Xfx kafedrasi Amaliy mashgulot


Download 19.96 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi19.96 Kb.
#261954
Bog'liq
kimyo


XFX kafedrasi

Amaliy mashgulot

Mavzu: KIMYOVIY REAKSIYALARNING TEZLIGINI MODDALARNING AGREGAT HOLATIGA, TEMPERATURASISIGA BOG’LIQLIGINI TAJRIBADA ANIQLASH, UNING GRAFIGINI TUZISH.




98_20guruh MMTX talabasi Oyatillo Nosirov

Ishning maqsadi: Kimyoviy kinetika haqidagi tushunchalarni o‘zlashtirish, kimyoviy reaksiyalarni tezligini, unga turli omillarning ta’sirini va muvozanat siljishini o‘rganish.

Kerakli jihoz va reaktivlar: H2O-distillangan suv, Ca(OH)2-oxakli suv (rangsiz eritma), CaCO3-kalsiy karbonat (bo‘r), NaCl-natriy xlorid (oq kristall modda), FeCl3 temir (III) xlorid (qizg‘ish qo‘ng‘ir rangli eritma), KSCN - kaliy radonid (rangsiz eritma), NH4SCN-ammoniy radonid (rangsiz eritma), Na2S2O3-natriy tiosulfat(rangsiz eritma), H2SO4- sulfat kislota (rangsiz eritma), 10%-li HCl xlorid kislota (rangsiz eritma). Indikatorlar - neytral lakmus (siyox rang eritma), fenolftalein (rangsiz eritma), metiloranj (sarg‘ish eritma), universal indikator va lakmus qog‘ozlari. Probirkalar, shisha stakanlar, o‘lchov byuretkalari, shtativlar, harorat termometri, issiq suv, vaqt o‘lchash uchun sekundomer.

Ikkita probirkaning biriga natriy tiosulfat eritmasidan 2 ml , ikkinchisiga sulfat kislota eritmasidan 2 ml quyiladi. Bitta stakan 1/3 hajmi gacha suv quyib, ikkala probirkani suvli stakanga solib qo‘yiladi va probirkalardagi eritmalar suvning haroratini o‘ziga qabul qilguncha 4-5 minut kutiladi. Stakandagi suvning haroratini termometr yordamida o‘lchab yozib olinadi. Natriy tiosulfatli probirkaga sulfat kislota eritmasi quyiladi va loyiqalanish vaqti belgilab olinadi. Stakandagi suvning haroratini issiq suv yordamida boshlang‘ich haroratga nisbatan 10°C va 20oC ga oshirib tajribani yana ikki marta qaytariladi.

CaCO3 dan (bo‘r) tarozida tortib, Har biri taxminan 0,5 g bo‘lgan ikkita namuna oling. Namunalardan birinchisi kukun holigacha maydalangan, ikkinchisi esa kichkina bo‘lakchalar holida bo‘lsin. Ikkita probirkaga1/4 hajmi gacha 10% xlorid kislota eritmasidan quying va ularga bir vaqtda bo‘r namunalarini soling. Probirkalarning qaysi birida reaksiya tezroq tugaydi.

Reaksiya tenglamasini yozing. Nima uchun ikkala xolda ham reaksiya tezligi har xil bo‘lish sababini izohlang.



Xulosa

Biz bugungi amaliy ishda KIMYOVIY REAKSIYALARNING TEZLIGINI MODDALARNING AGREGAT HOLATIGA, TEMPERATURASISIGA BOG’LIQLIGINI TAJRIBADA ANIQLASH, UNING GRAFIGINI TUZISni organdik.Va ozimizga kerakli xulosaga erishdik.



Talaba

Fan orituvchisi

O.Nosirov

N.Mirzoxojayeva

Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling