Xattotlik maktablari ochilishi


Download 17.16 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi17.16 Kb.
#1154621
1   2   3
Bog'liq
xattotlik maktablari

Buxoro xattotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxoro maktabi namoyandalaridan Pirmuhammad Soʻfiy, Buxoriy, Mirazd Buxoriy. Sulton Muhammad Buxoriy, Mavlono Samix. Ustod Jahongir, Mirak Buxoriy, Mirali Xiraviy, Doʻst Muhammad singari xattotlar, muzaxoib (qoʻlyozmalarga bеzak bеruvchi) shoir ham boʻlganlar. Xat sanʼatining aksar turlarini puxta bilganlar. Buxoro maktabi namoyandalari sanʼati anʼanalari XX yuzyillikka qadar davom etdi. Ularning bu sharafli ishi tufayli katta hajmdagi qadriyatlarimiz saqlanib qoldi. maʼrifatli Ular orasida Muhammad Sharif Sadr Ziyo kabi Zotning kitobxonasi gʻoyat boy boʻlgan, u birinchilardan boʻlib oʻz kitobxonasidagi kitoblarning ilmiy katalogini tuzgan. Sadr Ziyo yaxshi xattot xam edi.
Samarqand xattotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Samarqand xattotlik maktabida ham atoqli sanʼatkorlar ish yuritganlar. A. Murodov kitobida ulardan oltmishga yaqin xattotning oti kеltiriladi.
Xorazm xattotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xorazm maktabi XVI yuzyillikdan XIX yuzyillik soʻngiga qadar adib olamidagi mashhur asarlar (jumladan, Firdavsiy -Shohnomasi, Jomiyning "Haft avrang") hamda oʻz hududlarida yaratilgan turli badiiy, ilmiy, tarixiy asarlarni koʻchirganlar.
Ular orasida Hamdaliy, Navisiy Xorazmiy nasta'liq uslubiga yangilik kiritgan Abdurahmon Xorazmiy, uning oʻgʻli Anisiy Xorazmiy va Abduzohir kotib xattotlik sanʼatiga oid "Savodi taʼlim" asarini yozgan mashhur shoir, tarjimon Munis Xorazmiy hamda Muhammad Yusuf Rojiy (shoir, musiqashunos, tarjimon). Komil Xorazmiy (usta xattot, naqqosh va bastakor), Abdurazzoq Faqiriy (shoir, xattot) - nasx, suls, rayhoniy va boshqa xatlar ustasi Muhammad Yusuf Chokar (shoir, musiqashunos, xattot), Muhammad Yusuf Bayoniy (shoir, tarixchi, tabib, tarjimon, musiqashunos undan oldin va keyin oʻtgan oltmishga yaqin ijodkor va ular koʻchirgan asarlar haqida maʼlumotlar mavjud.
Farg'ona xattotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fargʻona maktabi xususida soʻz Zahiriddin Muhammad Bobur dan boshlanadi. U davlat arbobi, sarkarda, shoir, olim, tarixchi va ixtirochi xattotdir. XVI-XVIII yuzyilliklarda Fargʻonada Navoiy asarlari koʻplab koʻchirilgan. Qoʻqon xonlarining ichida shеʼriyat sohasida Fuzuliyga ergashgan shoirlar boʻlgani uchun ham, Fuzuliy asarlari kabi kitobat qilingan. Qirqqa yaqin xattot XX yuzyillikka qadar ish yuritgan.

Download 17.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling