Xiii bob klassik davrdagi grek madaniyati k. Marks va F. Engels grek madaniyati haqida
Download 137 Kb.
|
1.13-14 Q. Mirjalol. Yunoniston XIII-XIV boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grek teatri.
- Epik davrdagi teatr
Qadimgi Gretsiyada falsafa. Arxaik davrda, klassik zamondayoq tabiat va kishilarning faoliyati ustidan olib borilgan kuzatishlarning natijalarini umumlashtirishga intilishning oqibatida falsafiy-estetik fikr ravnaq topdi. Fan sifatida grek falsafasi paydo bo‘lishi protsessidayoq materializm bilan idealizm o‘rtasida boshlangan kurash bu tez va porloq taraqqiyotga ko‘maklashdi. Stixiyali materialistlarning ta’limoti yanada rivoj topdi. Chunonchi, Periklning do‘sti faylasuf Anaksagor o‘z salafarining materiyaning umuman tabiati haqidagi stixiyali-mateshlistik umumlashmalarini rivojlantirarkan, materiyaning tuzilishi bilan qiziqdi. U hamma jismlar eng mayda zarralarning tegishli sifatidan: havo –eng mayda havo zarrachalaridan, daraxt eng mayda yog‘och zarralaridan, metall–tegishli metall zarralaridan, go‘sht–eng mayda go‘sht zarralaridan tuzilgan va hokazo, deb ta’lim berardi. Biroq materiyaning tuzilishini materialistik nuqtai nazardan izohlash bilan birga u materiyaning kelib chiqishiga sabab «olamiy aql» deb hisoblardi.
Abderalik Demokratning (eramizdan avvalgi 460–370-yillar) butun koinot, shu jumladan bizning yerimiz ham, barcha buyumlar ham, odamlar ham, hayvonlar ham modda jihatidan bir xil, lekin forma va hajmi jihatidan turli xil bo‘lgan eng mayda zarralar –atomlardan iboratdir, degan ta’limoti qadimgi grek materialistik falsafasining cho‘qqisi edi. Demokritning ta’limotiga ko‘ra, atom – abadiy va o‘zgarmas materiyaning eng mayda qismchasi bo‘lib, bu qismchaning so‘ngra bo‘linishi mumkin emasdir («atom» – qadimgi grekcha ma’noda «bo‘linmas» demakdir). Demokrit, koinotda faqat abadiy harakat qiladigan atomlar va bo‘shliq mavjuddir, deb hisoblardi. Atomlar o‘z harakati vaqtida to‘qnashishib, koinotdagi narsalarning juda xilma-xilligidan iborat eng turli-tuman qo‘shilmalarni hosil qiladilar. Demokritning fikricha, bu predmetlar to ularni tashkil etuvchi atomlar qo‘shilmalari parchalanib ketguncha mavjud bo‘lib turadi. Demokritning atomistik nazariyasi fan va falsafaning undan keyingi butun taraqqiyotiga g‘oyat katta progressiv ta’sir ko‘rsatdi. Demokrit harakat–materiyaning azaliy xususiyatidir, degan qoidani birinchi bo‘lib yaqqol ifodalab berdi. Uning ta’limoti mexanistik materializmdan iborat. Arxaik davrning va klassik davr birinchi yarmining fayla- suflari tabiatni, koinotni materialistik yoki idealistik nuqtai nazardan bilishga va o‘rganishga asosiy ahamiyat beradilar. Lekin bilimlar jamg‘arila va ijtimoiy munosabatlar murakkablasha borgan sari qadimgi grek faylasuflari oldida yangi problemalar paydo bo‘ldi. «O‘sib borayotgan individualizm va subyektivizm birinchi navbatda kosmos problemalarini emas, balki inson problemalarini, abadiy qarakat qiluvchi va jonlantirib ko‘rsatiluvchi materiyaning obyektiv va viqorli-hay- kaliy tasviri problemalarini emas, balki insonning subyektiv ichki dunyosi teranligiga, uning psixologiyasiga, uning juda tez suratda mustaqillikni va hatto anarxizmni talab qila boshlagan kechinmalariga kirish problemalarini o‘rtaga qo‘yishni talab qilmoqda edi». Bu problemalar eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmida yangi tipdagi faylasufni va falsafada bir qancha yangi oqimlarni vujudga keltirdiki, bu falsafiy oqimlarning vakillari sofistlar, ya’ni donishmandlar degan umumiy nom oldi. Eramizdan avvalgi V asrda Gretsiyadagi, ayniqsa Afina va boshqa demokratik polislardagi shart-sharoit suxandonlikni tinglovchilarni va suhbatdoshlarni ishontirish san’atini egallash ehtiyojini tug‘dirdi. Kezib yuruvchi donishmandlik muallimlari–sofistlar tegishli haq badaliga istagan kishilarga suxandonlik san’atini va bilimlarini o‘rgatar edilar. Ularning ta’limoti subyektivistik va anarxistik ta’limot edi. Sofistlar o‘z faoliyati protsessida o‘z bilimlarining puxtaligi masalasini, ularni tekshirish mumkinmi-yo‘qmi, ular chinmi yoki chin emasmi degan masalani o‘rtaga qo‘yishlari lozim edi. Bunday masalaning qo‘yilishi filosof-sofistlarning xizmatidir. Lekin ular haqiqat mezoni to‘g‘risidagi savolga ijobiy javob berolmagan edilar. Keksa sofistlarning ko‘zga ko‘rinarli vakillaridan biri Protagor edi. U «inson hamma narsalarning mezonidir», ya’ni narsalar o‘z-o‘zligicha hech qanday xususiyatga ega emasdir, balki bu xususiyatlarga ularning insonga bo‘lgan munosabatlariga qarab ega bo‘ladi, deb ta’lim beradi. Protagorning ta’lim be- rishicha, qora ham, oq ham, yaxshi ham, yomon ham yo‘q, bu sifatlarning hammasini predmetlarga va hodisalarga inson o‘z baholarida o‘zboshimchalik bilan nisbat beradi. Narsalarning mohiyatiga bunday subyektiv qarash faqat filosofiyaning undan keyingi taraqqiyotigagina emas, balki sofistlarning amaliy faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ular turli xildagi so‘z nayranglari yordami bilan bir-birini istisno qiluvchi, bir-biriga tamomila qarama-qarshi bo‘lgan ikki da’vodan birining mutlaq haqqoniyligini isbot qila olardilar. Sofistlar ta’limotining asosi obyektiv haqiqatning mavjudligiga ishonmaslikdir. Atoqli faylasuf Sokrat yoki Suqrot (eramizdan avvalgi 471-399-yillar) sofistlar orasidan chiqib, ulardan ajralib ketgan edi. Sokrat ham inson, aql problemasiga qiziqqan edi. Sokrat o‘zining butun umri davomida bitta ham asar yozmagan bo‘lsa-da, uning falsafasi juda mashhur edi va ko‘p shogirdlari bor edi. Sokrat maktablarda dars bermas, leksiyalar o‘qimas edi, balki Afinani, bozorni, odam ko‘p bo‘lgan joylarni, afi- naliklarning sevadigan sayrgohi Propileyani va boshqa joylarni aylanib yurar va o‘z shogirdlari bilan suhbatlashardi. Sokratning faqat aristokratlar va boylardan emas, balki oddiy kishilardan ham ko‘p shogirdlari bor edi. Haqiqat mezonini izlashda Sokrat sofistlardan nari o‘tib ketdi. U aniq bir metod topishga intilardi. Uning fikricha, bu metod avvalo o‘z-o‘zini bilishdan iborat edi. Boshlang‘ich nuqta qilib olingan asosni Sokrat aforizm tarzida: «Men hech nima bilmasligimni bilaman» deb ifodalagan edi. Bu qoida mutafakkirni g‘arazli fikrlar aytishdan ehtiyot qilardi. Bilish fikrlovchi va harakat qiluvchi ruhiy vujud sifatida o‘z-o‘zini sinchiklab analiz qilishdan boshlanardi. Sokratning fikricha, o‘z ruhiy apparatining mexanizmini analiz qilishni tugallagandan keyin, donishmand hayot problemasini to‘g‘ri hal qilishi, obyektiv suratda mavjud bo‘lgan ruhning mohiyatini tushunishi, ya’ni obyektiv suratda mavjud bo‘lgan haqiqatni tushunishi mumkin edi. Shundan keyin donishmand mazkur haqiqatni mumkin qadar ko‘proq kishilarga o‘rgatishi lozim edi. Haqiqatni bilish mumkin emas, deb o‘ylovchi sofistlardan farqli o‘laroq, Sokrat haqiqat bahs-munozarada bilinadi, deb hisoblardi. Donishmand bildirmasdan, ustalik bilan eslatma savollar berish yo‘li bilan bahs-munozara jarayonida hamsuhbatlariga o‘z ideyalarini uqtiradi, natijada ularda, haqiqatni o‘zimiz bilib oldik, degan tasavvur hosil bo‘ladi. Bahs-munozara yuritishning bunday metodi «sokratcha dialog» degan nom oldi. Sokrat o‘z umumlashmalarini induksiya metodi asosida qurardi, ya’ni ko‘p juz’iy hodisalarni o‘rganish asosda umumiy xulosalarga kelardi. Sokrat o‘z ta’limotida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqib, ularni haqiqatni bilganlar va bilmaganlarga ajratardi. Uning ta’limoti ba’zi xususiyatlari jihatidan Afina demokratiyasiga qarshi chiqqan oligarxlarga yoqib tushardi. Shu sababli Afinada quldorlik demokratiyasi qayta tiklangandan keyin Sokrat xudosizlikda, mavjud tuzumni qo‘porishda va yoshlarni buzishda ayblanib, eramizdan avvalgi 399-yilda sud qilindi va qatl etildi. Sud hukmiga muvofiq u sikuta giyoxidan tayyorlangan bir piyola zaharni ichib o‘ldi. Idealistik falsafa eramizdan avvalgi IV asrning birinchi yarmida yashagan atoqli faylasuf Platon yoki Aflotun (eramizdan avvalgi 427-347-yillar) asarlarida yanada rivojlantirildi. Platon zodagon va boy oiladan chiqqan bo‘lib, yaxshi tarbiya va ma’lumot olgan edi. U Sokratning shogirdi edi va o‘z ustozining suhbatlarini yozib olgan edi. Platon obyektiv idealist edi, ya’ni obyektiv olamning mavjudligini tan olardi, lekin obyektiv olamni u faqat narigi dunyoga xos haqiqiy real ideyalar olamining mahsuli deb hisoblardi. Uning fikricha, masalan, narigi dunyoda ot ideyasi mavjuddir, bu ideya bining dunyomizda real otda gavdalangandir. Masalan, stol, turli hayvonlar va hokazolar ideyasi mavjuddir, ammo real predmetlar ularning faqat gavdalanishidir, xolos. Platonning fikricha, haqiqat ayrim emas, balki faqat umumiydir. Otlar turlicha bo‘ladi, tug‘iladi, o‘ladi, ammo ot ideyasining o‘zi abadiy va o‘zgarmasdir. Ideya, Platonning fikricha, narsalarning nihoyasiga yetgan umumlashuvidir. Unda narsaning prinsipining o‘zi, uning tuzilish va bilinish modeli va metodi jo bo‘lgandir. Kishilarning ideyalari, ya’ni ularning ruhlari yer yuzida bo‘lganda ular o‘zlari kelgan haqiqiy u dunyoga xos ideyalar to‘g‘risidagi xotiralarni o‘zlarida saqlaydilar. Platonning fikricha, xuddi ana shu xotiralar bizning olam haqidagi bilimlarimizdir. Inson dunyo ideyalarini nechog‘liq yaxshi eslasa, u shu qadar ko‘p bilgan bo‘ladi. Bu platoncha bilish nazariyasi reaksion nazariyadir, chunki u aktiv ilmiy izlanishni, ilmiy taraqqiyotni inkor etadi. Platon filosofiyasi antik obyektiv idealizm qoidalarini ayniqsa yaqqol ifodalab bergan edi. Shuning uchun ham V. I. Lenin grek filosofiyasi va umuman filosofiya taraqqiyotining ikki asosiy yo‘lini: Demokrit yo‘lini, ya’ni materializmni va Platon yo‘lini, ya’ni idealizmni taqqoslab ko‘radi. Eramizdan avvalgi V asrning oxiri – IV asrning boshlarida birshlangan quldorlik polislari sistemasining sotsial-iqtisodiy va siyosiy krizisi sofistlarni va Sokratni ham ijtimoiy munosabatlarga diqqat bilan e’tibor berishga majbur etgan edi. Eramizdan avvalgi IV asrda faylasuflar ijtimoiy problemalar bilan yana ko‘proq qiziqqan edilar. Platon ham bu problemalar bilan astoydil qiziqib ketgan edi. Afina quldorlik demokratiyasiga dushman va aristokratik hamda oligarxik tuzum tarafdori bo‘lgan Platon ideal davlat-polis loyihasini taklif etdiki, bu loyihaga Spartaning ideallashtirilgan tuzumi asos qilib olingan edi. Platonning fikricha, uning ideal davlatining barcha grajdanlari uch gruppaga bo‘linadi. Birinchi gruppa filosoflardan iborat bo‘lib, ular askarlarga tayangan holda davlatni boshqarish bilan shug‘ullanadilar hamda fanlarni va san’atlarni o‘rganadilar. Filosoflar va askarlar Platonning ideal polisida imtiyozli gruppalar edilar. Ikkinchi gruppa askarlardan iborat bo‘lib, ular harbiy ish bilan va davlat mudofaasi bilan shug‘ullanadilar. Ular jamoa bo‘lib yashaydilar, ularning oilalari va xususiy mulki bo‘lmaydi, bunda maqsad shuki, ular o‘z polisini boshqarish va mudofaa qilish kabi bevosita vazifalaridan chalg‘imasliklari kerak. Uchinchi gruppa «hunarmandlar»dan, ya’ni jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishilardan iborat. Ularning vazifasi qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarini ko‘proq ishlab chiqarishdir. «Hunarmandlar» davlatni boshqarish bilan ham, filosofiya bilan ham, fan bilan ham, san’at bilan ham shug‘ullanmasliklari lozim. Ularning qismati – faqat xo‘jalik ishi va jismoniy mehnatdir. Platoncha iyerarxiya zinapoyasining eng quyi bosqichida eng og‘ir jismoniy ishlarni bajaruvchi qullar turardi. Ayollarni Platon aql-idrokda erkaklar bilan teng deb hisoblardi, shuning uchun ham ayollar huquq va vazifada erkaklar bilan tamoman tenglashtirilgan edi. Platonning ideal davlat haqidagi utopik nazariyasi reaksion nazariyadir, chunki bu nazariya jamiyatning kastalarga qarab tuzilishining mustahkamligini da’vo qiladiki, bu jamiyatda faqat imtiyozli yuqori tabaqagina madaniyatning barcha noz-ne’matlaridan bahramand bo‘lishga haqlidir. Jamiyatning boshqa a’zolari huquqsiz va mazlum bo‘lib qola beradi. Platon nazriyasini hamisha reaksionerlar qo‘llab-quvvatlab kelgan- ligi hech bir ajablanarli emasdir. Biroq mavhum tafakkurni rivojlantirish sohasida erkaklar bilan ayollarning tengligi masalasida Platon qadimgi grek madaniyatiga ijobiy hissasini qo‘shdi. Platon talantli so‘z san’atkori edi. Uning uslubi yetuk grek klassikasining barcha yutuqlarini o‘ziga jamlab olgan edi. Uz falsafiy asarlarini u odatda drammalashtirib, o‘z ta’limotini dialoglar shaklida bayon qilardi. Mashhur Aristotel yoki Arastu (eramizdan avvalgi 384-322-yillar) qadimgi Gresiyaning ulug‘ filosofi va olimi edi. Marks Aristotel g‘oyalariga yuksak baho berib, bu mutafakkir butun antik ma’rifatchilikka yakun yasadi, deb yozgan edi. Aristotel Makedoniya podsholari saroyida yashagan vrachning o‘g‘li edi. Aristotel o‘z falsafasida ham materialistik, ham idealistik qarashlarni qo‘shib yuborgan edi. U real suratda mavjud bo‘lgan olamni tan olardi. U forma va mazmun haqidagi ta’limotni yaratib, hodisaning mohiyati bilan bu hodisa burkanadigan formani bir-biridan farq qilib qarardi. Mazmun bilan forma o‘rtasidagi munosabatni Aristotel dialektik tarzda tushunardi. Aristotel har tomonlama va chuqur fikrli olim edi. U o‘zini ko‘rsatmagan bilim sohasi yo‘q desa bo‘ladi. Aristotel tabiiyot ilmining, tarixning, davlat huquqining turli sohalarida samarali mehnat qildi, sotsiologiya, adabiyot nazariyasi asoslarini yaratdi, formal logika sistemasini ishlab chiqdi va ko‘pgina boshqa ilmiy ishlarni qildi. Marks birinchi ekonomist sifatida maydonga chiqqan bu olimga yuksak baho berib, Aristotel qiymat problemasiga yaqinlashib borgan edi, deb hisobladi: «Aristotelning zakovati xuddi shunda namoyon bo‘ladiki, tovarlar qiymatining ifodasida u tenglik munosabatini ochib beradi». Lekin quldorlik jamiyatida iqtisodiy munosabatlar rivojlanmaganligidan Aristotel, K. Marks yozganidek, qiymat tushunchasini aniq ta’riflab berolmagan edi. Platon singari, Aristotel ham davlat to‘g‘risida o‘z ta’limotini yaratdi. Lekin u bu problemaga butunlay boshqacha qaradi. Aristotel, ideal davlat haqida so‘zlashdan oldin real, mavjud davlatlarni o‘rganmoq kerak, deb hisoblardi. Shu sababli u o‘z shogirdlari bilan birgalikda Gretsiyadagi va undan tashqaridagi 158 davlatning qonunlarini o‘rganish va yozib chiqish yuzasidan katta ish qildi. Uning o‘zi «Afina politiyasi»ni–Afina davlat tuzumi haqidagi asarni yozdi. Shundan keyin u to‘plangan va sistemalashtirilgan materialni umumlashtirishga kirishdi. Davlat tuzumi va ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risidagi o‘y-fikrlarning natijasi o‘laroq Aristotelning «Politika» nomli katta tarixiy-sotsiologik asari maydonga keldi. Aristotel, uch tipdagi davlat: monarxiya (ya’ni bir shaxsning idora qilishi), aristokratiya (ya’ni ozgina shaxslarning idora qilishi) va demokratiya (ya’ni hammaning idora qilishi) mavjud, degan xulosaga keldi. Shu bilan birga u, monarx ham, ozgina kishilarning vakillari ham, demokratiya ham agar faqat xalqning baxt-saodati uchun qayg‘ursa, mazkur davlat formalarining hammasi ham yaxshi, deb hisoblardi. Lekin shu bilan birga davlatning bu formalaridan har biri, uning fikricha, zararli bo‘lishi va aynib idora usulining eng yomon formasiga aylanib ketishi mumkin. Chunonchi, monarxiya aynib tiraniyaga, ya’ni bir shaxsning nazoratsiz hukmronlik qilishiga, aristokratiya aynib oligarxiyaga, ya’ni hamma noz-ne’matlarni o‘ziniki qilib oluvchi ozgina shaxslar hukmronligiga aylanib ketishi mumkin. Demokratiya esa aynib oxlokratiyaga, ya’ni olomon – qora xalq hukmronligiga aylanib ketishi mumkin. Aristotel o‘zi Afina demokratiyasini uncha xush ko‘rmas edi, uni xuddi oxlokratiya deb hisoblardi. U ozgina shaxslar –aristokratlar idora usulining tarafdori edi. O‘z davrining farzandi bo‘lgan, o‘z asarlarida o‘sha davrning ijobiy xislatlarini ham, mahdudligini ham aks ettirgan Aristotel qullikning va quldorlik tuzumining ideologi edi. U qullikning bo‘lishini zarur va haqqoniy deb hisoblardi, chunki qullar o‘z tashqi qiyofasi jihatidan ham, o‘z ruhiy tuzilishi jihatidan ham itoat qilish uchun yaratilgandir. U insoniyat jamiyatida tabiatan hukmronlik qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan janoblar va itoat qilish uchun yaratilgan qullar mavjud, deb hisoblardi. Aristotel qullarning mehnatidan foydalanishni zarur deb hisoblardi, chunki qullar mehnati o‘rniga mashinalar ishlatilishi mumkinligini tasavvur qilolmas edi. Aristotel asarlarida o‘sha zamon madaniyatining yutuqlari va kamchiliklari aks ettirilgan. Aristotel filosofiyaning asosiy problemalariga dialektik tarzda qarardi, u bir qancha fanlarning asoschisi edi. U idealizm bilan materializm o‘rtasida ikkilanib, turli problemalar va ob’ektlarni o‘rganishning materialistik metodlarini tatbiq etdi, ammo butun tabiiy taraqqiyotni u dastlabki turtki bilan izohlardi-ki, go‘yo qachondir «olamiy aql» bu turtkini amalga oshirgan emish. Aristotel qadimgi Gresiyaning eng yirik estetigi ham edi. U mashhur «Poetika»ni – san’atning mohiyati va uning jins va turlarga bo‘linish haqidagi kitobni yaratdi. Aristotel «Poetika» si san’atning tabiati haqida undan keyingi hamma ta’limotlar uchun asos bo‘ldi. Grek teatri. Qadimgi grek madaniyatining eng ajoyib hodisalaridan biri teatrdir. Teatr qishloq xo‘jaligi va dehqonlarning homiysi bo‘lmish xudo Dionis bayrami vaqtida ijro etiladigan xalq qo‘shiqlari va o‘yinlari asosida paydo bo‘lgan. Xudo Dionis tabiat kuchlarini hosil qiluvchi ma’bud bo‘lgan. Unga sig‘inish qishloq xo‘jaligini olib borishning mashaqqatlari va quvonchlarini aks ettirgan. Qadimgi Gretsiyaning tabiiy sharoitiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi asosan uzumchilikdan iborat edi. Toklar barg chiqargan bahorda ko‘klamgi Dionisiya bayramlari qilingan, uzum uziladigan kuzda esa kuzgi Dionisiya bayramlari qilingan. Bu bayram ayniqsa quvnoq bo‘lgan. Yangi tortilgan vinolardan ichishib, davra olib lapar aytganlar, qo‘shiqlar aytib, raqsga tushganlar. Dionis sharafiga aytiladigan marosim qo‘shiqlarining – difiramblarning ijrochilari echki terisiga burkanib chiqqanlar. «Tragediya» so‘zi, «takalar qo‘shig‘i» ana shundan kelib chiqqan (grekcha «tragos» – «taka», «ode» –«qo‘shiq» demakdir). Difiramblardan grek tragediyasi paydo bo‘lgan. Dionis sharafiga aytiladigan bir qancha qo‘shiqlar sho‘x kulgili bo‘lgan. Ana shulardan komediya kelib chiqqan. Bu qo‘shiqlar boshlovchi boshchiligida xor bilan ijroetilgan. Boshlovchi korifey deb atalgan va xor bilan Dionis haqida suhbat qilgan. Tinglovchilar kichik bir tepa tevaragida tizilishib o‘tirganlar, unda korifey xor bilan birga qo‘shiq aytgan. Tomoshabinlar yaxshi ko‘rishi va eshitishi uchun korifey bilan birinchi artist maxsus yasalgan taxta chorpoya ustida turishgan, tomoshabinlar esa amfiteatr shaklida ketma-ket qatorlashtirib qo‘yilgan skameykalarda o‘tirishgan. Teatr-tomoshalar ana shu tariqa paydo bo‘lgan. Dastavval teatr yog‘ochdan bo‘lgan. Artistlar o‘ynaydigan joy sahna deb atalgan. Bu so‘z «skena» so‘zidan olingan bo‘lib, ma’nosi chodir demakdir. Dastlabki vaqtlarda bu xaqiqatan chodir bo‘lib, unda artistlar kiyinishgan. Saxnada xudo Dionis sharafiga qurbonlik eqromi turgan. Pastda saqna oldida xor joylashgan; bu joy orxestra deb nom olgan. So‘ngra tomoshabinlar o‘tiradigan o‘rinlar teatr joylashgan. Grek teatri hamisha ochiq havoda o‘ynalgan. Grek teatrlari 20–25 minggacha tomoshabinni sig‘dirgan. Shu munosabat bilan teatr-tomoshalarning o‘ziga xos alohida texnikasi bo‘lgan. Ayollar rolini faqat erkaklar o‘ynaganlar. Artistni hamma tomoshabinlar ko‘rishi va eshitishi uchun u etiklariga baland taglik – koturna bog‘lab o‘ynagan. Hamma aktyorlar niqob kiyishgan, har bir rol uchun alohida niqob kiyilgan. Niqobning og‘zidan tovushni baland qiluvchi rupor (karnaycha) chiqib turgan. Qadimgi grek teatrlari ajoyib akustikaga ega bo‘lgan. Epik davrdagi teatr. Mabodo sahnaga biror tanga tushib ketguday bo‘lsa, uning jarangi ulkan teatrning orqa qatorlariga ham baralla eshitilgan.Qadimgi Gresiyada teatr - tomoshalar ko‘ngil ochish emas, balkimuqaddas burchni ado etish hisoblangan. Unda har bir grajdanning ishtirok etishi shart bo‘lgan. Perikl zamonidan boshlab, Afina grajdanlariga teatrga borish uchun davlat xazinasidan maxsus teatr puli berganlar. Teatr tarbiya maktabi bo‘lib, unda qo‘yiladigan pesalarda axloq, siyosat va ideologiyaning eng muhim masalalari tahlil etilgan. Teatr-tomoshalar yiliga katta bayram kunlarida bir necha marta qo‘yilib, qatorasiga bir necha kun davom etgan. Har safar uch tragediya va uch komediya qo‘yilgan. Demak, greklar ertadan-kechgacha teatr tomosha qilganlar. Adabiyot. Quldorlik demokratiyasi rivojlanishi bilan, ayniqsa Afinada, adabiyotning ommaviy turi bo‘lmish dramatik tomoshalar taraqqiy qiladi. Bu dramatik tomoshalar esa ommaviy xalq bayramlari asosida tragediyalar va komediyalar shaklida paydo bo‘ladi. Butun qadimgi grek madaniyati singari, tragediya ham mifologiya asosida paydo bo‘lgan. Lekin biz shuni nazarda tutmog‘imiz lozimki, «antik mifologiya harakatsiz, bamisoli qotib qolgan manzaradan iborat emasdir; bu mifologiya uning qaror topishida, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyotini aks ettiruvchi doimiy harakatida olib qaralmog‘i lozim». Klassika davrida mifologiya polis ideologiyasini tarqatuvchi va ifodalovchi bo‘lib qoladi. Shoirlar o‘z tragediyalariga o‘sha zamondagi grek jamiyatini to‘lqinlantirgan g‘oyalarni jo qilar edilar. Bu hol qadimgi Gretsiyada tragediyalarning g‘oyat katta shuhrat taratishiga sabab bo‘ldi va ularni o‘sha davrning jonli va yorqin hujjatiga aylantirdi. Eramizdan avvalgi VI–V asrlarda Afinada eng atoqli grek shoirlari yashab, ijod etganlar. Ular faqat grek klassiklari emas, balki jahon adabiyotining ham klassiklaridirlar. Ulardan kattasi Esxil (eramizdan avvalgi 525-456-yillar) bo‘lib, uni Engels haqqoniy suratda «tragediyaning otasi» deb atagan edi. Esxil tiraniyaga qarshi kurash va quldorlik demokratiyasining ravnaq topishi davrida yashagan edi va Gretsiya-Eron urushlarida ishtirok qilgan edi. Esxil tragediyalari o‘z obraz- larining ulug‘vor kuch va ozodlik g‘oyalari jihatidan ajoyib asarlardir. Esxilning eng mashhur tragediyasi «Zanjirband Prometey» dir. Tragediyaga pahlovon Prometeyning odamlarga olov olib borib bergani uchun tortgan azob-uqubati haqidagi afsona asos qilib olingan. Prometey Zevsning mustabid hokimiyatiga qarshi chiqadi. Tragediyada eramizdan avvalgi VI asrning oxirlarida Afinada ag‘darib tashlangan tiraniyaga qarshi norozilik aks ettirilgan. Prometey obrazi K. Marksning sevimli obrazi edi. Uni Marks filosofiya tarixida, haqiqat yo‘lida azob chekkanlardan biri, deb atagan edi. Esxil mifologiya mavzularida yozilgan tragediyalardan tashqari, «Forslar» degan ajoyib vatanparvarlik tragediyasini, yozdi. Bu tragediyada Gretsiya-Eron urushlarida greklarning g‘alabasi va Eronning mag‘lubiyati tasvirlanadi. Bu tragediyada Esxil o‘zi ham ishtirok etgan Salamin jangi tasvirlangan. Afinaning ravnaq topish davridagi ikkinchi ajoyib tragik shoir Sofokl edi (eramizdan avvalgi 496-406-yillar). Esxil singari, Sofokl ham ko‘p tragediyalar yozgan bo‘lib, ulardan faqat yettitasi bizga yetib kelgan. Sofokl insonning ijodiy mehnatini madh etadi. Lekin shu bilan birga Sofokl inson hayotini bo‘g‘uvchi taqdir ideyasiga ham murojaat qiladi. Inson nimaiki qilsa, hammasi ko‘r-ko‘rona taqdirga bog‘liq. Axir, grek mifologiyasiga ko‘ra, taqdir ilohalari bo‘lmish uch ojiza Moyra har bir kishining hayot rishtasini to‘qishadi-ku. Sofoklning eng zo‘r tragediyasi «Shoh Edip» dir. Bu tragediyada insonning taqdir oldida ojizligi g‘oyasi ayniqsa yaqqol ko‘rsatilgan va ayni vaqtda Edipning oliyjanob obrazida taqdirga qarshi norozilik gavdalantirilgan. Shoq Edip butun umri bo‘yi u tug‘ilgan choqda ma’budlar aytgan daxshatli karomatning ro‘yobga chiqmasligiga intiladi. Lekin uning xohishidan tashqari, ma’budlar aytgan karomat ro‘yobga chiqa boshlaydi. Keyin bilsaki, u daxshatli jinoyatchi ekan, o‘z otasini o‘ldirib, o‘z onasiga uylangan ekan. Bu tragedpyadan tashqari, Sofokl yana bir qancha ajoyib tragediyalar yozgan. Ular orasida «Elektra» tragediyasi alohida ajralib turadi. Gretsiyaning uchinchi ulug‘ tragedik shoiri Yevripiddir (eramizdan avvalgi 480-406-yillar). U yozgan tragediyalar his-tuyg‘ularni analiz qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu his-tuyg‘ular insonning baxtsizligiga va halokatiga sabab bo‘ladi. Shunisi g‘alatiki, Yevripidda shum taqdir ideyasi yo‘qdir. O‘ning pesala- rida, Sofokldagi singari, insonning harakatlarini taqdir idora qilmaydi, balki odamlarning o‘zlari o‘z hayotlarini yaratadilar. Lekin ularning his-tuyg‘ulari ba’zan taqdirdan ko‘ra ko‘proq mash’um bo‘lib qoladi. Uning tragediyalaridan «Medeya» ayniqsa mashhurdir. Bu tragediya alamzada ayolning azob-uqubatiga va intiqomiga bag‘ishlangan. «Ifegeniya Avlidada» tragediyasining qahramoni Ifegeniya greklarning Troya urushida g‘alaba qozonishi uchun o‘z jonini qurbon qiladi va ixtiyoriy ravishda o‘limiga rozi bo‘ladi. «Ippolit» tragediyasida Ippolitning o‘gay onasi Fedraning azob-uqubatlari tasvirlanadi. Fedra Ippolitni o‘lgudek sevadi. Ugay o‘g‘lini o‘zi bilan jinoyatkorona aloqa qildirishga ko‘ndirolmagach, axiri, o‘ch olish maqsadida Ippolitni halok qiladi. . Yevripid o‘z tragediyalarida eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmida shaxs manfaatlari bilan polisning eng eski traditsiyalari o‘rtasidagi konfliktni aks ettirdi. Grek tragediyasi o‘z kuchi, favqulodda ifodaliligi, yuksak g‘oyaviyligi va obrazlarniig zabardastligi jihatidan dramaturgiyaning eng yaxshi namunalaridan biridir. Grek komediyasining klassigi Aristofandir (eramizdan avvalgi 450-388- yillar). Uning komediyalarining mazmuni o‘sha zamondagi grek hayotining haqiqiy ensiklopediyasidir. Aristofan komediyalaridagi voqealar Peloponnes urushi davrida va tinchlik davrida yuz beradi. Aristofan urush harakatlaridan ayniqsa ko‘p azob chekkan qishloq aholisining manfaatlarini aks ettirgan, shu sababli u o‘zining bir qancha komediyalarida jon-jahdi bilan urushga qarshi chiqqan. U tinchlik tarafdori edi. Shahar demosi urush olib borish tarafdori bo‘l- ganligi sababli, Aristofan uni qattiq tanqid qiladi va undan kuladi. Uning komediyalarida mashhur siyosiy arboblar ham, sarkardalar ham, hunarmandlar ham, dehqonlar ham, qullar ham ko‘rinadi. Usha zamonda Aristofan to‘xtalib o‘tmagan biron hodisa bo‘lmasa kerak. Uning «Tinchlik», «Ayollar xalq yig‘inida» va boshqa komediyalari ayniqsa ajralib turadi. Aristofan shahar demosining zaifligini va turli siyosiy partiyalarning kurashini «Suvoriylar» degan mashhur komediyasida tasvirlagan. Bu komediyada demokratiya yo‘lboshchisi Kleon masxara qilib kulinadi. An’anaviy qarashlarning tarafdori bo‘lgan Aristofan sofistlarning va Sokratning nazariyalariga qarshi chiqadi. Chunki ularni eski tirgaklarning tagiga bolta urgan kishilar deb hisoblaydi. Binobarin, «Bulutlar» komediyasi ularga qarshi qaratilgan edi. «Qurbaqalar» komediyasida Aristofan Yevripidni masxara qilib kulgan edi. Aristofan komediyalari keskin siyosiy mazmunga ega bo‘lib, ko‘pincha siyosiy pamfletlar tarzida yorqin xalq tili bilan yozilgan edi. Download 137 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling