Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
-rasm. Byudjetli moliyalashtirish
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Byudjetli moliyalashtirish omillari
12.3-rasm. Byudjetli moliyalashtirish
Ta’kidlash kerakki, innovatsion loyihalarni tahlil qilish va tanlab olish yangilik yashash davrining barcha bosqichlari uchun xarajatlarni har xil texnik yechimlar va moliyaviy iqtisodiy omillarni hisobga olish bilan bashoratlashga imkon beruvchi usullar va yo‘llarning yig‘indisi asosida amalga oshiriladi. 12.4. Innovatsion loyihalarni baholash Yangi texnika va texnologiyani joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligni aniqlash kerak bo‘ladi. Shu sababli yangi texnika va texnologiyani joriy etish asosida xalq xo‘jaligida, jumladan, sanoat ishlab chiqarishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur. Texnik tadbirlarning asosiy guruhlari quyidagilardan iborat: mashina va mexanizmlar, jihozlar va asboblarning yangi hamda takomillashgan turlari va konstruksiyalari; xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning yangi turlari; texnologik jarayonlarning yangi va takomillashgan turlari; Byudjetli moliyalashtirish omillari Maqsadli budjet fondlari Fundamental tadqiqotlar fondi Gumanitar ilmiy fond Ilmiy-texnik sohada kichik korxonalarni rivojlanishiga ko‘maklashuvchi fond Kafolatlar,tashabbuskoristiqb olli loyihalar . ITICH ustuvor yo‘nalishlari Davlat innovatsion dasturlari Davlat ilmiy-texnik dasturlari Xalqaro loyihalar va dasturlar Davlat buyurtmasini bajarishga shartnomalar Strategik o‘zakni bazaviy moliyalashtirilishi Akademik sektor, shu jumladan oliy maktab Davlat ilmiy markazlari, laboratoriyalar Tajriba-eksperimental bazaning noyob ob’yektlarining tarkibi mahsulotning ximik va fizik xossalarini, parametr va assortimentlarini yaxshilash; texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; jihozlarni modernizatsiyalash; bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish; mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomillashgan usullari; ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari. Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda ishlab chiqarish sur’atini tezlashtirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish, ishlab chiqarishning foydaliligini ko‘tarish uchun fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish kerak bo‘ladi. Bu ish ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bo‘lishi mumkin. Chora-tadbirlar albatta samarali bo‘lishi kerak. Uni hisobga olmasdan, bahslashmasdan fan-texnika bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarishga joriy etilmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi rasmiy hujjatlar, ya’ni metodik qo‘llanmalarda izohlab berilgan. Ularga quyidagilar kiradi: kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha Namunali (Tipovaya) metodika; xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; korxonalar va ishalb chiqarish birlashmalari boshqaruvining avtomatlashtirilgan sistemasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi; boshqaruvning avtomatlashtirilgan sistemasi samaradorligini (GOST– 24.702.85). mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni Rot bo‘yicha tadbir-choralarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun vaqtinchalik metodika. Undan tashqari, tarmoq vazifalari, ilmiy tekshirish institutlari, loyiha tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari ham metodik materiallar tayyorlash mumkin. Texnika taraqqiyoti eng avvalo yangi texnikani yaratish orqali amalga oshiriladi, ro‘y beradi. Shu sababli yaratilgan va joriy etilayotgan texnika samarali yoki samarasizligini bilish kerak bo‘ladi. Demak, samarani o‘lchash va baholash kerak. U qanday qilib aniqlanadi? Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligi barcha sanoat tarmoqlarida, ilmiy- tekshirish institutlarida, loyihalash tashkilotlarida tegishli tadbirlarni avvalgi yillardagi o‘zlashtirish natijalarini ifodalovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. Ilmiy-texnikaviy tadbirlarning ko‘p yillik tajribalariga asoslangan turli ko‘rsatkichlar, jumladan, mashina va texnikaviy vositalarni ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish natijasida erishiladigan yillik iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi: S А П а Э 2 2 1 3 3 Bu yerda: 3 1 va 3 2 – mavjud va yangi texnika yordamida mahsulot birligini ishlab chiqarish xarajatlari (keltirilgan xarajatlar); a – yangi texnikaviy vositalarning sifatini, nisbiy afzalligini ifodalovchi koeffitsiyent bo‘lib: н н E P Q E P Q а 2 1 1 2 bu yerda: Q1 va Q2 – mavjud va yangi texnikaviy vositalar birligi yordamida yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi; Р1 va Р2 – mavjud va yangi texnikaviy vositalar qiymatidan ularni tiklash uchun ajratmalar salmog‘i; П – yangi texnikadan foydalanish davrida erishiladigan samaradorlik. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi: H H E P K K E U U П 2 1 1 1 2 1 2 1 1 bu yerda: U 1 1 va U 1 2 - mavjud va yangi texnikadan foydalanish davridagi joriy xarajatlar; К 1 1 va К 1 2 – mavjud va yangi texnikadan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital qo‘yilmalar; Е н – kapital qo‘yilmalarining norma darajasidagi samaradorlik koeffitsiyenti (0,15); А 2 – yangi texnika joriy etilgandan keyin uning yordami bilan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi; S – yangi texnikani loyihalashtirish xarajatlari. Yangi texnika samaradorligini hisoblash qiyosiy samaradorlikni aniqlash tamoyillariga asoslanadi. Hozirgi kunda bunday hisob-kitoblar xalq xo‘jaligida yangi texnikadan, ixtirochilik va ritsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi asosida amalga oshiriladi. Bu metodikaga binoan iqtisodiy samara quyidagi formula yordami bilan ifodalanadi: хА Х Х C 2 1 2 , bu yerda: С – yillik iqtisodiy samara, so‘m; Х 1 va Х 2 – yangi texnika yordami bilan tayyorlangan mahsulot birligiga sarflangan keltirilgan xarajatlar (Т=Е н х К); А 2 –hisobot yilida yangi texnika yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotning yillik hajmi. Yangi texnika va texnologiyaning iqtisodiy samaradorligini rejalashtirish va bashorat qilishda uning bir qator asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, jumladan foydaning ko‘payishi, mehnat unumdorligini oshishi mehnat, moddiy va kapital sig‘imining pasayishi, mahsulot tannarxining kamaymshiga ta’sir etishi hisobga olinadi. Masalan, yangi mahsulotni ishlab chiqarish hisobiga olinadigan rejali foydaning ko‘payishi quyidagi formula bilan aniqlanadi. bunda Ф t - kelgusi davrda foydaning oshishi (so‘m hisobida); Б t va Т t korxona ulgurji bahosi va yangi mahsulot birligining ishlab chiqarish tannarxi; Б 1 va Т 1 –korxona ulgurji bahosi va almashtiriladigan mahsulotning yangi texnikani joriy etilgungacha bo‘lgan yildagi tannarxi (so‘m hisobida); А t va А 1 – kelgusi davrda ishlab chiqariladigan yangi mahsulot va yangi texnikani joriy etishgacha bo‘lgan yildagi almashtiriladigan maxsulotning xajmi (so‘m hisobida). Yangi texnikaning samaradorligini hisoblash va tahlil etish uning ijtimoiy natijalari va oqibatlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Ular jumlasiga, mehnat sharoitlarini yaxshilish, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash, xodimlarning bilimi va ilimi hamda malmkasini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish, inson faoliyati uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish kiradi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling