Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot
Vaqt davri Axborotdan foydalanish konsepsiyasi
Download 355.46 Kb.
|
Axborot texnologiyalari va tizimlari
Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bо‘ldi. Bu yillarda ular hisoblarga ishlov berish va ish haqini hisoblashga mо‘ljallangan bо‘lib, elektromexanik-buxgalterlik mashinalarida amalga oshirilar edi. Bu hujjatlarni qog‘ozda tayyorlashga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni birmuncha qisqartirishga olib keldi. 60-yillar axborot tizimlariga munosabat о‘zgargan yillar bо‘ldi. Ulardan olingan axborot kо‘plab parametrlar bо‘yicha davriy hisobotlar uchun qо‘llanila boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ilgari bо‘lganidek, faqat hisob raqamlarigaxizmat kо‘rsatadigan va ish haqini hisoblaydigan emas, balki keng maqsadlarga mо‘ljallangan, kо‘plab funksiyalarga xizmat kо‘rsata oladigan kompyuter uskunalari talab etilardi. 70-yillarning boshi 80-yillarda axborot tizimlaridan qarorlar qabul qilish jarayonini qо‘llab-quvvatlash va tezlashtirish, boshqaruv nazorat vositasi sifatida keng foydalanila boshlandi. 80-yillarning oxiriga kelib axborot tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi yana о‘zgaradi. Ular axborotning strategik manbai bо‘lib qoldi va istalgan yо‘nalishdagi tashkilotning barcha darajadalarida foydalanildi. Bu davrning axborot tizimlari о‘z vaqtida zarur axborotni taqdim etib, tashkilotga о‘z faoliyatida muvaffaqiyatga erishish, yangi tovarlar yaratish va xizmatlar kо‘rsatish, mahsulotni sotish uchun yangi bozorlar topish, о‘ziga mos sheriklarni ta’minlash, past narxlarda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish va kо‘plab boshqa sohalarda yordam beradi. Download 355.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling