Xavfli ishlab chiqarish obyekti xavfsizligini asoslash uchun O‘zbekiston Respublikasining 28.09.2006
yildagi "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida" O‘RQ-57 son Qonuniga
muvofiq qanday ekspertiza o‘tkaziladi
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari ekologik ekspekrtizasi;
*Sanoat xavfsizligi ekspertizasi;
Davlat ekspertizasi;
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasini kim
o‘tkazadi?
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi;
*Uni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyaga ega bo‘lgan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish
obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni mo‘ljallayotgan tashkilot mablag‘lari hisobidan
o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat
xavfsizligi sohasidagi boshqa vakolatli organlari;
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar sabablarini texnik jihatdan tekshirishni o‘tkazish
tartibi qaysi hujjatda belgilangan?
O‘zbekiston Respublikasining 28.09.2006 yildagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi
to‘g‘risida” O‘RQ-57 son Qonunida;
Ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjat mavjud emas;
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 3 fevralda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami
2558);
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo‘yicha
maxsus komissiya qanday tayinlanadi?
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan;
*O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘i bilan;
Do'stlaringiz bilan baham: |