Xavflar ruyxati bu aniq bir tartiblar boyicha qoyilgan nomlar, atamalardir


Download 14.44 Kb.
Sana04.08.2023
Hajmi14.44 Kb.
#1665204

1. Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan kongilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni oz ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi.
Hayot faoliyatiga tog’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash tog’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq organishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bolib, hali tola ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi: - kelib chiqishi boyicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash boladi;
- rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bolinadi;
- salbiy oqibatlarning roy berish vaqti boyicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda boladi;
- xavflar tarqalishiga yol qoymaslik boyicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq boladi;
- kelib chiqadigan oqibatlariga kora charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar korinishida boladi;
- keltiradigan zarari boyicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bolinadi;
- namoyon bolishi boyicha maishiy, sport, yol-transport, ishlab chiqarish va harbiy boladi;
- olamga tasiri boyicha ota tasirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) boladi. Sust tasir deganda odamning ozi sababchi boladigan xavf tushuniladi.
Xavflar ruyxati – bu aniq bir tartiblar boyicha qoyilgan nomlar, atamalardir
(ozgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazyernuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan obektda otkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu obekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi.
Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bolgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir.
Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish (kungilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bolgan ish (faoliyat) bolishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bolmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot faoliyati xavfsizligida metodologik ahamiyatga ega.
Download 14.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling