Xavflarni kvantifikatsiyasi
Noksosfera – har doim xavf mavjud yoki paydo bo’ladigan fazo (mashina qobig’ining ichki qismi). Gomosfera
Download 54.57 Kb.
|
abduvali2
Noksosfera – har doim xavf mavjud yoki paydo bo’ladigan fazo (mashina qobig’ining ichki qismi).
Gomosfera – mehnat faoliyati davrida odam bo’ladigan fazo (ish zonasi) shuning uchun xavfsizlikni ta’minlash “Inson–mashina” sistemasida quyidagi uch usul bilan amalga oshiriladi: Gomosfera bilan noksosferani vaqt yoki masofa bo’yicha ajratish. Bu masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish, tashkiliy usullar qo’llash va sh.o’. Noksosferani me’yorlashtirish. Bu hodimni shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va boshqa xavflardan uskunalarni takomillashtirish yo’li bilan himoyalash. Insonni ish sharoitiga ko’nikishiga erishish. Bu kasbiy tanlov, o’qitish, yo’riqnomalar o’tkazish, shaxsiy himoya vositalarini qo’llash va h.k. Hayotda barcha usullar sharoitga qarab birgalikda qo’llanilaveradi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida himoya vositalari ikki turga bo’linadi: jamoaviy himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalari (SHHV). Vazifasiga qarab ikkisi ham sinflarga bo’linadi. Bunda JHV xavfli va zararli omillarga qarab tasniflanadi (shovqin, titrash, elektr zaryadlaridan va h.k.), SHHV esa asosan himoyalanuvchi a’zolarga (boshni, ko’zni, nafas yo’llarini, betni, qo’llarni va h.k.) qarab tasniflanadi. Texnik ijrolari bo’yicha JHV quyidagi guruhlarga bo’linadi: to’siqlar, blokirovkalovchi, tormozlovchi, ogohlantiruvchi moslamalar, signallar, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat moslamalari, distantsion boshquruv, yerga ulash, nol simiga ulash, shamollatish, isitish, yoritish, ixotalovchi, zichlovchi vositalar va boshqalar. SHHVga gazniqoblar, niqoblar, turli–tuman korjomalar va poyafzallar, qo’lqoplar, kaskalar, shlemlar, himoya ko’zoynaklari, quloq tiqinlari, himoya kamarlari, dermotologik vositalar va boshqalar kiradi. Ularni xavfli va zararli omillardan vaqtinchalik va yordamchi himoya vositalari deb qarash kerak. Xavfsizlikni ta’minlashda ko’ngilsiz hodisaga olib kelishi mumkin bo’lgan sabablar shajarasini tuzish ham yaxshi natija beradi. Bu sershox daraxt ko’rinishida bo’lib, uning tashkiliy (kasbiy tanlovdagi xatolar, yo’riqnomalarni sifatsiz o’tilishi, kasbga nisbatan talabchanlikning susayishi va sh.o’.); texnik (uskunalarning eskirganligi, ulardagi turli nosozliklar, elektr jihozlardagi nosozliklar uskunalarning vaqtida sozlanmasligi va sh.o’.); ijtimoiy–iqtisodiy (oiladagi iqtisodiy qiyinchiliklar, o’z ishidan yoki hayotidan qoniqmaslik va sh.o’.); ruhiy (uydagi janjallar, farzandsizlik, noqobil farzand, ishxonadagi ruhiy holatning qoniqarli emasligi, rahbarlarning qo’polligi va sh.o’.) va boshqa sabablar shoxlari bo’ladi. Bularni tahlil qilish baxtsiz hodisa sababini tez aniqlashga yordam beradi. Download 54.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling