Xi-variant 1– topshiriq
XI-Variant
1– topshiriq:
Oila tarbiyasida qo‘llaniladigan metodlar ta’sirchanligini oshiruvchi va pasaytiruvchi holatlar
Oshiruvchi holatlar
Ota-onaning o‘zi shaxsiy namuna bo‘lishi
Metodlar bolaning individual-psixologik xususiyatlariga muvofiqligi
Muomala madaniyatiga amal qilinishi
Pasaytiruvchi holatlar
Ota-onalar tomonidan bolaga nisbatan haddan tashqari qattiqqo‘llik qilinishi
Metodlarni qo‘llashda bola yoshining inobatga olinmasligi
Shaxslararo munosabatlardagi turli to‘siqlar
2 – topshiriq: Tarbiya – ijtimoiylashtirish omili sifatida
To‘siqlar
- ommaviy axborot vositalaridagi salbiy ma’lumotlar
- "ommaviy madaniyat" ta’siri
- salbiy xulq-atvorli do‘stlar jamaosi
Yutuqlar
- shaxsning yetuk inson bo‘lishiga yordam beradi
- kishilik jamiyatiga xos bo‘lgan ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtiradi
- ijobiy xarakter xusuiyatlarining shakllanishiga xizmat qiladi
3-topshiriq. Ta’lim muassasasi va oila bilan bog‘liqlikda quyidagi metodlarni har birini qo‘llashga doir bittadan misol yozing.
suhbat; 2) o‘quv munozarasi; 3) mashq; 4) kitob bilan ishlash.
Suhbat. Ta’lim muassassasi va oila o‘rtasida asosan suhbat metodidan foydalaniladi. Misol uchun, o‘quvchi xulq-atvoridagi salbiy og‘ishlar, muayyan o‘zgarishlar yuzasidan o‘qituvchilar o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazishlari mumkin.
O‘quv munozarasi. Ta’lim jarayonida o‘quv munozarasi metodi alohida ahamiyatga ega, sababi ushbu metod yordamida o‘quvchilar faolligi ta’minlanadi, ularning mavzu yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalari tinglanadi.
Mashq. Mazkur metod o‘quvchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchilarning mavzu yuzasidan o‘zlashtirgan nazariy va amaliy bilimlari mashq metodi orqali aniqlanadi.
Kitob bilan ishlash. Bugungi kunda juda ahamiyatli metodlardan biri sanaladi. Nafaqat ta’lim muassasasida, balki oilada ham kitob bilan ishlash metodidan keng foydalanish mumkin. Bunda bolaga turli kitoblarni o‘qitish orqali unda muayyan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |