Xayol xususiyatlari O’zbekiston jahon tillar universiteti


Download 166.74 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2023
Hajmi166.74 Kb.
#1302565
  1   2
Bog'liq
xayol mavzusida slayd

Xayol xususiyatlari

O’ZBEKISTON JAHON TILLAR UNIVERSITETI


Hayol
Reja:
1. Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha.
2. Xayol turlari va jarayonlari.
3. Xayol va ijodkorlik.
4. Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi
Hayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo'lgan vaqtli aloqalarning (associaciyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo'shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
Hayolning nerv fiziologik asosida ham miyaning po'stida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalarning (associaciyalarning) yana qayta tiklanib, bir-biri bilan yangicha qo'shilish jarayoni yotadi. Shuni ham aytish kerakki, bosh miya yarim sharlarida ilgari hosil qilingan vaqtli aloqalar birin-ketin tiklanadilar va binobarin ularning qo'shilishlari ham asta-sekin yuzaga keladi. Ana shuning natijasida bosh miyaning po'stida inson o'z shahsiy hayotida hech qachon idrok qilmagan narsalarning obrazlari paydo bo'ladi. Bu obrazlarning ko'pi voqelikka mutlaqo to’g’ri kelmaydi va natijada tormozlanib qoladilar. Boshqa birlari esa voqelikka to’g’ri kelganligi hamda inson faoliyati uchun miyadan yangi imkoniyatlar ochib bergani tufayli amaliy faoliyat natijalari bilan mustahkamlanadilar.
Hayol jarayonlari sifatida quyidagilar ajratib ko'rsatiladi:
Agglyutinaciya – «elimlash» degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va bosh?alar
Giperbolizaciya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, aloqida qismlarni o'zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pa?lavon obrazlari kabilar
Tizimlashtirish – o'hshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir hil obrazlarni qaytarilishi bo'lib, har bir davr uchun tipik bo'lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Ka??or hikoyalari («O’g’ri», «Bemor») A.Qodiriy («O'tgan kunlar») romani kabilar.
Akcentlashtirish – ayrim belgilarni ta'kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Akcentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p qo'llaniladi
Hayol jarayonida hayol tasavvurlarining hotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.
Hayol tasavvurlari ongda paydo bo'ladi va barqaror bo'ladi.
Hotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Hayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.
Hayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bogliq bo'lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi.
Hayolning quyidagi turlari ajratib ko'rsatiladi:
Tasavvur hayoli deb o'tmishda bo'lib o'tgan yoki hozirda bor bo'lgan lekin bizning turmush tajribamizda shu paytgacha uchratmagan, ya'ni biz idrok qilmagan tasavvur va obrazlar yaratishga aytiladi.
Ijodiy hayol – deb tajribamizda bo'lmagan va voqelikning o'zida ham uchratmagan narsa va hodisalar haqida tasavvur hamda obrazlar yaratishdan iborat hayol turiga aytiladi.
Ihtiyorsiz hayol deb – odam o'zining oldiga hech qanday maqsad qo'ymasdan, irodani ishga solmasdan, qandaydir o'z-o'ziga obraz va tasavvurlarni yaratishiga aytiladi.
Ihtiyoriy hayol deb oldindan belgilangan maqsad asosida iroda kuchini ishga solib muayyan obraz va tasavvurlarni yaratishga aytiladi.
Realistik hayol – turida voqelik aks ettiriladi, orzular amalga oshadi.
Fantastik hayol – amalga oshmaydigan hayol turidir.

Download 166.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling