Xavfsizlik uchun eng maqbul tanlov
Download 1.75 Mb.
|
Dilshodga chala
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘l uchastkalari Avtomobil yo‘lini xolati Qabul qilinga chora-tadbirlar
- Nazariy qism Yo‘llarni joriy ta’mirlash
- Joriy tamirlashning vazifasi
Nuqsonlar qaydnomasiYo‘lning transport-foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlangandan keyin, ushbu ma’lumotlar asosida nuqsonlar qaydnomasi ishlab chiqiladi. NUQSONLAR QAYDNOMASI 6-jadval
Nazariy qism Yo‘llarni joriy ta’mirlash bu– avtomobil yo‘lining butun uzunligi bo‘ylab yil mobaynida amalga oshiriladigan yo‘l va yo‘l inshootlarining mayda shikastlanishlarini oldini olish va tuzatish yo‘li bilan bajariladigan foydalanish ko‘rsatkichlarini saqlash bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlaridir. Joriy tamirlash ishlari, yo‘llarning kilometr o'lchov birligida rejalashtiriladi. Joriy tamirlashning vazifasi - yo‘l qoplamasidagi, yo‘l ko‘tarmasidagi, suv qochirish tizimidagi, sun’iy inshootlardagi, mustahkamlovchi, himoyalovchi inshootlardagi, yo‘l xo'jalik korxonalari va infra tuzilmalar imoratlaridagi, yo‘l jihozlaridagi, dam olish joylari va tarixiy obidalarga borish yo‘llaridagi, tutashmalar va o'tish joylaridagi doimiy yuzaga keluvchi kichik buzilishlarni bartaraf qilishdan va boshqa tabiiy ofatlardan saqlash bo'yicha ehtiyot choralari hisobga olingan holda ishlarni amalga oshirishdan iborat. Joriy ta’mirlash, qoidaga ko‘ra, avtomobil yo‘lining butun uzunligida doimiy ravishda bajariladi hamda yo‘l-foydalanish tashkilotining ta’mirlovchi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini joriy ta’mirlash texnik tekshirishlar va texnik ko‘riklar (bahorgi, kuzgi va davriy) natijalari yoki nuqsonlar qaydnomalari asosida tuzilgan bajariladigan ishlarga qarab belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari yoki xarajatlar smetalari doirasida amalga oshiriladi. Qoplamaning tekisligi va ilashish sifatlari cheklangan yo‘l qo‘yiladigan qiymatgacha pasaygan yoki avtomobil yo‘li elementlarida va yo‘l inshootlarida buzilishlar va yemirilishlar to‘planib qolganda yo‘l qoplamasi va yo‘l inshootlarining holatlarini texnik tekshirishlar va texnik ko‘riklardan o‘tkazish natijalari avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlashni tayinlash uchun mezon hisoblanadi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling