Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar davlati


Download 20.19 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi20.19 Kb.
#1567046
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hakimova

Eftaliylar davrida shaharlar ravnaq topib, ularning ahamiyati ortadi. Kushoniya (Kattaqo‘rg‘on yaqinida), Rivdad, Poykend, Tallikon, Termiz, Gurgon, Varaxsha shaharlari shular jumlasidandir. Eftaliylar davlati hukmdorining qarorgohi Varaxsha saroyida bo‘lgan-ligi taxmin qilinadi.

  • Eftaliylar davrida shaharlar ravnaq topib, ularning ahamiyati ortadi. Kushoniya (Kattaqo‘rg‘on yaqinida), Rivdad, Poykend, Tallikon, Termiz, Gurgon, Varaxsha shaharlari shular jumlasidandir. Eftaliylar davlati hukmdorining qarorgohi Varaxsha saroyida bo‘lgan-ligi taxmin qilinadi.
  • Eftaliylar qudratli va ulkan davlat barpo etdilar. Uning hududlari Kushon davlati hududlaridan ham katta edi. Eftaliylar Eron sosoniylarining harbiy qudratini sindira oldilar. Sosoniy-larning sharqqa yurishlari eftaliylarning qarshiligi tufayli to‘xtadi. Ular Eron shohlarining ichki siyosatiga ham aralashib, hatto kimni taxtga o‘tqazish masalasini hal qilish ularning qo‘lida bo‘lgan. Eron davlati har yili eftaliylarga katta miqdorda o‘lpon to‘lab turgan.
  • Eftaliylar manbalarda dastlab 453-454 va 457 yillar voqealari bilan bog‘liq tarzda tilga olinadi. Ularda keltirilishicha, eftaliylar ularga hujum qilgan YAzdigerd II qo‘shinini tor-mor keltirib, Eronning ichkarisiga ham talon-taroj yurishlarini amalga oshirganlar. Mazkur voqealar 453-454 yillarda sodir bo‘lganligi qayd qilinadi. SHuningdek, 457 yilda eftaliylar hukmdori Vaxshunvar CHag‘oniyon, Toxariston va Badaxshonni o‘ziga bo‘ysundirgan. 456 yilda eftaliylardan Xitoyga dastlabki elchilar kelgan.

459 yili Eron taxtiga o‘tirgan Pero‘zning hokimiyatga kelishi manbalarda eftaliylar bilan bog‘liq ravishda bayon qilinadi. Dastlab eftaliylar yordamida hokimiyatga kelgan Pero‘z keyinchalik ularning g‘animiga aylanadi hamda 459-484 yillarda eftaliylarga qarshi uch marta yurish qiladi.

  • 459 yili Eron taxtiga o‘tirgan Pero‘zning hokimiyatga kelishi manbalarda eftaliylar bilan bog‘liq ravishda bayon qilinadi. Dastlab eftaliylar yordamida hokimiyatga kelgan Pero‘z keyinchalik ularning g‘animiga aylanadi hamda 459-484 yillarda eftaliylarga qarshi uch marta yurish qiladi.
  • Birinchi yurishdayoq Pero‘z mag‘lubiyatga uchrab asirga tushadi. Vizantiya imperatori Zenon o‘rtaga tushib katta mablag‘ evaziga uni eftaliylar tutqunligidan xolos qiladi. SHartnomaga muvofiq Pero‘z chegara yaqinidagi Talikon shahrini eftaliylarga topshirish hamda ikki o‘rtadagi chegarani qayta buzmaslik majburiyatini oladi.
  • Ammo o‘z mag‘lubiyatini tasodifga yo‘ygan Pero‘z tez orada yana eftaliylarga qarshi yurish qiladi. Bu gal ham mag‘lubiyatga uchragan Pero‘z katta miqdorda o‘lpon to‘lashga, yosh o‘g‘li Qubodni eftaliylar qo‘lida garovda qoldirishga majbur bo‘ladi hamda eftaliylarga 2 yil mobaynida soliq to‘lab turish majburiyatini o‘z zimmmasiga oladi. Mazkur mag‘lubiyat natijasida Xuroson hududi to‘laligicha eftaliylar tasarrufiga o‘tadi.

Download 20.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling