Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun
Tovarlar kategoriyasiga ko‘ra narx differensiatsiyasi
Download 1.41 Mb.
|
Микроиқтисодиёт дарслик (11-12 боблар )
Tovarlar kategoriyasiga ko‘ra narx differensiatsiyasi. Ushbu turdagi narx differensiatsiyasi xaridorlarni ularning talab chizig‘iga ko‘ra ikki yoki undan ortiq guruhlarga bo‘ladi, demak, har bir guruhning o‘z talab chizig’i bo‘lib, bu talab chizig‘i boshqa guruhlarnikiga qaraganda yotiqligi bilan farq qiladi. Bunga misol tariqasida samolyotga, paroxodga sotiladigan chiptalarning klasslarga bo‘linib, har xil yo’lovchilarga turli narxlarda sotilishini, bir xil spirtli ichimliklarning ham har xil sortlari turli xil narxlarda sotilishini, muzqaymoqlar (bolalar uchun, kattalar uchun), talabalar, nafaqadagilar va nogironlar uchun qilinadigan imtiyozlarni keltirish mumkin. Iste’molchilarni kategoriyalarga bo‘lish turli xil mezonlarga asoslanadi. Bularning ichida asosiy mezon xaridorlarning daromadlaridir. Masalan, shahar transportiga sotiladigan kartochkalar narxi oddiy fuqarolar uchun bir xil, talabalar uchun narxi pastroq, o‘quvchilar uchun esa yanada pastroq. Xuddi shunday hayvonot bog‘iga kiruvchilar ham: bolalarga sotiladigan chipta narxi kattalarga sotiladigan chipta narxidan ancha past. Yoki spirtli ichimliklarni olsak, ularning etiketkalarining o‘zi xaridorlarni kategoriyaga bo‘ladi (bir xil turdagi ichimlikni har xil etiketkali shishalarga quyilishi va ularga har xil narxlarni o‘rnatilishi: «O‘zbekiston» arog‘i, «Ekstra» arog‘i, «Kristall» aroqlari).
Endi biz tovarlar kategoriyasiga qarab ularga narx belgilashni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun quyidagi ikkita shart bajarilishi zarurdir. Birinchi shartga ko‘ra ishlab chiqarish hajmidan qat’iy nazar, umumiy hajmdagi tovarni xaridorlar guruhlariga shunday taqsimlash kerakki, har bir birlik tovarni sotishdan olinadigan chekli daromad (MR) ning qiymati bir xil bo‘lsin. Masalan, ikki xil sortdagi mahsulotni sotish kerak bo‘lsin. Birinchi guruhga sotiladigan har bir mahsulotning chekli daromadini MR1 va ikkinchi guruhnikini MR2 deylik. Agar MR1 > MR2 bo‘lsa, firma birinchi sortdagi mahsulotni ishlab chiqarishni oshiradi va ikkinchi sortdagi mahsulotni kamaytiradi. Nima uchun deganda, birinchi sort mahsulotni bir birligidan tushadigan foyda ikkinchi sortdagi mahsulotnikidan katta. Bunday holda ( MR1 > MR2 bo‘lganda) firma umumiy foydani oshirish uchun birinchi sort mahsulot narxini tushirib, ikkinchi sort mahsulotnikini ko‘taradi. Chekli daromadlar bir-biriga teng bo‘lmaganda firma o‘z foydasini maksimallashtira olmaydi. Shuning uchun firma mahsulot kategoriyalariga narxlarni shunday tanlash kerakki har xil kategoriyadagi mahsulotlarni sotishdan tushadigan chekli daromadlar teng bo‘lsin. Ikkinchi shart har bir sort bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi foydani maksimallashtiradigan hajmga teng bo‘lsin. Biz bilamizki, ishlab chiqarish hajmi foydani maksimallashtiradi, qachonki u chekli daromadni chekli xarajatga tenglashtirsa. Demak, har bir sort bo‘yicha sotiladigan mahsulotning chekli daromadi uni ishlab chiqarishdagi chekli xarajatga teng bo‘lsa. Ikki xil sortdagi mahsulot uchun ikkinchi shart quyidagicha yoziladi: MR1 = MC1 va MR2 = MC2. Agar bu tenglik bajarilmasa firma o‘z foydasini maksimallashtirish uchun umumiy ishlab chiqarish hajmini ko‘taradi yoki pasaytiradi (mahsulotlar narxini oshirish yoki kamaytirish). Endi matematik jihatdan bu qanday bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik birinchi sort mahsulot narxi P1 va ikkinchi sortniki - P2 bo’lsin. C(Qc) - bu Qc = Q1+Q2 hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari. U holda umumiy foyda quyidagiga teng: π = P1 · Q₁ + P₂· Q₂ - C(Qc) (1) Foydani maksimallashtirish uchun har bir sort bo‘yicha qo‘shimcha bir birlik mahsulotni sotishdan tushadigan qo‘shimcha foydalarni nolga tenglashtiramiz. Nima uchun deganda, firma ikkala sortdagi mahsulotlarning oxirgisini sotishdan tushadigan qo‘shimcha foyda nolga teng bo‘lguncha birinchi sort mahsulot hajmini ham, ikkinchi sort mahsulot hajmini ham oshirib boradi. Demak, (2) Ko’rinib turibdiki bu yerda va Bu yerda MC - qo’shimcha bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishdagi qo’shimcha umumiy xarajatlar. Ikkinchi shartga ko’ra quyidagini yozamiz: MR1 = MC va MR2 = MC (3) Ikkalasini birlashtirib, ishlab chiqarish xajmi quyidagi MR1 = MR2 = MC tenglikni bajarilishini ta’minlaydigan ishlab chiqarish xajmiga teng bo’lishi kerakligini aniqlaymiz. Endi firma rahbarlari narxlarni o’rnatishda talab elastikligidan foydalansin deylik. Eslasak, chekli daromadni quyidagicha yozish mumkin edi: Bu xolda har bir maxsulot sorti uchun bu yerda E1 va E2 lar birinchi va ikkinchi sort mahsulotlarning narx bo’yicha talab elastiklari. Endi birinchi shartga ko’ra quyidagini yozamiz: yoki yuqoridagi tenglikdan narxlar o’rtasida bajarilishi zarur bo’lgan munosabatni olamiz: (4) (4)-dan ko’rinib turibdiki, firma talab elastikligi kam bo’lgan mahsulot sortiga yuqori narx belgilashi kerak. Masalan, birinchi sort maxsulot elastikligi - 3 va ikkinchi sort maxsulot elastikligi - 6 bo’lsin. U holda birinchi sort mahsulot narxi (4)-ga ko’ra quyidagiga teng: P = 1,25 · P2 birinchi sort mahsulot narxi ikkinchi sort mahsulot narxidan, 1,25 marta ortiq qilib belgilanishi kerak. ǀE1ǀ < ǀE2ǀ bo‘lgani uchun, ya’ni birinchi sort mahsulot talab elastikligi ikkinchi sort mahsulot elastikligidan kichik bo‘lgani uchun, ikkinchi sort mahsulotning talab chizig‘i birinchi sort mahsulotning talab chizig’iga ko‘ra yotiqroq bo‘ladi. Misol. Hayvonot bog‘iga kirish chiptasiga bo‘lgan narx kattalar va bolalar uchun har xil bo‘lsin. Kattalarning chiptaga bo‘lgan talab chizig‘i quyidagicha: bu yerda Pk — kattalar uchun chipta narxi; QK — kattalarning chiptaga talabi. Bolalarning talabi: bu yerda P6 — bolalar uchun chipta narxi; Q6 — bolalarning chiptaga talabi. Hayvonot bog‘iga 56000 kishi bir vaqtda kirishi mumkin. Hayvonot bog‘i rahbariyati 56000 ta chiptani sotish uchun narx differensiatsiyasidan foydalanmoqchi. Rahbariyat kattalar va bolalar uchun qanday narx belgilaydi? Yechish. Kattalardan va bolalardan tushadigan daromadlarni yozamiz: va (1) Rk va Rb larni yuqoridagi formulalarga qo’yamiz va natijada quyidagilarni olamiz: (2) Endi kattalarga va bolalarga sotiladigan chiptalar uchun chekli daromadlarni aniqlaymiz: (3) Chekli daromadlarni birinchi shartga ko’ra tenglashtiramiz MRk = MRb dan (4) munosabatni olib, uni ixchamlashtirsak, kattalarning talabini bolalar talabiga bog’liqligini aniqlaymiz: (5) Masalaning shartiga ko’ra Qk + Qb = 56000 chipta sotilishi kerak, bundan bolalar talabini aniqlaymiz: bolalar talabini (5)-munosabatga qo’yib kattalarni chiptaga bo’lgan talabini aniqlaymiz va u Qk = 36000 ga teng. Endi bolalarning talabini aniqlaymiz: Demak, bolalarning talabi 20000 ta chipta teng ekan. Rahbariyat ushbu talablarga ko’ra kattalar va bolalar uchun chiptalarning narxlarini quyidagicha aniqlaydi: Rahbariyat chipta narxini kattalar uchun 4,5 so‘m va bolalar uchun 2,5 so‘m qilib belgilaydi va umumiy daromad TR= TRk + TRb = 4,5 ˑ 36000 + 2,5 ˑ 20000=212000 so‘mni tashkil qiladi. Bordiyu rahbariyat hamma uchun chipta narxini 4,5 so’m qilib belgilasa, bolalarning ko‘pchiligi chiptani sotib olaolmay qolardi va bu o‘z navbatida umumiy foydani kamayishiga olib kelardi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling