Xat-ariza


Download 64.03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.12.2022
Hajmi64.03 Kb.
#1069333
Bog'liq
Ubaydullayev Sa\'dulla Xat-ariza



Nizomiy nomidagi TDPU
rektori A.K.Qirg‘izboyevga 
Fizika-matematika fakulteti
Matematika va informatika ta’lim 
yo‘nalishi 304-guruh talabasi
Ubaydullayev Sa’dulla Xamidulla o‘g‘lidan
 
 
Xat-ariza 
Ubaydullayev Sa’dulla Xamidulla o‘g‘li Universitetimiz tomonidan tashkil 
etilgan iqtidorli talabalarga “Oltin fond” guruhlariga kirishimdan asosiy maqsad o‘z 
mutaxassisligim bo‘lgan Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishiga juda ham 
qiziqaman va kelgusida “Oltin fond” guruhlarida tashkil etiladigon “Maxsus dastur” 
asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarimni yana ham yaxshi shakllantirib o‘z kasbimning 
yetuk mutaxassisi bo‘lmoqchiman. 
Hozirgi 
kunda 
3-bosqich 
talabasiman 
Bakalavr 
mutaxassisligini 
tamomlaganimdan so‘ng o‘z o‘quv va mehnat faoliyatimni bevosita o‘zimizning 
Nizomiy nomidagi TDPU “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedrasida davom 
ettirmoqchiman, ya’ni ta’limning Magistratura bosqichini Matrmatika yo‘nalishi 
bo‘yicha davom ettiraman. 
“Oltin fond” tanlovida muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zimda yetarli 
salohiyat mavjud deb hisoblayman. Universitetimizga qadam qo‘ygan kunimdan 
boshlab bu makonda olib borilayotgan darslarga ishtiyoqim ancha baland. Fanlardan 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarim yaxshi. Fakultetimiz “Yoshlar ittifoqi” kengashi 
a’zosi hamda “Faol talabalari” dan biriman. Avvalo inson birinchi navbatda o‘ziga 
ishonishi kerak va ko‘zlagan maqsadlari yo‘lida izlanishdan, bilim olishdan 
to‘xtamasligi kerak. Inson bilim olish, o‘rganishdan to‘xtagan kundan boshlab 
falokatga yuz tutadi. 
Universitetizim tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlar juda ham yaxshi. 
Bunday sharoitlarni yana ham yaxshilash maqsadida tashkil etilgan “Oltin fond” 
guruhlari biz talaba yoshlar uchun nur ustiga a’lo nur bo‘ldi desam adashmagan
bo‘laman. Bu guruhlarda qo‘shimcha ravishda tahsil olgan holda ko‘zlagan 
maqsadlarimiz tomon katta qadam tashlagan bo‘lamiz. Davlatimiz tomonidan bizga 
yaratib berilayotgan mana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda 
yetuk mutaxassis bo‘lishga va uning samarasini kelajak avlodga bilim berish, 
o‘rgatish misolida ko‘rsatishga vada beraman. 
“Oltin fond” guruhlarida olib boriladigon darslar haqida munosabatim juda 
ham ijobiy. O‘z mutaxassisligimiz bo‘yicha bilimlar olish uchun yana bir katta 


imkoniyatlardan biri deb hisoblayman. Albatta ushbu guruhlarda tahsil olish istagini 
bildirgan boshqa talabalar bilan fikrlarimiz va kelgusidagi maqsadlarimiz o‘xshash 
deb hisoblayman. Shunday tengdoshlarim bilan birgalikda bir guruhda fikr almashib 
birga-birga tahsil olishning o‘zi ham katta yutuqlardan biri deb o‘ylayman.
Maqsadim ushbu guruhlarni bitirganimdan so‘ng, ota-onam, ustozlarim va 
universitet rahbariyati tomonidan menga bildirilgan ishonchni oqlagan holda “xalq 
ta’limi” tizimida vatanimga munosib xizmat qilish. 
Oltin fond guruhiga tanlovda qatnashishimdan maqsad ozimni boshqa 
talabalar bilan taqqoslash va shu bir necha yilda nimalarga erishib bilimimni qay 
darajada mustahkamlaganimni sinab ko’rish. Agar bu tanlovda qatnashib ,,oltin 
fond “ guruhiga a’zo bo’la olsam menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat 
qilaman. Zero maqsadimiz ssri olg’a yurish biz yoshlarning vazifamizdir bizga 
bildirilgan ishonchni oqlagan holda yurtimizga foydasi tegadigan bilimli, kuchli 
har tomonlama yetuk bo’lib o’qishni tamomlashimiz kerak. 

Download 64.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling