Xioniylar, Kidariylar, Eftaliylar davlati
Download 20.19 Kb.
|
Hakimova
Manbalarda yozilishicha, eftaliylar va forslar o‘rtasidagi uchinchi urushga Pero‘zning eftaliylarni aldashi sabab bo‘lgan. Pero‘z eftaliylar hukmdori Kunxa bilan go‘yo do‘stona munosabat o‘rnatish maqsadida o‘z singillaridan birini uning nikohiga berishni va’da qiladi. Ammo singilning o‘rniga o‘z cho‘rilaridan birini yuboradi. Bunday haqoratdan g‘azablangan Kunxa o‘z qo‘li ostidagi Eron harbiy mutaxassislarini qatl etishga farmon beradi.
Eftaliylar jamiyati ijtimoiy-iqtisodiy tuzumining tahlili bu davrda aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lib, qolgan qismi esa ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganligini ko‘rsatadi. Eftaliylarning ko‘pchiligi mahalliy aholi bilan arala-shib, o‘troq turmush tarziga o‘tgan hamda shahar hayotini o‘zlashtirgan-lar. Ko‘chmanchi turmush tarzini afzal ko‘rganlari esa kigiz o‘tovlarda yashab, keng va sersuv yaylovlarga ega bo‘lishgan. SHu boisdan ular man-balarda goh chorvadorlar, goh shaharliklar sifatida tilga olinadi.
Download 20.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling