1:10 nisbatida almashtirilgan. Shu nisbatda aholi daromadlari, bankdagi omonatlar, narxlar pasaytirilgan. Lekin reformadan keyin sekin, sudraluvchi inflyatsiya boshlanib ketdi. Inflyatsiya yashirin boʼlib, tovar taqchilligi orta bordi.
Respublikamizda mustaqillikka erishilgach, 1994 yili milliy valyuta muomalaga kiritildi. U soʼm-kuponga nisbatan 1000=1 qilib olindi.
Rossiyada 1998 yili pul denominatsiyasi 1:1000 nisbatida oʼtkazildi.
Devalvatsiya. Davlat tomonidan rasmiy ravishda valyuta kursining pasaytirilishi. Bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda devalvatsiya eksportni ragʼbatlantirish, importni cheklash, toʼlov muvozanatini yaxshilash uchun qoʼllaniladi.
Masalan 1986 yili АQSh da dollarining Yaponiya ieniga nisbatan kursi 2 barobar pasaytirildi. Natijada Yaponiya mollarining narxi АQShda oʼzgarmagani holda Yaponiya uchun kurs boʼyicha 2 barobar arzonlashdi. Yaʼni ilgari 1 dollarga sotgan tovari 50 ienaga teng boʼlsa, endi 50 iena olish uchun shu tovarni АQShda 2 dollarga sotishi kerak. Lekin narx koʼtarilsa, amerikaliklar shunaqa yapon tovarlarini olmay oʼz tovarlarini sotib olishni maʼqul koʼrishadi.
Bunday chora-tadbirlar faqatgina qisqa muddatda yordam berishi mumkin.
Hukumat esa ham strategik, ham taktik uslublarni qoʼllab, pulni sogʼlom boʼlishiga erishishi zarur. Chunki qadrli pulgina iqtisodiyotni oʼsishini taʼminlashga qodir.

Inflyatsiya darajasining meʼyorlari:
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun – 2,0%
Boshqa rivojlangan mamlakatlar uchun – 3,0%
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun – < 10%


  1. Kredit - bu vaqtincha boʼsh turgan pul mablagʼlarini maʼlum muddatga, haq tulash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yigʼindisidir.


Kreditning harakat bosqichlari:
Bk – kreditning berilishi;
Okz– kreditning qarz oluvchi tomonidan vaqtinchalik ehtiyojlarini qondirish uchun olinishi;
Ik – kreditning ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olganligi bilan uzviy bogʼliq boʼladi;
Vr – qarz oluvchining xoʼjaligida qarzga olingan qiymat aylanmasi tugallanishini resurslarning aylanmadan chiqarilishini ifodalaydi;
Qk – kreditni qaytarish;
Fks – vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qoʼliga qaytib kelishi (% bilan).

  1. A Tijorat banki 135 000 000 so‘m miqdoridagi avtokreditni 36 oyga, 23,5% stavkada B mijozga berdi. Ushbu kredit bo‘yicha oddiy (differensial) foiz stavka usulida: birinchi oy uchun oylik asosiy qarz to‘lovi; birinchi oy uchun oylik foiz to‘lovi; birinchi oy uchun oylik umumiy to‘lovini toping.

Javob:
Asosiy qarz = 135 000 000/36=3 750 000
Foiz to’lovi = 135 000 000*0.235/12=2 643 750
Umumiy to’lov =3 750 000+2 643 750=6 393 750

Birinchi oy uchun oylik asosiy qarz to‘lovi – 3 750 000
Birinchi oy uchun oylik foiz to‘lovi – 2 643 750
Birinchi oy uchun oylik umumiy to‘lovi – 6 393 750
Download 14.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling