Xat janri va uning lisoniy takomili yokubbayeva umida abduvahob qizi
Download 48 Kb.
|
13.11.2020 Maqola.Yokubbayeva Umida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar.
- Ключевые слова
- (I., № 120-121(4406))
XAT JANRI VA UNING LISONIY TAKOMILI YOKUBBAYEVA UMIDA ABDUVAHOB QIZI Nam DU filologiya fakulteti 2-kurs magistranti MAHMUDOVA MAVLUDA ABDUVAXOB QIZI Nam DU filologiya fakulteti 1-kurs
Ma’lumki, XXI asr O`zbekiston uchun tub o`zgarishlar va yangilanishlar asri bo`ldi. Zero, til, adabiyot, san’at, jurnalistika kabi soha vakillari o`zgarishlarni hammadan ilgari va nozikroq sezishadi va asarlarida davr ruhini u yoki bu ko`rinishda aks ettirishadi. Davr esa o’z aksini, albatta, publitsistikada ko’rsatadi. «Davr, - deb yozadi adabiyotshunos olim N. Rahimjonov, - falsafiy mavzular ichida eng abstrakt xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Sababi, uning moddiylashgan konkret bir shakli yo`q. Bu abstraktlikka faqat inson faoliyatigina konkretlik baxsh eta oladi” .1 Har bir soha, xususan, publitsistika jamiyatdan ayri holda yasholmaydi. Davr va unga bog’liq har qanday yangilik publitsistika janrlarida o’zini namoyon qiladi. Fandagi har bir tushuncha kabi badiiy-publitsistik janrlarning ham boshqalardan farqlovchi xususiyatlari - mezonlari mavjud. Insoniyatning hayoti va faoliyati axborot olish, qayta ishlash va saqlash bilan chambarchas bog`liqdir. Axborot olishning birlamchi vositasi sifatida, albatta, matbuot o`ziga xos vazifalarni bajaradi. A. Abdusaidovning “Gazeta janrlarining tili va uslubi” nomli monografiyasida OAV, xususan, vaqtli matbuotning vazifalari sifatida quyidagilarni ko`rsatgan: a) informativlik - axborot berish; b) targ`ibot qilish; d) tashviqot qilish; e) tarbiyaviylik; f) reklamalilik; g) ta`sirchanlik. Publitsistika janrlari bir-biridan bajaradigan vazifasi, qay maqsadda yaratilganligiga ko’ra farqlanadi. Lekin shunday bo’lsa-da, ularning barchasida bosh maqsad-axborot berish. Xalqimiz o’tmishiga nazar solinsa, xat (noma) leksemasiga ko’p duch kelamiz. Xat orqali kishilar bir-biriga biror mazmundagi habarni yetkazganlar. Ushbu janr dastlab O’zbek adabiyotida XIV asrda Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari orqali vujudga kelgan. Bu asar oshiqning ma’shuqasiga yozgan she’riy maktubi shaklida yaratilgan.2 Yusuf Amiriyning “Dahnoma” asari nomachilik ananasiga qat’iy rioya qilgan holda yaratilgan. Bu asar ham oshiq va mashuqning bir-biriga maktubi tarzida yaratilgan. Sayyid Qosimiyning “Haqiqatnoma” va “Sadoqatnoma” kabi asarlari temuriylar davrida yaratilgan noma janiriga mansub asarlardandir. A.Navoiyning “Munshaot”i ham xatlar jamlanmasidir. O.Tog`ayevning “Publitsistika janrlari” nomli o`quv qo`llanmasida xat janrini badiiy-publitsistik janrlar sirasida tahlil qilgan bo`lib, uning nazariy asoslari izohlab berilgan. Xat (noma) janri ham publitsistika tarkibiga kirib, bugungi kunda biroz ahamiyatini yo’qotgandek. Chunki axborotlashgan davr ma’lumotlar yetkazilishida tezkorlikni talab etgani bois jamiyat vakillari xabarlarni elektron shaklda yuborish yo’lini afzal ko’rmoqdalar. Lekin shunday bo’lsa-da, gazeta sahifalarida xatning turli xil na’munalari berib boriladi. Turli masalalarni teishli shaxslarga rasmiy shaklda yetkazish uchun ham davlat idoralari xatlarning turli shakllaridan foydalanmoqdalar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbek tili bayrami munosabati bilan yuborgan tabrigidan olingan parcha: “Muhtaram vatandoshlar! Siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi qutlug’ ayyom – O’zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Atoqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniy bobomiz aytganidek, til-millat ruhini yuksaltiruvchi buyuk kuchdir.” (I., № 120-121(4406)) Xat matnida inson his-tuyg’ularini uyg’otish uchun vatandosh so’ziga muhtaram (hurmatli, qadrli, aziz;hurmat va ehtiromga sazovor)sifatini berilganligi, azizlar (ulug’, qadrli;kam topiladigan, noyob, qadrli), ayyom (kun so’zining ijobiy bo’yoqqa ega sinonimi), uborak), samimiy (yurakdan aytilgan, dildan chiqqan), muborakbod (tabriklash, qutlov), atoqli (biror sohada nom chiqargan, dong taratgan, shuxrat qozongan, mashhur) kabi uslubiy bo’yoqqa ega so’zlar qo’llangan. Badiiy publitsistikada obraz va obrazlilik keng qo`llaniladi, chunki badiiy-publitsistik materiallarda hayotiy voqealar jonlantirib tasvirlanishi, insonlar faoliyati, voqea va hodisalar keng, har taraflama aks ettirilishi, o`quvchining ongigagina emas his-tuyg`usiga ham ta’sir etish talab etiladi. Demak, Prezident tabrik xatida uslubiy bo’yoqdar so’zlar shu qadar ko’p ekan, gazetxon maktubi matniga ham e’tibor bersak: “O’zbek sportchilarining ko’pchiligi o’zbek farzandi bo’lishiga qaramasdan, ona tilida gapirishga qiynalib, ruscha so’zlarni aralashtirish, bir amallab fikrlarini ifodalaydi. Na kuyaringni, na kularingni bilasan. O’z ona tilida gapira olmaslik inson uchun kechirib bo’lmas holat.” (I., № 120-121(4406)) Gazetxonning bu maktub(xat)i O’zbek tiliga jiddiy e’tibor qaratmayotgan ayrim jamiyatimiz vakillariga nisbatan murojat desa ham bo’ladi. Xat matnida lingvokulturologik xususiyatga ega iboralardan biri (na kuyaringni, na kularingni ) uchratish mumkin. Xatlarda qo’llanayotgan leksik birliklar uning qanday maqsadda yozilganidan kelib chiqar ekan. Bu misollar O.Tog’ayevning xat janirini badiiy-publitsistik uslub janrlari qatorida tahlil qilganligini yana bir bor to’g’ri ekanligini isbotlaydi. Demak xat janirining ifoda usuli badiiy uslub na’munalariga yaqin turadi. Biroq xatlarni faqat gazeta jurnallar bilan, yoki bo’lmasam o’zaro xissiy yozishmalarga tegishli janr desak adashamiz. Chunki bugungi rivojlangan davr talabi xatning ham rasmiy idoraviy uslub ichiga kirib borishiga olib keldi va uning turlari ko’paydi. Masalan, ishga joylashishni talab qiluvchi xat, ishdan bo'shatish to'g'risidagi xat, tavsiya qilingan xat, transmital xat rad etish to'g'risidagi xat, ishning bajarilishi (bitim) bo'yicha xatni talab qilish, eslatma xati, xabarnoma xati, rahmat xati va boshqalar. Xat leksemasi bazi hududlarda, masalan, Namangan shahrida yoshi kattalar orasida yozuvga nisbatan qo’llanishi kuzatiladi. Masalan, “Bolom, xatingga tushinmittim”. Bu yerda husnixat (yozuv)ning tushunarsiz ekanligi, yoki yozish uchun boshqa harflardan foydalanilganligi nazarda tutilgan. Xulosa qilib aytganda xat publitsistikaning boshqa janrlariga qaraganda uzoq yillik ta’rixga ega bo’lib, bugungi kunda garchi odatiy turmush tarzimizdan yiroqlashgan bo’lsa-da, rivojlanayotgan O’zbekistondagi korxona va muassasa ish xujjatlari sirasiga qo’shilib, vazifalari bir qadar kengaydi. Publitsistikani Ilmiy uslub bilan yaqinlashtirib, uslublarning uzviy aloqada rivojlangani va rivojlanishda davom etayotganini isbotlaydi. Adabiyotlar ro’yhati: Abdurahmonov A. Gazeta jurnalistikasi terminlarining qisqacha izohli lug’ati. - Toshkent: O’qituvchi, 1983; Berdiyeva T. Gazetnaya leksika i voprosi terminologii. Mas‘alahoi zabonshinosi. - Dushanbe, 1983, Karimov S. A. Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari. O`quv qo`llanmasi. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 1994, “Muborak maktublar” to’plami.-Toshkent.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987, 9-b Qilichev E. O’zbek tilining amaliy stilistikasi. – T.: O’qituvchi, 1992. Раҳимжонов Н. Давр ва ўзбек лирикаси.-Тошкент, 1995,5-б. Тоғаев О. Публицистик жанрлар. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Ўқитувчи,1976 O’zbek tilining izohli lug`ati, 1 tom. - Toshkent, 1981,. O`zbek tilining izohli lug`ati. III tom. -T.: «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti, 2006. Internet saytlari: google.uz, ziyo.uz Misollarni “Ishonch” gazetasining 2020-yil 22-oktabrdagi 120-121 sonidan foydalanildi. 1 Раҳимжонов Н. Давр ва ўзбек лирикаси.-Тошкент, 1995,5-б 2 “Muborak maktublar” to’plami.-Toshkent.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987, 9-b Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling