Xavoda qotuvchi bog‘lovchi moddalar Gips bog‘lovchi moddalar
Download 28.36 Kb.
|
Xavoda qotuvchi bog
Xavoda qotuvchi bog‘lovchi moddalar Gips bog‘lovchi moddalar 1- tajriba ishi Gipsning maydalik darajasini aniqlash (GOST 23789-79) Kerakli jixozlar: 1. Gips
2. Elak № 02 3. Quritish shkafi 4. Texnik tarozi 5. Soat
Maydalik darajasini aniqlash usulining mohityati ma'lum bir miqdorda olingan gips namunasini tirqishlarini o‘lchami 0,2 mm bo‘lgan elakda elashga asoslangan bo‘lib, ushbu elakdagi qoldiq miqdoriga ko‘ra baholanadi. Birlamchi quritish shkafida 50±5 C haroratda 1 soat davomida quritilgan gipsdan 0,1 g aniqlikda 50 g gips tarozida o‘lchab olinadi. So‘ng № 02 raqamli elakka solinib, qo‘lda yoki mexanik elash uskunasida elanadi. Shundan keyin 1 daqiqa davomida nazorat elashi bajariladi. Agar elakdan o‘tib ketgan qoldiq 0,05g dan kam bo‘lsa, elash jarayoni yakunlangan hisoblanadi. Maydalik darajasini foiz ko‘rinishida quyidagi formula orqali aniqlanadi: ТП = (m/ 50)*100 Bu yerda: m – elakdagi qoldiq miqdori, g; 50 – boshlang‘ich namuna massasi, g. Natija sifatida ikkita elashdan olingan natijaning o‘rtacha arifmetigi olinadi. Gips hamirining normal quyuqligini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Gips.
2. Menzurka- 500ml. 3. Texnikaviy tarozi. 4. Viskozimetr Suttarda. Suyuqlik solinadigan silindr. 5. Kurakcha va aralashtirish idishi. Gips hamirining normal quyuqligi silindrdan bo‘shatilganda uning doira shaklida yoyiladigan diametri orqali xarakterlanadi. Yoyilgan gips bo‘tqasining diametri 180 ±5 mm ga teng bo‘lishi kerak. Suvni hajmini to‘g‘ri olish asosiy kriteriy hisoblanadi. Qurilish gipsni tarkibini aniqlashda quyuqlanish davrini, siqilishga va egilishga bo‘lgan mustahkamligini aniqlashda, suv hajmi gipsning massasiga nisbatan foiz (%) hisobida ml da olinadi. Gips normal quyuqligini aniqlashda balandligi 100mm, ichki diametri 50mm bulgan latun' silindrdan, oralig‘i 1 sm qilib aylanalarga bo‘lib chiqilgan, diametri 240 mm li oyna yoki oyna ostiga qo‘yilgan qog‘ozdan iborat bo‘lgan asbobdan foydalaniladi. 1-latun' silindr. 2-yoyilmani ko‘rsatuvchi aylanalardan iborat oyna. 3-gips hamiri. Ish tartibi. Texnikaviy tarozida 300 gr aniqligi 1 gacha bo‘lgan gips tortib olinadi va toza idishga oldindan o‘lchab qo‘yilgan suvga gipsni sepib qo‘shgandan boshlab 30sek. aralashtiriladi. Aralashtirish tugagach oynani o‘rtasiga o‘rnatilgan silindrni gips hamiri bilan to‘ldiriladi, oshig‘ini esa pichoq bilan qirqib tekislanadi. 15 sek. davomida aralashtirish tugagandan keyin, tezda latun' silindr ko‘tariladi. Gips hamiri yoyilmasini 3 joyidan diametri o‘lchanadi va ularning o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi. Agar yoyilmagan diametri 180±5 mm dan farq qilsa suv miqdorini o‘zgartirib ish yana qaytadan bajariladi. 2-tajriba ishi Gips xamirini quyuqlanish davrini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Po‘lat ignali siljish qismi 300 ± 2gr teng bo‘lgan Vika asbobi. Bu usulning vazifasi, gipsni suv bilan tutish boshlanishini va oxirini aniqlash. Quyuqlanish davrini aniqlashda Vika asbobi qo‘llaniladi. Qo‘zg‘aluvuchan po‘lat sterjen' 2 strelka ko‘rsatkichi bilan birga tik holda qo‘zg‘aladi. Shkala ko‘rsatkichi 0 mm dan 40 mm gacha temir staninaga mahkamlangan. 1-temir stanina. 2-qo‘zg‘aluvchan po‘lat sterjen'. 3-qo‘shimcha yuk. 4-shkala. 5-siquvchi vint. 6-po‘lat igna. 7-halqa.
8-shisha plastinka. Sterjenning pastki qismiga diametri 1,1 mm bo‘lgan igna o‘rnatilgan. Sinovni bajarishdan oldin Vika asbobini po‘lat sterjenining erkin siljishini, sterjendagi strelka ko‘rsatkichini 0 dagi holatini tekshirish kerak. Oldindan moy bilan artilgan halqa ni shisha plastinkaga o‘rnashtirib, gips hamiri bilan to‘ldiriladi. Oshiqcha hamirni pichoq bilan qirqiladi va Vika asbobiga o‘rnatiladi. Ignaning uchi gips hamiriga tegib turishi kerak. So‘ngra vint bilan sterjen' bo‘shatiladi va o‘z og‘irligi bilan gips hamiriga botadi. Bu hol har 30 sekundda takrorlanib turadi. Har bir takrorlanishda igna toza artilib, gips hamirining yangi joyiga tushiriladi. Po‘lat ignani gips hamiriga botishi shkala bilan kuzatilib turiladi. Ma'lum vaqt o‘tgandan keyin 300 gr og‘irlikdagi sterjenning 1 mm ostiga yetmay qolganligini ko‘riladi. Gips namunani suv bilan qorishtirilgandan to shu vaqtgacha bo‘lgan davr gips hamirining quyuqlanish boshlanishi bo‘ladi. Quyuqlanish davrining tugashi esa gips namunasini suv bilan qorishtirilgandan to sterjendagi igna gips hamiriga 1 mm botmay qolganda tugallanadi. Quyuqlanish davrining boshlanishi va tugashi daqiqada ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarishda ko‘pincha gipsni quyuqlanish davrini tezlatish va sekinlatish uchun qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bu qo‘shimchalar gips mexanik va fizik xususiyatini yaxshilaydi. Gipsning egilishga va siqilishga bo‘lgan mustahkamligini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Gips hamirini qorishtirish uchun idish. 2. Gips namunasi. 3. Gips tayoqchalarining qoliplari 40x40x160mm. 4. Mashina moyi. 5. MII-100 asbobi. 6. Plastinkalar 40x62,5mm. 7. Gidravlik press. Qotgan gips hamirining mustahkamligi uning egilishga va siqilishga bo‘lgan mustahkamlik bilan ifodalanadi. Namuna tayyorlash uchun 1000gr gips olinib 200S li suv bor idishga to‘kiladi va 1 minut yaxshilab qorishtiriladi. So‘ngra oldindan mashina moyi bilan moylangan qolipga solinadi. Qolip ustidagi oshiqcha gips hamiri pichoq bilan sidirib tekislanadi. Quyqalanish davri tugagandan 15±5 minut o‘tgandan keyin qolip olinib namuna laboratoriya xonasida 2 soat vertikal xolatda saqlanadi. So‘ngra uni egilishga bo‘lgan mustaxkamlikni MII-100 asbobida 3 ta namuna sinaladi. Siqilishga bo‘lgan mustahkamlikni gidravlik press orqali aniqlanadi. Buning uchun yarimta gips namunasining 2 ta plastinka o‘rtasida shunday o‘rnatiladiki, namunaning qirralari plastinkani o‘qlariga joylashgan bo‘lsin. Namuna plastinkalar bilan birga pressga qo‘yiladi va unga bosim beriladi. Siqiilishga bo‘lgan mustahkamlikni quyidagi formula orqali topiladi: Rciq=P/S. Bu yerda: Rsiq- gips namunasining mustaxkamligi, kg/sm2; R-buzuvchi kuch, kg; S-namunaning kuch tushadigan yuzasi, sm2. Siqilishga bo‘lgan mustahkamlikni 3 ta sinovning o‘rtacha arifmetik qiymatidan olinadi. 3- tajriba ishi Gipsning suvga chidamli koeffisientini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Namuna. 2. Suv saqlanadigan vanna. 3. Gidravlik press. Qurilish gipsining suvga chidamligini aniqlashda gips namunasi 24 soat davomida havoda qotadi, yoki doimiy og‘irligiga ega bo‘lguncha quritilib suvga solish bilan aniqlanadi. Suvda turish vaqti 24 soat yoki 7, 28 sutka. Suvda turgan gips namunasining yo‘qotgan mustahkamligi bilan uning chidamligi aniqlanadi. Ko‘pincha suvga chidamligi yumshash koeffisienti bilan yoki mustahkamlik chegaralari bilan ifodalanadi. K=Rsiq tuy/Rsiq quruq. Bu yerda: Rsiq tuy- to‘yilgan-suvda turgan namunaning siqilishga bo‘lgan mustahkamligi, kg/sm2. Rsiq kuruk- quruq holdagi namunaning siqilishga mustahkamligi, kg/sm2. Agarda yumshash koeffisienti 0,8 dan kichik chiqsa, gips chidamsiz deb qabul qilinadi. Gipsning hajmiy og‘irligini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Quritilgan gips kukuni. 2. Hajmiy og‘irlikni aniqlash voronkasi. 3. Bir litrli idish. 4. Temir chizg‘ich. 5. Tarozi. Materialning solishtirma og‘irligi deb, uning og‘irligini absolyut zich g‘ovaklar va bo‘shliqlarsiz hajmiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Sinaluvchi moddaning hajmiy og‘irligi 2 holda, zichlantirgan va sochiluvchan xolda aniqlanadi. Sinaluvchi moddaning hajmiy og‘irligini topish uchun hajmi ma'lum bo‘lgan silindr idish bo‘sh holatda tortiladi va uning ustiga og‘irligi bo‘r bilan yoziladi, voronka tagiga qo‘yiladi. Voronkadan erkin xolatda gips kukuni solinadi, ortiqchasi lineyka bilan olib tashlanadi va idish gips bilan tortiladi. Xajmiy og‘irligi sochiluvchan xolatda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Y0=(P1-P)/V, g/sm3 . Y0-hajm og‘irligi, R-bo‘sh idishning og‘irligi gr, R1-mahsulotli idishning og‘irligi gr, V-idishning hajmi sm3. 4- tajriba ishi Ohakdagi so‘nmagan zarrachalar miqdorini aniqlash (GOST 22688-77) Asbob-uskunalar: 1. №063 elak. 2. Quritish shkafi. 3. Texnikaviy tarozi. Texnikaviy tarozida 1 kg so‘nmagan ohakdan tortib olinib ohak bo‘tqa hosil qilinadi. Hosil bo‘lgan bo‘tqani 24 soatdan keyin suv bilan sut holiga keltiriladi. So‘ngra №063 elakdan o‘tkaziladi. Elakda qolgan so‘nmagan zarrachalarni toza holiga kelguncha yuviladi. Elakda qolgan qoldiqni elak bilan birga quritish shkafida 105-1100 S haroratda turg‘un holiga kelguncha quritiladi va tarozida tortiladi. Umumiy og‘irlikdan elakning og‘irligini ayirib so‘nmagan zarrachalarning og‘irligi topiladi. Sinash uchun olingan 1kg ohakni nisbatan so‘nmagan zarrachalarini miqdori foiz (%) hisobida topiladi. Qoldiqni grammda o‘lchab 10 ga bo‘linadi. Ohakning so‘nish tezligini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. D'yuar asbobi. 2. Termometr 1300S gacha shkalali. 3. Texnikaviy tarozi. 4. Menzurka 50 ml. Ohakning so‘nish tezligi D'yuar asbobida aniqlanadi. D'yuar asbobining hajmi 500 ml bo‘lib, unga 40-50 ml idish joylashgan. D'yuar asbobi bilan stakan o‘rtasiga issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan qatlam joylashgan. Ish tartibi: 10 gr maydalangan oxak D'yuar aspobiga solinadi 200 C xaroratli 20 ml li suv quyiladi, qopqoq berkitiladi va termometr tushiriladi. Oxak qorishmali asbob silkitiladi va tinch xolatda qoldiriladi. Xar 30sekundda oxak so‘nish xarorati kuzatiladi. Xarorat maksimal xolatga kelishi so‘nish vaqtini boshlanishini belgilaydi, maksimal xolatdan tushishi so‘nish vaqtini oxrini belgilaydi. 5- tajriba ishi Ohakni hamirga aylanishini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Yog‘och yashik qopqog‘i bilan. 2. 5kg ohak. 5 kg so‘ndirilgan ohak kattaligi 2 sm gacha qilib bo‘linadi. Oldindan tortib olingan, ichki tomoni yupqa po‘lat plastinkasi bilan mahkamlangan, maydoni 1000 sm2, balandligi 40sm yashikka solinadi. Ohakni ustidan 15- 200S haroratli suv quyiladi. Suvning miqdorini so‘nish tezligiga qarab olinadi. Tez so‘nuvchan yuqori tarkibli oxakga 10-12 l suv olinadi, o‘rtacha so‘nuvchi oxakga 8-10 l, sekin so‘nuvchanga esa bo‘laklarning namlanishiga qarab suv olinadi. Ohakni butunlay so‘nishi va bir xil tarkibdagi ohak hamiri olish uchun so‘nish vaqtida undan 2 sm balandlikda suv quyiladi va aralashtiriladi. Sovib qolishidan saqlash uchun qalpoq bilan yaxshilab berkitilib qo‘yiladi. 24 soatdan so‘ng yashikni qopqog‘ini ochib to‘kiladi va ohak bo‘tqasini balandligi o‘lchanadi. Ohakning bo‘tqaga o‘tishi l/kg da o‘lchanadi. Ko‘pincha ohakni bo‘tqaga o‘tishi 1,6-2,5 l/kg oraliqda bo‘ladi. 6- tajriba ishi Sementning maydalik darajasini aniqlash (GOST 310.2-76. Sement) Sementning sifatini baholashda, uning maydalik darajasi katta ahamiyatga ega. Sement klinkeri zavodda qanchalik mayda qilib tuyilsa, uning qotishi shuncha tezlashadi, mustahkamligi oshadi va h.k. Sementning maydalik darajasi uning solishtirma yuzasiga va elakdan o‘tkazilganda undagi qolgan qoldiq (ms)ga ko‘ra baholanadi. Kerakli asbob va uskunalar: Mexanik usulda ishlaydigan elak yoki ustki va ostki qopqoqli № 008 nomerli oddiy elak, sement-namuna, tarozi toshlari bilan, quritish shkafi, 1-2 varaq qog‘oz. Ishning bajarilish tartibi: O‘rtacha sement namunasidan 100 g olib, qurish shakafida 105-1100C haroratda 1 soat quritiladi va sovigandan so‘ng undan 50 g. olinib, elakka solinadi. Sement elakda ostki va ustki qopqog‘i yopiq holda 15-20 min.elanadi. Shunda elakdan o‘tgan sement og‘irligi 0.05 gramdan oshmasa, elash ishi tugaydi. Keyin elakdagi qolgani elak bilan birga tarozida tortiladi va elakning sement solinmasidan oldingi og‘irligini ayirib tashlanadi. Natijada elakda qolgan qoldiqning haqiqiy og‘irligi chiqadi va elash uchun olingan sementning og‘irligiga (50 g) nisbatan (% hisobida) quyidagi ifoda orqali aniqlanadi; m=(50-m)/50*100%=8% Sement hamirining normal quyuqligini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Sement 2. Vika uskunasi pastiki bilan. 3. Tarozi. 4. Qozoncha va kurakcha. Vika asbobi yordamida sement hamirining quyuqligi va qovushqoqlik muddati aniqlanadi. Normal quyuqligini aniqlashda sterjen' pastki qismiga silindrsimon temir pastik qo‘yiladi. Uning diametri 10±0,1mm, uzunligi 50±0,1, qotiriladigan yuqori qismining diametri esa uzunligi 14mm bo‘lganda 5mm bo‘lishi kerak. Qovushqoqligini aniqlashda esa, pestik igna bilan almashtiriladi. Igna mustahkam po‘lat simdan tayyorlanadi. Igna va pestik ustki qismi silliq va toza bo‘lishi hamda igna qiyshaymagan bo‘lishi shart. Asbobning umumiy qo‘zg‘aluvchan qismi pestik bilan og‘irligi 300±2 gr bo‘ladi, pestikni igna bilan almashtirilganda esa sterjen' yuqorisiga qo‘shimcha yuk qo‘yiladi. Hamirning normal quyuqligini aniqlashda 400gr sement 0,1 aniqlikda tortiladi va namlangan idishga joylashtiriladi. Sementning o‘rtasi chuqurlanib suv birdan quyiladi. Suv miqdori portlandsement uchun 21-27%, shlakoportlandsementga 26-30%, pusolansementga 30-45% hisobida olinadi. Suv quyilgandan so‘ng tezda suv usti sement bilan to‘ldiriladi va 30 sekunddan keyin asta aralashtira boshlanadi, so‘ng tezlik bilan kurakcha bilan qorishtiriladi. Bu holat 5minut davom ettiriladi. Sterjen' muallaq tushishiga ishonch hosil qilgandan keyin, sterjen' ko‘rsatkichi 0ga,pestik qorishmaga tekislanadi. Agarda sterjen' ko‘rsatkichi 0dan chetroqqa chiqsa, keraklicha siljitib turiladi. Halqa bilan plastinka mashina moyi bilan moylanadi. Sement hamiri to‘ldirilgan halqa bilan plastinka 5-6 marta stol ustiga taqillatib silkitiladi. Keyin hamirning ortiqchasi sizib chiqqan suv bilan birgalikda, halqa bilan barobar qilib olib taqsimlanadi. Tetmayer pestigini halqa o‘rtasiga keltirib, pestik qorishmaga tekkiziladi va sterjen' vint bilan qotiriladi. Keyin tez yechiladi, sterjen' bo‘shatilgandan keyin pestik hamir ustiga erkin tushadi. 30 sekund davomida sterjen' sement xamiriga tushirilib turadi. Agar suv miqdori to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa pestik xalqa tubiga 5-7 mm ga yetmasdan to‘xtaydi. Suv miqdori foiz (%) xisobida xisoblanadi. 7- tajriba ishi Sementning xamirining tishlashish jarayoni boshlanishi va oxirini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Vika asbobi. 2. Qozon. 3. Sinash sementi. 4. Tarozi. Sement hamirining tishlashishni aniqlashda ham Vika asbobidan foydalaniladi. Xuddi o‘rtacha quyuqligini aniqlagan singari pestik o‘rniga igna qotiriladi, sterjenning yuqori qismiga 27±5 gr. qo‘shimcha yuk qo‘yiladi, chunki sterjenning umumiy og‘irligi 300 gr ga teng bo‘lishi uchun tishlash jarayoni aniqlash uchun o‘rtacha sement hamiri tayyorlanadi va uni halqaga joylashtirilib silkitiladi, havoni chiqarish uchun ortiqcha hamir pichoq bilan olinadi va usti tekislanadi. Halqa igna taggiga joylashtirilib, igna hamir ustki qismiga tekkiziladi. Hamir suyuq bo‘lganligi uchun birinchi holda sterjen' sekin qo‘yiladi, igna plastinkaga qattiq tegmasligi usun. Har 10 minutda igna tushirib turiladi, tishlanishning boshlanishidan to oxirigacha. Igna tushirilgandan keyin har safar joyi almashtirilib turiladi va igna fil'trlash qog‘ozi bilan artib turiladi. Tishlanishning boshlanish davri sementning suv bilan bir oraliq vaqtdan boshlab to igna plastinka tubiga 1mm yetguncha xisoblanadi. Tishlanishning oxiri, sement qorishmasining yuzasiga igna 5mm kirguncha bo‘lgan oraliq vaqt xisoblanadi. Tishlanishning boshlanishi barcha sementlar uchun 45 da=i=adan oshmasligi kerak, tishlanishning oxiri esa 12soatdan kech bo‘lmasligi kerak. Tishlanish vaqtini bilish sanoat ishida katta ahamiyatga ega. Asosan tishlash vaqtini, joylash zichlashtirishi beton qorishmani oldindan bilishga o‘rgatadi. Portlandsementning tishlashish jarayonini sekinlantirish uchun tuyulayotganda gips bilan birgalikda 1,5-3,3% qo‘shimcha qo‘shiladi. Sement namunalarining siqilishga va egilishga bo‘lgan mustahkamligini aniqlash Asbob-uchkunalar: 1. Qolip 4x4x16sm. 2. Titratgich stol. 3. Mexanik qorishtirgich. 4. Qozon, kurakcha. 5. O‘lchov silindr(shishali). 6. Taroz toshi bilan. 7. Vanna namunani saqlash uchun 8. Pichoq. 9. Mashina moyi. 10. Sement. 11. Qum va suv. Sinash uchun prizma holatda 4x4x16 sm o‘lchamli namunalar tayyorlanadi, buning uchun tarkibida sement bilan qumni 1: 3 nisbatda bo‘lgan qorishma tayyorlanadi. Qum zarrachalari 0,5-0,85 mm gacha bo‘lishi kerak. Ishlatiladigan sementni, qumni,suvni harorati teng bo‘lib 20 ± 20C orasida bo‘lishi kerak. Ish tartibi. 500 gr sement va 1500 gr oddiy qum tarozida tortiladi. Ular qozonda quruq xolda 1minut arlashtiriladi. Keyin uning yuzasi tekislanadi va o‘rtasi o‘yilib taxminan 20 gr/suv quyiladi, qorishma suvni shimgandan keyin yana 1daqiqa qorishtiriladi va qorishtirish mexanik aralashtirgichda solinadi. Mexanik aralashtirgich. 1-qorishma soladigan ariqcha, 2-qorishmani ezuvchi g‘ildirak. Mashina o‘z o‘qi atrofida 20 marta aylanib qorishmani qorishtirgandan keyin bunga 2,5 minut vaqt ketadi, uning quyuq va suyuqligini aniqlanadi. Buning uchun silkituvchi stolcha o‘rtasiga qo‘yilgan kesik konusli idishga sement qorishma ikki bo‘lib solinadi. Kesik konus zanglamaydigan po‘latdan yasalgan bo‘lib, uning diametri 100mm, yuqorisiniki 70mm, balandligi 60mm ga teng. Idishga solingan qorishiq shibbalovchi bilan zichlanadi. Qorishma birinchisi 15 marta, ikkinchisi 10 marta zarb bilan shibbalanadi. Zichlash vaqtida kesik konus chap qo‘l bilan stolga bosib turiladi. Shibbalash zichlashgan qorishmaning ortiqcha qismi ho‘llangan pichoq bilan sidirilib tekislanadi, keyin qolib asta-ekin tekis holatda ko‘tariladi. Konus shaklini olgan qorishma 30 marta 30 sekundda silkitiladi va natijada u dars ketib, sekin-asta buzilib yoyiladi. Qorishma diametri shtangensirkul' bilan ikki joyidan o‘lchanadi. Shunda qorishmaning yoyilish diametrining o‘rtacha qismi 105mm kam bo‘lsa, suv miqdori bir oz ko‘paytirilib, qorishma yana tekshirib ko‘riladi, aks holda, suv miqdori kamaytiriladi. Xullas, qorishmaning yoyilish diametri quyuqligi 105-110mm bo‘lishi kerak. Bu sement hamirining o‘rtacha quyuqligini aniqlang. Aniqlangan suv sement nisbatiga ko‘ra qorishma tayyorlanib, undan tomonlari 40x40x160 mm li namuna olinadi. Namuna tomonlarining miqdori 0,02 mm aniqlikda bo‘lishi kerak. Namuna tayyorlashda avval qolip ichki tomonlariga mashina moyi suritiladi. Tayoqcha shakldagi namunalar tayyorlash uchun qolip. Qorishmani joylashda qulaylik tug‘dirish uchun unga o‘rnatilgan nasadkaga mashina moyi yoki solidol suriladi. Qorishma solishga tayyorlangan qolip va nasadka titratgich vibratorga mahkam o‘rnatiladi. Titratgich konstruksiyasi har xil bo‘lsada, ammo ularning tik yo‘nalish bo‘yicha amplitudasi 0,35 mm, titrash davri esa 3000 titr/min bo‘lishi kerak. Titratgich ichiga tushirmasdan oldin qolipning uchchala ko‘zi 1sm aniqlikda sement qorishmasi bilan to‘lg‘aziladi, keyin avvalgi 2min davomida qorishma solib turiladi va qolip 3min titratiladi. Qolip va unga o‘rnatilgan nasadka titratgichdan olinadi va ho‘llangan pichoq bilan namuna sirti qolip qirrasi bo‘ylab tekislanadi, so‘ng har bir namuna bo‘yoq bilan nomerlanadi, namuna qolip bilan birgalikda gidravlik qopqoqli vannaga joylashtiriladi va unda 24±2 soat saqlanadi. Sement namuna qotgandan keyin qolipdan olinadi va sekin yotqizilgan holda suvli vannaga oralari 10-15 mm masofada teriladi. Namuna suvda 27 sutka saqlanadi. Idishdagi suvning hajmi namuna hajmidan 4 marta qo‘p bo‘lishi kerak. Bundan tashqari suvning harorati xona haroratidek bo‘lishi, tarkibida tuz, ishqor yoki kislota bo‘lmasligi kerak. Namuna suvda qotish muddati o‘tgandan keyin ular quruq latta bilan artiladi va 10minutdan so‘ng sinaladi. Egilishga mustahkamlikni o‘rtacha arifmetik hisoblaganimizda sinov ko‘rsatgan 3 natijaning 2 ta ko‘proq ko‘rsatkichi olinadi. Namunaning egilishga sinagandan keyin 6 yarimtalik namuna olinadi, ular har biri alohida sinab sementning siqilishga mustahkamlik chegarasi aniqlanadi. Buning uchun gidravlik pressning quyi 3 va yuqori 1 tagli plita orasiga o‘rnatilgan po‘lat plastinka ustiga namuna qo‘yiladi. Po‘lat plastinka bir tomon rahi chiqqan bo‘ladi. Namuna o‘rnatilganda uning tekis qirralari plastinka rahiga tegib turishi, hamda namuna tushadigan kuch qorishmaning qolipga joylashish qatlami parallel bo‘lishi lozim. Namuna berilgan kuchning tezligi sekundiga 20±5kg/sm2sek oshmasligi kerak. Kuchning ortishi natijasida namuna buziladi va shu vaqtda manometr ko‘rsatgan bosim jadvalga yoziladi. Namuna buzuvchi kuch Rning qiymati manometrdagi ko‘rsatkichni gidravlik press va nasos porshenlarining yuzalarini nisbatiga bo‘lib aniqlanadi. Siqilishga mustahkamlik chegarasi buzuvchi kuch-R plastinka yuzasi G‘ ga bo‘lib aniqlanadi. 8- tajriba ishi Sementning hajmiy og‘irligini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Qolip 4x4x16sm. 2. Titratgich stol. 3. Mexanik qorishtirgich. 4. Qozon, kurakcha. 5. O‘lchov silindr(shishali).6. Quritilgan sement kukuni. 7. Hajmiy og‘irlikni aniqlash voronkasi. 8. Bir litrli idish. 9. Temir chizg‘ich. 10. Tarozi. Materialning solishtirma og‘irligi deb, uning og‘irligini absolyut zich g‘ovaklar va bo‘shliqlarsiz hajmiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Sinaluvchi moddaning hajmiy og‘irligi 2 holda, zichlantirgan va sochiluvchan xolda aniqlanadi. Sinaluvchi moddaning hajmiy og‘irligini topish uchun hajmi ma'lum bo‘lgan silindr idish bo‘sh holatda tortiladi va uning ustiga og‘irligi bo‘r bilan yoziladi, voronka tagiga qo‘yiladi. Voronkadan erkin xolatda sement kukuni solinadi, ortiqchasi lineyka bilan olib tashlanadi va idish sement bilan tortiladi. Xajmiy og‘irligi sochiluvchan xolatda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Y=(P1-P)/v Y-hajm og‘irligi, R-bo‘sh idishning og‘irligi gr, R1-mahsulotli idishning og‘irligi gr, V-idishning hajmi sm3. Sement xamirining suv ajralish jarayonini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Sinaladigan sement. 2. Texnik tarozi. 3. Silindrik o‘lchagich 500ml. 4. Chinni stakan 1l. Sementdan suvni ajratishning bir qancha turlari bor. Sinashning bir turi quyidagicha, qattiq qog‘ozga 350gr sement 1gr aniqlikda tortiladi 350ml suvni 1ml aniqlikda o‘lchanadi. Olingan suvdan 250ml 1l chinni stakanga quyiladi ustiga sement sepiladi. Olingan sement hamirini 4 minut aralashtirilib sekin hajmi 500ml bo‘lgan silindr idishga solinadi. Shpatelda qolgan sement hamirini va stakandagi qoldiqlarni suv bilan yuvib silindrga quyiladi. Sement bilan suv bir necha marta aylantiriladi, qo‘l bilan berkitilib, keyin stolga qo‘yilib sement hajmi o‘lchanadi. Tajriba vaqtida silindrga tegmaslik kerak. Tajriba 25±10C da o‘tkaziladi. Suvni ajralish jarayonini kuzatishda har 15 minutlan 1 soatgacha sement hamirining hajmini o‘lchab turiladi. Keyin har 30 minutda o‘lchanadi. Tajribaning boshida hisobni va yakunida hisobni olib o‘rtacha hisob chiqariladi. Ikkita hisob bir xil o‘lchamga ega bo‘lgandan keyin tajriba to‘xtatiladi, silindr yuviladi. Odatda suvli ajralish hajmi sement va suvning 1:1 og‘irligi to‘g‘ri kelganda 3 soatdan keyin to‘xtatiladi. Suv ajralish koeffisienti quyidagi formula bilan aniqlanadi: Kv=(V-V1)/V2. V–birinchi sement hamirining hajmi sm3, V1-cho‘kkan sement hamiri hajmi sm3, V2-ajralgan suv hajmi sm3. 9- tajriba ishi Sement hamirining hajmiy tekis o‘zgarishini aniqlash Asbob-uskunalar: 1. Sinaladigan sement. 2. Namunaning parlash qoxoni. 3. Shisha bo‘laklari. 4. Tarozi. 5. Vanna. Bog‘lovchi moddalar qotganda hamisha bir necha joyida hajmi o‘zgarishi kuzatiladi. Agarda hajmi o‘zgarishi aytarlik uncha katta bo‘lmasa, yoyilishi to‘g‘ri bo‘lsa, u holda zararli hodisa keltirmaydi. Agar hamirda yorilish va parchalanish bo‘lmasa, hajmiy o‘zgarish ichki kuchlanishni keltirsa qotayotgan sement ham qarshilik ko‘rsatolmaydi, bunday sementni qurilishda qo‘llash mumkin emas. Hajmiy o‘zgarish bir-biriga to‘g‘riligi, sementdagi uch xil bog‘lovchiga kal'siy oksidi, magniy oksidi va gipsga bog‘liq. Hajmiy o‘zgarish to‘g‘riligini bilish uchun 400gr sement olinadi, undan o‘rta quyuqlikda hamir tayyorlanadi. Keyin sement xamiridan 2-5 marta 75gr. dan namuna o‘lchab olinadi, aylana shakliga keltiriladi, yog‘langan shisha plastinka ustiga qorishmadan tayyorlangan zuvala qo‘yiladi va plastinka stol ustiga sekingina uriladi, hamir kulcha shakliga kelib uning diametri 7-8sm o‘rta qismi 1sm bo‘ladi. Kulchaning ustki qismi ho‘llangan pichoq bilan silliqlanadi. Tayyorlangan kulchalar, tayyorlangan vaqtdan boshlab 24±2soat davomida 20±50C haroratda vannada, gidravlik yopiq idishda saqlanadi. Bundan keyin kulcha shisha plastinkadan olinib, maxsus qozonga joylashtiriladi. Ikkita kulcha suvga solinib 3soat mobaynida qaynatiladi keyin sovitiladi. Kulcha qozondan olinib sinchiklab kuzatiladi. Bir qancha gidravlik bog‘lovchi modda umumiy bo‘lgan qoidadan tashqari tajrib Bitumning yumshash haroratini aniqlash Bitumning markasi qancha yuqori bo‘lsa, uning yumshash harorati hamshuncha yuqori bo‘ladi. Bitumsimon organik moddalarning yumshash haroratiodatda "halqa va shar" usuli bilan 11.2-rasmda ko‘rsatilgan asbob yordamidaaniqlanadi. Bu asbob shisha idish, latundan ishlangan halqa, po‘lat shar va uchta po‘lattayoqchaga mahkamlangan doira shaklidagi yupqa mis yoki latun' plastinka(shtativ) lardan iborat. Quyi va o‘rtadagi po‘lat plastinka doiralar o‘zaro2,55sm oraliqsa o‘rnatilgan. Halqaning ichki qismi zinaga o‘xshash bo‘lib, uning yuqori diametri17,7mm pastkisi 15,7mm ga teng. Halqaning balandligi 6,35mm. O‘rtadagiplastinkaning markazida termometrning simobli uchini o‘rnatish uchun chuqurcha qoldirilgan Tajriba tartibi. Chinni kosachada sinaladigan bitum 120°S ga qadar 15min qizdiriladi. Bu orada po‘lat plastinkaga tal'k kukuni bilanqorishtirilgan gliserin surkaladi, aks holda yumshagan bitum yopishishimumkin. Keyin eritilgan issiq bitumni halqa 1 ga quyiladi va sovigandankeyin uning sirti issiq pichok bilan halqa qirrasi bo‘ylab tekislanadi.Bitum batamom sovigandan keyin (16-20°C) uning ustiga massasi 3,55 g lipo‘lat shar qo‘yiladi va halqalar shtativdagi maxsus teshiklarga joylanadi.Ustiga shar qo‘yilgan bitumli halqa va termometr o‘rnatilgan shtativ shishaidishdagi suvga botiriladi, keyin 15 min ushlab turiladi. So‘ngra shishaidish asbest turli elektr plitka ustiga qo‘yiladi va suv minutiga 5°C tezlikda isitiladi. Bitum yumshab, po‘lat shar halqaning ostki tokchasigabitumga o‘ralgan holda sekin oqib tushadi. Shu vaqtdagi suvning haroratibitumning yumshash haroratini ifodalaydi. Agar bitumning yumshash harorati 800C dan ortiq bo‘lsa, shisha idishdagisuv o‘rniga gliserin ishlatiladi. U vaqtda namuna sinashdan oldin 32°S ligliserinda 15 min tutib turiladi va tajriba birinchi tartibdagidek davom ettiriladi. Download 28.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling