Xiii mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishinining ekologik-iqtisodiy
Download 489.97 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi
13.3. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishinining ekologik-iqtisodiy
samaradorligi Ishlab chiqarishni intensivlashtirish asosida rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi bilan tabiiy muhit o‘rtasida kuchayib borayotgan aloqalar va o‘zaro ta’sirlar, ekologik nojo‘ya oqibatlar qishloq xo‘jaligining samaradorligiga ekologik-iqtisodiy nuqtai nazardan yangicha qarashga majbur qilmoqdalar. Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan tabiiy muhitni ifloslantirganlik va buzganlik uchun to‘lovlarning joriy etilishi tufayli qishloq xo‘jaligining ekologik-iqtisodiy samaradorligini baholash va asoslab berish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ekologik-iqtisodiy samaradorlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonining jami iqtisodiy natijaviyligini qishloq xo‘jaligining tabiiy muhitga ekologik ta’sirini inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkich ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy va mehnat xarajatlari bilan bir qatorda tabiiy muhitning qishloq xo‘jaligi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ifloslanishi va buzilishini tugatish yoki oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni, shuningdek, atrof muhit ekologik holatining yomonlashuvi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotining yo‘qotilishini ham aks ettiradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ekologik-iqtisodiy mezonlari bo‘lib atrof muhitni saqlab qolish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha optimal (eng maqbul) ishlab chiqarish xarajatlari bilan olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotiga ijtimoiy talabni qondirish bo‘yicha vazifaning hal etilishini maksimallashtirish xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishinining ekologik-iqtisodiy samaradorligini aniqlash ekologik-iqtisodiy zarar (ziyon) va samara, umumiy (mutlaq) va qiyosiy ekologik-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash asosida amalga oshiriladi. Ekologik-iqtisodiy zarar-bu tabiiy muhit sifat holatining yomonlashuvi natijasida qishloq xo‘jaligiga yetkaziladigan amaldagi yoki mumkin bo‘lgan, qiymat shaklida ifodalangan zarar yoki ushbu zararning o‘rnini to‘ldirish uchun sarflangan qo‘shimcha xarajatlardir. Qishloq xo‘jaligida zarar avvalo havo havzasining ifloslanishi va sug‘orish uchun ifloslangan suvdan foydalanishda vujudga keladi, natijada qishloq xo‘jaligi ekinlarini hosildorligi pasayadi, tuproqni sho‘rlanishiga qarshi kurashish xarajatlari ko‘payadi, ayrim hollarda qishloq xo‘jaligi ekinlari guruhi o‘zgaradi. Chorvachilikda zarar hayvonlarning mahsuldorligi pasayishida – qoramollar tirik vaznining, sog‘ib olinadigan sut miqdorining, tuxum qo‘yish miqdor o‘simining kamayishida namoyon bo‘ladi. Istisno holatlarda oqava suvlarning katta hajmda tashlanishi qoramol va parrandalarning to‘liq halok bo‘lishiga olib keladi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida yerga keltiriladigan ekologik-iqtisodiy zarar yerning sifat holati yomonlashuvining qiymat shaklidagi bahosida namoyon bo‘ladi. U avvalo qishloq xo‘jaligi yerlarining mahsuldorligining pasayishi natijasida tuproq unumdorligi pasayishi va mahsulotning yo‘qotilishida ifodalanadi. Dehkonchilikda tuproq unumdorligining pasayishidan ko‘rilgan ekologik- iqtisodiy zarar (P 1 ) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi: 187 (13.15) bunda P iH - tuproq unumdorligining pasayishidan ko‘rilgan solishtirma ekologik- iqtisodiy zarar, so‘m/ga; S - unumdorligi pasaygan i –chi turdagi qishloq xo‘jalik yerlarining maydoni, ga. Tuproq unumdorligining pasayishi tufayli ko‘rilgan solishtirma ekologik- iqtisodiy zarar, unumdorlikni tiklash uchun zarur xarajatlar bilan 1ga yerdan unumdorlikning pasayishi natijasida amalda olinmay qolgan mahsulot kiymatining yig‘indisi bilan aniqlanadi, so‘m/ga; P iH = Z+P (13.15) bunda Z - tuproq unumdorligini tiklash uchun zarur xarajatlar, so‘m/ga; P - tuproq unumdorligining pasayishi natijasida olinmay qolgan qishloq xo‘jalik mahsulotining qiymati, so‘m/ga. Tuproq unumdorligini tiklash uchun zarur xarajatlar qiymati bu gumus va ozuqaviy moddalar miqdoridan yo‘qotishlar natijasida ro‘y beradigan zararni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan sarflarni qiymat ko‘rinishida baholash asosida hisoblab chiqiladi: Z=ΣZ j (13.15) bunda Z j – tuproqning j –chi ko‘rsatkichi (gumus, azot, fosfor, kaliy va boshqalarning miqdori)ni tiklash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar, 1 ga yerga so‘m hisobida. Tuproq unumdorligini tiklash xarajatlari o‘g‘it va meliorantlar qiymati, ularni sotib olish, ortish, tashib keltirish, tushirish va tuproqqa kiritish xarajatlarini o‘z ichiga oladi: Z j = X u +X o +X t +X r +X k (13.15) bunda X u – o‘g‘it va meliorantlar qiymati, so‘m; X o ,X t ,X r ,X k – mos holda o‘g‘it va meliorantlarni ortish, tashish, tushirish va kiritish xarajatlari, so‘m. Tuproq unumdorligining pasayishi natijasida olinmay qolgan o‘simlikchilik mahsulotini qiymati (U k ) quyidagi formula bo‘yicha 1 ga yerga so‘m hisobida aniqlanadi: U k =U·N (13.16) bunda U – qishloq xo‘jaligi ekinini hosildorligidan yo‘qotishlar, 1 ts/ga hisobida; N –i-chi qishloq xo‘jaligi ekinining yo‘qotilgan birligi narxi, so‘m. Yerlarning unumdorligi pasayishi natijasida olinmay qolgan hosilni baholash olinmay qolgan asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotning hajmi bo‘yicha o‘tkazilishi lozim. Olinmay qolgan mahsulotning umumiy miqdori har bir qishloq xo‘jaligi ekini bo‘yicha olinmay qolgan hosilning yig‘indisi sifatida aniqlanadi. Olinmay qolgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti miqdori tuproq nazorat tahlilidan oldingi va keyingi o‘rtacha ko‘p yillik hosildorlik o‘rtasidagi farq (tafovut) bo‘yicha hisoblab chiqiladi: U=U 1 -U 2 (13.17) 188 bunda U – tuproq unumdorligining pasayishi oqibatida olinmay qolgan mahsulot miqdori, ts/ga; U 1 - i-chi turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining unumdorlik pasayishiga qadar bo‘lgan davrdagi o‘rtacha ko‘p yillik hosildorligi, ts/ga; U 2 – i-chi turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotining unumdorlik pasayib borgan davrdagi o‘rtacha ko‘p yillik hosildorligi, ts/ga. Chorvachilikda ko‘rilgan zarar Z ch quyidagi formula orqali aniqlanadi: Z ch =P·N (13.18) bunda P – i-chi turdagi mahsulotning mahsuldorlik pasaygani hisobidan yo‘qotilish miqdori; N – mahsulotning yo‘qotilgan i-chi birligining narxi, so‘m; Download 489.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling