Xi-xv asrlarda Fransiya dehqonlarining ahvoli
Reja:
1.Fransiyada krepotnoy dehqonlar;
2.Dehqonlar qarshiligining o’sishi;
3.Fransiyada dehqonlar qo’zg’olonlari;
XIII asrda Fransiyada qishloqning ahvolida ko’zga ko’rinarli o’zgarishlar yuz berdi. Mamlakatda shaharlarning o’sishi va Tovar xo’jaligi rivojlana boshlashi munosabati bilan krepostnoy dehqonlarning bir qismi feodallar tomonidanobrogiga ko’chirildi. Bu masala salib yurishlari dehqonlarni ozod qilishga birinchi sababchi bo’lib ancha kata rol o’ynaydi. Salib yurishiga ketayotib va bunda odatda pulga muhtojlik sezgan feodal o’z krepostnoylariga pul to’lab ozodlikka chiqishni yoki shu pul evaziga loaqal eng og’ir krepostnoylik majburiyatlaridan qutulishni taklif etar edi. Natural majburiyatlarni ana shu tariqa pul bilan ayriboshlash dehqonlarni shaxsan ozod bo’lishga yordam qildi va bu hol esa progressive xarakterga ega bo’ldi. Ammo XII asrda va XIII asrning birinchi yarmida bu jarayon Fransiyada hali yetarli darajada keng tarqalmagan edi.
Birinchidan, barshchinada ishlatiladigan va natural obrok yig’ib oladigan krepostnoylik tuzumi feodal ekspluatatsiyasining ustun formasi bo’lib qolaverdi.
Ikkinchidan, dehqonlar Tovar- pul xo’jaligiga hali yetarli darajada tortilmaganliklari sababli obrokni pul bilan to’lashga o’tishning o’zi bu vaqtda dehqonlarga og’irlik qilardi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |