Beruniy shaharchasidagi EcoBozor faoliyati


Download 0.81 Mb.
Sana04.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1329150
Bog'liq
Ssenariy Toshkanov Navruzbek


Ssenariy
Mavzu: “Beruniy shaharchasidagi EcoBozor faoliyati” videolavhasini tayyorlash
Beruniy ko‘chasida Toshkent aholisining xaridi uchun sevimli makoni bo‘lib ulgurgan, yangi Ecobozor formatidagi bozorlar tarmog‘idan farqli o‘laroq boshqa formatdagi yangi filiali ishga tushirilishi kutilmoqda.
Ecobozor formatidagi bozorlar tarmog‘i Toshkent aholisi va poytaxt mehmonlari tomonidan azaldan sevib kelingan. Axir Ecobozor — bu odatiy oziq-ovqat bozori va zamonaviy savdo markazi qulayligining uyg‘unligi.

Yangi filialning ichki dizaynida ko‘p darajali sharqoniy landshaft maydonlari, ko‘chalari va chakana savdo do‘konlari bo‘lgan “shahar ichidagi shahar” tushunchasidan foydalanilgan. Ecobozor Beruniy savdo majmuasining umumiy maydoni deyarli 12000 kvadrat metr. Maishiy texnika, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat va ichimliklar, gullar va boshqa ko‘plab tovarlarni sotadigan 90 dan ortiq do‘kondan iborat.


Ecobozor Beruniy’ning markaziy qismida yuqori sifatli mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar, sut, non va go‘sht mahsulotlari, ichimliklar, shokolad va qandolat mahsulotlari, pishiriqlar va yana ko‘plab shunga o‘xshash mahsulotlarni xarid qilish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ekobozor hududida maishiy kimyo, dorixona va ko‘plab boshqa do‘konlar joylashgan bo‘ladi. Mehmonlarga qulaylik yaratish maksadida, 600 dan ortiq avtomobil uchun keng avtoturargoh mavjud.

Ecobozor Beruniy yaqin atrofdagi aholi uchun savdo markaziga va oilaviy dam olish uchun ajoyib joyga aylanadi. U yerda yarmarkalar, oshpazlik darslari, gastronomik festivallar va bolalar tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Kirish. Birinchi bo‘lib videoni olish uchun kerak bo’ladigan qurilmalarni sozlab olamiz. Shtativ, stabilizator, petlichka olinadi. Keyin esa Berumiy metrodagi Eco Bozor manziliga yetib boriladi. Birinchi kadrda Eco Bozor ni qayerda joylashganini ko’rgan tomashabin bu manzil haqida to’liq ma’lumot olishi uchun ma’lumot beriladi.


Eco Bozor manzili haqida ma’lumot berilgandan keyin, ichlariga kirilib umumiy planda ichkariadgi jaroyon tasvirga olinadi. Kerakli sotuvchidan va xaridordan intervyu olinadi.
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling