Fleksflo bosimini boshqarish klapanlari.
Klapan
yurakchadan tashkil topgan, uzaytirilgan
yoriqlar va elastik kamera tortilgan. Kameraning germetikli
perimetriga “kojux” nomlanuvchi gaz kamerasi qo‘shilgan.
Zanjirda kojux va suyuqlik oralig‘idagi
bosim farqi neft
oqimini o‘tkazib yoki berkitib elastik kamerani kengaytiradi
yoki toraytiradi.
Harakatlanuvchi ajratuvchi turidagi akkumultor 150
litrli silindrsimon korpusdan tashkil topgan, o‘ziga sintetik
rezinadan yupqa qavariq devor qo‘shilgan.
Yuqoridan
mahkamlangan qavariq devor o‘zining teshigi orqali
akkumulyatorning yuqoridagi havoli tomoni bilan ochilgan. Akkumulyatorning
pastki qismi ajratuvchi suyuqlikning tomoni hisoblanadi.
Pastki tomondan suyuqlik
XI.7-rasm. Akkumulyator
169
oqimi bosim ostida kirib kelganda havo siqiladi, elastik
qavariq devorning hajmi
kichiklashadi.
XI.8-rasm. Ajratuvchi bak.
XI.9-rasm. Drossellash klapani.
Ajratuvchi bakning korpusi po‘latdan tayyorlangan va uning sig‘imi
1022
litrga teng. Ajratuvchi bak antifriz (etilenglikol) bilan to‘ldirilgan. Bu ajratuvchi
suyuqlik neftga nisbatan yuqori zichlikka ega.Neft tizimida ishlaganda
etilenglikolning
yuzasigacha suzib boradi, aralashmaydi va uning yuzasida suzib
yuradi. Ularni zichliklarida farq aralashib ketishiga yo‘l bermaydi. Zaruriy holatlarda
akkumulyator bakning pastki tomonida joylashgan maxsus ikkita teshik orqali
iste’mol qiladi. Neftuzatmalaridan bakka tushgan mexanik
zarralar tindirgichga
cho‘ktiriladi va bakning tubiga montaj qilingan teshik orqali davriy ravishda yuvib
turiladi.
Bakning har xil balandligidagi suyuqlik sathini shamollatish va tekshirib turish
uchun jo‘mrak o‘rnatilgan.