Xatoliklar Agar biz print funksiyasini Print


Download 17.7 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi17.7 Kb.
#1370251
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Bu qanday ishlaydi:
Bu yerda biz ShortInputException nomli o'zimizning exception turimizni xosil qildik. U ikkita xususiyatdan (maydon) tashkil topgan: length — kiritilgan satr uzunligini saqlash uchunatleast — dastur kutgan minimal satr uzunligi.
except blokida biz ShortInputException klasini ko'rsatamiz u o'z navbatidaex o'zgaruvchisiga saqlanadi. ex o'zgaruvchisi esa tegishlik xatolik/exception ob'yektidan tashkil topgan. except bloki ichida length va atleastxususiyatlarini ishlatib foydalanuvchiga tegishli xabarni ko'rsatamiz.
try . . finally
Tasavvur qilaylik, dasturda fayldan o'qib olish amali bor va dastur oxirida shu fayl to'g'ri yopilishi kerak. Bunga finally blokini qo'llash bilan erishish mumkin.
Misol: (finally.py nomi bilan saqlang)
import time

try:
f = open('poem.txt')


while True: # Odatiy fayldan o'qish usuli
line = f.readline()
if len(line) == 0:
break
print(line, end='')
time.sleep(2) # Bir qancha vaqt kutish
except KeyboardInterrupt:
print("!! Siz fayldan o'qishni bekor qildingiz.")
finally:
f.close()
print('(Tozalash: Faylni yopish)')
Natija:
$ python finally.py
Dasturlash qiziqarli.
Agar ish zerikarli bo'lsa,
Unga quvnoq tus berish uchun –
^C!! Siz fayldan o'qishni bekor qildingiz.
(Tozalash: Faylni yopish)
Bu qanday ishlaydi:
Bu yerda biz oddiy fayldan o'qib olish amallarini bajaryapmiz. Dastur sekin ishlashi uchun har bir chop qilingan satrdan so'ng dastur 2 sekund uyquga ketadi (python judayam tez ishlaydi). Dasturni to'xtatish yoki bekor qilish uchun dastur bajarilishi jarayonida Ctrl + c bosing.
Kuzatgan bo'lsangiz KeyboardInterrupt istisnosi yuz berdi va dastur bajarilishdan to'xtadi. Ammo dastur bajarilishdan to'xtashidan oldin finally bloki bajarildi va o'qish uchun ochilgan fayl yopildi.

Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling