Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar natijasida yetkazilgan zararni baholash. Ishlarni rejalashtirish va tashkil etish
Xavf tahlilini o‘tkazish usullari
Download 22.95 Kb.
|
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar natijasida yetkazilgan zararni baholash.
Xavf tahlilini o‘tkazish usullari
31. Xavf tahlilini o‘tkazish usullarini tanlashda obyektning faoliyat bosqichlari (loyihalash, foydalanish va h.), tahlil maqsadlari, qabul qilsa bo‘ladigan xavf mezonlari, tahlil qilinadigan xavfli ishlab chiqarish obyektining turi va xavf-xatarning xususiyatlari, tahlilni o‘tkazish uchun resurslarning mavjudligi, bajaruvchilarning tajribasi va malakasi, zarur ma’lumotlarning mavjudligi va boshqa omillar hisobga olinishi lozim. Masalan, xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va xavfni dastlabki baholash bosqichida* xavfni tahlil qilish va baholashning puxta o‘ylangan tartibi, maxsus yordamchi vositalar (anketalar, blanklar, so‘rovnomalar, yo‘riqnomalar) va bajaruvchilarning amaliy tajribasiga tayanadigan sifat usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. * Bu bosqich xavf-xatarlar tahlili deb nomlanishi mumkin. Amaliyotdan ma’lumki, murakkab miqdoriy usullardan foydalanish ko‘p hollarda murakkab texnik tizimlar uchun aniqligi uncha yuqori bo‘lmagan xavf ko‘rsatkichlari qiymatini beradi. Shuning uchun xavfni to‘liq miqdoriy baholash xavf-xatar manbalari yoki xavfsizlik chora-tadbirlarining turli variantlarini (masalan, obyektni joylashtirishda) taqqoslash uchun obyektning xavfsizlik darajasi to‘g‘risida xulosa tayyorlashga nisbatan samarali hisoblanadi. Shu bilan birga, xavfni miqdoriy baholash usullari barcha holatlarda juda foydali, ba’zi hollarda esa, jumladan, turli xususiyatdagi xavf-xatarlarni taqqoslash, yirik avariyalar oqibatlarini baholash va natijalar chiqarishning yagona yo‘li hisoblanadi. Zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash xavf tahlilini o‘tkazishning muhim shartidir. Statistik ma’lumotlarning yetarli emasligi tufayli amaliyotda miqdoriy tahlilning soddalashtirilgan usullariga asoslangan ekspert baholash va xavfni ajratish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu yondashuvlarda ko‘rib chiqilayotgan hodisalar yoki elementlar, odatda, xavf ehtimoli kattaligi, oqibatlarning og‘irlik darajasi bo‘yicha bir nechta, masalan, xavf darajasi yuqori, oraliq, past yoki sezilarsiz bo‘lgan guruhlar (yoki toifalar, darajalar)ga ajratiladi. Bunday yondashuvda yuqori xavf darajasi (obyektning spetsifikasiga qarab) qabul qilib bo‘lmaydigan (yoki maxsus ko‘rib chiqish talab etiladigan) daraja hisoblanadi, oraliq xavf darajasi xavf darajasini kamaytirish bo‘yicha ishlar dasturi bajarilishini talab etadi, past darajani qabul qilsa bo‘ladi, sezilarsiz xavf darajasi esa umuman ko‘rib chiqilmasligi mumkin (2-ilova). 32. Xavf tahlili usullarini tanlash va qo‘llashda quyidagi talablarga rioya qilinishi tavsiya etiladi: usul ilmiy asoslangan bo‘lishi va ko‘rib chiqilayotgan xavf-xatarlarga to‘g‘ri kelishi kerak; usul xavf-xatarlarni yuzaga kelish shaklini yaxshi tushunish va xavfni kamaytirish yo‘llarini belgilash imkonini beruvchi natijalarni berishi kerak; usul takroriy qo‘llaniladigan va tekshiriladigan bo‘lishi kerak. 33. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash bosqichida quyidagi xavf tahlili usullarining bir yoki bir nechtasidan foydalanish tavsiya etiladi: “Agar........., nima bo‘ladi?”; tekshiruv varaqasi; xavf-xatar va ishlash imkoniyati tahlili; buzilish turi va oqibatlari tahlili; “buzilishlar daraxti” tahlili; “hodisalar daraxti” tahlili; mos ekvivalent usullar. Xavf tahlili usullari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar va ularni qo‘llashga doir tavsiyalar 2, 3-ilovalarda keltirilgan. Download 22.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling