Xirurgik bemor bolalar parvarishi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1522954
Bog'liq
@Sammu test bot JavoblariXirurgik bemor bolalar parvarishi pdf



"Xirurgik bemor bolalar parvarishi" fanidan 1 kurs talabalari uchun 
imtihon savollari 
@Sammu_test_bot
1. 
Zamonaviy bolalar xirurgiyasi bulimi tarkibiy qismlarini ayting
Zamonaviy xirurgik statsionardagi palatalar, operatsiya bloki va 
xonalariga qo‘yiladigan talablar tibbiyotning boshqa 
yo‘nalishlaridagidan farq qiladi. So‘nggi yillarda chet mamlakatlarda 
aylana shakldagi bo‘limlar ko‘plab qurilmoqda. Uning afzalligi 
shundaki, o‘tish joylarining qisqarishi hisobiga xodimlaming bemorlar 
bilan muloqot davri uzaytiriladi va bo‘limlar yaqin bo‘lib, bir-biriga 
o‘tish kam vaqtni talab qiladi. Respublikamizdagi shunday binolardan 
biri akademik V.V. Vohidov nomidagi ilmiy xirurgiya Markazidir. 
Zamonaviy xirurgiya bo‘limlari odatda 60 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Ayrim hollarda 25—40 o‘rinli maxsus xirurgiya bo‘- limlari ham 
bo‘ladi. Zamonaviy xirurgik palatalar ikki seksiyadan iborat bo‘lib, ular 
zal, shlyuz yoki koridor bilan tutashtiriladi. Har bir seksiyada 30 tadan 
o‘rin, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 24 o‘rinbo‘lishi kerak. 
Palatalar boTimida quyidagi xonalar ko‘zda tutiladi: navbatchi hamshira 
posti (4 m2 ), muolaja xonasi (18 m2 ), bogTov xonasi (22 m2 ), 
oshxona (o‘rinlar soni o‘rinlar umumiy sonining 50—60% ni tashkil 
qiladi), oqliklarni saralash va ishlatilgan oqliklami, tozalash vositalarini 
saqlash xonasi (15 m2 ), vanna xonasi (12 m2 ), huqna xonasi (8 m2 ), 
hojatxona (erkaklar, ayollar va xodimlar uchun alohida). 26 Bo‘limda 
bo‘lim mudiri xonasi (12 m2 ), ordinatorlar xonasi (10 m2 ), katta 
hamshira xonasi (10 m2 ), xo‘jalik bekasi xonasi (10 m2 ) bo‘lishi 
lozim. Har bir klinikada professor, dotsentlar uchun ish xonasi va 10—
12 kishiga mo‘ljallangan o‘quv xonalari bo‘lishi kerak.
2. 
Bolalar xirurgiyasi bulimidagi palatalarga quyilgan talablar 
(harorati, har bir bemorga ajratilgan joy va hakozalar)
Bemor parvarishi - kasal sog'lig'i tiklanishini tezlatishga qaralilgan 
davolanish, ruhiy, maishiy, fiziologik, sanitar-gigiyenik. yuqumli 


kasalli klarning old ini olish kabi bemorning zaruriy ehtiyoj lari ni o’z 
vaqtida muntazam qondirib borish maqsadida amalga oshiriladigan 
tadbirlar majmuasi. 
Bemorlarni qabul qilib, muqim sharoitda ularga malakali tibbiy 
xizmal ko'rsatish maxsus muassasalar - shifoxonalarda bajariladi. 
Shifoxona lo’laqonli faoliyat ko'rsatishi uchun uning tarkibida 
quyidagi bo’limlar tashkil qilinishi zarur: qabul bo'limi, diagnostika, 
davolash, 
anesteziologiya-reanimatsiya, 
patanatomiya, 
sterilizatsiya, dorixona, oshxona, kir yuvish, chiqindilarni 
zararsizlantirish va yo’q qilish, xo’jalik, ma’muriyat. 
3. 
Bolalar xirurgiyasi bulimida xizmat vazifasiga ko'ra 
hamshiralarning turlari
Operatsiya xonasini tayyorlash bo‘yicha tadbirlaring hammasi 
operatsiya hamshirasining vazifasi hisoblanadi. Uning ixtiyorida: 1) 
operatsiya, operatsiya old xonasi, avtoklav va materiallar xonasi; 2) 
asboblar va ularni operatsiyaga tayyorlash; 3) operatsiya va bog‘lov 
materiali hamda ularni sterillash; 5) choklar uchun materiallar va ulami 
tayyorlash; 6) operatsiya xonasini kerakli dori-darmonlar bilan 
ta’minlash xonasi bo‘ladi. Operatsiya hamshiralarining qolgan hammasi 
material tayyorlashda va operatsiyada bevosita ishtirok etadi. Operatsiya 
hamshirasi kichik tibbiyot xodimlari ustidan diqqat bilan kuzatuv olib 
borishi va aseptikaning operatsiyada qatnashayotganlar (shifokorlar, 
talabalar va boshqalar) tomonidan har qanday buzilishi to‘g‘- risida 
xirurgga xabar qilishi shart. Operatsiya qilayotgan xirurglar aseptikaning 
qanday bo‘lmasin buzilishini sezmay qolganlarida hamshira bu haqda 
ulami zudlik bilan xabardor qilishi zarur. Operatsiya vaqtida xirurglami 
zarur asboblar va materiallar bilan ta’minlash operatsiya hamshirasining 
asosiy vazifasi hisoblanadi. Odatda operatsiyadan oldin asboblar to‘ri 
bilan birga sterilizatordan olinadi va ular hamshiraning steril choyshab 
yopib qo‘yilgan asboblar stoliga qo‘yiladi. Bunda choyshabning 
namlanib qolmasligiga ahamiyat beriladi, chunki bu aseptikaning 
buzilishiga sabab bo‘ladi. Asboblar turlari bo‘yicha, shuningdek, 
operatsiya borishini hisobga olingan holda bosqichlar bo‘yicha stolga 


terib chiqiladi. Hamshira stolidagi zaxira asboblardan bir qismini 
yordamchi stolga olib qo‘yadi, bu stol bevosita operatsiya stolining 
yonida bo‘lib, unga operatsiyaning hozirgi bosqichini ta’minlash uchun 
zarur asboblar qo‘yiladi. Agar hamshira stolining sterilligi uchun 
operatsiya hamshirasining o‘zi javob bersa, yordamchi stolning sterilligi 
uchun operatsiya qiladigan xirurglar ham javob beradilar. Operatsiya 
hamshirasi asboblaming bekam-u ko‘stligini tekshirib turishi kerak. 
Asbob ikki usulda uzatiladi. Hamshira asbobni bevosita xirurg yoki 
uning assistenti qo‘liga beradi yoki asbobni stolga qo‘yadi, bunda xirurg 
asbobni o‘zi oladi. Hamshira xirurgga asbobni uning qo‘lini shikastlab 
qo‘ymaslik uchun ohista uzatishi kerak. Ko‘pchilik hollarda operatsiya 
vaqtida xirurgning butun diqqat-e’tibori operatsiya maydonida bo‘lib, 
uzatilayotgan asbobga qaramaydi. Shuning uchun operatsiya hamshirasi 
operatsiyaning boshidan oxirigacha borishini bilishi va biror narsani 
tushunmasa, uni xirurgdan so‘rashi lozim bo‘ladi. Operatsiya brigadasi 
batartib ishlaganda operatsiya birmuncha tez tugallanadi. Agar 
operatsiya vaqtida asbob bironta nosteril narsaga tegib ketsa, hamshira 
bu haqda xirurgga ma’lum qilishi, asbobni esa chetga olib qo‘yishi 
kerak. Chok materialini uzatish katta tajriba va chaqqonlikni talab etadi. 
Chok materiali qo‘l bilan emas, asbob bilan olinadi. Bunda pinset bilan 
ipning uchidan ushlanadi, ip sterilizatsiya qilingan g‘altak yoki buyum 
oynasidan asta tortib bo‘shatiladi. Kerakli uzunlikdagi ip 
bo‘shatilgandan so‘ng qaychida qirqiladi. Ketgutdan foydalanish qulay 
bo‘lishi uchun uni oldindan kesib, kerakli uzunlikdagi iplar tayyorlab 
qo‘- yiladi. Kerakli ipni uzatish uchun hamshira operatsiyaning borishini 
kuzatib turishi va qanday uzunlikdagi ip talab qilinishini yaxshi bilishi 
kerak. Ipning pishiqligi, asosan, uning yo‘g‘onligigabog‘liq.
4. 
Bolalar xirurgiyasida etika va deontologiya, ularning ahamiyati
Etika yunoncha «aethos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u urfodat, axloq 
ma’nolarini bildiradi. Tibbiyot etikasi esa tibbiyot xodimlari 
faoliyatidagi insonparvarlikda aks etadi. Tibbiyot yer yuzidagi eng 
dastlabki va tarixiy kasblardan bo‘lib, insonni davolashdajuda keng va 
boy tajriba to‘plagan hamda insoniyat faoliyatidagi boshqa kasblardan 
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. O‘rta asrlarda yashagan buyuk hakim 
Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) tibbiyot xodimlarining mahoratiga katta 


e’tibor berib: xirurg burgut ko‘zlariga, qizlaming mohir qo‘liga, ilon 
donoligiga va sherning yuragiga ega bo‘lishi kerak, deydi. Bundan 
tashqari, Abu Ali ibn Sino tabiblaming axloqiy fazilatlari va bemor bilan 
bo‘ladigan muomalasidagi xususiyatlari haqida to‘xtalib, hakimlarga 
kasallikdan va uni davolashdan qo‘rqish hissini bemor ongidan 
uzoqlashtirish uchun qo‘lidan kelgan barcha zarur chora-tadbirlami 
ko‘rishni maslahat bergan va, hatto, musiqadan davolash vositasi sifatida 
foydalanishni tavsiya etgan. Bu alloma yana «bemor borki, so‘z bilan 
davolasa bo‘ladi», fikrini ham bildirgan. Tibbiyot etikasining asosiy 
vazifalari —jamiyat va bemoming farovonligi yo‘lida halol mehnat 
qilish, hamisha va har qanday sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatish, bemor 
kishiga diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish, 
o‘zining barcha xattiharakatlarida, muomalasida oliyjanoblik, insoniylik, 
axloq qonunqoidalarini namoyon qilish, tibbiyot xodimining yuksak 
vazifasi vaburchini anglab yetish, o‘z vataniga, hukumatiga mehr-
muhabbat va sadoqatli bo‘lish, shu ulug‘ kasbning oliyjanob an’analarini 
davom ettirish, saqlash hamda boyitish, tibbiyot xodimini ko‘tarinki 
ruhda tarbiyalashning mavjud barcha vositalarini umumlashtirish va 
yangilarini ishlab chiqishdir. Tibbiyot xodimining tashqi qiyofasi ham 
katta ahamiyat kasb etadi. Kiyimlami pala-partish kiyish, xalatning 
iflosligi, tirnoqlarning kirligi va o‘sib ketganligi tibbiyot xodimlari 
faoliyatida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Ajoyib shifokor va 
yozuvchi A.P. Chexov: «Shifokorlik kasbi bujasoratdir, u hamma 
narsadan voz kechishni, qalb musaffoligi va fikr sofligini talab etadi. U 
aqlan dono, ma’naviy pok vajismonan tetik bo‘lishi lozim», deb yozgan 
edi. 
Deontologiya (yunoncha dentos — zarur, lozim bo‘lgan narsa, logos — 
ta’limot) tibbiyot etikasining bir qismi bo‘lib, aynan bir vaziyatda 
tibbiyot xodimining axloq-odobi, o‘zni tuta bilishi va muomalasini 
amaliy faoliyatida qo‘llashdir. Tibbiy deontologiyaning asosiy 
vazifalari: — tibbiyot xodimlari xulq-atvorining bemorlarni davolash 
natijalarini yana ham yaxshilashga qaratilgan yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganish; 
— tibbiy faoliyatidagi noqulay omillarga chek qo‘yish; — tibbiyot 
xodimlari bilan bemor o‘rtasida o‘rnatiladigan o‘zaro munosabatlar 
majmuyini o‘rganish; — samarali bo‘lmagan tibbiy faoliyatning zararli 
oqibatlarini tugatish. 


Gippokrat tibbiyot xodimlari o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida yana 
shunday degan edi: «Nima ish qilmoqchi bo‘lsang, uni xotirjam va puxta 
bajar. Bemomi kerak paytida ko‘nglini ol, kayfiyatini yaxshi, quvnoq 
gaplar bilan ko‘tar, ayrim paytlar — sharoit shuni taqozo qilsa, 
bemoming talablarini qat’iy rad qil, boshqa vaqtlarda esa uni 
tinchlantir». 
Tibbiyot deontologiyasining muhim masalalaridan biri, bu — 
shifokorlik siridir. Gippokrat qasamyodida: «Men davolash chog‘ida, 
shuningdek, boshqa paytlarda ham bemorlaming hayotiga taalluqli 
bo‘lgan oshkor qilish mumkin boTmagan narsalami ko‘rsam yoki 
eshitsam, demak, bular sir saqlanadigan qarorlardan deb hisoblayman. 
Qasamyodimni so‘zsiz bajarayotganim uchun men hayotda va 
faoliyatimda baxtiyor bo‘lay, odamlar orasida abadiy hurmat qozonay, 
qasamyoddan chekinuvchi va yolg‘on qasam ichuvchilar uchun buning 
teskarisi bo‘lsin», deb yozilgan.
5. 
Bolalar xirurgiyasi bulimiga quyiladigan sanitarepidemiologik
talablar
Xirurgik asboblar, 
bog’Io v materiallari va oqliklarni 
sterilizatsiyaga tayyorlash. 
Xirurgik statsionar faoliyatining samaradorligi tibbiyot xodimlari isliini 
to’g’ri tashkil qilish, ishchi xonalar joylashuvini qulay rejalashtirish va 
moddiy - texnik jihozlanishini to’liq ta’minlanishiga bog’liq. Bo’limda 
davolanadigan bemorlarning aksariyatiga xirurgik operatsiya qilinishi 
lozim. Shul boisdan bemorni operatsiyaga tayyorlash tadbirlarini xasta 
a’zolar joylashgani operatsiyaning shoshilinch yoki rejali ravishda 
amalga oshirilishini e’tiborga olgan holda, to’g’ri bajarilishini 
ta’minlash bo’limdagi vrach va tibbiy hamshiraning muhim vazifasi 
hisoblanadi. Operatsiya asoratlari kelib chiqishiga sabab bo’lishi 
manikin bo’lgan omillarni bilish va ularni bartaraf etish asoratlarni 
oldini olishga xizmat qiladi. 
Mashg’ulot maqsadlari: studentlarni xirurgiya bo'limi tuzilishi va ishlash 
tartibi bilan tanishtirish, ularga aseptika va antiseptika asoslarini 


tushuntirish, operatsiyadan oldingi davr xususiyatlari bilan tanishtirib. 
bemorlarni operatsiyaga tayyorlashning umumiy masalalarini o’rgatish. 
Operatsiyaga mavjud ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalarni aniqlash, 
og’riqsizlantirish usullarini to’g’ri tanlash, bemorni operatsiyadan oldin 
tekshirish, maxsus tayyorgarlik ko’rish tadbirlarini o’rgatish. 
Studentlar bilishi kerak: I) Xirurgik bemorda ekzogen va endogen 
infeksiya kelib chiqishi yo'llarini; 2) Aseptika va antiseptika 
tushunchalarini; 3) Xirurgiya bo’limida ijro etilish shart bo’lgan 
sanitariya me’yorlar va asosiy talablarni; 4) Xirurgik statsionar tuzilishi 
va jihozlanishini; 5) Tish protezlarini yechib olish, oshqozonni yuvish; 
6) Qovuqqa kateter qo'yish; 7) Bemorni operatsiyadan oldin 
cho’miltirish, oqliklarini almashtirish; 8) Operatsiya maydoni tuklarini 
qirish; 9) Premedikatsiya; 10) Operatsiya xonasiga bemorni olib borish. 
operatsiyadan keyin xonasiga olib kelish; II) Bemorni operatsiyadan 
oldin va operatsiyadan keyingi davrda parvarish qilish. 
Xirurgiya bo’limidagi xonalarga sanitariya - epidemiologik ishlov berish 
xususiyatlari. 
Bo'limning sanitariya holatini qoniqarli darajada saqlash bemorlarning 
davolanishi jarayonida yangi dardlarga duchor bo Imasliklarini 
ta’minlovchi muhim omillardan biri Xirurgiya bo'limida sanitariya - 
gigiyena tartibini ta’minlash bemor davolanishining muhim omillaridan 
hisoblanadi. Shuning uchun ushbu tartib qoidalariga qat’iy rioya 
etilishini ta’minlash bo’limda faoliyat olib boradigan barcha 
xodimlarning xizmat burchidir. Bunda xodimlarning shaxsiy gigiyenasi 
(tozalik, tirnoqlar olingan, soch, soqol orasta, uzuk. zirak va boshqa 
taqinchoqlar yechib qo’yilgan), ishga kirishishdan oldin shaxsiy 
kiyimlarini yechib maxsus ish kiyimlarini kiyib olish (xalat yoki alohida 
kostyum, bosh kiyimi, niqob, almashinadigan poyabzal). 
6. 
Turli kontsentratsiyadagi xloramin eritmasini tayyorlash va 
qo'llash
Xloramin B (Chloraminum B). 2% li eritmasi xuddi shu maqsadlar 
uchun qo‘llaniladi. 


Xloraminning «ishchi» eritmalarini tayyorlash: 
990 ml suv uchun 1% - 10 g quruq modda, 
3% - 970 ml suv uchun 30 g quruq modda, 
550 ml suv uchun 5% - 50 g quruq modda. 
Xloraminning 0,5-1% eritmasidan, qoida tariqasida, qon bo'lmasa, 
Xloraminning 3% eritmasi - qondagi mavjud bo'lishi mumkin (buyruqlar 
№40 8,128), 5% Xloramin eritmasi - sil kasalligi (TBS) va 
mikrosporiya, STKda operatsiya bloklari. 
📌Xlorin ohakining 1% ishchi eritmasini tayyorlash (10l) 
Maqsad:binolar, hojatxonalar, parvarish ob'ektlarini, idishlarni 
dezinfektsiyalash uchun foydalaning (At-epidemiyaga qarshi rejimga 
muvofiq). 
Uskunalar: 
Umumiy narsalar: Loafon, qopqoq, tog 'qo'lqoplar, almashtiriladigan 
poyabzal, respirator, xavfsizlik ko'zoynaklari; 
10% asosiy aniqlangan echimni tayyorlash 
xlorli ohak (10L). 
Maqsad:Uy, idishlar, hojatxonalarni, bemorni bo'shatish va boshqa 
konfektsiya qilish uchun turli xil konsentratsiyalarning ishchi 
echimlarini tayyorlash uchun foydalaning. 
7. 
Xlorli oxakning 0,5 % li va 1 % li tindirilgan eritmasini tayyorlash 
texnikasi va uni qo'llash tartibi.
Xlorin ohakining ishchi eritmalarini tayyorlash: 
0,5% - 500 ml xlor ohakini 9,5 litr suvga qadar 10% eritmasi; 


1% - 1 litr xlorli ohakni 9 litr suv uchun xlor ohakining 10% eritmasi; 
2% - 8 litr xlorli ohak eritmasi 8 litr suvli eritma; 
1% xlor echimini tayyorlash 
Maqsad: 1% xlor echimini tayyorlang. 
Ko'rsatmalar: Dezinfektsiya qilish uchun: - Qo'llarni 
8. 
Bolalar xirurgiyasi bulimida palatalarni tozalash tartibi
Operatsiya xonasini tozalash. Tozalash quyidagicha bo‘ladi: 1) kundalik 
tozalash — operatsiyajarayonida poldagi narsalar terib olinib, qondan 
ifloslangan pol artiladi, operatsiya tugagandan keyin qondan ifloslangan 
tog‘ora, iflos tekkan oqliklar yig‘ishtirib olinadi; 2) yakuniy tozalash — 
operatsiya kuni oxirida pol va mebellar tozalab yuviladi, devorlar odam 
bo‘yi yetadigan joygacha artib chiqiladi; 3) batamom yig‘ishtirib 
tozalash — ship, devorlar, pol, derazalar haftasiga bir marta mexanik va 
kimyoviy preparatlar bilan tozalanadi; 4) oldindan yig‘ishtirib tozalash 
— har bir operatsiya kuni oldidan gorizontal sathlar ho‘l latta bilan artib, 
changdan tozalanadi. Operatsiya xonasi turli dezinfeksiyalovchi 
moddalar (masalan, 50 g soda, 50 g ko‘k sovun va bir chelak issiq suvga 
150 g lizol solingan aralashma) dan tashkil topgan eritmalar bilan faqat 
nam usulda tozalanadi. Ikkinchi chelakda toza issiq suv va sovun 
boTishi kerak. 1:1000 nisbatda suyultirilgan diotsidindan foydalanish 
mumkin. Devorlar, ship, polga kimyoviy moddalar bilan ishlov 
berilgandan so‘ng ular iliq suv bilan shlangda yuviladi. Yig‘ishtirib 
tozalab boTingandan keyin mebel, devorlar va pol toza latta bilan 
artiladi. Tozalashdan so‘ng 6—8 soatga bakteritsid lampalar yoqib 
qo‘yiladi. 
9. 
Bolalar xirurgiyasi bulimida vannaxona, tuvaklarni va sanitar 
tugunlarni tozalash


10. 
Bemor kurigidan sung xirurg va hamshira qo'lini, kushetkalarni, 
termometrlarni, fonendoskoplarni,
asboblarni, 
qulqoplarni zararsizlantirish
Qaynatib sterillash. Bu usul bilan, odatda, metalldan yasalgan asboblar, 
shisha va rezina buyumlar sterilizatsiya qilinadi. Asboblar chottka va 
sovun bilan tozalab yuvilgandan so‘ng 2% li soda eritmasida suv qaynab 
chiqqan vaqtdan boshlab 45 daqiqa mobaynida qaynatish yotti bilan 
sterilizatsiya qilinadi. Yiringli infeksiya va, ayniqsa, anaerob 
mikroorganizmlardan ifloslangan asboblarni qismlarga ajratib qaynatish 
lozim. Sterilizatsiya zich berkitiladigan, qopqogtt va elektr isitgichi 
bottgan metall qutidan iborat maxsus sterilizatorlarda bajariladi. 
Asboblar maxsus tottga joylanadi va sterilizatorga solinadi. Sterillashdan 
so‘ng tott maxsus ilmoqlar yordamida olinadi va steril stolga qo‘yilib, 
shu yerda ular tartibga solinadi. 
Shina ashyolar (kateterlar, drenajlar, qo'lqoplar) sovuq sterilizatorda 
yoki avtoklavlash yo'li bilan sterillanadi (17., a, b).
11. 
Bolalar xirurgiyasi bulimida yig'ishtirish turlari va ularni 
qo'llanishi
Operatsiya xonasini tozalash. Tozalash quyidagicha bo‘ladi: 1) kundalik 
tozalash — operatsiyajarayonida poldagi narsalar terib olinib, qondan 
ifloslangan pol artiladi, operatsiya tugagandan keyin qondan ifloslangan 
tog‘ora, iflos tekkan oqliklar yig‘ishtirib olinadi; 2) yakuniy tozalash — 
operatsiya kuni oxirida pol va mebellar tozalab yuviladi, devorlar odam 
bo‘yi yetadigan joygacha artib chiqiladi; 3) batamom yig‘ishtirib 
tozalash — ship, devorlar, pol, derazalar haftasiga bir marta mexanik va 
kimyoviy preparatlar bilan tozalanadi; 4) oldindan yig‘ishtirib tozalash 
— har bir operatsiya kuni oldidan gorizontal sathlar ho‘l latta bilan artib, 
changdan tozalanadi. Operatsiya xonasi turli dezinfeksiyalovchi 
moddalar (masalan, 50 g soda, 50 g ko‘k sovun va bir chelak issiq suvga 
150 g lizol solingan aralashma) dan tashkil topgan eritmalar bilan faqat 
nam usulda tozalanadi. Ikkinchi chelakda toza issiq suv va sovun 
boTishi kerak. 1:1000 nisbatda suyultirilgan diotsidindan foydalanish 
mumkin. Devorlar, ship, polga kimyoviy moddalar bilan ishlov 
berilgandan so‘ng ular iliq suv bilan shlangda yuviladi. Yig‘ishtirib 


tozalab boTingandan keyin mebel, devorlar va pol toza latta bilan 
artiladi. Tozalashdan so‘ng 6—8 soatga bakteritsid lampalar yoqib 
qo‘yiladi.
12. 
Bolalar xirurgiyasi bulimida bog'lov xonasiga quyilgan sanitar 
talablar
13. 
Operatsion xonaga quyilgan sanitar talablar
14. 
Operatsion xonaning steril zonalari va ularning xarakteristikasi
15. 
Bolalar xirurgiyasi bulimida shifoxona ichi infektsiyasi, xavfli
yuqumli kasalliklar aniqlanganda kuriladigan chora-tadbirlar.
Shifохоnа ichi infеktsiyasi – bu bеmоrning shifохоnаdа bulgаn pаytidа, 
аmbulаtоriya shаrоitidа tibbiy yordаm оlgаn vаqtidа yoki tibbiy 
хоdimning ish fаоliyatidа kеlib chiqqаn vа klinik аniqlаngаn bаrchа 
(mikrоbli, virusli yoki pаrаzitаr) yuqumli kаsаlliklаrdir. 
Аsоsiy infеktsiya mаnbаi bulib bеmоrlаr vа tibbiy хоdimlаr, qushimchа 
infеktsiya mаnbаi bulib esа bеmоrgа qаrоvchi kishilаr vа хаbаr оluvchi 
shахslаr хizmаt qilаdi. 
Аniq stаtistik mа’lumоtlаrning kursаtishichа rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr 
shifохоnаlаridа dаvоlаnаyotgаn bеmоrlаrning 5-7 fоizidа shifохоnа ichi 
infеktsiyasi rivоjlаnib, dаvоlаnish muddаtini uzаyishigа, ulim vа 
dаvоlаsh sаrf хаrаjаtlаrini оshishigа оlib kеlgаn. 
Hоzirgi vаqtdа dаvоlаsh-prоfilаktikа muаssаsаlаridа shifохоnа ichi 
infеktsiyasini оldini оlishni 3 tа аsоsiy yunаlishi mаvjud. 
- «tоzа qo’llаr» siyosаti vа shахsiy himоya vоsitаlаrini qullаsh; 
- bulimlаrdаgi bаrchа tibbiy аppаrаturаlаrni ishlаtilishini nаzоrаt qilish; 


-аntibiоtiklаr, аntisеptiklаr vа dеzinfеktаntlаrni kullаnilishini nаzоrаt 
qilish. 
Bаrchа dаvоlаsh prоfilаktikа muаssаsаlаridа shifохоnа ichi 
infеktsiyalаri hisоbgа оlinib ruyхаtgа оlinаdi vа hаr bir hоlаt uchun 
hududiy DSENMgа 12 sоаt ichidа tеzkоr хаbаrnоmа (f-058 х) 
junаtilаdi. 
Bаrchа аniqlаngаn shifохоnа ichi infеktsiyalаri yuqumli kаsаlliklаrni 
ruyхаtgа оlish jurnаligа (f-060х) qаyd qilinаdi. 
tibbiy хоdimlаr mахsus kiyimlаr (хаlаt, kаlpоkchа yoki rumоlchа, 
nikоb, tаpоchkа) bilаn tаъminlаnib, ulаr kir bulgаn pаytdа tеzkоr 
аlmаshtirish uchun zахirаsi bulishi kеrаk. tibbiy хоdimlаr mахsus 
kiyimlаrdа dpm хududidаn tаshkаrigа chikishi mumkin emаs. bаrchа 
bulimlаrdа tibbiy хоdimlаrni kul yuvishi uchun shаrоit yarаtilgаn 
bulishi shаrt, chunki kul gigiеnаsigа riоya kilmаslik shifохоnа ichi 
infеktsiyasini pаydо bulishigа vа epidеmiya tusini оlishi uchun bоsh 
оmil bulishi tаsdiklаngаn. vrаchlаr, tibbiy хаmshirаlаr bеmоrni 
kurishdаn оldin vа kеyin, muоlаjаlаr utkаzishdаn оldin vа kеyin kul 
yuvishlаri shаrt. 
dаvоlаsh – prоfilаktikа muаssаsаlаridа shахsiy хimоya vоsitаlаridаn 
fоydаlаnishgа kаttа eъtibоr bеrilishi kеrаk. shахsiy хimоya vоsitаlаridаn 
biri rеzinа kulkоplаr bulib, ulаrning 3 хili mаvjud. 
- jаrrохlik kulkоplаri; 
- kurik kulkоplаri; 
- хujаlik ishlаri kulkоplаri. 
1. Dаvоlаsh prоfilаktikа muаssаsаlаridа sаnitаriya gigiеnik epidеmiyagа 
qаrshi, dеzinfеktsiya, stеrilizаtsiya qоidаlаrigа riоya qilishni, 
kuchаytirish, ishdаn chеtlаshtirishgаchа chоrа ko'rish; 
2.Tibbiy chiqindilаrni vа shpritslаrni yo'q qilish tizimini yarаtish vа 
dоimiy rаvishdа nаzоrаtgа оlish; 


3. Tibbiy хоdimlаrni dоimiy rаvishdа ОIV/ОITS mаsаlаlаri bo'yichа 
o'qitilishini yo'lgа qo'yish; 
4. Qоn quyish stаntsiyalаri vа bo'limlаridа qоn хаvfsizligini tаъminlаsh 
mаqsаdidа dоnоrlаrni tаnlаsh qоidаlаrigа qаtъiy riоya qilish, chuqur 
tibbiy ko'rikdаn o'tkаzish vа ulаrni qоnini lаbоrаtоriya tеkshiruvidаn 
o'tkаzish jаrаyoni sifаtini оshirish; 
5.Dаvоlаsh-prоfilаktikа muаssаsаlаri, tug'uruq kоmplеkslаri, bоlаlаr vа 
kаttаlаr rеаnimаtsiya, хirurgiya, chаqаlоqlаr pаtоlоgiyasi bo'limlаridа, 
shоshilinch tibbiy yordаm ko'rsаtish muаssаsаlаridа qоn vа uning 
tаrkibiy qismlаrini аsоsli quyilishi bo'yichа оpеrаtiv mаъlumоt 
to'plаshni jоriy etish, ushbu mаъlumоtlаr tахlili bo'yichа tеgishli chоrа-
tаdbirlаr ishlаb chiqish. 
6. Хаvfsiz qоn vа qоn mахsulоtlаrini yig'ish, qаytа ishlаsh, sаqlаsh, 
dpmlаrgа еtkаzib bеrish vа zахirаlаr yarаtish bo'yichа qоn хizmаti 
хоdimlаrini jаvоbgаrligini оshirish chоrа-tаdbirlаrni ishlаb chiqish; 
7. Qоn vа uning tаrkibiy qismlаrini bоlаlаrgа mo'ljаllаngаn kichik 
хаjmdа tаyyorlаsh muаmmоsini hаl etish; 
8.Оiv-infеktsiyasi bo'yichа epidеmiоlоgik аhаmiyatgа egа bo'lgаn dpm, 
аyniqsа bоlаlаr shifохоnаlаri vа rеаnimаtsiya bo'limlаridа prоfilаktik vа 
epidеmiyagа qаrshi, dеzinfеktsiya, stеrilizаtsiya tаrtibigа riоya qilinishi 
ustidаn nаzоrаtni kuchаytirish; 
16. 
Dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizatsiya so’zlari nimani 
anglatadi va ularni ahamiyati.
Barcha narsalar bemorlarda ishlatilgandan keyin dezinfeksiya qilinadi. 
Dezinfektsiyadan so'ng ularning barchasi suv bilan yuviladi, quritiladi 
va maqsadga muvofiq ishlatiladi yoki (agar ko'rsatilgan bo'lsa) 
sterilizatsiya oldidan tozalanadi va sterilizatsiya qilinadi. Mahsulotlarni 
zararsizlantirish fizik (qaynoq, bosim ostida suv bilan to'yingan bug ', 
quruq issiq havo) va kimyoviy (kimyoviy eritmalardan foydalanish) 
usullari bilan amalga oshiriladi. Dezinfektsiya usulini tanlash 
mahsulotning xususiyatlariga va uning maqsadiga bog'liq.


Dеzinfеktsiya (lotincha dе -tugatish, yo’qqilish, inficioinfеktsiyalash, 
yuqtirish; sinonimi – xavfdan xalos qilish) – patogеn va shartli patogеn 
bo’lgan mikroorganizmlarning vеgеtativ shakllarini yo’qqilish bo’yicha 
qator tadbirlardir. Dеzinfеktsiyaning ikkita asosiy yo’nalishi mavjud: 
Profilbеksiysuyaginmmifoxona ichi infеktsiyasi tarqalishining oldini 
olish; O’choqli dеzinfеktsiyasi – infеktsiyaaniqlangan o’choq 
dеzinfеksiyasi.
Dеzinfеksiya to’rt xil usulda amalga oshirilishi mumkin: mеxanik, fizik, 
kimyoviy va kombinatsiyalangan.
📌Mexanik - Binoni namlab, artib tozalash; Binolarni changdan 
tozalash (changyutkichda tozalash,bo’yoqlash, oxaklash);
Choychablarni va kiyimlarni changlardan xalos etish; Qo’llarni yuvish. 
📌Fizik – Dazmollash; Quyosh nurlaridan foydalanish; Ultrafiolet 
nurlatish; Qaynatish yo’li bilan ishlov
berish:distillangan suvda 30 daqiqa va natriy gidrokarbonat qo’shilganda 
15 daqiqa davomida qaynatish; Pasterizatsiya;
📌Quruq issiq ta’sirli shkafda ishlov berish; Bug’ yordamida ishlov 
berish; Axlatlarni yoqish. 
Kimyoviy - Matolar va tibbiy asbob uskunalarga maxsus 
dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida ishlov berish:yuvish,
📌Kombinatsiyalangan - bug va havo yordamida, bug va formalin 
yordamida boladi. 
Dezinseksiya (dez... va lot. insectum — hasharot) — yuqumli kasallik 
qoʻzgʻa-tuvchilarni tarqatadigan zararkunanda boʻgʻimoyoqlilarnn 
yoʻqotish uchun qoʻllaniladigan choratadbirlar maj-mui. D. odam va 
hayvonlarda turli in-feksion kasalliklarni tashib yuradigan 
boʻgʻimoyoklilar (kana, pashsha, bit, chivin, iskabtopar), shuningdek, 
turarjoylardagi suvarak, qandala, burgalarni qirish uchun oʻtkaziladi. D. 
ter-minini birinchi boʻlib rus mikrobiologi N. F. Gamaleya kiritgan 
(1910). Profilaktik va qiruvchi D. boʻladi. Profilaktik D.ga shaxsiy 


gigiyena qoidalariga amal qilish, chiqindilarni vaqtida chiqarib tashlash, 
tu-rarjoy va xoʻjalik binolarini ozoda saklash, hovuz va ariklarni 
tozalash, hasharotlar paydo boʻlishi va koʻpayi-shining oldini olish 
kiradi. Qiruvchi D. fizik, kimyoviy va biologik usullar bilan amalga 
oshiriladi. Koʻproq kimyoviy vositalar (jumladan insektitsidlar) 
qoʻllaniladi. Ular taʼsir etish mexanizmiga koʻra teri orqali taʼsir 
etadigan (xlorofos, trixlofos va b.), ichak orqali taʼsir etadigan (bor 
kislota, bura, butadion va b.) va fumigant — hasharot organizmiga na-
fas yoʻllari orqali taʼsir etadigan vositalarga boʻlinadi. Biologik D. usuli 
zarakunandalarni "bir-biriga yedirish"ga (mas, patogen 
mikroorganizmlar, gelmintlar, viruslar va h.k.), fizik D. esa yuqori yoki 
past bosim bilan taʼsir etishga asoslanadi. Bu usullar yordamida 
hasharotlarning koʻpayishiga ancha chek qoʻyiladi. Veterinariya da D. 
chorva mollari sogʻligʻiga zarar yetkazadigan va ular mahsuldorligining 
pasayishiga olib keladigan hasharotlar va kanalarni yoʻqotishga 
qaratilgan tadbirlardir. Hayvonlar, chorvachilik va parrandachilik 
binolari, fermalar hududlari, omborxonalar, hayvonot xom ashyosini 
qayta ishlash korxonalari, kushxonalar, goʻsht kombinatlari, 
veterinariyasanitariya nazorati oʻrnatiladigan boshqa obʼyektlarda 
oʻtkaziladi. 
Odatda, kimyoviy D.da brommetil, dixloretan, xlorpikrin, metallixlorid 
va b. bilan fumigatsiyalash, bino ichini tarkibida geksaxloran yoki uning 
gamma-izomerlari boʻlgan aerozollar bilan ishlash, sirtdan taʼsir 
qiluvchi insektitsidlar purkash, urugʻlik zaxirasini insektitsid va akaritsid 
dustlari bilan changlash; novda, kalamchalarni insektitsid va 
akaritsidlardan tayyorlangan suyuklikka botirib olish va b. qoʻllaniladi. 
Ayrim hollarda don va oziq-ovqat mahsulotlarining idish va qoplari 
insektitsidlar bilan ishlanadi, past haroratda sovitiladi yoki yuqori 
qaroratda qizdiriladi. D.ning oddiy usuli — zararkunanda tushgan 
urugʻlik boshqa joyga koʻchiriladi yoki maxsus mashinalarda tozalanadi 
(qarang Ombor zararkunandalari). 
Deratizatsiya (fransuzcha: deratisation — kemiruvchilarni qirish) — 
yuqumli kasalliklarni tarqatadigan hamda xalq xoʻjaligiga iqtisodiy zarar 


kelti-radigan kemiruvchilarni qirish. Profilaktik va qirib yoʻqotish 
tadbirlarini oʻz ichiga oladi. Profilaktik tadbirlar zararkunanda 
kemiruvchilarning uya qurishi, ovqatlanishi hamda koʻpayishiga imkon 
beradigan sharoitlarni yoʻqotishga, turar joy, xoʻjalik binolarini, goʻsht 
korxonalari, goʻsht asraladigan muzxonalar, aralash yem korxonalari, 
elevator, tegirmon, omborxonalarni ular kirishidan himoya qilishga 
qaratilgan boʻladi. Buning uchun don, un, sabzavot, goʻsht va boshqa 
mahsulotlarni kemiruvchilar tegmaydigan idishlarda saqlash; uy va 
hovlilarga, oziq-ovqat, yemxashak saqlanadigan binolarga kemiruvchilar 
kirmasligi uchun ularni doim ozoda tutish, qolgan ovqatlar solinadigan 
chelaklar va axlat yashiklarini oʻz vaqtida boʻshatib turish, teshik-
tirqishlarni berkitib tashlash, havo kiradigan tuynuklarga metall toʻr 
tutish, podval derazalariga oyna solish va sim toʻr tutish kerak. 
Kemiruvchilarni qirishni (biologik, mexanik va kimyoviy) profilaktik 
tadbirlar bilan birga qoʻshib olib borish zarur. Biologik usul bilan 
qirishda mushuk, it, baʼzan tipratikandan foydalaniladi. Yirtqich qushlar 
(yapaloqqush, burgut va boshqalar), tulki, sassiqkoʻzan, tipratikan, 
mushuk kabi hayvonlar kemiruvchilarni yoʻqotadigan tabiiy biologik 
kushandalardir. 
Mexanik vositalarga qopqon, tuzoqlar kiradi. Kemiruvchilarga karshi 
kurashishning kimyoviy usulida turli xil zaharli moddalar qoʻllaniladi. 
Bunda tarkibida rodensidlar boʻlgan zaharli xoʻraklardan foydalaniladi 
yoki ular kemiruvchilar chikadigan teshikka sepiladi. Zaharli moddalar 
bilan ishlaganda ehtiyot choralariga qatʼiy rioya qilish kerak. 
Kemiruvchilar paydo boʻlganda sanepidstansiyaga xabar qilish lozim, u 
butun binoda deratizatsiya oʻtkazadi. 
17. 
Sterilizatsiya suzining ma`nosi va uning turlari
Mikroblar va ularning sporalarini yo‘qotish sterilizatsiya deyiladi. 
Sterilizatsiyaning turli usullari mavjud bo‘lib, bularga kuydirish, 
cho‘g‘lantirish, avtoklavlash, qaynatish, kimyoviy moddalar, nur, 
ultratovush orqali ishlov berish kiradi. Kuydirib sterilizatsiya qilish. 
Kuydirishda sterilizatsiya yaxshi bo‘lmaydi va asboblarni ishdan 
chiqaradi, shuning uchun kamdan kam hollarda, masalan, tayyor steril 
asbob bo‘lmagan shoshilinch operatsiyalarda ishlatiladi. Shu maqsadda 


sterilizator qopqog‘iga yoki tog‘orachaga asboblami qo‘yib, ozroq 
miqdorda 96°C li spirt quyiladi va yoqiladi. Spirt yonib bo‘lgandan 
so‘ng asboblami ishlatish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, olovda ham 
ayrim hollarda metall asboblarni kuydirib sterilizatsiya qilish imkoniyati 
bo‘ladi. Quruq issiqlik bilan sterilizatsiya qilish metalldan yasalgan 
asboblami sterilizatsiya qilishda birmuncha keng tarqalgan. Shu 
maqsadda quruq issiqlik beradigan maxsus shkafdan foydalaniladi. 
Shkaf bekitiladi va elektr tarmog‘iga ulanadi, 10—15 daqiqa o‘tgach, 
shkafdagi harorat 120—140°C gacha ko‘tariladi. Haroratning doimiyligi 
kontakt termometr bilan boshqarib turiladi. Sterilizatsiya muddati 30 
daqiqa. Bu usuldagi sterilizatsiya ishonchli bo‘ladi va asboblar ishdan 
chiqmaydi. 
18. 
Antiseptika va uning turlari
Antiseptika deganda, jarohatdagi mikroblami yo‘qotish yoki sonini 
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar sistemasi tushuniladi. Antiseptikaning 
fizik, mexanik, kimyoviy, biologik va aralash turlari farqlanadi. Fizik 
antiseptika vositalariga drenaj, steril tampon, sharchalar, qizdiruvchi, 
ultrabinafsha lampalar va infraqizil lazer apparatlari kiradi. Bunday 
fizikaviy vositalar yordamida jarohatdagi zahar (toksin) va yiringlar o‘z 
vaqtida so‘rish va oqim yo‘nalishi hosil qilish usullari yordamida 
chiqarib tashlanadi. Mexanik antiseptikaga jarohat va uning atrofmi 
mexanik usul bilan tozalash, yotjismlami olib tashlash, nekrozga 
uchragan va o‘lishi muqarrar to‘qimalami kesib olib tashlash, jarohatga 
birlamchi ishlov berish va tikish kiradi. Kimyoviy antiseptikada 
mikroblami yo‘qotish (bakteriotsid) yokijarohatda uning rivojlanishini 
to‘xtatish (bakteriostatik) xususiyatiga ega bo‘lgan turli kimyoviy yo‘l 
bilan olinadigan antiseptik moddalami ishlatish ko‘zda tutilgan. Bunga 
malhamlar (Vishnevskiy, iruksol, sintomitsin), kukunlar (kseroform, 
yodoform), emulsiyalar, yod, spirt, kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan va 
tibbiyot amaliyotida ishlatiladigan barcha dorilar kiradi. Biologik 
antiseptikaga turli biologik dori moddalari kiradi. Bulardan maxsus 
vaksinalar, immunglobulinlar, qon, plazma va anatoksinlar bemor 
organizmiga kiritilganda uning umumiy (spetsifik va nospetsifik) 
immuniteti hamda mikroorganizmlarga bo‘lgan kurashuvchanlik 
qobiliyati ortadi va natijada mikroblar organizmdan yo‘qoladi. 


Antibiotiklar, bakteriofag va anatoksinlar mikroblar to‘qimasiga yoki 
uning zaharlarining ma’lum bir turiga makroorganizm tomonidan 
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilib uni yo‘q qiladi yoki neytrallaydi. Proteolitik 
fermentlar esa jarohatdagi yaroqsiz to‘qimalarni lizisga uchratib, uning 
tezroq tozalanishini ta’minlaydi va mikrob to‘qimalarining oziqlanishini 
buzadi. Aralash antiseptika. Yuqorida keltirilgan antiseptika turlarini 
tibbiyot amaliyotida alohida qo‘llashning foydasi va imkoniyati kamligi 
tufayli ular doimo birgalikda kompleks holatida ishlatiladi. Shuning 
uchun aralash antiseptika amaliyotda juda ko‘p ishlatiladi. Masalan, 
jarohatni zamonaviy usullarda tez davolash uchunjarohatga birlamchi 
xirurgik ishlov beriladi. Bundajarohat qirg‘oqlari kesiladi (mexanik 
antiseptika), atroflariga yod bilan ishlov beriladi vajarohat vodorod 
peroksid eritmasi bilan yuviladi (kimyoviy antiseptika), qoqsholga 
qarshi zardob va antibiotiklardan birontasi organizmga yuboriladi 
(biologik antiseptika), jarohatga gipertonik eritma shimdirilgan salfetka 
ishlatiladi yoki UVCH (fizik antiseptika) qo‘llaniladi.
19. 
Aseptika va uning turlari
Aseptika— jarohat va u bilan kontaktda bo‘ladigan bog‘lam, instrument, 
ob’ektlarda va ma’lum bo‘shliqqa tushishi mumkin bo‘lgan mikroblarga, 
shuningdek kasallik tarqatuvchi turli mikroorganizmlarga qarshi 
qo‘llaniladigan amaliy ishlar kompleksidir. Shu maqsadda mikroblarni 
yo‘qotish uchun fizik usullardan (qaynatish, kuydirish, avtoklavda 
sterillash, ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish, sterillangan havodan) 
foydalaniladi. 
Venger akusher-ginekologi I. Zimmel'veys (Vena) 1847 yilda 
akusherning iflos qo'li ko'zi yoriyotgaí homilador ayolni og'ir 
oqibatlarga olib kelishini tushunib yetdi va antiseptika usullariga 
yondashib ish tuta boshladi. U qo'lni, asboblarni, tug'ruq yo'llarini, 
shuningdek tug'ruqda kerak bo'ladigan hamma narsalarni xlorli ohak 
eritmasi bilan dezinfektsiya qiladigan bo'ldi. D. Lister operatsiyadan 
keyingi infektsiyaning sababchisi tashqi muhitdan tushayotgan 
mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan balg'am orqali o'tadi 
degan xulosaga keldi. Lister antiseptik va dezinfektsiyalovchi modda 
sifatida qora-moyning asosi bo'lgan karbol kislotani (1l suvga 50 g) 


qo'lladi. Bu eritmaga xirurgik asboblar, ba`zan bog'lamlar ham solib 
quyilar, shuningdek jarroxlar qo'llarini ana shu suyuqlik bilan yuvar 
edilar. Operatsiya paytida karbol kislota 2,5- 5 % eritmasini maxsus 
purkagich (pul'verizator) bilan jaroxat ustiga, xona havosiga purkalar 
edi. Operatsiyadan keyin jaroxat shu eritma bilan yana yuvilar va unga 5 
% karbol kislota hamda qarag'ay yelimi shimdirilgan bog'lam quyilar 
edi. Shunday qilib, D. Lister 2,5-5 % karbol kislota eritmasi yordamida 
sterillab, antiseptik usulni kashf kildi. U 2,5-5 % li karbol kislota 
eritmasi bilan jaroxat atrofini, jaroxatni yopishda ishlatiladigan 
bog'lamni, maxsus xirurgik asboblarni va jarrox qo'llarini yuvishda 
ishlatib, mikroblardan holi qilish yo'li bilan suyagi singan 10 nafar 
bemorda qo'llab yaxshi natijaga erishgan. Ilmiy izlanishlarga asoslangan 
antiseptik usul D. Lister tomonidan 1867 yilda batafsil tasvirlandi.
20. 
Avtoklav va uning ishlash printsipi
Avtoklavlash. Bosim ostida bug‘ bilan sterilizatsiya qilish avtoklavlash 
deyiladi. Operatsiya uchun choyshablar, bog‘lov materiali, rezina 
qo‘lqoplar, asboblar, qon quyish uchun sistema va boshqalami 
avtoklavlash mumkin. Avtoklavlar tuzilishi va turi jihatidan har xil 
bo‘ladi, biroq hammasining ham ishlash jihati deyarii bir xil. Avtoklav, 
odatda, qo‘sh devorii metall qozondan iborat bo‘lib, devoriari orasiga 
suv quyiladi. Sterilizatsiya qilinadigan materiallar maxsus bikslarga 
solinib avtoklavga qo‘yiladi. Avtoklav qopqogh yopiladi va 
germetizatsiyani saqlash uchun boltlari burab qo‘yiladi (13.). 
Avtoklavning manometri, ehtiyot klapani, suv va bug‘ni chiqarish uchun 
jo‘mragi bo‘ladi. Elektr isitgich, gaz va boshqalar avtoklavda suv 
qizdiradigan manba bo‘lishi mumkin. Avtoklavda suv qizdirilganda 
qaynab bug‘ hosil bo‘ladi. Bunda kameradagi bosim va shunga muvofiq 
holda harorat oshadi. Bosim bilan bug‘ harorati o‘rtasida uzviy fizikaviy 
bog‘lanish mavjud: 1 atm. da 120°Cga, 1,5 atm. da 127°C ga, 2 atm. da 
134°C ga teng. Shunday qilib, bosim qanchalik yuqori bo‘lsa, harorat 
ham shunchalikyuqoribo‘ladi. 1 atm. bosimda sterilizatsiya 1 soat, 1,5 
atm. da 45 daqiqa, 2 atm. da esa 30 daqiqa davom ettirilishi kerak. 
Avtoklav ishlamay turganida suvi to‘kib qo‘yiladi. Avtoklavlash uchun: 
a) bug‘ chiqadigan kranni ochish; b) qizdirish manbayini ulash; d) 


avtoklav kamerasidagi hamma havo o‘miga bug‘ kiritish uchun 15—20 
daqiqagacha bug‘ chiqarishni davom ettirish; e) kranni bekitib, bosimni 
talab etiladigan darajagacha (1,5—2 atm.) yetkazish zarur. Zamonaviy 
avtoklavlarda bu bosim avtomatik tarzda saqlab turiladi. Rezina 
qo‘lqoplami sterilizatsiyalashda ularning ustiga va ichiga talk 
sepiladi,juft-juft qilib qo‘yiladi, yopishib qolmasligi uchun doka 
salfetkaga o‘raladi va alohida barabanga joylanadi. Ular 1,5 atm. 
bosimda 30 daqiqa sterilizatsiya qilinadi. Kateterlar, drenajlar, 
shuningdek, qon quyish sistemalarini yig‘ma holatda sterilizatsiya qilish 
uchun ular sochiqqa o‘rab biksga joylanadi va 1 atm.da 1 soat davomida 
sterilizatsiya qilinadi. Sterilizatsiyalangan materiallar bikslarda ko‘pi 
bilan 3 sutkagacha saqlanishi mumkin. Sterilizatsiya muddati 
tugaganidan so‘ng: a) uning isitgichini ulash; b) bug‘ 
chiqadiganjo‘mragini asta-sekin oxirigacha ochib, bosimning nulga 
qadar tushishini kutib turish; d) avtoklav qopqog‘ini ochish; e) bikslarni 
olish va darhol ulardagi bug‘ chiqadigan teshiklarni bekitish; 1) avtoklav 
qopqog‘ini yopish zarur. Sterilizatsiya ustidan nazorat o‘matish shart. 
Buning uchun muayyan haroratda suyuqlanadigan moddalar: oltingugurt 
kukuni (117°C), antipirin, amidopirin (110°C), rezorsin (119°C), 
benzoat kislota (121°C)dan foydalaniladi. Bu moddalardan biri 
probirkaga solinadi. Sterilizatsiya tugagandan so‘ng modda suyuqlansa, 
sterilizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilgan hisoblanadi. Kukun batamom 
suyuqlanmasa, sterilizatsiyani takrorlash kerak. Bundan tashqari, kam 
deganda 10 kunda bir marta bakteriologik tekshiruv o‘tkaziladi. Buning 
uchun materialning kichik bo‘lakchalari probirkaga solinadi, doka tiqin 
bilan bekitiladi va probirka baraban ichiga qo‘yiladi. Sterilizatsiya 
tugaganidan so‘ng bu probirkalar bakteriologiya 
laboratoriyasigajo‘natiladi. Laboratoriyadan olingan xulosa maxsus 
papkada saqlanishi kerak.
21. 
Sterillikni nazorat qilish usullari
Modda va buyumlar maxsus o‘ralgan bo‘lib, sterillash indikatori 
ta’sirlangan bo‘lsagina sterillangan hisoblanadi. Havo va bug‘ 
sterilizatorlari maksimal termometrlar va ximiyaviy testindikatorlar 
yordamida nazorat qilinadi. Sterilizatorlarning sifatli ishlash 
ko‘rsatkichlari ximiyaviy test-indikatorlar (rangi, agregat holati) bilan 


tekshiriladi. Havo sterilizatorlari ishining ko‘rsatkichi bo‘lib rangli 
termoindikator, TIQ-6 va gidroxinon hisoblanadi. Qog‘ozga tushirilgan 
och-salat rangli TIK-6 markali termoindikator 175°S -- 180°S 
temperaturada to‘q qo‘ng‘ir rangga kiradi. Gidroxinon 0,3 g miqdorida 
shisha flakonlarga solinadi. 170°— 175°S da sarg‘ish qo‘ng‘ir rangdagi 
kukun erib, qora rangli massaga aylanadi. Bug‘ sterilizatorlarini esa har 
kuni mochevina va fuksinli benzoat kislota test indikatori yordamida 
nazorat qilib turiladi. Oq kukunli mochevina 132°S da 2 atm bosimda 
erib, shu rangli eritma hosil qiladi (bikslarga 0,3 g mochevina 
flakonlarda quyiladi). 120°S va 1 —1,1 atm bosimida sterilizatsiya 
nazoratini fuksin, benzoat kislota bajarishi mumkin. Ularni shisha 
naychaga to‘ldirib, sterilizatsiyadan oldin bikslarga qo‘yiladi. Harorat 
etarli bo‘lganda fuksin erib, benzoat kislota bilan qizil rang, achchmq 
turi esa, ishqoriy fuksin bilan ko‘k amorf massani hosil qil adi. 
_______________________________________________________ 
Avvallari test indikator sifatida qo‘llanilgan kukunsimon oltingugurt, 
antipirin, piramidon (110°S — 120°S da eriydi) hozirgi kunda kam 
ishlatiladi. Shuningdek, Mikulich sinovi bo‘lib, bunda qog‘ozga «steril» 
so‘zi yozilib, unga kraxmalning 3 % li eritmasi surtiladi va ustidan 
Lyugol eritmasi (yod — 1,0, kaliy yod — 2,0, distillangan suv 97,0) 
yuritilganda yod kraxmal bilan birikib qog‘oz ko‘karadi va yozuvlar 
ko‘rinmaydi. Uni sterilizatsiya qilinadigan materiallar bilan bikslarga 
solinadi. Yuqori harorat ta’sirida yod bug‘lanib ketib, qog‘oz usti 
rangsizlanadi va undagi harflar yana ko‘rinadigan («steril» so‘zi) bo‘lib 
qoladi. Keyingi ko‘rsatilgan ikki usul hozir qo‘llanilmaydi va tarixiy 
ahamiyatga ega. Etilen oksid bilan sterilizatsiya qilinganda testindikator 
sifatida etilen bilan glitserin eritmasi (1-sukeqlik) va bromid litiy, 
bromkreazol purpuri bilan etanol (II suyuqlik) eritmasi qo‘llaniladi. 
Sterilizatsiya sifatini har kuni tekshirishdan tashqarm, tanlash yo‘li bilan 
har 6—10 kunda sterilizatsiya qilingan materiallar bakteriologik 
analizdan o‘tkazilishi zarur. Bakteriologi k nazorat o‘ta aniq bo‘lib, 
uning kamchiligi uzoq vaqtda javobi ma’lum bo‘ladi va bajarilishi 
qiyindir.
22. 
Xirurgik asboblar va shpritslarni sterilizatsiya oldi 
tayyorgarligidan o'tkazish va sterilizatsiya qilish usullari


Shisha buyumlar (shprislar, probirkalar, menzurkalar va hokazo) boshqa 
asboblardan alohida qaynatib sterillanadi. Shprislarni qismlarga ajratib 
sterillash shart. Shisha buyumlar sterillashdan oldin dokaga o'ralacli va 
sovuq yoki ilitilgan suvga solinadi. Orqa miya anesteziyasi uchun 
ishlatiladigan shpris va ignalar distillangan suvda alohida qaynatiladi. 
Hozirgi vaqtda operatsiyalarda qodlaniladigan xirurgik asboblar, 
shprislar, ignalar va boshqa buyumlarni sterilizatsiya qilishda ularni 
oldin fizikaviy va kimyoviy usulda tozalashga katta ahamiyat beriladi. 
Shu maqsadda ishdan so'ng ular oqar suvda yuviladi va issiq (50oC) 
yuvuvchi eritmaga 15 daqiqa solib qo'yilacli.
23. 
Xalat, oqliklar, boglov materiallarini sterilizatsiyaga tayyorlash va 
uni utkazish
Qasal qabulxona bo‘limida sanitariya xizmati yuzasidan tayyorlangach, 
unga toza ko‘ylak, xalat (pijama), shalvor va shippak kiydiriladi. O‘rin-
ko‘rpa oqliqlari va ustki kiyimi haftada kamida bir marta, gigienik vanna 
qabul qilingach, almashtiriladi. Zaruriyatga ko‘ra, ular qo‘shimcha 
ravishda almashtiriladi. Bo‘limda bir-kecha kunduzga yetadigan oqliqlar 
zahirasi bo‘lishi darkor. Oqliklarnn markaziy isitish radiatorlarida 
quritish va kasalga qaytadan berish aslo mumkin emas. Iflos oqliqlarni 
kleyonka qopga yoki qopqoqli idishga solib, darhol palatadan olib chiqib 
ketish lozim. Oqliqlar kirxonaga jo‘natilguncha maxsus ajratilgan 
xonada (iflos oqliqlar xonasida) baklarda yoki yashiklarda saqlanishi 
kerak. O‘rin-ko‘rpa oqliqlarini,-ayniqsa—og‘ir yotgan kasallarning 
o‘rnini almashtirishni tibbiyot hamshirasi kichik tibbiyot hamshirasi 
yordamida amalga oshiradi. Tibbiyot hamshirasi kichik hamshira har 
kuni ertalab iflos oqliqlarni sanab topshirishini kuzatib borishi darkor. 
Kasallar ustki kiyimlarini imkoniyatlariga ko‘ra o‘zlari almashtiradilar.
24. 
Sterillash qoidalari buzilganda kelib chiqadigan asoratlar
25. 
Desmurgiya, ta`rifi, turlari va axamiyati


Desmurgiya (yunoncha desmos — aloqa, bog‘lam va ergon — harakat, 
ish, sinonimi desmologiya) umumiy xirurgiyaning asosiy bo‘limlaridan 
biri bo‘lib, bog‘lamlarning turi va uni qo‘yish qoidalari to‘g‘risida 
ma’lumot beradi. Bog‘lam deganda, bemor tanasiga davo maqsadida 
mahkam o‘rab bog‘langan bog‘lov materiali tushuniladi. Jarohatga yoki 
tananing boshqa qismlariga davo maqsadida qo‘yiladigan materialga 
bog‘lov materiali deyiladi. Bog‘lamni almashtirishga qayta bog‘lash 
deyiladi. Qo‘llanilishiga ko‘ra bog‘lamlar ikki guruhga: yumshoq 
(plastir, kleol, ro‘mol, bintli) va qattiq (dekstrin, kraxmal, gipsli) bog‘- 
lamlarga bo‘linadi. 
26. 
Yumshoq bog'lamlarni turlari va qullanilishi
YUMSHOQ BOG‘LAM TURLARI
Yumshoq bog‘lamlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yelim, leykoplastir, 
kolloid, kleolli, BF-6 yelimi yopishtirilgan, ro‘molli va bintli. Yelimli 
bog‘lamlar, asosan, kichikroq shikastlarda va joylashishidan qat’i nazar 
operatsion jarohat sohasiga qo‘llaniladi. Bu sohada soch (jun) bo‘lsa, u 
oldin ustarada qiriladi. Leykoplastirli bog‘lam. Jarohatga qo‘yilgan 
bog‘lov materiali bir necha tilim yopishqoq leykoplastir bilan terining 
sog‘lom qismiga mahkamlanadi. Leykoplastirli bog‘lamning kamchiligi 
shundaki, uning ostidagi teri matseratsiyalanadi (shilinadi) va nam 
tekkanda unchalik mahkam ushlab turmaydi. Kleolli bog‘lam. Kleol 
qarag‘ay yelimining baravar miqdorda olingan spirt va efirdagi 
eritmasidir. Jarohat bog‘lam bilan berkitiladi. Bog‘lam atrofidagi teriga 
kleol surtiladi va biroz quritib qo‘yiladi. Bog‘lam va kleol surtilgan teri 
sohalari doka bilan berkitiladi. Salfetka chetlari teriga mahkam bosiladi. 
Dokaning yopishmay qolgan ortiqcha qismi qaychi bilan qirqiladi. 
Kamchiligi — bog‘lam yetarli darajada qattiq yopishmaydi va teri qotib 
qolgan kleoldan ifioslanib qoladi. Kolloidli bog‘lamning oldingi 
bog‘lamdan farqi shundaki, bunda doka teriga kleol bilan emas, balki 
kolloid (spirt va efir aralashgan nitroto‘qima eritmasi) bilan 
yopishtiriladi. Bog‘lam qo‘yish usuli: bog‘lamga salfetka yopiladi va 
salfetka chetlariga kolloid surtiladi. 121 Kolloid qotgandan keyin 
salfetkaning ortiqcha qismi qirqiladi. Kolloidni shpatel bilan surtish 


tavsiya etiladi. Bunday bog‘lam 7—8 kungacha tushib ketmaydi. 
Bogdamning qayishqoqligi kamligi va terini ta’sirlantirishi uning 
kamchiligidir. Xuddi shu maqsadda rezina yelim (efir bilan benzin 
aralashgan rezina eritmasi), BF-6 yelimidan foydalanish mumkin. 
Ro'molli bog‘lamlar. Bu maqsadda uchburchak shakldagi birorta 
bog‘lov materiali (doka, surp, bo‘z va hokazo) parchasi ishlatiladi. 
Bunday bogdamning uzun tomoni ro‘molning asosi, uning ro‘parasidagi 
burchak — tepasi, qolgan ikkita burchagi uchlari deyiladi. 
Bog'lamlarning quyidagi turlari farq qilinadi: 1. Sopqonsimon bog‘lam. 
Bir parcha bintdan tayyorlanadi. Bintning ikkala uchi o'rtasiga 
yo'naltirilgan holda uzunasiga kesilib, uning o'rtasi kesilmaydi. 39.da 
burunga, iyakka, peshonaga va ensaga (a. b, d, e) sopqonsimon 
bogdamni bogdash qoidalari ko'rsatilgan. 2. T simon bog‘lam o'rtasiga 
boshqa bint tikilgan yoki uning uchi tashlab qo'yilgan bint parchasidan 
iborat bo'ladi va u eng ko‘p oraliq sohasiga bog'lanadi: gorizontal qismi 
tana tevaragida belboqqa o‘xshab aylantiriladi, vertikal qismi esa 
belbog‘dan oraliq orqali ohkaziladi va o‘sha belboqqa tananing boshqa 
tomonidan boghanadi (40., a, b, d). 3. Aylanma bog‘lam. Bint gir 
aylantirib ohaladi, bintning navbatdagi o'rami avvalgi o'mmni tamomila 
bekitadi (41.). 4. Spiralsimon bog‘lam. Bintning navbatdagi har bir 
o'rami avvalgi ohamining yarmini yoki bundan kattaroq qismini 
bekitadi. Bogdamning bu turi ikki xil: yuqoriga kohariluvchi — bintlash 
pastdan yuqoriga, pastga tushuvchi xilida bintlash buning aksicha 
bohadi (42.). 5. O‘rmalovchi bog‘lam spiralsimon bog'lnm kabi 
boghanadi, lekin ohamlari bir-biriga duch kelmaydi. Odatda 
bintlashning boshida, murakkab bogdam elementi sifatida tanaga 
qo‘yilgan salfetkalarni tutib turish uchun qohlaniladi. 6. Sakkizsimon 
bog‘lam. Bogc lamning bu turida bint o'ramlari bir-biri bilan 
kesishtiriladi (43-rasm). 7. Boshoqsimon bog‘lam sakkizsimon 
bog'lamning boshqa bir turi bo'lib, bint o'rami bir chiziq bo'yicha 
kesishtirilib, bu boshoqni eslatadi. 8. Toshbaqasimon bog‘lam aksariyat 
bocg c imlarning bukilgan sohasiga qo'llaniladi. Uning ikki: tarqaluvchi 
va to'planuvchi turlari bor. Tarqaluvchi bog'lam tizza bocg c imi 
sohasiga yopiladi, bunda bint bocg c imning o'rtasidan, «tizza koczidan» 
aylantirib olinadi. Keyingi o'ramlari avvalgisining goh pastidan, goh 
yuqorisidan galma-gal yurgiziladi. Bint o'ramlari taqimda kesishadi va 


birinchi o'ramdan ikki tomonga tarqalib, asta-sekin bocg c im sohasini 
yopadi. To'planuvchi bog'lamni yopishda birinchi (mahkamlaydigan) o c 
ram bocg c im yuqorisidan yoki pastidan oc tadi, ikkinchi oc ram bocg c 
imning rocparasiga oc raladi, uchinchi oc ram bocg c im sohasiga 
yaqinlashib, birinchisini, to'rtinchi oc ram ikkinchisini kesishib, bocg c 
im sohasi tamomila yopilguncha shu tariqa davom ettiriladi (44-rasm, a, 
b). 9. Qaytuvchi bog‘lam. Bunday bog'lam aksariyat oyoq-qoc lning 
kesib tashlangandan (amputatsiya) qolgan qismi (choc ltogc i)ni 
bog'lashga ishlatiladi. Bintni mahkamlash uchun u bir necha marta 
aylantirib oc raladi. Socngra uni barmoqlar bilan tutib turib 90° li 
burchak ostida qayriladi, cho'ltoq orqali uzunasiga o'ramlar bilan 
mahkamlanadi va bint bilan tamomila bekilgunga qadar oc rash davom 
ettiriladi. Bog'lamlarning sanab o'tilgan
27. 
Qattiq bog'lamlar turlari va ularning qullanilishi
Yumshoq bog‘lamlarni qo‘yish shartlariga qattiq bog‘lamlardan 
foydalanilganda ham qattiq rioya qilish kerak. Ular uzoq muddatga 
qo‘yilgani uchun (1,5—2 oygacha) shifokor tomonidan qo‘yilgan xato 
bemorni og‘ir asoratlarga olib keladi. Ba’zan qattiq bog‘lamlar uzoq 
muddatga qo‘yilib, ular olinganda ham qo‘l-oyoq harakatlari 
bajarilmasligi mumkin. Shunipg uchun qo‘l-oyoq qotirilganda ular 
beiorga bog‘lam olingandan so‘ng kam noqulaylik keltiradigan qilib 
qo‘yilishi lozim. Bundan tashkari, kattiq bog‘lamlardan foydalanilganda 
tananing nozik joylarini ham hisobga olish kerak (67-rasm), chunki shu 
sathlarda bog‘lamlarning qattiq bitishi nagijasida nekrozlar, chaqalar 
paydo bo‘lishi mumkin. Bu asorat ko‘gtroq suyak bo‘rtib chiqqan 
joylarda uchraydi. Bu asoratlar bo‘lmasligi uchun paxta-doka 
moslamalaridan foydalanilsa bo‘ladi.
28. 
Ishlatilishidan maqsadiga qarab bog'lamlarning turlari
Bog‘lamlarni qo‘yishdan maqsad — bog‘lam materiallarini tana sathida 
ushlab turish (ushlab turuvchi bog‘lamlar), davolash uchun lozim bo‘lsa, 
masalan, jarohatdan qon ketayotgan bo‘lsa uni qattiq bosib turish (bosib 
turadigan bog‘lamlar), tananing ma’lum bir qismini immobilizatsiya 
(taxtakachlash) qilish yoki qo‘l-oyoq, bosh suyagi va boshqalardan 


tortib turish (tortib turuvchi bog‘lamlar). Parda hosil qiluvchi bog‘lamlar 
maxsus bog‘lamlarga kiradi. 
29. 
Bintli bog'lamlarni afzalliklari va kamchiliklari
Bog‘lam keng ma’noda ma’lum davr ichida davolash va tashqi muhitdan 
keluvchi salbiy ta’sirlardan jarohat yoki patologik o‘choqni saqlaydigan 
vosita hisoblanadi. Qiska ma’noda esa bog‘lam — bog‘lov materiali, 
xom ashyosi (bint, plastil, doka va b.)dir. Bog‘lam atamasining uchinchi 
ma’nosi davolash maqsadida qo‘yilgan yoki ifloslangan bog‘lov 
materialini almashtirish, shuningdek ularni fiksatsiya qilish harakatidir. 
Yumshoq bintli boglamlarni ishlatish (leykoplastir, kleol, plastmassalar, 
sintetika va b.) eng ko‘p tarqalgan davolash usuli hisoblanadi. Shuni 
yodda tutish kerakki, to‘g‘ri qo‘yilgan bog‘lam jarohatlangan kasalning 
tezroq sog‘ayib ketishiga yordam beradi. Noto‘g‘ri qo‘yilgan bog‘lam 
esa, ikkilamchi salbiy ta’sir qiladi: bemorda kuchli og‘riq va turli 
asoratlar keltirib chiqaradi. Bintlash aksariyat chetdan markazga tomon, 
biroq qator hollarda esa bog'lam teskari yo‘nalishda bog'lanadi. Bintning 
mahkamlaydigan o'ramidan keyin uning har bir keyingi o'rami oldingi 
o'ramning yarmini yopib borishi lozim. Bint boshchasini bintlanadigan 
yuzadan uzoqlashtirmaslik va bir me’yorda tortish kerak. Gavdaning 
konus shaklidagi qismi (son, boldir, bilak)ni bintlashda bint zich 
yopishib turishi uchun 1—2 marta aylantirilgandan so'ng bint qayirib 
bog'lanadi. Bintlash oxirida u tikib mahkamlanadi, unga to‘g‘nag‘ich 
bilan fiksatsiyalanadi yoki bintning o‘rtasidan yirtib, ikki bodakka 
bodinadi va bintlangan qism ustidan aylantirib o'raladi va tugib 
qo‘yiladi. Bintni jarohat proyeksiyasi ustida mahkamlash tavsiya 
qilinmaydi, balki uni chetroqdan mahkamlagan ma’qul.
30. 
Gipsli bog'lamlarning afzalliklari va kamchiliklari
Gips sifatini tekshirish uchun bir necha sinamalar mavjud: 1) teng 
miqdorda gips bilan suv olib aralashtiriladi, hosil qilingan massa 5—7 
daqiqa ichida qotishi, bosib ko‘rilganda sinishi, biroq kukunga 
aylanmasligi kerak; 2) gips kukunini qismlab siqilganda sifati yaxshi 
bo‘lsa, u sochiladi, yomon bo‘lsa, qumoq-qumoq bo‘lib qoladi. Gipsli 
bog‘lam qo‘yishning quyidagi qoidalari mavjud: gavdaning tegishli 
qismiga o‘rtacha fiziologik yoki funksionaljihatdan qulay vaziyat 


beriladi. Gavdaning shikastlangan qismidan tashqari ikkita qo‘shni 
bo‘g‘im immobilizatsiya qilinadi, gipsli bog‘lam taglik bilan 
qo‘yiladigan bo‘lsa, bu maqsad uchun gigroskopligi past paxtadan 
foydalangan va uni suyak do‘ngchalariga qo‘ygan ma’qul. Bog‘lam 
to‘qimalami bosmasligi, biroq haddan tashqari bo‘sh ham bo‘lmasligi 
kerak. Bog‘lam qo‘yilgandan so‘ng uning yirik tomirlami 
bosmayotganligi (ko‘karib ketish, shish, etjunjikishi, badanda chumoli 
yurgandek sezgi paydo bo‘lishi, uvushish, quyidajoylashgan 
segmentlaming shishishi) tekshirib ko‘rilishi zarur.
31. 
Dori moddalarini organizmga yuborish usullari
Organizmga dorilarni uch xil uslubda yuborish mumkin: 
1. 
Tashqaridan - teri orqali, shilliq pardalar orqali, ko’z, quloq, 
burunga tomizish orqali; 
2. 
Ichak orqali (enteral uslub) - til ostiga olib so’rish, yutish, to’g’ri 
ichakga yuborish; 
3. 
Ichakga kiritmay (parenteral uslub) - teri ostiga, mushaklar orasiga, 
qon tomiriga nine sanchib. 
Ingalyatsiya - bug' yoki dorivorlarnning havodagi maydalangan 
parchalarini (aerozol) nafas yo’llari orqali organizmga kiritish, 
ko’pincha nafas a’zolari kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Aerozol 
tayyorlaydigan maxsus uskunalar bor; f) Quloqqa tomizadigan dorini 
albatta badan haroratigacha isitish kerak. Aks holda bemorning boshi 
aylanib, qusishi mumkin. Dori yuborishdan oldin quloq doka yoki paxta 
bilan tozalanadi, keyin bemorning boshi sog’ qulog’i tomoniga egiladi 
va dori tomiziladigan quloq suprasi ozroq orqa yuqori tomonga tortilib 
eshitish yo’liga 3 — 4 tomchi dori tomiziladi. Burunga dori tomizish 
uchun bemorning kallasi orqaga egiiib, burunning har bir teshigiga 3-4 
tomchi dori tomiziladi. Burun dori tomizishdan avval tozalanadi albatta. 
Ko zga dori tomizishdan oldin tibbiy hamshira qo’lini tozalab sovun va 
cho tka yordamida yuvib spirt bilan ishlov berishi kerak. Odatda 
bemorni yuqoriga qaratib uning pastki qovog’ini hamshira yanada 
pastroqqa tortib, ko'zga 1 - 2 tomchi dori tomiziladi. 


32. 
Dori moddalari bilan teri va shilliq qavatlar orqali ta`sir etish, 
uning afzalliklari va kamchiliklari
Dorilarni tashqaridan yuborish usullari: a) Ishqalash - teri yupqaroq va 
kam tukli bo’lgan joyga (sonlarning orqa tomoni, qorin, ko'krak 
qafasining yonboshi) suyuqlik yoki malham surtilib, to badanga singib 
ketguncha ishqalanadi. Ishqalanadigan joy terisi toza bo’lishi shart. 
Ayrim paytlarda teriga malham surtib ustidan polietilen bog'lab qo’yilsa 
dorining so’rilishi yaxshilanadi; b) Surkash - paxta yoki dokadan 
tayyorlangan tampon bilan dori teriga surkaladi, ko’pincha bu usul teri 
kasalliklarini davolashda qo’llaniladi; c) Piastir yopishtirish - havo 
o’tkazmaydigan matohga tarkibida davolovchi moddasi bo'lgan 
yopishqoq quyuq malham surtiladi va bu match xasta joyga 
yopishtiriladi. Piastir yopishtiriladigan joyning terisi spirt yoki efir bilan 
tozalanishi kerak, tuklar qirib tashlanadi; d) Teri ustiga paxtadan 
qilingan tampon bilan kukunli dorilarni sepish (talk, kseroform, 
baneotsin);
33. 
Dori moddalarini enteral usulda kiritish, uning afzalliklari va 
kamchiliklari mohiyati va ahamiyati
Dori-darmonlarni (Dori-darmonlarni) tarqatish shifokorning retseptiga 
qat'iyan muvofiq ravishda hamshira tomonidan amalga oshiriladi, u 
statsionar kasalxonada dori-darmonlarni tayinlash va bekor qilish 
sanasini ko'rsatadi. Preparatlar ovqatdan oldin, ovqat paytida, keyin va 
yotishdan oldin olinadi. 
Dorilarni iste'mol qilishning eng keng tarqalgan, sodda va qulay usuli 
enteral, ya'ni, dorilarni og'iz orqali (per os) yoki ichkaridan ichish. 
Ushbu usul ishonchli tarzda boshqariladi. Ichkarida ular asosan qattiq 
dozalash shakllarini oladi: tabletkalar, drajjelar, pudralar, kapsulalar 
(rasm). Kukunlar (paketlar) suv bilan suyultirish uchun mo'ljallangan. 
Tez-tez ichkariga suyuq dozalash shakllari buyuriladi: eritmalar, 
damlamalar, ichimliklar va boshqalar. Bolaning yoshi qancha yosh 
bo'lsa, shunchalik suyuq dozalash shakllari, xususan, siroplar keng 
qo'llanilishini eslang. Shakl: 1. Qattiq dozalash shakllari: a - tabletkalar; 
b - drajje; c - changlar (paketlarda); d - jelatinli kapsulalarda enterik 
qoplamali changlar yoki mikrosferalarbDori-darmonlarni tarqatishni 


boshlash paytida hamshira qo'llarini sovun bilan yuvishi, agar kerak 
bo'lsa, xalatini almashtirishi, niqob kiyishi kerak. Xatolikka yo'l 
qo'ymaslik uchun dori moddalarni shakli, rangi, hidi, ta'mi bo'yicha 
aniqlay olish kerak. Bola faqat tibbiyot xodimlari - hamshira, shifokor 
huzurida dori moddalarni iste'mol qilishi kerak.Bolalar bo'limida dori
moddalarni tarqatishning bir necha yo'li mavjud. Siz bemorlarning 
ismlari yozilgan hujayralarga bo'lingan tovoqlardan foydalanishingiz 
mumkin,dori moddalar ularga oldindan yotqizilgan. Dori vositasini 
kameraga joylashtirishdan oldin, paketda ko'rsatilgan ism statsionarning 
tibbiy kartasida yoki emizish varag'ida dori nomi bilan tekshirilishi 
kerak. ... Keyin hamshira laganda bilan barcha palatalarni aylanib 
chiqadi. Boshqa usul (bolalar amaliyotida unchalik ma'qul emas) - bu 
ko'chma stoldan foydalanish, unga og'iz orqali yuborish uchun dorilar 
yotqizilgan, suv bilan stakan, stakan, qoshiq, toza pipetkalar 
joylashtirilgan. Hamshira ushbu stolni palataga o'giradi va navbat bilan 
har bir bemorni karavotga olib boradi, agar u yotoqda bo'lsa. Yuradigan 
bemorlar mustaqil ravishda stolga yaqinlashadi, u erda opa-singilning 
nazorati ostida dori moddalar qabul qilinadi. Siz uning qo'lidagi bolaga 
dori moddalar bermasligingiz kerak, ayniqsa bir nechta tabletkalarni. 
Dori-darmonlarni qabul qilish ketma-ketligiga rioya qilish muhimdir. 
Hapni yutib bo'lgach, u suv bilan yuvilib, mayda, lekin tez-tez 
ichkilikbozlik qiladi, bu preparatning oshqozonga o'tishiga yordam 
beradi (tabletka qizilo'ngach orqali 2-5 daqiqa davomida o'tadi, agar siz 
katta qultum ichsangiz, suv tezda tabletkadan o'tib ketadi, ikkinchisi esa 
nok shaklidagi bo'shliqda to'xtashi mumkin) ). 
34. 
Dori moddalarini parenteral usulda kiritish, uning afzalliklari va 
kamchiliklari
Parenteral yuborish usuli. Nafas yo’llari orqali ingalyastion (ingalacion 
– nafas olish) yuborish usuli.Teri orqali yuborish usulda asosan dori 
moddalarning reflektor va qisman mahalliy ta’sir etishi ko’zda tutiladi, 
bu yo’l bilan malxamlar, pasta, linimentlar, shuningdek spirtli yoki suvli 
eritmalar, aralashmalar va bolalarga sepma dorilari qo’llaniladi. Shilliq 
qavatlar orqali yuborish usulda dori moddalarining burun, xalqum, ko’z, 


buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga ta’sir etishi uchun qo’llanadi. Seroz 
qavatlar orqali yuborish usuli qorin bo’shlig’i a’zolari jaroxatlanganda 
va o’pkaning ba’zi kasalliklarida dori yuborish uchun qo’llanadi. Seroz 
qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli so’ruvchi xususiyatga 
ega, plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq so’riladi.
Teri ostiga yuborish yo’li bilan dori moddalarining asosan suvli 
eritmalari yuboriladi. Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar 
orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek dori moddalarining 
suspenziyalari ham yuboriladi. Venalar ichiga yuborish usulida 
moddalar bevosita qon oqimiga tushadi, bunda qon bilan o’zaro 
aralashganda cho’kma xosil qilmaydigan, qonni ivitmaydigan yoki 
gemoliz xosil qilmaydigan dori moddalari eritmasi qo’llanadi. Dorini 
venaga asta-sekin yuborish kerak, aks xolda qonda ularni 
kontsentratsiyasi birdan oshib ketib, organizmga zaxarlovchi ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. Dorining ta’siri juda tez, ko’pincha in’ektsiya 
vaktidayoq boshlanadi, ta’sir muddati teri ostiga va mushak orasiga 
yuborilgandan ko’ra kamroq bo’ladi. Orqa miya kanaliga yuborish 
usuli, gematoenstefalik to’siq orqali yaxshi o’tmaydigan dori moddalar 
subaraxnoidal, peridural yo’l bilan yuboriladi. Dori moddalar to’gridan-
to’gri yurakka, bo’gimlarga, suyaklarga yuboriladi. Moddalar elektr toki 
bilan, ionoforez orqali yuborilishi mumkin. Parenteral usullar juda ko’p , 
lekin dorilar parenteral yo’l bilan yuboriladi deganda ularni asosan teri 
ostiga, mushaklar orasiga va venalarga yuborilishi ko’zda tutiladi, 
chunki boshqa yuborish yo’llari nisbatan kam qo’llanadi. 
35. 
Bolalarni xirurgiya bulimiga qabul qilish qoidalari
Qabul bo’limiga murojaat etgan bemorda yuqumli kasalliklar alomatlari 
borligiga gumon qilinsa, u maxsus izolyator xonasiga yotqizilib, 
yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o'tkazish uchun maxsus sanitariya 
transport! chaqiriladi. Har bir bemordan keyin xonaga sanitar- 
epidemiologik ishlov beriladi. Yuqumli kasallik aniqlanganligi haqida 
DSENM ga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. Qabul bo'limida bemor 
vrach ko'rigi va tekshiruvlardan keyin shifoxonaga yotqizilishi lozim 
bo'lganida, unga kasallik tarixi (varaqasi) to'ldirilib, vrach tomonidan 
bo'lim nomi. sanitariya ishlov berish turi va transportirovka uslubi 
ko'rsatiladi. 


Qabul bo’limida bemor (ahvoliga qarab) to’liq yoki qisman sanitariya 
ishlovidan so'ng xonasiga joylashtiriladi. Bemorni qabul qilishdan oldin 
va javob berilganidan keyin xonadagi krovat, tumbochka mavjud bo'Isa, 
boshqa jihozlar maxsus tayyorlangan dezinfeksiyalovchi eritmaga (6% li 
pergidrol +0,5% yuvish vositasi) botirib olingan lalla bilan artib 
chiqiladi. Krovatga to'shaladigan oqliklar va ko'rpalar bakteriyalarning 
sporali shakllarini yo’qotadigan kamerali dezinfeksiyadan o’tkazilib 
qayta qo'llaniladi. Ishlatilgan oqliklar yuvilishidan oldin yuvuvchi 
vositaning (soda) 2% li eritmasiga botirib qo yilib 2 soat davomida 
qaynatiladi. 
36. 
Qabul bulimida bemorga sanitariya ishlov berish tartibi va turlari
Qabul bo’limida bemor (ahvoliga qarab) to’liq yoki qisman sanitariya 
ishlovidan so'ng xonasiga joylashtiriladi. Bemorni qabul qilishdan oldin 
va javob berilganidan keyin xonadagi krovat, tumbochka mavjud bo'Isa, 
boshqa jihozlar maxsus tayyorlangan dezinfeksiyalovchi eritmaga (6% li 
pergidrol +0,5% yuvish vositasi) botirib olingan lalla bilan artib 
chiqiladi. Krovatga to'shaladigan oqliklar va ko'rpalar bakteriyalarning 
sporali shakllarini yo’qotadigan kamerali dezinfeksiyadan o’tkazilib 
qayta qo'llaniladi. Ishlatilgan oqliklar yuvilishidan oldin yuvuvchi 
vositaning (soda) 2% li eritmasiga botirib qo yilib 2 soat davomida 
qaynatiladi. 
37. 
Qabul bulimining asosiy vazifalari va uning ahamiyati
Davolash tashkilotlarining qabulxonasida dastlab tibbiyot hamshirasi 
«Tez yordam» mashinasida keltirilgan bemoming rasmiy 
hujjatlari yoki shahar poliklinikalari yo‘llanmalari bilan kelgan 
bemorlaming rasmiy hujjatlari bilan tanishadi.
Qabul boiimida kasallarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlar: 
— kasalxonaga yotqizishni rasmiylashtirishjumali;


— konsultatsiyalami rasmiylashtirish jumali;
— har xil sabablarga ko‘ra kasalxonaga yotishdan bosh tortgan 
yoki yotishi man qilingan bemorlami rasmiylashtirishjumali. 
Tibbiy hamshira xirurgik bo‘lim ish faoliyati uchun rasmiy 
hujjatlar tuzishda qatnashadi: bularga kasallik tarixi; titul varag‘i; 
dorilami qayd qilish varag‘ini to‘ldirish; bemorlaming og‘irligi va 
bo‘yini o‘lchash; kasallik tarixiga barcha tahlillami yopishtirish; 
bir yoshgacha bo‘lgan bolalar axlatining sifati, miqdori va tezligini 
nazorat qilish varag‘ini to‘ldirishlar kiradi.
Xirurgiya bo‘limi katta hamshirasi tomonidan yuritiladigan 
hujjatlar: 
— kasallaming o‘limini qayd qilishjumali;
— dorilar va ulaming sarflanishini ro‘yxatga olishjurnali;
— kuchli ta’sir etuvchi va narkotik dorilami ro‘yxatga olishjumali.
Operatsiya va bog‘lamlarni ro‘yxatga oladigan hujjatlar: 
— operatsiyalami qayd qilish jumali;
— bog‘lamlami ro‘yxatga olishjumali;
— qon, plazma va qon o‘mini bosadigan suyuqliklami ro‘yxatga olish 
va ular to‘g‘risidagi hujjatlarjumali.
Statsionarda yuritiladigan hujjatlar: 
— xodimlaming kelib-ketishini nazorat qilish jurnali;
— bemorlarni ro‘yxatga olishjurnali;


— dori-darmon hisoboti jurnali;
— shikoyat va takliflarjumali;
— 5 daqiqalik yig‘ilishlarjumali;
— bo‘limning tekshiruv jumali;
— ma’ruzalar, xodimlar saviyasini oshirish uchun suhbatlarjumali;
— mehnat xavfsizligi va yong‘inga qarshijumal.
38. 
Xirurgik operatsiya tushunchasi va turlari
Xirurgik operatsiyalar, odatda, davolash maqsadida o‘tkaziladi, 
biroq diagnostik operatsiyalar ham qilinadi. Diagnostik operatsiya- 
larga biopsiya, punksiya qilish (qorin bo‘shlig‘i, plevral bo‘shliq, 
orqa miya punksiyalari va b.), endoskopik tekshirishlar (sistosko- 
piya, bronxoskopiya, ezofagoskopiya, gastroskopiya, torakoskopiya, 
laparoskopiya va b.), angiografiya va yurakni kateterizatsiya qilish, 
diagnostik torakotomiya va laparotomiya kiradi. Diagnostik 
operatsiyalarning bir qismi, ayniqsa, diagnostik torakotomiya yoxud 
laparotomiya har holda xavflidir, shuning uchun ham, tekshirishning 
boshqa barcha imkoniyatlari tugagandan so‘nggina ularni qo‘llash 
lozim. ( 
Davolash operatsiyalari radikal va palliativ bo‘lishi mumkin. 
Radikal operatsiyalar deb, kasallangan (shikastlangan) a’zolar yoki 
to‘qimalarni yorib ko‘rib olib tashlanishiga (abssessdagi insiziya- 


lar, appendektomiya, xolesistektomiya, me’da rezeksiyasi, ochiq 
arterial tomirni bog‘lash va b.) aytiladi, lekin shunisi ham borki, 
bunday operatsiyalar natijasida kasallikning qaytalanishi yoki 
yangi paydo bo‘lishi bartaraf etiladi. Radikal operatsiyalar 
kengaytirilgan va kombinatsiya qilingan bo‘lishi mumkin. Masalan, 
agar me’da o‘smasi atrofidagi to‘qimalarga tarqalgan bo‘lsa, bir 
paytning o‘zida me’da bilan birga taloq olib tashlanadi, jigarning 
o‘sma tarqalgan bo‘lagi, ko‘ndalang-yo‘g‘on ichakning ko‘richakdan 
to‘g‘ri 
ichakkacha bo‘lgan qismining bir bo‘lagi rezeksiya qilinadi va yon- 
atrofdagi limfa tugunlari ham olib tashlanadi, ya’ni o‘sma 
tarqalgan hamma to‘qimalar olib tashlanadi. 
Palliativ operatsiyalar kasallikni keltirib chiqargan sa- 
bablarga barham bermaydi, lekin bemornpng ahvolipi yengillashti- 
radi. Masalan, o‘sma yo‘g‘on ichak yo‘lini (bo‘shlig‘ini) to‘sibqo‘ygan 
va 
uni radikal operatsiya yo‘li bilan olib tashlashning iloji bo‘lmasa, 
ichak sirtmog‘i qorinning old devoriga keltiriladi-da, keyin yo‘g‘on 
ichak yo‘li ochiladi. Bunday holda, o‘sma o‘z joyida kolaveradi, lekin 
ichakdan ovqat o‘tmay qolishiga barham beriladi va ichakdagi 
ortiqcha narsalar orqa chiqaruv yo‘lidan bemalol chiqa oladi. 
39. 
Rejali operatsiyalar va bolalarni ularga tayyorlash tartibi
Rejali operatsiyalar istalgan paytda qilinishi mumkin, shu 


bilan birga bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolashga tayyorlash 
bir-ikki kunga, zaruriyat tug‘ilib qolsa bir necha haftaga cho‘zilishi 
mumkin. 
Operatsiyaga tayyorgarlik davrida rejali operatsiyalar quyidagicha 
ajratiladi: 1) olis, 2) yaqin oradagi va 3) bevosita operatsiyaga 
tayyorgarlik ko‘rish davri. Masalan, olis operatsiyaga tayyorgarlik 
ko‘rish davrida bemorda buqoq yoki tug‘ma yurak kasalligi bo‘lsa 
sanatoriy davosi qoTlaniladi, bodomsimon bez va chirigan tishlar 
sanatsiya qilinadi. Yaqin oradagi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish 
davrida (7—15 kun davomida) somatik sistemaning umumiy holati 
yaxshilanadi, bevosita operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrida esa 
sanitariya ishlovi o‘tkaziladi, qovuq va to‘g‘ri ichak bo‘shatiladi. 
40. 
SHoshilinch operatsiyalar va bolalarni ularga tayyorlash tartibi
Shoshilinch operatsiyalarga bemorlarni tayyorlashda yuqorida qayd 
etilgan vazifalar qisqa vaqt ichida (3 soatgacha) imkon darajasida 
bajariladi. Oshqozonga zond qo’yilib yuviladi. Gomeostazni tikiash 
choralari ko riladi 
Shoshilinch operatsiyaga tayyorgarlik ko'rishda. 
Amallar ketma-ketligi: 

terini, tananing tukli qismlarini. tirnoqlarini tekshirish va kerak 
bo'lganda ishlov berish (ishqalanish. yuvish); 

qisman sanitariya (artish, yuvish) ishlov berish; 

jarrohlik maydonini quruq holda tuklarni qirish; 

shifbkorning ko'rsatmalarini bajarish: tahlillar, huqna, oshqozonni 
yuvish. premedikatsiya va boshqalar. 
Filonchikov - Grossix bo'yicha operatsion maydonniga ishlov berish. 
Ko'rsatma: bemorda jarrohlik sohasidagi aseptikaga moslik. 


Tayyorlang: steril kiyinish va asboblar: sharlar, korntsang, pined, 
qisqich. choyshablar; steril idishlar; antiseptiklar (yodonat, yodopiron- 
alkogol 70%, dezmin. dezmitsid va boshqalar); chiqindilar uchun 
idishlar, dezinfektsiyali eritmalar bilan idishlar 
Amallar ketma-ketligi: 
1. 
Yodonatning (yodopiron) i% eritmasida 5-7 ml miqdorid3 
sterillangan sharni korntsang yoki pincet bilan mo'l miqdorda namlang-
2. 
Jarrohga korntsangiii uzating. 
3. 
Bemorning jarrohlik sohasini keng qamrovli qayta ishlash. 
4. 
Korntsangiii axlat qutisiga tashlang. 
5. 
Jarrohlik maydonining keng qayta ishlov berish ikki marta 
takrorlanadi. 
6. 
Bemorni operatsiya sohasida tuynugi bor steril choyshab bilan 
yoping. 
7. 
Bir marta kesnıa sohasidagi teriga antiseptik bilan ishlov bering. 
8. 
Bir marta chok qo'ymasdan oldin jarohat chetlarini tcrisiga ishlov 
bering. 
9. 
Bir marta terini chok qo'ilgan sohasida qayta ishlov bering. 
Tayyorlash tadbirlari bemor ahvoliga, uning yoshiga. operatsiya turiga 
bog'liq. Bu tadbirlarni o’rta va kichik tibbiyot xodimlari bajaradi. Institut 
talabalari bu tadbirlarni bajarishni ham nazariy, ham amaliy jihatdan 
o’zlashtirishi zarur. 
41. 
Kechiktirib bulmaydigan operatsiyalar va bolalarni ularga 
tayyorlash tartibi
Bolalarni operatsiya qilish uchun ota-onasi yoki vasiylarini yozma 
roziligini olish shart. Ularga og'ir - yengilligini, xavfi qanday natija bilan 
tugashi mumkinligini tushuntirish lozim. Ota-onasi yo qligida 


shoshilinch yoki kechiktirib bo’lmaydigan operatsiyaga zarurat tug’ilsa, 
bit qoidaga amal qilinmaydi. Bunday hollarda uchta shifokor operatsiya 
qilish qilmaslik to'g'risida qaror chiqarib, bo'lim boshlig’i yoki bosh 
vrachga xabar qiladilar va operatsiyani о tkazishlari mumkin. 
Qabulxona boTimida bemor ahvolining og‘ir-yengilligiga va 
operatsiyaning nechogTi shoshilinch sur’atda o‘tkazilishiga ko‘ra, to‘liq 
yoki qisman sanitariya ishlovi o‘tkaziladi. Shoshilinch hollarda 
bemoming kiyimlari yechiladi, tanasining ifloslangan sohalari bint bilan 
artiladi, tuk-junlari qirib tashlanadi. Bemoming me’dasi to‘lib ketgan 
taqdirda undagi modda zond bilan chiqariladi. Huqna qilinmaydi. Siydik 
ajratish qiyinlashganboTsa, kateterbilan chiqariladi, odatdagi hollarda 
esa bemomi mustaqil siyishi kifoya qiladi. 
42. 
Operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davr, ularning 
muddatlari 
Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davri (operatsiyadan oldingi 
davr) bemor statsionarga kelgan yoki poliklinikaga murojaat qilgan 
kundan boshlab, to operatsiya boshlanguncha o‘tadigan vaqtni o‘z 
ichiga oladi. Operatsiyaga tayyorgarlik davrini bosqichlarga ajratish 
mumkin: tashxisni aniqlash va bemorni jarrohlik yo‘li bilan 
davolashga tayyorlash. Birinchi bosqichda tashxis aniqlanadi, turli 
a’zo va sistemalaming holati tekshirib ko‘riladi va operatsiya qilish 
uchun maTumotlar aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa bemor 
operatsiyaga tayyorlanadi.
Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrining qancha davom 
etishi kasallikning xususiyatiga, bemorning umumiy ahvoliga, 
operatsiyaning shoshilinchlik darajasiga va jarrohlik yo‘li bilan 


davolashmng ko‘lamigabog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Kechiktirib 
boTmaydigan operatsiyalar (qon ketishini to‘xtatish, chuvalchangsimon 
o‘simtaning o‘tkir yalligTanishi, me’da yarasining teshilishi, 
homilaning bachadondan tashqaridaboTishi hollari)da operatsiyaga 
tayyorgarlik ko‘rish davri qisqa boTadi.
Og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun, shuningdek, operatsiya zudlik bilan 
qilinadigan bo‘lsa, suv muolajalari qoTlanilmaydi. Shu 
bilan birga yurak va tomirlar, transplantologiya xirurgiyasida, me’da 
va o‘t yoTlarini tiklash xirurgiyasida operatsiyaga tayyorgarlik davri 
ba’zan bir necha haftaga cho‘zilib ketadi.
Bemomi operatsiyaga tayyorlashning ahamiyatini baholash 
mushkul, chunki qilinadigan operatsiyaning muvaftaqiyatli o‘tishi, 
ko‘pincha, ana shubemomitayyorlashgabogTiqboTib qoladi. Xirurg 
operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davridayoq ehtimol tutilgan 
qiyinchiliklarni oldindan ko‘ra bilishi kerak. Bu qiyinchiliklar 
shartli ravishda og‘riqsizlantirishning turi, qon ketish ehtimoli, 
operatsiya shoki yoki hayotiy muhim a’zolarning shikastlanish 
ehtimoli bilan bogTiq boTishi mumkin.
Operatsiyaga tayyorgarlik davrida rejali operatsiyalar quyidagicha 
ajratiladi: 1) olis, 2) yaqin oradagi va 3) bevosita operatsiyaga 
tayyorgarlik ko‘rish davri. Masalan, olis operatsiyaga 
tayyorgarlik ko‘rish davrida bemorda buqoq yoki tug‘ma yurak 
kasalligi bo‘lsa sanatoriy davosi qoTlaniladi, bodomsimon bez va 
chirigan tishlar sanatsiya qilinadi. 


Bemoming operatsiyadan keyin tuzalib, kasalxonadan uyiga javob 
berilgungacha bo‘lgan davr operatsiyadan keyingi davr deb ataladi. 
Operatsiyaning og‘ir-yengilligiga, hajmi va bemorning umumiy 
ahvoliga ko‘ra bu davr bir necha kundan bir necha oygacha cho‘zilishi 
mumkin. Xirurgik operatsiyaning natijasi ko‘pjihatdan operatsiyadan 
keyingi davming qanday o‘tkazilganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlami parvarish qilishda o‘rta tibbiy 
xodimning o‘mi katta. Bunda shifokor ko‘rsatmalarini to‘g‘ri va o‘z 
vaqtida bajarish hamda bemorga yaxshi parvarish qilish uning tezroq 
sog‘ayib ketishi uchun imkon yaratib beradi. 
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarga nazoratni to‘g‘ri va aniq 
uyushtirish turli xil asoratlarning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi 
chora-tadbir hisoblanadi. 
43. 
Operatsiyadan keyingi davrda bolalarni parvarish kilishning asosiy 
qoidalari
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarga nazoratni to‘g‘ri va 
aniq uyushtirish turli xil asoratlarning oldini olishga qaratilgan 
eng yaxshi chora-tadbir hisoblanadi.
Yurak-tomirlar sistemasining ishi to‘g‘risida puls, arterial bosim 
va terining tusiga qarab xulosa chiqariladi. Pulsning sekinlashishi 
va tarangligining oshishi. Bunday holatlarda miya shishi va miyaga 
qon quyilishi yoki meningit sababli markaziy nerv sistemasi 
faoliyatining buzilganligi oqibatida yurak daqiqasiga 40—50 marta 
uradi. Arterial bosimning pasayib ketishi va terining oqarishi bilan 
bir qatorda pulsning tezlashishi va sekinlashishi (daqiqasiga 100 
martadan ko‘p) ikkilamchi shok rivojlanganda yoki qon ketganda 
yuz berishi mumkin. Agar xuddi shunday manzara to‘satdan paydo 


boTsa, bu holda bemorda o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi borligi 
to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Bu patologiyada bemor bir necha 
soniya ichida halok boTishi mumkin. 
44. 
Bolalar reanimatsiyasi bulimida bolalarni parvarish kilish qoidalari
Anesteziologiya va reanimatsiya bo'iimi shifoxonaning barch xirurgiya 
bo'limlari joylashgan qismida tashkil qilinib, ushbu bo'limlar bilan 
bevosita bog'langan bo'lishi shart. Chunki og’ir operatsiyadan chiqqan 
yoki ahvoli og'ir bemorlar shu bo'limga o’tkazilib, davolanishi maqsadga 
muvofiq. Reanimatsiya bo'limining tuzilishi boshqa bo’limlardan ajralib 
turadi. Bo’limda reanimatsiya (qayta tiriltirish) zali va bemorlar yotib 
davolanadigan 2 - 3 ta xonalar tashkil qilinadi. Bu xonalar shunday 
joylashganki, tibbiy hamshira har bir yotgan bemorni ahvolini uzluksiz 
nazorat qila oladi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar ahvolini nazorat 
qilish uchun turli tibbiy asbob uskunalar qo’llaniladi. Reanimatsiya 
zalida I - 2 ta maxsus krovatlar bo’lib, ularning har tomonidan tibbiyot 
xodimlari bemorga bemalol yaqin borishi mumkin bo'lishi kerak. bu 
zalda bemorga sun'iy nafas berish asbob - uskunalari, yurak faoliyatini 
qo’zg'atish va boshqa asbob — uskunalar bo lishi ta’minlanadi. 
Reanimatsiya tadbirlari quyidagi tartibda bajariladi: 
Yurak to'xtagani vaqtni belgilash; 
Nafas yo’llarini tozalash; 
Bemor qattiq joyga chalqancha, boshi orqaga egilgan holda yotqiziladi; 
Pastki jag i burchaklaridan ushlanib oldinga tortiladi va ustki jag iga 
tomon bosiladi, keyin burun teshiklari yopilib, og'izni bemor z'La qo 
yib, 2-3 sinov nafasi yuboriladi, nafas yo’llari ochiq bo'Isa, ко krak 
qafasi havo yuborganimizda ko’tariladi. 
45. 
Antropometriya, uni utkazish qoidalari va ahamiyati
Аntrоpоmеtriya – yunоnchа аntrоpо-оdаm, mеtriya-o’lchаymаn 
so’zlаridаn оlingаn. Pеdiаtriya аmаliyotidа bоlаning аntrоmеtrik 


ko’rsаtgichlаri muhim o’rin tutаdi. Jumlаdаn bоlа vа usmilаrning 
jismоniy rivоjlаnish dаrаjаsini tаhlilqа qulаy vа sаmаrаli usul bulib 
hisоblаnаdi. Bundаn tаshqаri pеdiаtriya аmаliyotidа kаttаlаrdаn ulаrоq 
bоlа vаznigа qаrаb dоrilаr dоzаsi o’lchаb tаvsiya etilаdi. 

8 yoshdа vаzn- 28 kg 

8 yoshdа buyi – 130 sm 

9 yoshdа vаzni-31 kg 

9 yoshdа buyi- 135 sm 

5 yoshdаn 12 yoshgаchа bo’lgаn bоlаning hаr bir yoshigа 3 kg 
qushilib bоrаdi. 

5 yoshdаn 12 yoshgаchа bo’lgаn bоlаning hаr bir yoshigа 5 sm 
qushilаdi.
46. 
Yurak va nafas to'xtaganda yordam ko'rsatish
Yurak faoliyati va nafas olish to’satdan to’xtab qolganda klinik o’lim 
holati boshlanadi. Shu vaqtda darrov uqalash va sun’iy nafas olishga 
kirishiladigan bo’lsa, insonni qutqarib qolish mumkin. Ushbu maqolada 
muallif tomonidan yurak faoliyati va nafas olish to’xtaganda birinchi 
yordam berish usullari haqida fikr mulohazalar yuritilgan. 
Yurak faoliyati to‘satdan to‘xtab, odam nafas olmay qolgan mahalda 
klinik o‘Jim holati boshlanadi. Yurakni darrov bilvosita uqalash va 
sun’iy nafas oldirishga kirishiladigan bo‘lsa, bir qancha hollarda odamni 
qutqarib qolish mumkin bo‘ladi. Odam elektr tokidan zararlanganida, 
suvga cho‘kkanida va nafas yo‘llari bosilib yoki tiqilib qolgan boshqa 
bir qancha hollarda yurak faoliyati birdan to‘xtab qolishi mumkin. 
Bunda sun’iy nafas oldirish uchun o‘pkaga havo yuborishga imkon 
beradigan maxsus apparatlardan foydalanish hammadan ko‘ra ko‘proq 
naf beradi. Ana shunday apparatlar bo‘lmagan taqdirda har xil usullar 
bilan sun’iy nafas oldiriladi, masalan, «og'izdan ogVizga» nafas berish 
usuli. Sun’iy nafas oldirishga kirishishdan avval shikastlangan odamni 
chalqancha yotqizib, havo o‘tkazuvchi yo‘llari havo o‘tishi uchun ochiq 


turganiga ishonch hosil qilish kerak, buning uchun uning boshini imkoni 
boricha ko‘proq orqaga engashtirib qo‘yiladi. Jag‘lari qisiiib qolgan 
bo‘lsa, pastki jag‘ini oldinga tortib engagiga bosish, og'zini ochish, 
so‘ngra salfetka bilan og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak yoki quruq massalardan 
tozalab olish va sun’iy nafas oldirishga kirishish: shikastlangan 
odamning ochiq turgan og‘ziga bir qavat salfetka (dastro‘mol) qo‘yib, 
bumini qisish, chuqur nafas olib, lablami shikastlangan odam lablariga 
mahkam taqash va germetik qilib turib, kuch bilan uning og‘ziga havo 
puflab kiritish kerak. Kam havo puflab kiritiladigan bo‘lsa, bunday 
sun’iy nafas naf bermaydi. Havoni tabiiy nafas tiklanguncha, bir 
daqiqada 16-18 martadan bir maromda puflab yuborib turiladi. 
Shikastlangan odamning pastki jag‘i yaralangan bo‘Isa, sun’iy nafasni 
boshqa usul bilan oldirish mumkin,bunda havo shikastlangan odamning 
burnidan puflab kiritiladi Zambilning tasmalari yoki bir-biriga ulangan 
ikkita-uchta shimning kamari bilan shikastlangan odamni dam-badam 
(nafas harakatlari maromida) 10 sm gacha yuqori ko'tariladi va pastga 
tushiriladi. Shikastlangan odam yuqori ko‘tari!ganida ko‘krak qafasi 
yozilishi natijasida unga nafas kiradi, pastga tushirilganida ko‘krak 
qafasining siqilishi tufayli undan nafas chiqadi. Yuraк faoliyati birdan 
to'xtab qolgan paytda (buning alomatlari puls yo4qolib qolishi, yurak 
urishining biiinmasligi, ko‘z qorachiqlarining yorug‘likka reaksiya 
ko‘rsatmay, kengayib turishidir) darhol yurakni bilvosita uqalashga 
kirishiladi: shikastlangan odamni chalqancha yotqiziladi. u imkon qadar 
usti qattiq joyda yotishi kerak. Yordam beruvchi kishi uning chap 
tomoniga o‘tib, ustma-ust qo‘yilgan o ‘z kaftiarini to‘sh suyagining 
pastki uchdan bir sohasiga qo‘yadi. Ulaming birinchisi yurakni bilvosita 
uqalab boradi, ikkinchisi «og‘izdan og‘izga» usuli bilan sun’iy nafas 
oldiradi, uchinchisi esa shikastlangan odamning o‘ng tomoniga o ‘tib, 
uning boshini ushlab turadi va sun’iy nafas oidirish bilan yurakni 
bilvosita uqalashni kerakli vaqt davomida uzluksiz davom ettirib borish 
uchun yordam beruvchilardan
47. 
Terminal holatlar va ularda yordam ko'rsatish
Reanimatologiya — organizmni tiriltirish, terminal holatdan 
chiqarish, terminal holatlar vujudga kelishining oldini olish va 


ularning etiopatogenetik omillarini o‘rganuvchi fandir. Organizm 
himoya kuchlarining susayishi va hayotiy muhim organlar faoliyati- 
ning izdan chiqishi oqibatida ro‘y bergan, o‘limga chegaradosh holat 
terminal holat deb ataladi. 
48. 
Suyaklar singanda yordam ko'rsatish
Singan suyak uchun birinchi yordam
Tez yordam mashinasi yoki shifoxona juda uzoqda deylik. 
Yordam kutayotganda suyak singan odamga birinchi yordam 
ko'rsatishingiz mumkin. 
Har qanday qon ketishini kamaytiring: Agar odam yoriq atrofidagi qon 
ketayotgan bo'lsa, siz bosim o'tkazib, qon ketishini atrofini steril bandaj, 
toza kiyim yoki mato bilan o'rashingiz mumkin. 
– Bu hududga muz qo'llang: shish va og'riqni kamaytirish uchun muz 
paketini lattaga o'rang va shikastlangan joyga surting. 
– Shikastlangan joyni immobilizatsiya qiling: suyak singan joyda, iloji 
boricha harakatsiz saqlanishiga ishonch hosil qiling. Agar a bo'yin yoki 
orqa miya singan bo'lsa, odamni qimirlatmang va harakatsiz turishiga 
yordam bering. Agar bu oyoq yoki qo'l bo'lsa, siz ularni vaqtincha 
gipsga qo'yishingiz yoki singan suyaklarga bosim o'tkazmasdan tashish 
uchun yurishga yordam berishingiz mumkin. 


- Shok uchun g'amxo'rlik qiling: agar odam shokda bo'lsa, bu odatda 
travmatik hodisadan keyin sodir bo'ladi, chunki tana parvoz yoki jang 
rejimiga o'tadi. Insonga g'amxo'rlik qilish muhim! Bu shunchaki tasalli 
beradimi yoki ularni qulay holatga o'tkazadimi. Yordam kelganda shok 
uchun yordam ko'rsatish dunyoni o'zgartiradi 
Agar odam kuchli qon ketayotgan bo'lsa, ko'p miqdorda og'riq his qilsa 
yoki hushidan ketsa. Shoshilinch raqamni tering va ularga vaziyatni 
aytib bering. 
Yordam tezda kelishi juda muhimdir. Agar kerak bo'lsa, ular nafas 
olmasa, yurak massajini bajaring. 
Favqulodda yordam raqamini ko'p hollarda suyak singan bo'lsa, boshqa 
shikastlanmaslik uchun chaqirish kerak. 
Eng ko'p uchraydigan suyak sinishi va sinishi
Suyaklar tananing turli joylarida sinadi. 
Biroq, suyaklarning sinishi ehtimoli ko'proq bo'lgan alohida joylar 
mavjud. 
Eng keng tarqalgan sinishlar: 
Wide Group Expo 720×90 logotipi 
Bilagi 


to'piq suyagi 
Hip 
Bu suyaklar biz ham qarigan sari sinishi mumkin. Shuning uchun bu 
suyaklarga zarar bermaslik uchun diqqat bilan qarash kerak. 
Suyak sinishi va sinishi turlari: 
- Yopiq sinish 
- Ochiq sinish 
- Greenstick sinishi 
- Soch chizig'ining sinishi 
- Murakkab sinish 
- maydalangan sinish 
- Avulsiya sinishi 
- Siqish sinishi 


Bu sinishlar va tanaffuslar nafaqat oyoq va qo'llarda emas, balki 
tanadagi har qanday suyakda paydo bo'lishi mumkin! Ba'zi turdagi 
yoriqlarni davolash va tuzatish boshqalarga qaraganda qiyinroq bo'lishi 
mumkin. 
Singan suyakni davolash 
Singan suyakni tuzatish hech qachon oson ish emas. 
Biroq, singan suyaklar tez-tez uchraydi va zamonaviy texnologiyalar 
shifokorlarga singan suyaklaringizni tuzatishning eng yaxshi usulini 
topishga yordam berdi. 
Afsuski, singan suyakning tiklanishi yoriqning og'irligiga qarab bir 
necha oy davom etishi mumkin. 
Suyak va uning atrofidagi mushaklar tiklanishi uchun jarrohlik yoki 
reabilitatsiya talab qilinishi mumkin. 
Yuqorida aytib o'tganimizdek, rentgen - bu yoriqni tashxislashning eng 
yaxshi usuli va eng yaxshi tiklanish usuli. 
Davolash har xil, ammo bu erda eng keng tarqalgan usullar mavjud:
- Qavslar 
- Gips quyma 


-Traktsiya (shkivlar, pinlar va og'irliklarning kombinatsiyasi, odatda 
tananing pastki qismida, lekin kamdan-kam uchraydi) 
-Suyakni ushlab turish uchun jarrohlik yo'li bilan o'rnatilgan metall 
tayoq yoki plastinkalar 
- Og'riq qoldiruvchi dori 
Ko'pchilik singan suyaklar gipsga joylashtiriladi. 
Gips - bu suyakning to'g'ri tiklanishi uchun suyakning harakatini yo'q 
qilishning ajoyib usuli. 
Agar gips qo'yilganda suyak egilgan yoki noto'g'ri bo'lsa, singan suyak 
to'g'ri tuzalishi uchun uni qayta sindirish kerak bo'ladi. 
Misol uchun, gips sizning buzoq mushaklari atrofiga qo'yilgan bo'lsa va 
oyog'ingiz butunlay tekis bo'lmasa. Suyakni sindirish va gipsni qayta 
qo'llash kerak bo'ladi. 
Nogironlar aravachalari va Crunches, shuningdek, suyak ustida 
yurganda ortiqcha kuchlanish bo'lmasligiga ishonch hosil qilish uchun 
reabilitatsiya jarayonida qo'llaniladi. 
49. 
Kuyishda birinchi yordam
 
Kuyish deganda to‘qimalarning kimyoviy va termik ta’sirlar natijasida 
travmatik jarohati tushuniladi. Yuqori harorat bilan kuyish ko‘pincha 


yong‘in sodir bo‘lganda, issiq jismlar, suv, yog‘ va boshqalar bilan 
kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Kimyoviy kuyish esa teri qoplamasiga 
ishqor, kislota va og‘ir metall tuzlari tushganda kelib chiqadi. Aynan 
kuyish, inson o‘limiga sababchi bo‘luvchi jarohatlar ichida ikkinchi o‘rinni 
egallaydi, ko‘pincha kuygan inson yon atrofidagilar o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
usulda birinchi yordamni ko‘rsata olishmaydi. Shuning uchun ham har 
bir inson kuyishda birinchi yordam sifatida bajariladigan elementar 
harakatlarni bilishi shart. Kuyish jarayoni kuzatilsa, birinchi navbatda tez 
tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak. Ular kelgunicha bemor ahvolini 
yaxshilash uchun ayrim harakatlar bajarilishi kerak:
Jarohatlovchi manbani 
olib tashlash, kuygan kiyimlardan halos etish kerak; 
 
10-20 daqiqa davomida kuygan sohani muzlatish zarur (uzoq muddatga muzlatish qon 
tomirlarni kuchli spazmiga olib keladi, qon bilan ta’minlanishni buzadi), bu terining kuyish 
chuqurligini kamaytiradi, to‘qimalar zararlanishini va og‘riq hissini kamaytiradi. Kuygan 
sohani muzlatish faqatgina kuygandan keyin 2 soat davomida bajariladi; 
 
Og‘riqsizlantirish, undan keyin kuygan sohaga steril bog‘lam qo‘yish, agar kuyish katta 
sohani egallagan bo‘lsa, toza yopinchiq bilan yopib qo‘yish kerak; 
 
Birinchi darajali kuyishlarda maxsus kuyishda qo‘llaniladigan moddalardan foydalansa 
bo‘ladi. Agar yosh bola kuygan bo‘lsa, terini qayta ishlashda e’tiborli bo‘lish kerak. Bolalarda 
kuyishda eng asosiy qilinishi kerak bo‘lgan chora antiseptikadir. Ota-onalar doimo savollar 
berishadi, kuyganda paydo bo‘ladigan pufakli yaralarni qanday qilib zararsizlantirish va 
og‘riqni qanday kamaytirish mumkin? Briliant yashili (Бриллиантовый зелёный) va yod 
eritmasi haqida unuting, bolakayning nozik terisiga bunday vositalar qo‘zg‘atuvchi ta’sir 
ko‘rsatadi. Shuning uchun hozirgi pediatrlar antiseptik vosita sifatida kumush tuzlari 
eritmalaridan foydalanishni tavsiya etishmoqda. Masalan, «Surfalgin» preparati 
bakteriyalardan himoya qiladi, regeneratsiya (bitish) jarayonini tezlashtiradi va har qanday 
bolalar terisiga mos keladi. 
50. 
O'pka-yurak reanimatsiyasi nima degani va uni o'tkazish tartibi 
51. 
Qusishda bemorlarda birinchi yordam ko'rsatish


52. 
Muz va sovuq quyish tartibi va qoidalari
53. 
Narkoz haqida tushuncha, uning xirurgiyada ahamiyati
Narkoz bosqichlari va darajalari. Narkoz vaqtida narkotik 
moddaning konsentratsiyasi va turiga bog‘liq holda uning muayyan 
bosqichlarini va darajalarini farq qilish mumkin. Quyida efirdan 
foydalanishda narkozning klassik kechishi tasvirlangan. Boshqa 
narkotiklar qo‘llanilganda narkozning kechishida ba’zi bir o‘zgarishlar 
kuzatilishi mumkin.
1- bosqich — analgeziya bosqichi 3—4 daqiqa davom etadi va 
es-hushning xiralashuvi, og‘riq sezgisining yo‘qolishi bilan 
xarakterlanadi. Qorachiqlar yorug‘likka reaksiya beradi, reflekslar 
saqlanib qoladi, arterial bosim, puls awalgi darajada bo‘ladi. Bu 
bosqichdan (hushsiz qiladigan raush narkozi) kichikroq operatsiyalar 
(yiringlagan joyni kesish) qilish, ba’zan og‘riqqa sabab 
bo‘ladigan muolajalami bajarishda foydalaniladi.
2- bosqich — qo‘zg‘alish bosqichi birmuncha uzoq vaqt davom 
etadi va bemorda harakat reaksiyasining oshishi, nutq markazining 
qo‘zg‘alishi bilan xarakterlanadi (bemor nima deyayotganini 
bilmay ko‘p gapiradi). Arterial bosim oshadi, puls tezlashadi, 
mushak tonusi va reflekslari oshgan bo‘ladi, tez va notekis nafas 
olish, qayt qilish kuzatilishi mumkin. Bu bosqich ichkilikdan qattiq 
mast bo‘lgan odam holatini eslatadi. Ichkilikm suiiste’mol qiladigan 
bemorlarda qo‘zg‘alish birmuncha keskin namoyon bo‘ladi.


3- bosqich — xirurgik bosqich. Narkoz paydo bo‘lishi vaqti narkotik 
moddaga bog‘liq. Bu bosqichda xirurgik operatsiyalar o‘tkaziladi. 
Bosqichning to‘rt darajasi bor.
Birinchi darajasi: es-hush batamom yo‘qoladi. Og‘riq va taktil 
(teri) sezuvchanligi bo‘lmaydi, qorachiqlar toraygan, biroq muguz 
parda refleksi va mushaklaming tarangligi saqlanib qoladi. Ko‘z 
soqqalarining «suzib yuradigan» harakatlari saqlanib qoladi.
Ikkinchi darajasi: qorachiqlar toraygan, muguz parda refleksi 
saqlanib qoladi. Mushaklar qisman bo‘shashadi. Bu darajada tilning 
halqumga tiqilib qolish xavfi bo‘ladi.
Uchinchi darajasi: puls sekinlashadi, arterial bosim pasayadi, 
nafas yuzaki bo‘lib qoladi. Ko‘z qorachig‘i kengayadi, muguz parda 
refleksi yo‘qoladi. Mushaklar batamom bo‘shashadi.
To‘rtinchidarajasi:nafasbirmunchayuzaki, qorachiqlarkengaygan, 
yorug‘likka reaksiya bermaydi, muguz parda nursiz. Puls tez, 
to‘liqligi sust. Arterial bosim tobora pasayadi. Narkozning bu darajasiga 
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki o‘lim bilan tugashi mumkin. 
4- bosqich — uyg‘onish davri. Narkozning barcha alomatlari 
tartib bilan yo‘qoladi. Bu bosqich uxlab qolish davridan uzoqroq 
davom etadi.
Ingalatsion narkoz uchun niqoblar va apparatlar. Narkoz paydo 
bodgan davrdan boshlab ko‘p sonli niqoblar va apparatlar taklif 
qilingan. Ularning sifati va tuzilishi narkozning kechishiga ko‘p 
jihatdan bogdiq. Ularning ko‘pchiligi hozirgi kunda xirurgiya 


amaliyotida qodlanilmaydi, faqat tarixiy ahamiyatga ega, xolos.
Esmarx va Shimmelbush niqoblari tuzilishijihatidan eng oddiy 
niqoblardan hisoblanadi (21-rasm). Ular sim tohdan iborat 
bo‘lib, operatsiyadan oldin unga bir necha qavat doka tortib qo‘yiladi. 
Niqobni yuzga qo‘yib, unga bir necha tomchi narkotik modda 
tomiziladi. Sadovenko niqobi namat toddirilgan va narkotik modda 
quyiladigan metall rezervuar 1, nafasni tekshirib turish uchun 
rezina qopcha 2 va narkotik modda yuboriladigan regulator 3, niqob 
4 dan tashkil topgan 
54. 
Narkoz turlari va ularga ko'rsatmalar 
Narkoz turlari. Narkotik moddani kiritish yo‘llariga ko‘ra 
ingalatsiyali va ingalatsiatsiz umumiy og‘riqsizlantirish farq qilinadi.
Ingalatsion narkoz deb, narkotik modda nafas yo‘llari orqali 
yuboriladigan umumiy og‘riqsizlantirish turiga aytiladi. Ingalatsiyasiz 
narkozlarga vena ichi, to‘g‘ri ichak, teriosti turlari kiradi.
Narkotik uyquning chuqurligiga ko‘ra narkoz yuzaki va chuqur 
bo‘lishi mumkin.
Bitta narkotik modda yuboriladimi yoki ulaming aralashmasimi, shunga 
ko‘ra quyidagilar farq qilinadi: bitta modda beriladigan sof narkoz (azot 
(I)-oksidi, efir, ftorotan va boshqalar), 
bu moddalarning aralashmasi qo‘llanadigan narkoz aralash narkoz 
deyiladi, faqat narkotik moddalar emas, balki ularni yuborish 
yo‘llari ham kombinatsiya qilinadigan narkoz kombinatsiyali 
narkoz deyiladi. Ko‘pincha narkozning bir turi bazis (asosiy) 


narkoz sifatida qilinadi, so‘ngra boshqa narkotik modda bilan davom 
ettiriladi.
Ingalatsion narkoz. Narkozning bu turiga turli xil narkotik 
moddalar (efir, ftorotan, xloretil va boshqalar) yoki gazlar (azot 
(I)-oksidi, siklopropan va boshqalar)ni nafasga olish (ingalatsiya) 
yo‘li bilan erishiladi. Ingalatsiya uchun quyidagi moddalar keng 
qo‘llanilmoqda.
A. Suyuq narkotik moddalar. 
Efir (Aether pro narcosis) — o‘ziga xos hidi va achishtiruvchi 
ta’mi bo‘lgan rangsiz tiniq suyuqlik. Oson alangalanadi. Efiming 
havo bilan aralashgan bug‘lari portlashi mumkin. Efiming sifati 
quyidagi usullar yordamida sinab ko‘riladi: 1) filtr qog‘ozdan 
bug‘langandan so‘ng hidi qolmasligi kerak; 2) oynadan bug‘latilgandan 
so‘ng nordon reaksiya beradigan cho‘kma qolmasligi kerak 
(eritilganda ko‘k lakmus qog‘ozni qizartiradi). Zarg‘aldoq rangli 
shisha flakonlarda 100 ml dan chiqariladi. Olovdan uzoqda, yorug‘lik 
tushmaydiganjoyda saqlanadi.
Xloroform (Chloroformium) — tiniq rangsiz suyuqlik. Yorug‘- 
likda parchalanadi. Organizmdan, asosan, siydik bilan chiqariladi. 
Sofligiga sinash: 1) filtr qog‘ozidan bug‘langanda hidi qolmasligi 
kerak; 2) ko‘k lakmus qog‘oz botirilganda xloroform uni qizar82 
tirmasligi kerak. Zarg‘aldoq rangli shisha flakonlarda 50 ml dan 
chiqariladi. Salqinjoyda saqlanadi.


Xloretil (Aethylicum chloratum) — o‘ziga xos hidli, uchuvchan 
rangsiz suyuqlik. Oson alangalanadi. Shisha ampulalarda 20 ml dan 
chiqariladi. Yorug‘lik tushmaydigan, salqinjoyda saqlanadi.
Ftorotan (Phtorotanum) — yoqimli hidga ega bo‘lgan rangsiz 
suyuqlik. Alangalanmaydi va portlamaydi. Efirdan birmuncha kuchli, 
biroq toksini bor. Bemor 1—2 daqiqa ichida hushidan ketadi, narkotik 
holat tezda yuz beradi. Ko‘pincha azot (I)-oksidi bilan birga 
qo‘llaniladi. Zarg‘aldoq rangli flakonlarda chiqariladi.
Pentran (Pentran), metoksifluran, ingalan—o‘ziga xos meva 
hidi keladigan tiniq suyuqlik, alangalanmaydi va portlamaydi. 
Narkotik faolligijihatidan efir va xloroformdan ustunlik qiladi. 
0,5—0,8 hajm foizini nafasga olish ro‘y-rost analgeziyani keltirib 
chiqaradi. Narkoz apparatlarining rezina detallariga shimilib qolish va 
keyin qayta difiuziyalanish xossasiga ega, shunga ko‘ra 
operatsiya tugashidan 10—20 daqiqa oldin anestetik uzib qo‘yiladi. 
To‘q rangli zich berkiladigan idishlarda saqlanadi.
Trixloretilen (Trichloraethylenum), trilen, narkogen — rangsiz, 
o‘ziga xos hidli, tiniq uchuvchan suyuqlik. Kuchli narkotik ta’sirga 
ega, 0,4—0,7 hajm foiz konsentratsiyada analgeziya hosil qiladi,
2— 3 hajm foizi narkotik ta’sir beradi. Qisqa muddatli operatsiyalarda 
analgeziya uchun qo‘llaniladi. Germetik idishda, yorug‘lik 
tushmaydigan salqinjoyda saqlanadi.
Vineten (Wineten) — tiniq, benzin hidini eslatadigan uchuvchan 


suyuqlik. Kuchli anestetik. Nafasga olinadigan aralashmada 0,2 hajm 
foiz konsentratsiyada analgeziya keltirib chiqaradi. 2—3 hajm foizda 
bug‘lanib yo‘qolishi mumkin, 4 hajm foizda narkozning xirurgik 
bosqichini hosil qiladi. To‘q rangli idishda, past haroratda saqlanadi.
B. Gazsimon narkotik moddalar. 
Azot (I)-oksidi (Nitrogenium oxydulatum) — shodlantiruvchi 
gaz. Po‘lat ballonlarda saqlanadi. Yonmaydi, hidi yo‘q. Kislorod 
bilan aralashmasi, aksariyat 70—80% li azot (I)-oksidi va 20— 
30% li kislorod hisobidagi aralashmasi ishlatiladi.
Siklopropan (C3H6) — tez yonuvchi gaz. Portlashi mumkin. 
Ballonlarda saqlanadi. Tez ta’sir qiladi. Ko‘pinchaboshqa vositalar 
(azot(I)-oksidi, efir) bilan birga qo‘llaniladi.
Narkotik moddalarning farmakologik ta'siri. Narkotik moddalarning 
ta’sir mexanizmi hali to‘la-to‘kis o‘rganilmagan. 
Narkozning bir necha nazariyalari bor. Ko‘pchilik olimlar narkotik 
moddalar markaziy nerv sistemasiga falajlovchi ta’sir ko‘rsatadi 
deb hisoblaydilar.
55. 
Mahalliy narkoz turlari va ularaga ko'rsatmalarni ayting
MAX.ALLIY ANESTETIQLAR 
Novokain (prokain, parakain, xemokain, etokain). Rangsiz, 
hidsiz, taxir mazali kristall, suv va spirtda eruvchan modda. 
Infiltratsion anesteziya uchun keng qo‘llaniladi, bu maqsadda 
0,25 % — 0,5 % eritmalardan foydalaniladi. Shillik. pardalar 


anesteziyasi uchun 5—10 % eritmasi, regionar anesteziya uchun 1—2 % 
eritmasi ishlatiladi. Subaraxnoidal anesteziya uchun novokainning 5 % 
eritmasidan 2—3 ml, peridural anesteziya uchun esa 2-3 % 
eritmasidan 20—25 ml yuboriladi. Ishlatilishi mumkin bo‘lgan 
maksimal dozasi 20 mg/kg, ta’siri 60 min davom etadi. Novokain 
. intoksikatsiyasi ro‘y berganda bemorning rangi-ro‘yi o‘zgaradi, boshi 
aylanib, ko‘ngil behushligi va qusish paydo bo‘ladi. Yurak urishi va 
nafas olishi tezlashadi, arterial qon bosimi tushadi. Bemor 
notinchlanadi, qo‘rquv va alahsirash, gallyusinatsiyalar boshlanadi. 
Og‘ir intoksikatsiya holatlarida bemor hushini yo‘qotadi, harakat 
qo‘zg‘alishi, tutqanoq tutadi. 
56. 
Umumiy narkoz turlari va ularaga ko'rsatmalarni ayting
UMUMIY ANESTETIQLAR 
INGALYATSION ANESTETIKLAR 
Azot oksidi. Rangsiz, hidsiz va chuchukroq mazali gaz. Azot 
oksidi 36,5°S dan past haroratda suyuqlikka aylanadi. 1 kg suyuk 
holdagi azot oksididan 500 l gaz hosil bo‘ladi. Azot oksidi 
«nyudlantiruvchi gaz» ham deyiladi. NOINGALYATSION 
ANESTETIKLAR 
Natriy tiopentali (pentotal-natriy, tiopentobarbital). 
G‘ovaksimon massa, suvda eruvchan. Natriy tiopentali organizmga 
asosan vena orqali yuboriladi. Buning uchun 1—2,5 % li eritmalar 
ko‘llaniladi. Goho mushaklarga in’eksiya kilish uchun ham ko‘llani- 


ladi. Pediatriya sohasida tiopental natriy to‘g‘ri ichak ork.ali ham 
yuboriladi. 
57. 
Yotoq yaralar va uning oldini olish chorlalari.
Yotoq yara (lat. decubare - yotmoq) - ma’lum sharoitlarda, tananing 
ma’lum qismlarida bosim tufayli kelib chiqadigan va to’qimalarning 
ishemiyasi (qonsizlanishi) hamda nekroziga (to’qima o’lishi) olib kelish 
bilan xarakterlanadigan kasallik bo’lib hisoblanadi. 
Yotoq yaralar kelib chiqishidagi xavfli omillar 
• Noratsional ovqatlanish; 
• Ortiqcha vazn va ozib ketish; 
• Chekish; 
• Yurak-qon tomir kasalliklari; 
• Qandli diabet; 
• Аxlat va siydik tuta olmaslik; 


• Orqa miya va bosh miya travmalari; 
• Tana haroarti ko’tarilganda ko’p terlash; 
• Iflos teri; 
• To’shakdagi mitti va kichik narsalar; 
• Kiyimlardagi burmalar, choklar, tugmalar; 
• Teriga ishlov berish vositalariga allergik reaktsiya. 
58. 
Infektsiyaning tarqalish yo'llari va ularni oldigi olish chora -
tadbirlari
Infeksiyaning jarohatga tushish yo‘llari. Jarohatga infeksiya 
ekzogen va endogen yo‘l bilan tushishi mumkin.
Ekzogen yo‘l bilan infeksiya tashqi muhitdan — havodan, 
jarohatga tekkan buyumlardan (kontakt infeksiya), xodimlar 
so‘zlashayotganda va yo‘talayotganda ajraladigan so‘lagidan va 
shillig‘idan (tomchi infeksiya), to‘qimalarda qoldiriladigan chok, drenaj, 
metall sterjen, tampon va boshqalardan (implantatsion infeksiya orqali) 
tushishi mumkin.
Endogen yo‘l bilan infeksiya bemor organizmining o‘zidagi 
infeksiya o‘choqlaridan (terining yiringli zararlanishi, murtak 
bezlari, nafas yo‘llari, ichak shilliq pardasining o‘tkir hamda surunkali 
yallig‘lanishi va hokazo) yuqadi. Infeksiyajarohatga operatsiya vaqtida, 
shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda qon tomirlar (gematogen 
yo‘l) va limfa tomirlari (limfogen yo‘l) orqali 
tushishi mumkin.
Xirurgiyada jarohatga mikrob tushish xavfini kamaytirish 


imkonini beradigan izchil tadbirlar sistemasi ishlab chiqilgan. 
Bunga hozirgi zamon xirurgiyasining asosi hisoblangan antiseptika 
va aseptika usullarini qo‘llash yo‘li bilan erishiladi.
59. 
Parxez stollari va uni tibbiyotda o'rni
60. 
Yatrogeniya tushunchasi nima va ularing turlari ayting
Tibbiyot xodimining so‘zi bemoming davolanishida doimo muhim o‘rin 
tutib kelgan. Bemorga aytilgan har bir og‘ir so‘z uning ko‘nglini 
tinchlantirishi, sog‘ayishga umid uyg‘otishi lozim. Ba’zan tibbiyot 
xodimlarining o‘ylamasdan aytib yuborgan so‘zlari bemorda kasallik 
chaqiradi, bu yatrogeniya deb ataladi. Yatrogen kasalliklarning asosiy 
sababchisi umumiy tibbiy madaniyatning yetishmasligi, 
shoshmashosharlik, vaqtning kamligi, bemorga kasallikning yomon 
tashxisi yoki oqibatini, tahlillaming natijalarini, ayniqsa, u ko‘ngilsiz 
bo‘lsa, aytib qo‘yish va boshqalardir.
61. 
Eftanaziya tushunchasi nima va ularing turlari ayting. 
Evtanaziyada bevosita va bilvosita qatnashish. 
Ko’pincha kasbiy bilimlarning yetishmasligi xirurgiyadagi 
yatropatgeniyalarning sababi bo’lib qolishi mumkin. Masalan bemorda 
kam uchraydigan va qiyin tashxis qo’yiladigan kasallik bo’lganda 
shifokor bilimining yetishmasligi oqibatidagi yatrogen patologiya kelib 
chiqishi mumkin. Bunday yatropatogeniyalarning yaqqol misoli qilib 
davriy kasalliklardagi ko’p sonli jarroxlik aralashuvlarini keltirish 
mumkin. 
Kelib chiqishi fizik omillarga asoslangan yatrogen kasalliklarni davolash 
(turli xil diagnostik va davolash muolajalari va operatsiyalar) 
konservativ (fizioterapiyaning turlari, medikamentoz, sanator-kurort 
davolash) yoki qayta operatsiya qilishni talab qilishi mumkin, masalan, 
chandiqlanish kasalligida, operatsiya qilingan oshqozon kasalliklarida. 


Kelib chiqishi fizik omillarga asoslangan yatropatogeniyalar 
profilaktikasida hаr qanday ko’lamdagi instrumental tekshiruv usullari 
va diagnostik va davolash xarakteridagi muolajalarga ko’rsatmalarni 
ongli ravishda cheklash, operativ davolashni faqatgina kasallik 
etiologiya va patogenezi, patofiziologik mexanizmlari chuqur va ko’p 
tomonlama o’rganilganda, operatsiya vaqtida a’zo va to’qimalar bilan 
iloji boricha avaylab muomila qilishga qaratilgan, chuqur o’rganib 
chiqilgan jarroxlik texnikasi bilan olib borish kerak. 
Evtanaziya (yoki eytanaziya) (yunon. εὖ - “yaxshi” tάνᾰτος “o’lim”), 
(ingl. Euthanasia yengil (og’riqsiz)) – tuzalmas kasallikka chalingan, 
chidab bo’lmas azoblarni boshidan o’tkazayotgan inson xayotini 
to’xtatish yoki qisqartirish, tibbiy ko’rsatma bo’lmaganda og’riqsiz yoki 
kam og’riqli shakldagi azoblarini to’xtatish iltimosini bajarish amaliyoti. 
Laboratoriyadagi va daydi hayvonlarni uxlatib o’ldirish ham 
“evtanaziya” deyiladi. 
Evtanaziya ikki turga bo’linadi: passiv evtanaziya (be’mor xayotini 
ta’minlab turgan davoni tibbiyot xodimlari tomonidan kasddan 
to’xtatish) va aktiv evtanaziya (o’layotgan be’morga tez va og’riqsiz 
o’limga olib keluvchi preparatlarni yuborish yoki boshqa amallarni 
bajarish). Bundan tashqari ixtiyoriy yoki noixtiyoriy evtanaziyalarni 
farqlash lozim. Ixtiyoriy evtanaziya bemor iltimosi yoki oldindan 
berilgan roziligi bilan o’tkaziladi. Noixtiyoriy evtanaziya be’mor 
roziligisiz, odatda xushsiz yetgan holatida amalga oshiriladi. U 
nokompitent bemor bilan qarindoshlari yoki javobgar shaxs tomonidan 
berilgan rozilik bilan amalga oshiriladi. 
Rossiyada aktiv va passiv evtanaziya jinoyat hisoblanadi va qasddan 
sodir etilgan jinoyat kabi tasniflanadi. O’zbekistonda evtanaziyaning 
barcha turi ta’qiqlangan. 
62. 
SHaxsiy gigiena qoidalari haqida tushuncha va uning tibbiyotda 
ahamiyati
Shaxsiy gigiyena - gigiyenaning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat 
faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam 
sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. 


Shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib, 
aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan 
shugʻullanish vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam 
olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda badan (teri, soch, 
tirnoq, tishlar), kiyim-kechak, poyabzal, koʻrpa-toʻshak, turar joy, ovqat 
tayyorlash gigiyenasi va hokazo. ham Shaxsiy gigiyenaga kiradi. 
Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur. 
Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, 
shuning uchun qoʻlni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri 
parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham 
qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga 
bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. 
Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa, badanning 
ochiq, ayniqsa, koʻp terlaydigan joylarini, qoʻltiq va koʻkrak ostini issiq 
suv bilan sovunlab yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish, 
agar barmoq burmalarida chaqalangan, bichilgan joylar boʻlsa davolatish 
kerak. 
Ogʻiz boʻshligʻini toza tutish faqat tishlarning sogʻlom boʻlishini 
taʼminlabgina qolmay, balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini 
olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, 
ovqatlangandan keyin ogʻizni chayishga odatlanish kerak; agar ogʻiz 
hidlansa, darhol vrachga koʻrinish zarur. 
63. 
OITS tushunchasi va uni profilaktikasi
Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — retrovirus guruhiga 
mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻlinadi: OIV 
infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OIV infeksiyasi davri odam 
organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon 
boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda professor Lyuk 
Montanye hamda AQShda professor Gallo boshchiliYo-gidagi olimlar 
tomonidan kashf etilgan (1983-yil). Bu virus odamning immunitet 


tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga 
qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng, 
25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi 
mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda 
harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, 
qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida 
toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga 
tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish 
reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija 
bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan 
boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan ham uzoq 
davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OIV infeksiyasi 
tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan 
antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga 
asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan 
soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni 
ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida 
virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish 
natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin. 
64. 
Siydik va ichak oqmalari bilan bemorlar parvarishi
Ichak oqmasidan tashqariga chiqib ketayotgan ichak shirasini 
organizmga qaytarish, 
Ichak oqmasidan tashqariga chiqib ketayotgan ichak shirasini 
organizmga qaytarish, 
Infuzion muolaja (elektrolit eritmalari, ugle-vodlar, aminokislotalar, 
qon, plazma, vitaminlar va boshqalar, 
Parenteral ozuqalantirish (Selemin, Selepid), 
Enteral zondli ozuqalantirish. 
Siydik oqmasi bor yoki qovug’i bo’sh (chakmazak) bemorlarni kuniga 
bir necha marta kaliy permanganat eritmasida badanlarining pastki 
qismini yuvib, yotish oldidan gigiyenik vanna qildirish mumkin. Siydik 


ta’sirida yallig’langan teriga Lassar pastasi, rux malhami surtilsa, 
ultrabinafsha nurlarini ta’sir etkizsa foyda qiladi. 
65. 
Tana haroratini o'lchash turlari
Termometriya – bemorning tana haroratini o’lchash odatda simobli 
termometr
bilan amalga oshiriladi. Buning uchun oldindan dezinfeksiya qilinib, 
yuvib, quritilgan
va maxsus idishda saqlanayotgan termometr ko’zdan kechiriladi, yuqori 
qismidan
ushlab silkitish yo’li bilan simob ustunchasi pastki keng qismiga o’tishi
ta’minlanadi. Bemorning qo’ltig’i osti quruq toza sochiq bilan artilib,
termometrning simob solingan qismi qo’ltig’iga qo’yilib, yelkasi bilan 
qisib
turiladi. O’n daqiqa vaqt o’tganidan keyin natija baholanadi. Simob 
ustunchasining
uchi termometrning raqamlangan qismida bemor tanasining haroratini 
ko’rsatib
turadi. Ishlatilgan termometrlar dezinfeksiya qilinib, yuvilganidan keyin 
maxsus 
idishlarda saqlanadi. Ayrim holatlarda harorat chov burmasi, og’iz 
bo’shligi, to’g’ri
ichak yoki qinda o’lchanishi mumkin, 
Gemodinamik ko’rsatkichlarni baholash bemorda shok, yurak – qon 
tomir kasalliklarining xuruji natijasida rivojlanadigan shoshilinch, 
kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam ko’rsatilishi lozim bo’lgan 
holatlarni tezda aniqlash imkonini beradi. Termometriya o’tkazishda 
aniqlanadigan gipertermiya holatlari shaytonlash sindromi bilan 


asoratlanishi, markaziy asab tizimi va boshqa a’zolar faoliyatining 
buzilishiga sabab bo’lishi mumkinligi uchun bemorga shoshilinch tibbiy 
yordam ko’rsatilishini talab qiladi. Gipotermiya bemor organizmining 
kompensatsiya imkoniyatlari qolmaganligi, ahvoli o’ta og’ir bo’lganidan 
dalolat beradigan alomat bo’lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda tana 
haroratining o’zgarishlari yuqumli kasalliklar mavjudligi to’g’risida 
gumon qilish uchun asos bo’ladi, epidemiologik hushyorlik choralarini 
ko’rishga undaydi. Antropometriya bemorning jismoniy rivojlanishi 
holati, umumiy ahvoli to’g’risida ma’lumot berib, dori – darmonlar 
dozasi va davolash uslublarini to’g’ri tanlashda foydali bo’lishi mumkin. 
66. 
Qon bosimni o'lchash usullari
Qon bosimini oʻlchash tibbiyot xodimi uchun muhimdir. U quyidagi 
hollarda, ayniqsa, foydalidir: 
Homilador ayollar. 
Onalar tugʻruqdan oldin va keyin. 
Koʻp qon yoʻqotayotgani(tashqi yoki ichki qon ketish hollari). 
Shok yoki allergik shok holatidagi odamlar. 
40 yoshdan oshgan odamlar. 
Semiz odamlar. 
Yurak muammolari, insult, nafas olishga qiynalyotgan, tez-tez boshi 
ogʻriydigan, shishgan, qand kasali, siydik yoʻllarining surunkali 
kasalliklari, shishgan yoki ogʻriqli venalari bor odamlar. 
Yuqori qon bosimi bor odamlar. 
Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalarni ichayotgan (yoki ichishni 
rejalashtirayotgan) ayollar. 


Qon bosimini pastlab ketishi ham, yuqorilab ketishi ham xavfli belgi 
hisoblanadi. 
Arterial qon bosimini oʻlchash 
Arterial qon bosimini oʻlchash yurak tomirlar va nafas tizimi 
kasalliklarida qoʻllaniladigan muhim tashxisiy usul hisoblanadi. 
Sogʻlom, katta yoshli odamlarda arterial bosim qator sabablarga, ayniqsa 
yoshga, nerv sistemasi holatiga, sutka soatlari va shunga oʻxshaganlarga 
koʻra oʻzgarib turadi. Sistolik bosim 120dan 140mmgacha, diastolik 
bosim esa 70-90mmgacha simob ustuni atrofida oʻzgarib turadi. Ertalab 
arterial bosim 5-10mm simob ustuniga past boʻladi. 
Qon bosimini oʻlchovchi 2 xil asbob mavjud: 
1)Koʻrsatkichli qon bosimini oʻlchaydigan asbob(manometr). 
2)Simobli qon bosimini oʻchaydigan asbob(sfigmomanometr). 
Qon bosimini oʻlchash ketma-ketligi 
Odam oʻzini xotirjam tutishi kerak. Yaqinda qilingan mashqlar, 
achchiqlanish yoki xavotirlanish qon bosimining ortishiga va notoʻgʻri 
maʻlumot olinishiga olib keladi. Odamning xavotirlanmasligi va 
qoʻrqmasligi uchun shifokor unga nima qilmoqchi ekanligini 
tushuntirish kerak. 
Odam qoʻlining yuqori qismiga asbobning yengini oʻrnatish lozim. 
Rezinali balonchaning burchagini berkitish kerak. 


Bosimni simob ustunining 200mmdan ortadigan qilib koʻtaradi. 
Fonendoskop tirsakning ichki tarafiga qoʻyiladi. 
Havoni asta-sekin qoʻyib yuborib, qon tomirining urishini diqqat bilan 
eshitish lozim. Asbobning koʻrsatkichi (yoki simob darajasi)asta tusha 
boshlaganda yuqori va pastdagi oʻlchamlarga eʻtibor qaratiladi. 
67. 
Bemorlar kiyimlari va oqliklarini almashtirish usullari
Zaruriyatga ko‘ra, ular qo‘shimcha ravishda almashtiriladi. Bo‘limda 
bir-kecha kunduzga yetadigan oqliqlar zahirasi bo‘lishi darkor. 
Oqliklarnn markaziy isitish radiatorlarida quritish va kasalga 
qaytadan berish aslo mumkin emas. Iflos oqliqlarni kleyonka 
qopga yoki qopqoqli idishga solib, darhol palatadan olib chiqib 
ketish lozim. Oqliqlar kirxonaga jo‘natilguncha maxsus ajratilgan 
xonada (iflos oqliqlar xonasida) baklarda yoki yashiklarda 
saqlanishi kerak. O‘rin-ko‘rpa 
oqliqlarini,-ayniqsa—og‘ir yotgan 
kasallarning o‘rnini almashtirishni tibbiyot hamshirasi kichik 
tibbiyot hamshirasi yordamida amalga oshiradi. Tibbiyot hamshirasi 
kichik hamshira har kuni ertalab iflos oqliqlarni sanab 
topshirishini kuzatib borishi darkor. Kasallar ustki kiyimlarini 
imkoniyatlariga ko‘ra o‘zlari almashtiradilar. Og‘ir yotgan ka sallarning 
ustki kiyimi almashtirilganda (18-rasm) hamshira 
uning orqa tomonidan ko‘ylagi chetidan ushlab, ehtiyotlik bilan bosh 
tomoniga tortadi, shundan so‘ng kasalning qo‘llarini yuqoriga 
ko‘tartirib, uning bo‘yniga qayirib qo‘yilgan ko‘ylakni boshidan 


chiqaradi, keyin yenglarini yechadi. Kasalni kiyintirayotganda xuddi 
shu teskarisidan boshlaydi, ya’ni avval ko‘ylak yengini kiydiradi, 
keyin uni boshidan o‘tkazadi va pirovardida orqa va ko‘krak 
tomondan to‘g‘rilab qo‘yadi. 
Og‘ir yotgan, masalan, ko‘krak qafasi a’zolari operatsiya qilingan 
bemorlar uchun osonlik bilan kiyib-yechiladigan maxsus ko‘ylaklar 
(raspashonki) mavjud. Agar kasalning qo‘li zararlangan bo‘lsa, 
ko‘ylak oldin sog‘, keyin kasal qo‘lidan yechib olinadi. Qo‘ylak 
kiydirilayotganda oldin kasal, keyin sog‘ qo‘lidan kiydiriladi. 
Qasalning ahvoliga ko‘ra choyshab, yostiq jildi va hokazolarni 
almashtirishning turli-tuman usullari mavjud. Agar bemorga 
yurishga ruxsat berilgan bo‘lsa, u kichik hamshira yordamida ko‘rpa- 
to‘shak oqliqlarini o‘zi almashtira olishi mumkin. Bordi-yu, kasalga 
faqat o‘tirishga ruxsat berilgan bo‘lsa, u holda kichik hamshira uni 
o‘rnidan turg‘azib, stulga o‘tqazadida, o‘zi o‘rinni to‘shab beradi. 
O‘rnidan qimirlamay yotadigan bemorlarning o‘rnini solib berish 
birmuncha murakkab. Buning uchun iflos choyshab kasalning bosh va 
oyoq 
tomonidan taxlanadi yoki dumaloqlab o‘ralib, asta-sekinlik bilan 
tortib olinadi. Ikki tomonidan bintga o‘xshab o‘ralgan toza choyshab 
kasalning dumg‘azasi ostiga ehtiyotlik bilan qo‘yiladi, keyin bosh va 
oyoq tomonga yozib, tekislanadi. Choyshabda yamoq yoki g‘ijimlangan 


joylar bo‘lmasligi kerak. Choyshabni boshqacha usul bilan ham 
almashtirish mumkin: kasal o‘rin chetiga surilib, kmr choyshab
uzunasiga bint shaklida o‘raladi, unnng o‘rniga bemor yotqiziladigan 
toza choyshab yoziladi, keyin kir choyshab boshqa narigi tomondan 
yig‘ishtirib olinib, tozasi solinadi (19-rasm). Odatda o‘rin-to‘shak 
okliqlarini ikki kishi almashtiradi, ana shunda bemor jismoniy 
jihatdan kamroq toliqadi. 
Qasal kasalxonadan chiqib ketgach to‘shak va yostiq dezkamerada 
dezinfeksiya qilinadi. Og‘ir bemorlarning to‘shagi ustiga choyshab 
ostidan kleyonka solinadi — u yaxshi to‘shaladi va choyshab har gal 
almashtirilganda dezinfeksiya qilinadi. Jarohatlar yoki tabiiy 
deshiklarday—ajralib—chiqadigan ~suyuqliklar tushish ehtimbli 
bo‘lgan joylarga taglik solinadi. Adyollar paxmoqdan bo‘lgani 
maqsadga muvofiq, chunki uni yaxshilab shamollatish va dezinfeksiya 
qilish mumkin. Adyollarga hamisha ko‘rpajild kiydirilgan bo‘lishi 
kerak. Bemor kasalxonadan chiqarilgandan so‘ng shippak va boshqa 
oyoq 
kiyimlari formalinning25 foizli eritmasi yoki sirka kislotaning 
68. 
Bemorlar teri, shilliq qavatlari parvarishi usullari
antiseptika quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: a) teri, shilliq qavat va 
jarohatni tozalash, b) nekrozga uchragan to’qima va patologik 
tuzilmalarni kesib olib tashlash, d) spetsifik antiseptik tozalash, g) 
antiseptik moddalarning kuchini tenglashtirish (neytrallash), d) teri va 
shilliq qavatda tabiiy bo’ladigan mikroflorani tiklaydi.


69. 
Stomasi bo'lgan bemorlar parvarishi
Stoma - bu sun'iy ravishda yaratilgan ichi bo'sh organning teshikidir. 
Jarrohlikda bu qorinal devorida olib tashlangan ichi bo'sh organning 
sun'iy tashkiloti teshigi. Bu jarrohlik yo'li bilan juda katta bo'lgan, stoma 
nomi stoma tomonidan qo'llaniladigan organlar tomonidan belgilanadi. 
Masalan, lorinx yuvishning buzilishi bilan, taxteston tomonidan 
qizilo'ngach, qizilo'ngachning ichak tutilishi bilan to'sqinlik qiladi. 
Stom turlari 
Og'natmoq - Qorin bo'shlig'ining bir qismi qorin bo'shlig'idagi bir qismi 
tashqariga chiqib, saraton kasalligi, og'ir shikastlanish, o'chirish bilan 
olib tashlanadi. Bu vaqtinchalik yoki doimiy bo'lishi mumkin. Sizning 
qismingizdagi najasni yo'q qilish ustidan nazorat yo'q, o'zgartirilishi 
mumkin bo'lgan tashish vositasi olinadigan tartibni to'plash uchun 
ishlatiladi. 
Ileostoma - ingichka ichakning bir qismini kelishmovchilik. ILestosome 
Yarativ kolit, Kronum kasalligi, to'g'ri ichak va anus bilan olib 
tashlanganda qo'llaniladi. Ilostoma, shuningdek, vaqtinchalik yoki 
doimiy bo'lishi mumkin. Najasni olib tashlashni boshqarish, shuningdek 
kabememik va qo'shimcha himoya uzukli shoklar yordamida amalga 
oshiriladi. 
Ugra - siydik pufagini olib tashlash zarurati bilan Siydikni olib tashlash 
birida uchib o'tish va siydikda yig'ish. 
Stoma parvarishining xususiyatlari 
Stomaning ustki operatsiyasidan keyin 3 oyga, tiklanish muddati talab 
qilinadi. Stoma shishgan, qon ketishi mumkin. Qayta tiklash davrida 
o'lcham va shakl farq qilishi mumkin. 


Muntazam gigienik hojatxona stoma kerak. Maxsus qurilmalar, steril 
shartlar yoki ko'ylaklar talab qilinmaydi. Qayta tiklanish davridan keyin 
unga tegmaslikdan qo'rqmang, qo'lqopsiz teginish va jarayoni mumkin. 
U iliq, yugurish suvi bilan yuviladi, siz chaqaloq sovuni bilan dush 
qabul qilishingiz mumkin, degichni olib tashlang. Keyin yumshoq 
sochiqni yuving. Sog'ni stoma atrofidagi sochni sochma tavsiya 
etilmaydi, ularni qaychi qilish yaxshiroqdir. Stoma atrofidagi teri bolalar 
qaymoq bilan yog'lanishi mumkin (lekin bir xil emas), silindr qurilmani 
kiyishdan oldin, qaymoq yuvilishi kerak. 
Agar siz buni o'zingiz qila olasiz, siz buni o'zingiz qila olasiz, bu siz 
uchun qulay bo'lgan oyna oldida yaxshiroqdir. Stoma turini, teridan, 
najas va kafedranishni bezash va kafedrani bezash va stilzinikni tanlab 
oling, tsilindinik (bitta komponent yoki ikki komponent) 
Stoma o'ziga g'amxo'rlik qilmaydi, og'riq yoki yonishning atrofida 
terining tirnash xususiyati yoki ichakning mustahkamlangan ishi tufayli 
paydo bo'ladi. Olti oy ichida kamida 1 marta mutaxassisga, shuningdek, 
stoma, charm yoki o'chib ketganda, mutaxassisga, shuningdek, 
mutaxassisga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. 
Stoma bilan parhez - yumshoq, qattiq emas. Ammo yog 'yo'qligi bilan, 
o'tkir, gazni shakllantirish va oziq-ovqat diareya. Oziq-ovqat har xil 
bo'lishi kerak, etarlicha ishlangan bo'lishi kerak va etarli miqdordagi suv 
kerak. 
Kuchli zo'r bo'lmagan kiyim kiying va hech narsaga kelmaslik. Suzish 
mumkin (mini-tsilindiyamik), oson sport aerobikasi, velosport tennisiga. 
Siz kazikslarni almashtirish uchun siz bilan birga sayohat qilish orqali 
sayohat qilishingiz mumkin. 


70. 
Xuqnalar va ularning turlari
TAYYORLASH. Operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish davri 
(operatsiyadan oldingi davr) bemor statsionarga kelgan yoki 
poliklinikaga murojaat qilgan paytidan boshlab, to operatsiya 
boshlanguncha o'tadigan vaqtni o'z ichiga oladi. Operatsiyaga 
tayyorgarlik davrini ikki bosqichga ajratish mumkin: diagnozni aniqlash 
va bemorni jarrohlik yo'li bilan davolashga tayyorlash. Birinchi 
bosqichda diagnoz aniqlanadi, turli organ va tizimlarning ahvoli 
tekshirib ko'riladi va operatsiya qilish uchun ma’lumotlar aniqlanadi, 
ikkinchi bosqichda esa bemor operatsiyaga tayyorlanadi. Operatsiyaga 
tayyorgarlik ko'rish davrining qancha davom etishi kasallikning 
xususiyatiga, bemorning umumiy ahvoliga, operatsiyaning 
shoshilinchligi darajasiga va jarrohlik yoii bilan davolashning ko’lamiga 
bogliq ravishda o‘zgarib turadi. 
Huqna, klizma — toʻgʻri ichakka a"usdan maxsus asbob yordamida 
suyuqlik (koʻpincha suv) yuborishdan ibo-rat tibbiy muolaja. Tozalovchi 
H. (ichakdagi narsalarni chiqarib tashlash uchun qoʻllanadi), dori H. va 
oziq H. farq qiladi. H. faqat vrach koʻrsatmasiga muvofiq qilinadi, 
chunki baʼzi hollarda (appenditsit, ichak buralib qolishi va h.k.) u ogʻir 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. H. uchun maxsus noksimon rezina 
ballon (baʼzan maxsus qattiq uchlikli qisqichi yoki joʻm-ragi hamda 
uchligi bor rezina naychali voronka) qoʻllanadi, shuningdek, Esmarx 
krujkasidan foydalaniladi, unga suyuqlik bir meʼyorda borishi uchun 
joʻmrakcha, biriktirish naychasiga esa uchlik oʻrnatilgan. 
Tozalovchi H. qabziyataa, oziqovqatdan zaharlanganda, meʼda-ichak 
yoʻlini va kichik chanoq aʼzolarini rentgenologik tekshirishdan, 
operatsiyadan, tugʻishdan, dori va oziq H.dan oldin qoʻllanadi. Baʼzi bir 
davo H.si ayni vaqtda tozalovchi H. funksiyasini ham oʻtaydi (mas, 
moychechak-li, gipertonik, yogʻli va boshqalar). H.ning taʼsiri suyuqlik 
miqdoriga, uning tezlik bilan bosim ostida yuborili-shiga bogʻliq. 


Katta yoshdagilar uchun oʻrtacha 1 l ga yaqin toza iliq suv kerak boʻladi. 
Suv yuborib qilinadigan tozalovchi H. qabziyatda ichak shil-liq 
pardasini taʼsirlab, ichakning toʻlqinsimon harakati (peristalti-kasi)ni 
kuchaytiradi, natijada bemorning ichi keladi. Agar bemorning qimirlashi 
mumkin boʻlmasa uni chal-qancha yotqizib H. qilinadi, bemorning 
ostiga tuvak qoʻyiladi. 
Qorip muskullari haddan tashqari tarang boʻlsa, H. qilinayotganda 
bemor tizza va tirsaklariga tayanib turishi kerak. H. qilishdan oldin 
uchlikka vazelin yoki glitserin surtiladi. bemorni kleyonka solingan 
oʻrin chetiga chap yonboshi bilan yotqiziladi. Chap qoʻlning birinchi va 
ikkinchi barmoqlari yordamida dumba kerilib. oʻng qoʻl yordamida 
uchlik aylanma harakat bilan toʻgʻri ichakka 10—12 sm kirgiziladi. 
H.dan soʻng mumkin qadar 5—10 min. hojatga chiqmay turgan maʼqul. 
Yogʻli H. uchun oʻsimlik moyini 200 ml (bolalarga 30 — 50 ml) 
hajmida kechqurun yuboriladi. Bunda noksimon rezina ballon 
ishlatiladi. 
Dori H. dori moddalarining ichak shilliq pardasiga taʼsir etishi va 
dorining organizmga ichak orqali soʻrilishi maqsadida qoʻllanadi. Dori 
moddalari 10 ml va undan oz miqdorda yuborilganda yaxshi soʻriladi. 
Dori H. qilishdan oldin albatta tozalovchi H. oʻtkazish kerak. 
O z i q. H. — sunʼiy ovqatlantirishning bir turi. U organizmning 
suyuqlikka, osh tuziga va oz miqdorda boʻlsa-da, oziq moddalarga 
boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qoʻllanadi. Oziq H. uchun osh 
tuzining fiziologik (izotonik) eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi va 
aminokislo-talar eritmalaridan foydalaniladi. Bunday H. tozalovchi 
H.dan keyin qilinadi. Oziq H. faqat vrach koʻrsatmasiga binoan davolash 
muassasalarida qoʻllanadi. 
@Sammu_test_bot

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling