Xi-xv asrlarda Hindiston


Gupta davlatining tugashi. Xarsha davlati


Download 440.81 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi440.81 Kb.
#1499421
1   2   3
Bog'liq
Mamatov ILyos 205 guruh 2 -kurs 1.ppt

Gupta davlatining tugashi. Xarsha davlati

  • Gupta davlatining tugashi. Xarsha davlati
  • Gupta davlati VI asrning boshlariga kelib tugadi. Bu davlat V asrdayoq tushkunlikka yuz tutgan edi, asosiy sababi mehnatkashlar ommasining ahvoli og'irligi edi. Soliqlarning haddan tashqari ko'payishi, turli xil ko'rinishdagi majburiyatlarning bajarilishi, dehqonlar xonadoning vayron bo'lishiga olib keldi. Tashqaridan boshlangan hujum, yard ko'chmanchi eftalitlar, oq Gunlarning V asr oxiri VI asrning boshlarida Shimoliy chegarani yorib o'tib Hindistonning shahar va qishloqlarini nihoyatda vayron va xarob qilib tashladi. 530 yilda oq Gunlar podsho Guptaning vassaliroja Yasodxorma tomonidan tor-mor qilindi.
  • Gunlarni yengan Yasadxarma Gupta dinastiyasiga bo'ysunishdan bosh tortib, maxaroja unvonini oldi. Lekin unga Gupta davlatining faqat bir qismigina bo'ysundi.
  • VII asrning boshlarida Xarsha (606-647) davlati ancha yuksaldi. Xarsha Kanauja knyazligining rojasi edi, so'ngra u butun Shimoliy Hindistonni bo'ysundirdi Xorsha davlati Gang daryosi vodiysi bo'ylab Sharqiy Panjobdan to Bengaliya qo'ltig'igacha bo'lgan territoriyani o'z ichiga oldi. Markaziy Hindistonning knyazlari ham Xarshaga vassal qaramlikda edi. Uning hokimiyati feodallashuv jarayoning kuchayishi - rojalar qudratining ortib borishi natijasida uzoq yashamadi. Bu rojalar ko'p vaqt o'tmay mustaqil bo'lib oldilar. Xorsha vafotidan keyin uning davlati parchalanib ketdi . Mamlakatda ichki o'zaro urushlar, ichki nizolar avj oldi ....
  • Hindistonga arab va turklarning kirib kelishi. Dehli sultonligining tuzilishi
  • VII asrning oxirida Eron va Afg'onistonni bosib olganlaridan keyin, arablar Hindistonga bevosita yaqinlashib qoldi. Hindistonga fors qo'ltig'I orqali ham hujum qilishi imkoniyati ham bor edi. 712 yilda Ummaviylarning sarkarlaridan biri Muhammad ibn Qosim, Basradan suzib borib, Hindistondagi Sind mamlakatini bosib oldi. Lekin oradan bir necha o'n yil o'tgach, arablar Hindistondan butunlay siqib chiqarildi.
  • ... Musulmonlarning ikkinchi marta hujumi XI asrning ikkinchi yarmida qaytadan boshlandi, ya'ni kuchli va urushqoq turk - eron davlati - G'aznaviylar davlatining tashkil topishi bo'ldi. (bu davlatning nomi poytaxt bo'lishi G'azna shahrining nomidan olingan edi.) Sulton Mahmud G'aznaviy (998-1030) Sharqiy Eron va Afg'oniston yerlari, 1017 yildan e'tiboran esa Amudaryoning berigi tomonidagi yerlarni, ya'ni Buxoroni ham o'z qo'l ostiga kiritib oldi.

Download 440.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling