Xayr maktab salom oliygox
Download 85.5 Kb.
|
25 май БАЁННОМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- K U N T A R T I B I 1.
Quvasoy shahar 22 -umumiy o’rta ta’lim maktabida “Xayr maktab salom oliygox” shiori ostida o’tkazilgan tadbir B A YO N I 2022- yil 25- may Bo`ston MFY
K U N T A R T I B I 1. “Mening maktabim – mening uyim” shiori ostida barcha umumta’lim maktablarida o’tkazilayotgan “So’ngi qo’ng’iroq” tadbiri. So’zga chiqdilar: Tadbirni S.Shaxanova ochib berdi va tadbir ishtirokchilari va bitiruvchilarni ushbu kun bilan muborakbod etdi. Tabriklash jarayonida yurtimizda so’nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimida olib borilayotgan isloxotlar yuzasidan to’xtalib Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning bugungi kunda yoshlarimizga berayotgan g’amxo’rliklari to’g’risida to’xtalib o’tdi. Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish har qachongidan ham muhim ekanligini zamonning o’zi ko’rsatib turibdi. SHu bois Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma’niviy-ma’rifiy soxalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu muhim 5 ta tashabbus yoshlarimiz ta’lim tarbiyasida katta axamiyat kasb etadi. Bu borada yozgi ta’til davrini mazmunli o’tkazish maqsadida maktabimizda va maxallalarda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. So’ng maktabning O’IBDO’: Z.Abdukalikova yil davomida a’lo baholarga o’qigan, yuqori ko’rsatkichlarga erishgan iqtidorli o’quvchilarni xususan, «Eng a’lochi o’quvchi», «Eng ibratli o’quvchi», «Eng faol o’quvchi», «Ijodkor o’quvchi», «Ingliz tili bilimdoni», «Yosh ixtirochi», «Maktabimiz fahri», «Sport ustasi», «Kompyuter bilimdoni», «Eng orasta qiz» kabi nominatsiyalar bilan bitiruvchilarni takdirlagan o’quvchilarni ismi familiyasiniio’qib o’tdi. Maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-ahloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’layotgan o’quvchilarning ota-onalarini maktab mamurmyati nomidan tashakkurnoma bildirildi. Ushbu sharafga munosib ota-onalar ro’yxati sinf rahbarlari va MMIBDO’: E.Pirnazarov tavsiyasi asosida shakllantirildi. Shundan so’ng so’zga Quvasoy shahari xalq ta’limi vakili chiqib, bugungi kunda 22-umumta’lim maktabi Quvasoy shahardagi maktablar ichida oldingi o’rinlarda turishi, albatta bunday yutuqlarda maktabdagi ustozlarning o’rni beqiyos ekanligini ta’kidlab, bitiruvchilarni bugungi bayram bilan tabriklab kelgusi ishlarida omadlar tiladi. Tadbirning badiiy qismini 10 daqiqali vatanparvarlikka yo’g’rilgan, milliy kuy-qo’shiqlarlan iborat maktab a’zolarining chiqishlari tashkil etildi. Badiiy qismdan so’ng, maktab rahbari o’quvchilarga sinfdan-sinfga ko’chirish bosqichli nazorat imtihonlariga va 11-sinf bitiruvchilariga yakuniy davlat imtixonlarini muvafaqqiyatli topshirishga omadlar tilab, rasmiy tadbirni yakunladi. Maktab direktori: S.Shaxanova MMIBDO`: E.Pirnazarov Download 85.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling