Xi bob ms access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi


Master yordamida hisobot tuzish


Download 1.99 Mb.
bet11/16
Sana28.10.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1731109
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
mb-uslubiy-qolanma-lotin-tilida

11.3.7. Master yordamida hisobot tuzish


Master yordamida hisobot tuzish uchun Новый отчёт muloqot oynasidan Мастер отчётов tanlanadi.


Master yordamida hisobot tashkil qilish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda tuzilayotgan hisobot maydonlari aniqlanadi. Buning uchun Создание отчетов muloqot oynasidan Таблицы /Запросы tanlanib, “ > ”, “ >> ” tugmachalari yordamida Доступные поля dan Выбранные поля ga o’tiladi.
Ikkinchi bosqichda qandaydir maydonlar bo’yicha ma’lumotlar guruhlanish zaruriyati aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda hisobot yozuvlarini saralash tartibi beriladi.
Keyingi bosqichlarda hisobot ko’rinishi va jihozlash usuli aniqlanadi.
Oxirgi bosqichda hisobot nomi kiritiladi va hisobot bilan ishlashni davom ettirish uchun quyidagi variantlardan biri tanlanadi: hisobotni ko’rish yoki hisobot tarkibini o’zgartirish.
Agar master yordamida tashkil qilingan hisobot foydalanuvchi talabiga javob bermasa, Конструктор yordamida o’zgartirishlar kiritib, qayta ishlash mumkin.
Master yordamida tuzilgan hisobot quyidagi ko’rinishda bo’ladi.



Tashkil qilingan hisobotni chop qilishdan oldin ko’rib chiqish uchun ФайлПредварительный просмотр buyrug’i tanlanadi. Hisobotni printerda qog’ozga chop qilish FaylПечать buyrug’i orqali amalga oshiriladi. Печать muloqot oynasida chop qilinadigan sahifalar nomeri, nusxalar soni va boshqa parametrlarni kiritish mumkin.


Nazorat uchun savol va mashqlar

? 1. MS ACCESS dasturini ishga tushirish va undan chiqish qanday amalga oshiriladi?


2. Ma’lumotlar bazasi deganda nimani tushunasiz?
3. Ma’lumotlar banki nima?
4. Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi nima?
5. Ma’lumotlar modellari qanday turlarga bo’linadi?
6. MS ACCESS da MB tarkibiga qanday ob’ektlar kiradi?
7. Maydonlar va yozuvlar nima bilan farq qiladi?
8. Maydonning qanday tiplarini bilasiz?
9. Jadval tarkibi deganda nimani tushunasiz?
10. Maydon nomlari uchun qanday talablar qo’yiladi?
11. Maydon qanday xossalarga ega?
12. So’rovlar nima uchun qo’llaniladi?
13. So’rov tuzishning qanday rejimlari mavjud?
14. MB da hisoblashlar qanday bajariladi?
15. Forma nima uchun qo’llaniladi?
16. Forma tuzishning qanday usullarini bilasiz?
17. Hisobot nima?
18. Hisobot tashkil qilish vositalari nimalardan iborat?
19. Hisobot tashkil qilish ketma-ketligini ayting.
20. Tashkil qilingan hisobotni ko’rib chiqish qanday amalga oshiriladi?
21. Hisobot qanday chop qilinadi?

! 1. Talabalar to’g’risida ma’lumotlar saqlovchi MB ning faylini tuzing.


2. Talabalar o’zlashtirishi to’g’risida ma’lumotlar saqlovchi MB ning faylini tuzing.
3. Institut xodimlari ish haqi to’g’risida ma’lumotlar saqlovchi MB ning faylini tuzing.
4. Imtihonlar jadvali to’g’risida ma’lumotlar saqlovchi MB ning faylini tuzing.
5. Institutda mavjud texnik vositalar to’g’risida ma’lumotlar saqlovchi MB ning faylini tuzing.

  1. Qurilayotgan ob’ektlar to’g’risida ma’lumotlar saqlovchi MB ning faylini tuzing.

7. Toshkent shahrini boshqa shaharlar bilan bog’laydigan aviareyslar to’g’risida ma’lumotlar saqlovchi MBning faylini tuzing.
8. Toshkent shahrini boshqa shaharlar bilan bog’laydigan temir yo’l reyslari to’g’risida ma’lumotlar saqlovchi MBning faylini tuzing.
9. Oila byudjeti xarajatlari to’g’risida ma’lumotlar saqlovchi MBning faylini tuzing.

  1. Talabalar stipendiyasi to’g’risida ma’lumotlar saqlovchi MBning faylini tuzing.

14- Mavzu



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling