Xayriddin saloh


Download 0.5 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1160651
Bog'liq
19. Xayriddin Saloh. Yulduzlar afsonasi

XAYRIDDIN SALOH

1934 —1969

Xayriddin Saloh (Xayriddin Salohiddinov)

  • Xayriddin Saloh (Xayriddin Salohiddinov)
  • 1934-yilning 15-yanvarida Toshkentda tug’ilgan.

Maktabda o’qib yurgan paytlaridayoq badiiy so’zga bo’lgan qiziqish Xayriddinni shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to’garagiga boshlab keldi.

  • Maktabda o’qib yurgan paytlaridayoq badiiy so’zga bo’lgan qiziqish Xayriddinni shoir G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to’garagiga boshlab keldi.
  • To’garakda shoir Erkin Vohidov, Yusuf Shomansur, Sayyor kabi tengdoshlari bilan ijod sirlarini o’rganadi.

ILK SHE’R

  • Yosh shoirning ilk she’ri 1950- yilda e’lon qilindi va bu ko`pchilikning e’tiborini tortadi.

Ta’lim

  • O’rta maktabdan keyin Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1957).
  • «O’zbekiston madaniyati» (1963—66) gazetasi va «Gulxan» jurnalida (1968—69) adabiy xodim bo’lib ishlagan.

Asarlari

  • «Chashma» (1959);
  • «Ikkinchi imtihon» (1961);
  • «Ishqim va rashkim» (1965);
  • «Tug’yon», «Na’matak» (1969);
  • «Izlar va hislar» (1974);
  • «Shu’lalar qo’shig’i» (1975);
  • «Lirika» (1985) kabishe’riy kitoblari chop etilgan.

Vafotidan so’ng esa, «Izlar va hislar» (1974), «Lirika» (1985) kabi she’r va dostonlardan tarkib topgan kitoblari bosilgan.

  • Vafotidan so’ng esa, «Izlar va hislar» (1974), «Lirika» (1985) kabi she’r va dostonlardan tarkib topgan kitoblari bosilgan.
  • «Laylo»;
  • «Yangroq hayot» (1969);
  • «Toshkent bilan suhbat» (1966,Toshkent zilzilasiga bag’ishlangan) kabi dostonlar muallifi.

Eslab qoling!

XAYRIDDIN SALOH - TARJIMON

  • G. Geyne, Bayron, M. Lermontov, T. Shevchenko, R. Hamzatov va boshqalarning ayrim asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Xayriddin Saloh lirikasidan namunalar

KO’KRAK OCHDIM SHAMOLLARGA

  • Ko’krak ochdim shamollarga, Bisotimni sarf etdim. Ular shirin xayollarga Meni butkul g`arq etdi.
  • Shamollarga bitib sho’x kuy Taklif etdim bog’imga. Chamanlardan ular xushbo’y Sepishdi dimog’imga.
  • Tunda uyqum qochib ketdi Xushlab yellar ta’bini. Ular tongda ochib ketdi G’unchalarim labini.

YURAKLARNI ZABT ETMOQ UCHUN

Yuraklarni zabt etmoq uchun Ikki yo`l bor yorug` dunyoda. Ikkisidan tanlasang birin, Qalbim, hech vaqt qolmaysan dog`da.

Doim do`st-u yor yuragiga Oqib kirgin bo`lib kuy, g`azal. Yo bo’lmasa yov yuragiga Xanjar bo`lib, tig` bo`lib qadal!

1964

GO’ZALLIK

  • Tasma-tasma ko’kda kamalak, Kamalakni seving, do’stlarim. Charx uradi gulda kapalak, Kapalakni quving, do’stlarim!
  • Tog` boshidan sakrar sharshara, Sharsharaga solingiz quloq. Yashillikka cho’mmish tog’, dara, Daralardan uzmangiz nigoh.
  • Ufqlarning etagi yal-yal, Ufqlarni ko’zlangiz faqat. Neki bo’lsa hayotda go’zal, Go’zallikdan so’zlangiz faqat!

“BARCHASIDAN BARVAQT TURAMAN”

Bugun turib hammadan barvaqt, Dala tomon yo’l lodim xushvaqt.

Ammo borsam tamom o’zga hol, Hayrat bilan turib qoldim lol.

Mendan barvaqt uyg’onib shamol, G’uncha labin ochibdi xushhol.

Mendan barvaqt uyg’onib shudring Maysalar-la, boshlabdi gurung.

Mendan barvaqt uyg’onib so’qmoq, Cho’zilibdi uzundan – uzoq.

Xoh… ertaga barin ko’raman, Barchasidan barvaqt turaman.

Bilimingizni sinang!

  • Ijodkorning dostonlarini bilasizmi?
  • “Yer va ter” she’rida qanday g`oya ilgari surilgan?
  • “Yulduzlar afsonasi” she’riy-hikoyasi sizda qanday taassurot qoldirdi?
  • Xayriddin Saloh qaysi ijodkorlarning asarlarini o`zbekchaga tarjima qilgan?

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling