Xavflarni kvantifikatsiyasi


Yashirin xavflar aksiomasi


Download 54.57 Kb.
bet2/6
Sana14.12.2022
Hajmi54.57 Kb.
#1003075
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abduvali2

Yashirin xavflar aksiomasi
Insoniyatning amaliy hayoti har qanday faoliyat yashirin xavfga ega ekanligini ko’rsatadi. Hech qaysi faoliyat turida absolyut xavfsizlikka erishish mumkin emas. Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, har qanday faoliyat yashirin xavfli. Bu aksioma xarakteriga ega, ya’ni o’z-o’zidan ma’lum xaqiqat. Bu aksioma g’oyat katta metodologik ahamiyatga egadir.
Tavakkal tushunchasi
Tavakkal – ma’lum bir davrda insonning aniq bir faoliyati tufayli shakllangan xavflarni (o’lim hodisalari soni, kasallanish soni, ishga yaroqsizlik (nogironlik) soni va h.k.) ma’lum bir aholi (ishlovchilar) soniga nisbati bilan o’lchanadigan kattalikdir. Aniq bir xavf bo’yicha tavakkalning qiymatini baxtsiz hodisalar, kasallanishlar va h.k.lar soni bo’yicha turli vaqt birligi; smena, sutka, xafta, oy, kvartal, yil bo’yicha hisoblash mumkin. “Tavakkal” hozirgi paytda ko’proq ishlab chiqarishdagi nohush omillarning ta’sirini baholashda ishlatilmoqda. Chunki tavakkal xavfning miqdoriy bahosi bo’lib, undan korxonada mehnat muhofazasini, baxtsiz hodisalar va kasallanishlar tufayli ko’rilgan iqtisodiy zararni baholashda hamda korxonada ijtimoiy siyosat sistemasini shakllantirishda foydalanish mumkin (badal va imtiyozlar bilan ta’minlash).Ishlab chiqarishda jarohat va kasallanishlar noksosfera bilan gomosfera bir–biri bilan kesishgan holdagina bo’lishi mumkin. Noksosfera – doimo xavf mavjud yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan zona. (Masalan, uskuna qobig’ining ichki qismi). Gomosfera – inson faoliyati zonasi (ish zonasi). Ishlab chiqarish sharoitida tavakkal ikki xil – shaxsiy va jamoaviy turlarga bo’linadi. Shaxsiy tavakkal aniq bir shaxs uchun ma’lum faoliyat turi uchun xavfning amalga oshishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi kunda bizda qo’llanilayotgan ishlab chiqarish jarohatlarini tadqiq qilishni statistik usuli (chastota koeffitsienti, og’irlik koeffitsienti) shaxsiy tavakkalning ifodalanishidir. Jamoaviy tavakkal – ikki va undan ortiq kishini xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari tufayli jarohatlanishi yoki vafot etishidir. Xavfni baholashda tavakkal usulini qo’llash mutaxassislarning fikricha, faqatgina bir korxona yoki bir tarmoq ichidagi korxonalarni taqqoslash, balki turli iqtisodiy tarmoqlarni va ish turlarini taqqoslash, ijtimoiy afzalliklarini isbotlab berish imkonini ham beradi. Bu esa barcha sohalarda ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy kasalliklarni kamayishiga, mehnat sharoilarining yaxshilanishiga pirovard natijada jamiyatni sog’lomlashtirishga olib keladi. Kutilayotgan (bashorat qilinayotgan) tavakkal T – bu ma’lum bir odamlar soni uchun hisoblangan baxtsiz hodisalar chastota koeffitsientini Kch∙10–3 texnologik jarayonning turli variantlarida o’zimizning “tavakkal zonasi”da bo’lish ehtimoliga ko’paytmasidir.
(1.1)
Bu yerda Kch – baxtsiz hodisalarning chastota koeffitsienti;
1000 – solishtirma son;
– bir hil kasbdagi odamlar soni;
Ri – ishchining “tavakkal zonasida” bo’lish ehtimoli (Ri – ishchining bir yil ichida shu zonada bo’lishi – bir yildagi ish kunlari sonini umumiy kunlarga nisbati); (R2 – ishchining ish zonasida bir xafta ichida bo’lish ehtimoli (xafta ichidagi ish kunlari sonini umumiy kunlar soniga nisbati); (R3 – ishchining texnologik vazifani bajarishiga ketgan vaqtini ish kuni soatlariga nisbati) va h.k – bir so’z bilan aytganda ishchining ishlab chiqarish jaryonida ishtirok etish ehtimolidir.
Kutilayotgan tavakkalni aniqlashning qulayligi shundaki korxonada mavjud baxtsiz hodisalar chastotasiga (u albatta korxonada saqlanadi) asoslanib, kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan tavakkalni bashoratlash imkonini beradi, chunki texnologik jarayonning reglamenti ishchining ish kuni, ish xaftasi va yil davomida ishlab chiqarish xavfi bilan to’qnashish vaqti haqida aniq ma’lumot beradi. Bunday bashorat ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 54.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling