Xirurgik bemor bolalar parvarishi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
@Sammu test bot JavoblariXirurgik bemor bolalar parvarishi pdf
"Xirurgik bemor bolalar parvarishi" fanidan 1 kurs talabalari uchun imtihon savollari @Sammu_test_bot 1. Zamonaviy bolalar xirurgiyasi bulimi tarkibiy qismlarini ayting Zamonaviy xirurgik statsionardagi palatalar, operatsiya bloki va xonalariga qo‘yiladigan talablar tibbiyotning boshqa yo‘nalishlaridagidan farq qiladi. So‘nggi yillarda chet mamlakatlarda aylana shakldagi bo‘limlar ko‘plab qurilmoqda. Uning afzalligi shundaki, o‘tish joylarining qisqarishi hisobiga xodimlaming bemorlar bilan muloqot davri uzaytiriladi va bo‘limlar yaqin bo‘lib, bir-biriga o‘tish kam vaqtni talab qiladi. Respublikamizdagi shunday binolardan biri akademik V.V. Vohidov nomidagi ilmiy xirurgiya Markazidir. Zamonaviy xirurgiya bo‘limlari odatda 60 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘ladi. Ayrim hollarda 25—40 o‘rinli maxsus xirurgiya bo‘- limlari ham bo‘ladi. Zamonaviy xirurgik palatalar ikki seksiyadan iborat bo‘lib, ular zal, shlyuz yoki koridor bilan tutashtiriladi. Har bir seksiyada 30 tadan o‘rin, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa 24 o‘rinbo‘lishi kerak. Palatalar boTimida quyidagi xonalar ko‘zda tutiladi: navbatchi hamshira posti (4 m2 ), muolaja xonasi (18 m2 ), bogTov xonasi (22 m2 ), oshxona (o‘rinlar soni o‘rinlar umumiy sonining 50—60% ni tashkil qiladi), oqliklarni saralash va ishlatilgan oqliklami, tozalash vositalarini saqlash xonasi (15 m2 ), vanna xonasi (12 m2 ), huqna xonasi (8 m2 ), hojatxona (erkaklar, ayollar va xodimlar uchun alohida). 26 Bo‘limda bo‘lim mudiri xonasi (12 m2 ), ordinatorlar xonasi (10 m2 ), katta hamshira xonasi (10 m2 ), xo‘jalik bekasi xonasi (10 m2 ) bo‘lishi lozim. Har bir klinikada professor, dotsentlar uchun ish xonasi va 10— 12 kishiga mo‘ljallangan o‘quv xonalari bo‘lishi kerak. 2. Bolalar xirurgiyasi bulimidagi palatalarga quyilgan talablar (harorati, har bir bemorga ajratilgan joy va hakozalar) Bemor parvarishi - kasal sog'lig'i tiklanishini tezlatishga qaralilgan davolanish, ruhiy, maishiy, fiziologik, sanitar-gigiyenik. yuqumli kasalli klarning old ini olish kabi bemorning zaruriy ehtiyoj lari ni o’z vaqtida muntazam qondirib borish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar majmuasi. Bemorlarni qabul qilib, muqim sharoitda ularga malakali tibbiy xizmal ko'rsatish maxsus muassasalar - shifoxonalarda bajariladi. Shifoxona lo’laqonli faoliyat ko'rsatishi uchun uning tarkibida quyidagi bo’limlar tashkil qilinishi zarur: qabul bo'limi, diagnostika, davolash, anesteziologiya-reanimatsiya, patanatomiya, sterilizatsiya, dorixona, oshxona, kir yuvish, chiqindilarni zararsizlantirish va yo’q qilish, xo’jalik, ma’muriyat. 3. Bolalar xirurgiyasi bulimida xizmat vazifasiga ko'ra hamshiralarning turlari Operatsiya xonasini tayyorlash bo‘yicha tadbirlaring hammasi operatsiya hamshirasining vazifasi hisoblanadi. Uning ixtiyorida: 1) operatsiya, operatsiya old xonasi, avtoklav va materiallar xonasi; 2) asboblar va ularni operatsiyaga tayyorlash; 3) operatsiya va bog‘lov materiali hamda ularni sterillash; 5) choklar uchun materiallar va ulami tayyorlash; 6) operatsiya xonasini kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlash xonasi bo‘ladi. Operatsiya hamshiralarining qolgan hammasi material tayyorlashda va operatsiyada bevosita ishtirok etadi. Operatsiya hamshirasi kichik tibbiyot xodimlari ustidan diqqat bilan kuzatuv olib borishi va aseptikaning operatsiyada qatnashayotganlar (shifokorlar, talabalar va boshqalar) tomonidan har qanday buzilishi to‘g‘- risida xirurgga xabar qilishi shart. Operatsiya qilayotgan xirurglar aseptikaning qanday bo‘lmasin buzilishini sezmay qolganlarida hamshira bu haqda ulami zudlik bilan xabardor qilishi zarur. Operatsiya vaqtida xirurglami zarur asboblar va materiallar bilan ta’minlash operatsiya hamshirasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Odatda operatsiyadan oldin asboblar to‘ri bilan birga sterilizatordan olinadi va ular hamshiraning steril choyshab yopib qo‘yilgan asboblar stoliga qo‘yiladi. Bunda choyshabning namlanib qolmasligiga ahamiyat beriladi, chunki bu aseptikaning buzilishiga sabab bo‘ladi. Asboblar turlari bo‘yicha, shuningdek, operatsiya borishini hisobga olingan holda bosqichlar bo‘yicha stolga terib chiqiladi. Hamshira stolidagi zaxira asboblardan bir qismini yordamchi stolga olib qo‘yadi, bu stol bevosita operatsiya stolining yonida bo‘lib, unga operatsiyaning hozirgi bosqichini ta’minlash uchun zarur asboblar qo‘yiladi. Agar hamshira stolining sterilligi uchun operatsiya hamshirasining o‘zi javob bersa, yordamchi stolning sterilligi uchun operatsiya qiladigan xirurglar ham javob beradilar. Operatsiya hamshirasi asboblaming bekam-u ko‘stligini tekshirib turishi kerak. Asbob ikki usulda uzatiladi. Hamshira asbobni bevosita xirurg yoki uning assistenti qo‘liga beradi yoki asbobni stolga qo‘yadi, bunda xirurg asbobni o‘zi oladi. Hamshira xirurgga asbobni uning qo‘lini shikastlab qo‘ymaslik uchun ohista uzatishi kerak. Ko‘pchilik hollarda operatsiya vaqtida xirurgning butun diqqat-e’tibori operatsiya maydonida bo‘lib, uzatilayotgan asbobga qaramaydi. Shuning uchun operatsiya hamshirasi operatsiyaning boshidan oxirigacha borishini bilishi va biror narsani tushunmasa, uni xirurgdan so‘rashi lozim bo‘ladi. Operatsiya brigadasi batartib ishlaganda operatsiya birmuncha tez tugallanadi. Agar operatsiya vaqtida asbob bironta nosteril narsaga tegib ketsa, hamshira bu haqda xirurgga ma’lum qilishi, asbobni esa chetga olib qo‘yishi kerak. Chok materialini uzatish katta tajriba va chaqqonlikni talab etadi. Chok materiali qo‘l bilan emas, asbob bilan olinadi. Bunda pinset bilan ipning uchidan ushlanadi, ip sterilizatsiya qilingan g‘altak yoki buyum oynasidan asta tortib bo‘shatiladi. Kerakli uzunlikdagi ip bo‘shatilgandan so‘ng qaychida qirqiladi. Ketgutdan foydalanish qulay bo‘lishi uchun uni oldindan kesib, kerakli uzunlikdagi iplar tayyorlab qo‘- yiladi. Kerakli ipni uzatish uchun hamshira operatsiyaning borishini kuzatib turishi va qanday uzunlikdagi ip talab qilinishini yaxshi bilishi kerak. Ipning pishiqligi, asosan, uning yo‘g‘onligigabog‘liq. 4. Bolalar xirurgiyasida etika va deontologiya, ularning ahamiyati Etika yunoncha «aethos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u urfodat, axloq ma’nolarini bildiradi. Tibbiyot etikasi esa tibbiyot xodimlari faoliyatidagi insonparvarlikda aks etadi. Tibbiyot yer yuzidagi eng dastlabki va tarixiy kasblardan bo‘lib, insonni davolashdajuda keng va boy tajriba to‘plagan hamda insoniyat faoliyatidagi boshqa kasblardan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. O‘rta asrlarda yashagan buyuk hakim Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) tibbiyot xodimlarining mahoratiga katta e’tibor berib: xirurg burgut ko‘zlariga, qizlaming mohir qo‘liga, ilon donoligiga va sherning yuragiga ega bo‘lishi kerak, deydi. Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino tabiblaming axloqiy fazilatlari va bemor bilan bo‘ladigan muomalasidagi xususiyatlari haqida to‘xtalib, hakimlarga kasallikdan va uni davolashdan qo‘rqish hissini bemor ongidan uzoqlashtirish uchun qo‘lidan kelgan barcha zarur chora-tadbirlami ko‘rishni maslahat bergan va, hatto, musiqadan davolash vositasi sifatida foydalanishni tavsiya etgan. Bu alloma yana «bemor borki, so‘z bilan davolasa bo‘ladi», fikrini ham bildirgan. Tibbiyot etikasining asosiy vazifalari —jamiyat va bemoming farovonligi yo‘lida halol mehnat qilish, hamisha va har qanday sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatish, bemor kishiga diqqat-e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zining barcha xattiharakatlarida, muomalasida oliyjanoblik, insoniylik, axloq qonunqoidalarini namoyon qilish, tibbiyot xodimining yuksak vazifasi vaburchini anglab yetish, o‘z vataniga, hukumatiga mehr- muhabbat va sadoqatli bo‘lish, shu ulug‘ kasbning oliyjanob an’analarini davom ettirish, saqlash hamda boyitish, tibbiyot xodimini ko‘tarinki ruhda tarbiyalashning mavjud barcha vositalarini umumlashtirish va yangilarini ishlab chiqishdir. Tibbiyot xodimining tashqi qiyofasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Kiyimlami pala-partish kiyish, xalatning iflosligi, tirnoqlarning kirligi va o‘sib ketganligi tibbiyot xodimlari faoliyatida yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Ajoyib shifokor va yozuvchi A.P. Chexov: «Shifokorlik kasbi bujasoratdir, u hamma narsadan voz kechishni, qalb musaffoligi va fikr sofligini talab etadi. U aqlan dono, ma’naviy pok vajismonan tetik bo‘lishi lozim», deb yozgan edi. Deontologiya (yunoncha dentos — zarur, lozim bo‘lgan narsa, logos — ta’limot) tibbiyot etikasining bir qismi bo‘lib, aynan bir vaziyatda tibbiyot xodimining axloq-odobi, o‘zni tuta bilishi va muomalasini amaliy faoliyatida qo‘llashdir. Tibbiy deontologiyaning asosiy vazifalari: — tibbiyot xodimlari xulq-atvorining bemorlarni davolash natijalarini yana ham yaxshilashga qaratilgan yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganish; — tibbiy faoliyatidagi noqulay omillarga chek qo‘yish; — tibbiyot xodimlari bilan bemor o‘rtasida o‘rnatiladigan o‘zaro munosabatlar majmuyini o‘rganish; — samarali bo‘lmagan tibbiy faoliyatning zararli oqibatlarini tugatish. Gippokrat tibbiyot xodimlari o‘zini qanday tutishi kerakligi haqida yana shunday degan edi: «Nima ish qilmoqchi bo‘lsang, uni xotirjam va puxta bajar. Bemomi kerak paytida ko‘nglini ol, kayfiyatini yaxshi, quvnoq gaplar bilan ko‘tar, ayrim paytlar — sharoit shuni taqozo qilsa, bemoming talablarini qat’iy rad qil, boshqa vaqtlarda esa uni tinchlantir». Tibbiyot deontologiyasining muhim masalalaridan biri, bu — shifokorlik siridir. Gippokrat qasamyodida: «Men davolash chog‘ida, shuningdek, boshqa paytlarda ham bemorlaming hayotiga taalluqli bo‘lgan oshkor qilish mumkin boTmagan narsalami ko‘rsam yoki eshitsam, demak, bular sir saqlanadigan qarorlardan deb hisoblayman. Qasamyodimni so‘zsiz bajarayotganim uchun men hayotda va faoliyatimda baxtiyor bo‘lay, odamlar orasida abadiy hurmat qozonay, qasamyoddan chekinuvchi va yolg‘on qasam ichuvchilar uchun buning teskarisi bo‘lsin», deb yozilgan. 5. Bolalar xirurgiyasi bulimiga quyiladigan sanitarepidemiologik talablar Xirurgik asboblar, bog’Io v materiallari va oqliklarni sterilizatsiyaga tayyorlash. Xirurgik statsionar faoliyatining samaradorligi tibbiyot xodimlari isliini to’g’ri tashkil qilish, ishchi xonalar joylashuvini qulay rejalashtirish va moddiy - texnik jihozlanishini to’liq ta’minlanishiga bog’liq. Bo’limda davolanadigan bemorlarning aksariyatiga xirurgik operatsiya qilinishi lozim. Shul boisdan bemorni operatsiyaga tayyorlash tadbirlarini xasta a’zolar joylashgani operatsiyaning shoshilinch yoki rejali ravishda amalga oshirilishini e’tiborga olgan holda, to’g’ri bajarilishini ta’minlash bo’limdagi vrach va tibbiy hamshiraning muhim vazifasi hisoblanadi. Operatsiya asoratlari kelib chiqishiga sabab bo’lishi manikin bo’lgan omillarni bilish va ularni bartaraf etish asoratlarni oldini olishga xizmat qiladi. Mashg’ulot maqsadlari: studentlarni xirurgiya bo'limi tuzilishi va ishlash tartibi bilan tanishtirish, ularga aseptika va antiseptika asoslarini tushuntirish, operatsiyadan oldingi davr xususiyatlari bilan tanishtirib. bemorlarni operatsiyaga tayyorlashning umumiy masalalarini o’rgatish. Operatsiyaga mavjud ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalarni aniqlash, og’riqsizlantirish usullarini to’g’ri tanlash, bemorni operatsiyadan oldin tekshirish, maxsus tayyorgarlik ko’rish tadbirlarini o’rgatish. Studentlar bilishi kerak: I) Xirurgik bemorda ekzogen va endogen infeksiya kelib chiqishi yo'llarini; 2) Aseptika va antiseptika tushunchalarini; 3) Xirurgiya bo’limida ijro etilish shart bo’lgan sanitariya me’yorlar va asosiy talablarni; 4) Xirurgik statsionar tuzilishi va jihozlanishini; 5) Tish protezlarini yechib olish, oshqozonni yuvish; 6) Qovuqqa kateter qo'yish; 7) Bemorni operatsiyadan oldin cho’miltirish, oqliklarini almashtirish; 8) Operatsiya maydoni tuklarini qirish; 9) Premedikatsiya; 10) Operatsiya xonasiga bemorni olib borish. operatsiyadan keyin xonasiga olib kelish; II) Bemorni operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyingi davrda parvarish qilish. Xirurgiya bo’limidagi xonalarga sanitariya - epidemiologik ishlov berish xususiyatlari. Bo'limning sanitariya holatini qoniqarli darajada saqlash bemorlarning davolanishi jarayonida yangi dardlarga duchor bo Imasliklarini ta’minlovchi muhim omillardan biri Xirurgiya bo'limida sanitariya - gigiyena tartibini ta’minlash bemor davolanishining muhim omillaridan hisoblanadi. Shuning uchun ushbu tartib qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash bo’limda faoliyat olib boradigan barcha xodimlarning xizmat burchidir. Bunda xodimlarning shaxsiy gigiyenasi (tozalik, tirnoqlar olingan, soch, soqol orasta, uzuk. zirak va boshqa taqinchoqlar yechib qo’yilgan), ishga kirishishdan oldin shaxsiy kiyimlarini yechib maxsus ish kiyimlarini kiyib olish (xalat yoki alohida kostyum, bosh kiyimi, niqob, almashinadigan poyabzal). 6. Turli kontsentratsiyadagi xloramin eritmasini tayyorlash va qo'llash Xloramin B (Chloraminum B). 2% li eritmasi xuddi shu maqsadlar uchun qo‘llaniladi. Xloraminning «ishchi» eritmalarini tayyorlash: 990 ml suv uchun 1% - 10 g quruq modda, 3% - 970 ml suv uchun 30 g quruq modda, 550 ml suv uchun 5% - 50 g quruq modda. Xloraminning 0,5-1% eritmasidan, qoida tariqasida, qon bo'lmasa, Xloraminning 3% eritmasi - qondagi mavjud bo'lishi mumkin (buyruqlar №40 8,128), 5% Xloramin eritmasi - sil kasalligi (TBS) va mikrosporiya, STKda operatsiya bloklari. 📌Xlorin ohakining 1% ishchi eritmasini tayyorlash (10l) Maqsad:binolar, hojatxonalar, parvarish ob'ektlarini, idishlarni dezinfektsiyalash uchun foydalaning (At-epidemiyaga qarshi rejimga muvofiq). Uskunalar: Umumiy narsalar: Loafon, qopqoq, tog 'qo'lqoplar, almashtiriladigan poyabzal, respirator, xavfsizlik ko'zoynaklari; 10% asosiy aniqlangan echimni tayyorlash xlorli ohak (10L). Maqsad:Uy, idishlar, hojatxonalarni, bemorni bo'shatish va boshqa konfektsiya qilish uchun turli xil konsentratsiyalarning ishchi echimlarini tayyorlash uchun foydalaning. 7. Xlorli oxakning 0,5 % li va 1 % li tindirilgan eritmasini tayyorlash texnikasi va uni qo'llash tartibi. Xlorin ohakining ishchi eritmalarini tayyorlash: 0,5% - 500 ml xlor ohakini 9,5 litr suvga qadar 10% eritmasi; 1% - 1 litr xlorli ohakni 9 litr suv uchun xlor ohakining 10% eritmasi; 2% - 8 litr xlorli ohak eritmasi 8 litr suvli eritma; 1% xlor echimini tayyorlash Maqsad: 1% xlor echimini tayyorlang. Ko'rsatmalar: Dezinfektsiya qilish uchun: - Qo'llarni 8. Bolalar xirurgiyasi bulimida palatalarni tozalash tartibi Operatsiya xonasini tozalash. Tozalash quyidagicha bo‘ladi: 1) kundalik tozalash — operatsiyajarayonida poldagi narsalar terib olinib, qondan ifloslangan pol artiladi, operatsiya tugagandan keyin qondan ifloslangan tog‘ora, iflos tekkan oqliklar yig‘ishtirib olinadi; 2) yakuniy tozalash — operatsiya kuni oxirida pol va mebellar tozalab yuviladi, devorlar odam bo‘yi yetadigan joygacha artib chiqiladi; 3) batamom yig‘ishtirib tozalash — ship, devorlar, pol, derazalar haftasiga bir marta mexanik va kimyoviy preparatlar bilan tozalanadi; 4) oldindan yig‘ishtirib tozalash — har bir operatsiya kuni oldidan gorizontal sathlar ho‘l latta bilan artib, changdan tozalanadi. Operatsiya xonasi turli dezinfeksiyalovchi moddalar (masalan, 50 g soda, 50 g ko‘k sovun va bir chelak issiq suvga 150 g lizol solingan aralashma) dan tashkil topgan eritmalar bilan faqat nam usulda tozalanadi. Ikkinchi chelakda toza issiq suv va sovun boTishi kerak. 1:1000 nisbatda suyultirilgan diotsidindan foydalanish mumkin. Devorlar, ship, polga kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgandan so‘ng ular iliq suv bilan shlangda yuviladi. Yig‘ishtirib tozalab boTingandan keyin mebel, devorlar va pol toza latta bilan artiladi. Tozalashdan so‘ng 6—8 soatga bakteritsid lampalar yoqib qo‘yiladi. 9. Bolalar xirurgiyasi bulimida vannaxona, tuvaklarni va sanitar tugunlarni tozalash 10. Bemor kurigidan sung xirurg va hamshira qo'lini, kushetkalarni, termometrlarni, fonendoskoplarni, asboblarni, qulqoplarni zararsizlantirish Qaynatib sterillash. Bu usul bilan, odatda, metalldan yasalgan asboblar, shisha va rezina buyumlar sterilizatsiya qilinadi. Asboblar chottka va sovun bilan tozalab yuvilgandan so‘ng 2% li soda eritmasida suv qaynab chiqqan vaqtdan boshlab 45 daqiqa mobaynida qaynatish yotti bilan sterilizatsiya qilinadi. Yiringli infeksiya va, ayniqsa, anaerob mikroorganizmlardan ifloslangan asboblarni qismlarga ajratib qaynatish lozim. Sterilizatsiya zich berkitiladigan, qopqogtt va elektr isitgichi bottgan metall qutidan iborat maxsus sterilizatorlarda bajariladi. Asboblar maxsus tottga joylanadi va sterilizatorga solinadi. Sterillashdan so‘ng tott maxsus ilmoqlar yordamida olinadi va steril stolga qo‘yilib, shu yerda ular tartibga solinadi. Shina ashyolar (kateterlar, drenajlar, qo'lqoplar) sovuq sterilizatorda yoki avtoklavlash yo'li bilan sterillanadi (17., a, b). 11. Bolalar xirurgiyasi bulimida yig'ishtirish turlari va ularni qo'llanishi Operatsiya xonasini tozalash. Tozalash quyidagicha bo‘ladi: 1) kundalik tozalash — operatsiyajarayonida poldagi narsalar terib olinib, qondan ifloslangan pol artiladi, operatsiya tugagandan keyin qondan ifloslangan tog‘ora, iflos tekkan oqliklar yig‘ishtirib olinadi; 2) yakuniy tozalash — operatsiya kuni oxirida pol va mebellar tozalab yuviladi, devorlar odam bo‘yi yetadigan joygacha artib chiqiladi; 3) batamom yig‘ishtirib tozalash — ship, devorlar, pol, derazalar haftasiga bir marta mexanik va kimyoviy preparatlar bilan tozalanadi; 4) oldindan yig‘ishtirib tozalash — har bir operatsiya kuni oldidan gorizontal sathlar ho‘l latta bilan artib, changdan tozalanadi. Operatsiya xonasi turli dezinfeksiyalovchi moddalar (masalan, 50 g soda, 50 g ko‘k sovun va bir chelak issiq suvga 150 g lizol solingan aralashma) dan tashkil topgan eritmalar bilan faqat nam usulda tozalanadi. Ikkinchi chelakda toza issiq suv va sovun boTishi kerak. 1:1000 nisbatda suyultirilgan diotsidindan foydalanish mumkin. Devorlar, ship, polga kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgandan so‘ng ular iliq suv bilan shlangda yuviladi. Yig‘ishtirib tozalab boTingandan keyin mebel, devorlar va pol toza latta bilan artiladi. Tozalashdan so‘ng 6—8 soatga bakteritsid lampalar yoqib qo‘yiladi. 12. Bolalar xirurgiyasi bulimida bog'lov xonasiga quyilgan sanitar talablar 13. Operatsion xonaga quyilgan sanitar talablar 14. Operatsion xonaning steril zonalari va ularning xarakteristikasi 15. Bolalar xirurgiyasi bulimida shifoxona ichi infektsiyasi, xavfli yuqumli kasalliklar aniqlanganda kuriladigan chora-tadbirlar. Shifохоnа ichi infеktsiyasi – bu bеmоrning shifохоnаdа bulgаn pаytidа, аmbulаtоriya shаrоitidа tibbiy yordаm оlgаn vаqtidа yoki tibbiy хоdimning ish fаоliyatidа kеlib chiqqаn vа klinik аniqlаngаn bаrchа (mikrоbli, virusli yoki pаrаzitаr) yuqumli kаsаlliklаrdir. Аsоsiy infеktsiya mаnbаi bulib bеmоrlаr vа tibbiy хоdimlаr, qushimchа infеktsiya mаnbаi bulib esа bеmоrgа qаrоvchi kishilаr vа хаbаr оluvchi shахslаr хizmаt qilаdi. Аniq stаtistik mа’lumоtlаrning kursаtishichа rivоjlаngаn mаmlаkаtlаr shifохоnаlаridа dаvоlаnаyotgаn bеmоrlаrning 5-7 fоizidа shifохоnа ichi infеktsiyasi rivоjlаnib, dаvоlаnish muddаtini uzаyishigа, ulim vа dаvоlаsh sаrf хаrаjаtlаrini оshishigа оlib kеlgаn. Hоzirgi vаqtdа dаvоlаsh-prоfilаktikа muаssаsаlаridа shifохоnа ichi infеktsiyasini оldini оlishni 3 tа аsоsiy yunаlishi mаvjud. - «tоzа qo’llаr» siyosаti vа shахsiy himоya vоsitаlаrini qullаsh; - bulimlаrdаgi bаrchа tibbiy аppаrаturаlаrni ishlаtilishini nаzоrаt qilish; -аntibiоtiklаr, аntisеptiklаr vа dеzinfеktаntlаrni kullаnilishini nаzоrаt qilish. Bаrchа dаvоlаsh prоfilаktikа muаssаsаlаridа shifохоnа ichi infеktsiyalаri hisоbgа оlinib ruyхаtgа оlinаdi vа hаr bir hоlаt uchun hududiy DSENMgа 12 sоаt ichidа tеzkоr хаbаrnоmа (f-058 х) junаtilаdi. Bаrchа аniqlаngаn shifохоnа ichi infеktsiyalаri yuqumli kаsаlliklаrni ruyхаtgа оlish jurnаligа (f-060х) qаyd qilinаdi. tibbiy хоdimlаr mахsus kiyimlаr (хаlаt, kаlpоkchа yoki rumоlchа, nikоb, tаpоchkа) bilаn tаъminlаnib, ulаr kir bulgаn pаytdа tеzkоr аlmаshtirish uchun zахirаsi bulishi kеrаk. tibbiy хоdimlаr mахsus kiyimlаrdа dpm хududidаn tаshkаrigа chikishi mumkin emаs. bаrchа bulimlаrdа tibbiy хоdimlаrni kul yuvishi uchun shаrоit yarаtilgаn bulishi shаrt, chunki kul gigiеnаsigа riоya kilmаslik shifохоnа ichi infеktsiyasini pаydо bulishigа vа epidеmiya tusini оlishi uchun bоsh оmil bulishi tаsdiklаngаn. vrаchlаr, tibbiy хаmshirаlаr bеmоrni kurishdаn оldin vа kеyin, muоlаjаlаr utkаzishdаn оldin vа kеyin kul yuvishlаri shаrt. dаvоlаsh – prоfilаktikа muаssаsаlаridа shахsiy хimоya vоsitаlаridаn fоydаlаnishgа kаttа eъtibоr bеrilishi kеrаk. shахsiy хimоya vоsitаlаridаn biri rеzinа kulkоplаr bulib, ulаrning 3 хili mаvjud. - jаrrохlik kulkоplаri; - kurik kulkоplаri; - хujаlik ishlаri kulkоplаri. 1. Dаvоlаsh prоfilаktikа muаssаsаlаridа sаnitаriya gigiеnik epidеmiyagа qаrshi, dеzinfеktsiya, stеrilizаtsiya qоidаlаrigа riоya qilishni, kuchаytirish, ishdаn chеtlаshtirishgаchа chоrа ko'rish; 2.Tibbiy chiqindilаrni vа shpritslаrni yo'q qilish tizimini yarаtish vа dоimiy rаvishdа nаzоrаtgа оlish; 3. Tibbiy хоdimlаrni dоimiy rаvishdа ОIV/ОITS mаsаlаlаri bo'yichа o'qitilishini yo'lgа qo'yish; 4. Qоn quyish stаntsiyalаri vа bo'limlаridа qоn хаvfsizligini tаъminlаsh mаqsаdidа dоnоrlаrni tаnlаsh qоidаlаrigа qаtъiy riоya qilish, chuqur tibbiy ko'rikdаn o'tkаzish vа ulаrni qоnini lаbоrаtоriya tеkshiruvidаn o'tkаzish jаrаyoni sifаtini оshirish; 5.Dаvоlаsh-prоfilаktikа muаssаsаlаri, tug'uruq kоmplеkslаri, bоlаlаr vа kаttаlаr rеаnimаtsiya, хirurgiya, chаqаlоqlаr pаtоlоgiyasi bo'limlаridа, shоshilinch tibbiy yordаm ko'rsаtish muаssаsаlаridа qоn vа uning tаrkibiy qismlаrini аsоsli quyilishi bo'yichа оpеrаtiv mаъlumоt to'plаshni jоriy etish, ushbu mаъlumоtlаr tахlili bo'yichа tеgishli chоrа- tаdbirlаr ishlаb chiqish. 6. Хаvfsiz qоn vа qоn mахsulоtlаrini yig'ish, qаytа ishlаsh, sаqlаsh, dpmlаrgа еtkаzib bеrish vа zахirаlаr yarаtish bo'yichа qоn хizmаti хоdimlаrini jаvоbgаrligini оshirish chоrа-tаdbirlаrni ishlаb chiqish; 7. Qоn vа uning tаrkibiy qismlаrini bоlаlаrgа mo'ljаllаngаn kichik хаjmdа tаyyorlаsh muаmmоsini hаl etish; 8.Оiv-infеktsiyasi bo'yichа epidеmiоlоgik аhаmiyatgа egа bo'lgаn dpm, аyniqsа bоlаlаr shifохоnаlаri vа rеаnimаtsiya bo'limlаridа prоfilаktik vа epidеmiyagа qаrshi, dеzinfеktsiya, stеrilizаtsiya tаrtibigа riоya qilinishi ustidаn nаzоrаtni kuchаytirish; 16. Dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizatsiya so’zlari nimani anglatadi va ularni ahamiyati. Barcha narsalar bemorlarda ishlatilgandan keyin dezinfeksiya qilinadi. Dezinfektsiyadan so'ng ularning barchasi suv bilan yuviladi, quritiladi va maqsadga muvofiq ishlatiladi yoki (agar ko'rsatilgan bo'lsa) sterilizatsiya oldidan tozalanadi va sterilizatsiya qilinadi. Mahsulotlarni zararsizlantirish fizik (qaynoq, bosim ostida suv bilan to'yingan bug ', quruq issiq havo) va kimyoviy (kimyoviy eritmalardan foydalanish) usullari bilan amalga oshiriladi. Dezinfektsiya usulini tanlash mahsulotning xususiyatlariga va uning maqsadiga bog'liq. Dеzinfеktsiya (lotincha dе -tugatish, yo’qqilish, inficioinfеktsiyalash, yuqtirish; sinonimi – xavfdan xalos qilish) – patogеn va shartli patogеn bo’lgan mikroorganizmlarning vеgеtativ shakllarini yo’qqilish bo’yicha qator tadbirlardir. Dеzinfеktsiyaning ikkita asosiy yo’nalishi mavjud: Profilbеksiysuyaginmmifoxona ichi infеktsiyasi tarqalishining oldini olish; O’choqli dеzinfеktsiyasi – infеktsiyaaniqlangan o’choq dеzinfеksiyasi. Dеzinfеksiya to’rt xil usulda amalga oshirilishi mumkin: mеxanik, fizik, kimyoviy va kombinatsiyalangan. 📌Mexanik - Binoni namlab, artib tozalash; Binolarni changdan tozalash (changyutkichda tozalash,bo’yoqlash, oxaklash); Choychablarni va kiyimlarni changlardan xalos etish; Qo’llarni yuvish. 📌Fizik – Dazmollash; Quyosh nurlaridan foydalanish; Ultrafiolet nurlatish; Qaynatish yo’li bilan ishlov berish:distillangan suvda 30 daqiqa va natriy gidrokarbonat qo’shilganda 15 daqiqa davomida qaynatish; Pasterizatsiya; 📌Quruq issiq ta’sirli shkafda ishlov berish; Bug’ yordamida ishlov berish; Axlatlarni yoqish. Kimyoviy - Matolar va tibbiy asbob uskunalarga maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida ishlov berish:yuvish, 📌Kombinatsiyalangan - bug va havo yordamida, bug va formalin yordamida boladi. Dezinseksiya (dez... va lot. insectum — hasharot) — yuqumli kasallik qoʻzgʻa-tuvchilarni tarqatadigan zararkunanda boʻgʻimoyoqlilarnn yoʻqotish uchun qoʻllaniladigan choratadbirlar maj-mui. D. odam va hayvonlarda turli in-feksion kasalliklarni tashib yuradigan boʻgʻimoyoklilar (kana, pashsha, bit, chivin, iskabtopar), shuningdek, turarjoylardagi suvarak, qandala, burgalarni qirish uchun oʻtkaziladi. D. ter-minini birinchi boʻlib rus mikrobiologi N. F. Gamaleya kiritgan (1910). Profilaktik va qiruvchi D. boʻladi. Profilaktik D.ga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, chiqindilarni vaqtida chiqarib tashlash, tu-rarjoy va xoʻjalik binolarini ozoda saklash, hovuz va ariklarni tozalash, hasharotlar paydo boʻlishi va koʻpayi-shining oldini olish kiradi. Qiruvchi D. fizik, kimyoviy va biologik usullar bilan amalga oshiriladi. Koʻproq kimyoviy vositalar (jumladan insektitsidlar) qoʻllaniladi. Ular taʼsir etish mexanizmiga koʻra teri orqali taʼsir etadigan (xlorofos, trixlofos va b.), ichak orqali taʼsir etadigan (bor kislota, bura, butadion va b.) va fumigant — hasharot organizmiga na- fas yoʻllari orqali taʼsir etadigan vositalarga boʻlinadi. Biologik D. usuli zarakunandalarni "bir-biriga yedirish"ga (mas, patogen mikroorganizmlar, gelmintlar, viruslar va h.k.), fizik D. esa yuqori yoki past bosim bilan taʼsir etishga asoslanadi. Bu usullar yordamida hasharotlarning koʻpayishiga ancha chek qoʻyiladi. Veterinariya da D. chorva mollari sogʻligʻiga zarar yetkazadigan va ular mahsuldorligining pasayishiga olib keladigan hasharotlar va kanalarni yoʻqotishga qaratilgan tadbirlardir. Hayvonlar, chorvachilik va parrandachilik binolari, fermalar hududlari, omborxonalar, hayvonot xom ashyosini qayta ishlash korxonalari, kushxonalar, goʻsht kombinatlari, veterinariyasanitariya nazorati oʻrnatiladigan boshqa obʼyektlarda oʻtkaziladi. Odatda, kimyoviy D.da brommetil, dixloretan, xlorpikrin, metallixlorid va b. bilan fumigatsiyalash, bino ichini tarkibida geksaxloran yoki uning gamma-izomerlari boʻlgan aerozollar bilan ishlash, sirtdan taʼsir qiluvchi insektitsidlar purkash, urugʻlik zaxirasini insektitsid va akaritsid dustlari bilan changlash; novda, kalamchalarni insektitsid va akaritsidlardan tayyorlangan suyuklikka botirib olish va b. qoʻllaniladi. Ayrim hollarda don va oziq-ovqat mahsulotlarining idish va qoplari insektitsidlar bilan ishlanadi, past haroratda sovitiladi yoki yuqori qaroratda qizdiriladi. D.ning oddiy usuli — zararkunanda tushgan urugʻlik boshqa joyga koʻchiriladi yoki maxsus mashinalarda tozalanadi (qarang Ombor zararkunandalari). Deratizatsiya (fransuzcha: deratisation — kemiruvchilarni qirish) — yuqumli kasalliklarni tarqatadigan hamda xalq xoʻjaligiga iqtisodiy zarar kelti-radigan kemiruvchilarni qirish. Profilaktik va qirib yoʻqotish tadbirlarini oʻz ichiga oladi. Profilaktik tadbirlar zararkunanda kemiruvchilarning uya qurishi, ovqatlanishi hamda koʻpayishiga imkon beradigan sharoitlarni yoʻqotishga, turar joy, xoʻjalik binolarini, goʻsht korxonalari, goʻsht asraladigan muzxonalar, aralash yem korxonalari, elevator, tegirmon, omborxonalarni ular kirishidan himoya qilishga qaratilgan boʻladi. Buning uchun don, un, sabzavot, goʻsht va boshqa mahsulotlarni kemiruvchilar tegmaydigan idishlarda saqlash; uy va hovlilarga, oziq-ovqat, yemxashak saqlanadigan binolarga kemiruvchilar kirmasligi uchun ularni doim ozoda tutish, qolgan ovqatlar solinadigan chelaklar va axlat yashiklarini oʻz vaqtida boʻshatib turish, teshik- tirqishlarni berkitib tashlash, havo kiradigan tuynuklarga metall toʻr tutish, podval derazalariga oyna solish va sim toʻr tutish kerak. Kemiruvchilarni qirishni (biologik, mexanik va kimyoviy) profilaktik tadbirlar bilan birga qoʻshib olib borish zarur. Biologik usul bilan qirishda mushuk, it, baʼzan tipratikandan foydalaniladi. Yirtqich qushlar (yapaloqqush, burgut va boshqalar), tulki, sassiqkoʻzan, tipratikan, mushuk kabi hayvonlar kemiruvchilarni yoʻqotadigan tabiiy biologik kushandalardir. Mexanik vositalarga qopqon, tuzoqlar kiradi. Kemiruvchilarga karshi kurashishning kimyoviy usulida turli xil zaharli moddalar qoʻllaniladi. Bunda tarkibida rodensidlar boʻlgan zaharli xoʻraklardan foydalaniladi yoki ular kemiruvchilar chikadigan teshikka sepiladi. Zaharli moddalar bilan ishlaganda ehtiyot choralariga qatʼiy rioya qilish kerak. Kemiruvchilar paydo boʻlganda sanepidstansiyaga xabar qilish lozim, u butun binoda deratizatsiya oʻtkazadi. 17. Sterilizatsiya suzining ma`nosi va uning turlari Mikroblar va ularning sporalarini yo‘qotish sterilizatsiya deyiladi. Sterilizatsiyaning turli usullari mavjud bo‘lib, bularga kuydirish, cho‘g‘lantirish, avtoklavlash, qaynatish, kimyoviy moddalar, nur, ultratovush orqali ishlov berish kiradi. Kuydirib sterilizatsiya qilish. Kuydirishda sterilizatsiya yaxshi bo‘lmaydi va asboblarni ishdan chiqaradi, shuning uchun kamdan kam hollarda, masalan, tayyor steril asbob bo‘lmagan shoshilinch operatsiyalarda ishlatiladi. Shu maqsadda sterilizator qopqog‘iga yoki tog‘orachaga asboblami qo‘yib, ozroq miqdorda 96°C li spirt quyiladi va yoqiladi. Spirt yonib bo‘lgandan so‘ng asboblami ishlatish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, olovda ham ayrim hollarda metall asboblarni kuydirib sterilizatsiya qilish imkoniyati bo‘ladi. Quruq issiqlik bilan sterilizatsiya qilish metalldan yasalgan asboblami sterilizatsiya qilishda birmuncha keng tarqalgan. Shu maqsadda quruq issiqlik beradigan maxsus shkafdan foydalaniladi. Shkaf bekitiladi va elektr tarmog‘iga ulanadi, 10—15 daqiqa o‘tgach, shkafdagi harorat 120—140°C gacha ko‘tariladi. Haroratning doimiyligi kontakt termometr bilan boshqarib turiladi. Sterilizatsiya muddati 30 daqiqa. Bu usuldagi sterilizatsiya ishonchli bo‘ladi va asboblar ishdan chiqmaydi. 18. Antiseptika va uning turlari Antiseptika deganda, jarohatdagi mikroblami yo‘qotish yoki sonini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar sistemasi tushuniladi. Antiseptikaning fizik, mexanik, kimyoviy, biologik va aralash turlari farqlanadi. Fizik antiseptika vositalariga drenaj, steril tampon, sharchalar, qizdiruvchi, ultrabinafsha lampalar va infraqizil lazer apparatlari kiradi. Bunday fizikaviy vositalar yordamida jarohatdagi zahar (toksin) va yiringlar o‘z vaqtida so‘rish va oqim yo‘nalishi hosil qilish usullari yordamida chiqarib tashlanadi. Mexanik antiseptikaga jarohat va uning atrofmi mexanik usul bilan tozalash, yotjismlami olib tashlash, nekrozga uchragan va o‘lishi muqarrar to‘qimalami kesib olib tashlash, jarohatga birlamchi ishlov berish va tikish kiradi. Kimyoviy antiseptikada mikroblami yo‘qotish (bakteriotsid) yokijarohatda uning rivojlanishini to‘xtatish (bakteriostatik) xususiyatiga ega bo‘lgan turli kimyoviy yo‘l bilan olinadigan antiseptik moddalami ishlatish ko‘zda tutilgan. Bunga malhamlar (Vishnevskiy, iruksol, sintomitsin), kukunlar (kseroform, yodoform), emulsiyalar, yod, spirt, kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan va tibbiyot amaliyotida ishlatiladigan barcha dorilar kiradi. Biologik antiseptikaga turli biologik dori moddalari kiradi. Bulardan maxsus vaksinalar, immunglobulinlar, qon, plazma va anatoksinlar bemor organizmiga kiritilganda uning umumiy (spetsifik va nospetsifik) immuniteti hamda mikroorganizmlarga bo‘lgan kurashuvchanlik qobiliyati ortadi va natijada mikroblar organizmdan yo‘qoladi. Antibiotiklar, bakteriofag va anatoksinlar mikroblar to‘qimasiga yoki uning zaharlarining ma’lum bir turiga makroorganizm tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilib uni yo‘q qiladi yoki neytrallaydi. Proteolitik fermentlar esa jarohatdagi yaroqsiz to‘qimalarni lizisga uchratib, uning tezroq tozalanishini ta’minlaydi va mikrob to‘qimalarining oziqlanishini buzadi. Aralash antiseptika. Yuqorida keltirilgan antiseptika turlarini tibbiyot amaliyotida alohida qo‘llashning foydasi va imkoniyati kamligi tufayli ular doimo birgalikda kompleks holatida ishlatiladi. Shuning uchun aralash antiseptika amaliyotda juda ko‘p ishlatiladi. Masalan, jarohatni zamonaviy usullarda tez davolash uchunjarohatga birlamchi xirurgik ishlov beriladi. Bundajarohat qirg‘oqlari kesiladi (mexanik antiseptika), atroflariga yod bilan ishlov beriladi vajarohat vodorod peroksid eritmasi bilan yuviladi (kimyoviy antiseptika), qoqsholga qarshi zardob va antibiotiklardan birontasi organizmga yuboriladi (biologik antiseptika), jarohatga gipertonik eritma shimdirilgan salfetka ishlatiladi yoki UVCH (fizik antiseptika) qo‘llaniladi. 19. Aseptika va uning turlari Aseptika— jarohat va u bilan kontaktda bo‘ladigan bog‘lam, instrument, ob’ektlarda va ma’lum bo‘shliqqa tushishi mumkin bo‘lgan mikroblarga, shuningdek kasallik tarqatuvchi turli mikroorganizmlarga qarshi qo‘llaniladigan amaliy ishlar kompleksidir. Shu maqsadda mikroblarni yo‘qotish uchun fizik usullardan (qaynatish, kuydirish, avtoklavda sterillash, ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish, sterillangan havodan) foydalaniladi. Venger akusher-ginekologi I. Zimmel'veys (Vena) 1847 yilda akusherning iflos qo'li ko'zi yoriyotgaí homilador ayolni og'ir oqibatlarga olib kelishini tushunib yetdi va antiseptika usullariga yondashib ish tuta boshladi. U qo'lni, asboblarni, tug'ruq yo'llarini, shuningdek tug'ruqda kerak bo'ladigan hamma narsalarni xlorli ohak eritmasi bilan dezinfektsiya qiladigan bo'ldi. D. Lister operatsiyadan keyingi infektsiyaning sababchisi tashqi muhitdan tushayotgan mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan balg'am orqali o'tadi degan xulosaga keldi. Lister antiseptik va dezinfektsiyalovchi modda sifatida qora-moyning asosi bo'lgan karbol kislotani (1l suvga 50 g) qo'lladi. Bu eritmaga xirurgik asboblar, ba`zan bog'lamlar ham solib quyilar, shuningdek jarroxlar qo'llarini ana shu suyuqlik bilan yuvar edilar. Operatsiya paytida karbol kislota 2,5- 5 % eritmasini maxsus purkagich (pul'verizator) bilan jaroxat ustiga, xona havosiga purkalar edi. Operatsiyadan keyin jaroxat shu eritma bilan yana yuvilar va unga 5 % karbol kislota hamda qarag'ay yelimi shimdirilgan bog'lam quyilar edi. Shunday qilib, D. Lister 2,5-5 % karbol kislota eritmasi yordamida sterillab, antiseptik usulni kashf kildi. U 2,5-5 % li karbol kislota eritmasi bilan jaroxat atrofini, jaroxatni yopishda ishlatiladigan bog'lamni, maxsus xirurgik asboblarni va jarrox qo'llarini yuvishda ishlatib, mikroblardan holi qilish yo'li bilan suyagi singan 10 nafar bemorda qo'llab yaxshi natijaga erishgan. Ilmiy izlanishlarga asoslangan antiseptik usul D. Lister tomonidan 1867 yilda batafsil tasvirlandi. 20. Avtoklav va uning ishlash printsipi Avtoklavlash. Bosim ostida bug‘ bilan sterilizatsiya qilish avtoklavlash deyiladi. Operatsiya uchun choyshablar, bog‘lov materiali, rezina qo‘lqoplar, asboblar, qon quyish uchun sistema va boshqalami avtoklavlash mumkin. Avtoklavlar tuzilishi va turi jihatidan har xil bo‘ladi, biroq hammasining ham ishlash jihati deyarii bir xil. Avtoklav, odatda, qo‘sh devorii metall qozondan iborat bo‘lib, devoriari orasiga suv quyiladi. Sterilizatsiya qilinadigan materiallar maxsus bikslarga solinib avtoklavga qo‘yiladi. Avtoklav qopqogh yopiladi va germetizatsiyani saqlash uchun boltlari burab qo‘yiladi (13.). Avtoklavning manometri, ehtiyot klapani, suv va bug‘ni chiqarish uchun jo‘mragi bo‘ladi. Elektr isitgich, gaz va boshqalar avtoklavda suv qizdiradigan manba bo‘lishi mumkin. Avtoklavda suv qizdirilganda qaynab bug‘ hosil bo‘ladi. Bunda kameradagi bosim va shunga muvofiq holda harorat oshadi. Bosim bilan bug‘ harorati o‘rtasida uzviy fizikaviy bog‘lanish mavjud: 1 atm. da 120°Cga, 1,5 atm. da 127°C ga, 2 atm. da 134°C ga teng. Shunday qilib, bosim qanchalik yuqori bo‘lsa, harorat ham shunchalikyuqoribo‘ladi. 1 atm. bosimda sterilizatsiya 1 soat, 1,5 atm. da 45 daqiqa, 2 atm. da esa 30 daqiqa davom ettirilishi kerak. Avtoklav ishlamay turganida suvi to‘kib qo‘yiladi. Avtoklavlash uchun: a) bug‘ chiqadigan kranni ochish; b) qizdirish manbayini ulash; d) avtoklav kamerasidagi hamma havo o‘miga bug‘ kiritish uchun 15—20 daqiqagacha bug‘ chiqarishni davom ettirish; e) kranni bekitib, bosimni talab etiladigan darajagacha (1,5—2 atm.) yetkazish zarur. Zamonaviy avtoklavlarda bu bosim avtomatik tarzda saqlab turiladi. Rezina qo‘lqoplami sterilizatsiyalashda ularning ustiga va ichiga talk sepiladi,juft-juft qilib qo‘yiladi, yopishib qolmasligi uchun doka salfetkaga o‘raladi va alohida barabanga joylanadi. Ular 1,5 atm. bosimda 30 daqiqa sterilizatsiya qilinadi. Kateterlar, drenajlar, shuningdek, qon quyish sistemalarini yig‘ma holatda sterilizatsiya qilish uchun ular sochiqqa o‘rab biksga joylanadi va 1 atm.da 1 soat davomida sterilizatsiya qilinadi. Sterilizatsiyalangan materiallar bikslarda ko‘pi bilan 3 sutkagacha saqlanishi mumkin. Sterilizatsiya muddati tugaganidan so‘ng: a) uning isitgichini ulash; b) bug‘ chiqadiganjo‘mragini asta-sekin oxirigacha ochib, bosimning nulga qadar tushishini kutib turish; d) avtoklav qopqog‘ini ochish; e) bikslarni olish va darhol ulardagi bug‘ chiqadigan teshiklarni bekitish; 1) avtoklav qopqog‘ini yopish zarur. Sterilizatsiya ustidan nazorat o‘matish shart. Buning uchun muayyan haroratda suyuqlanadigan moddalar: oltingugurt kukuni (117°C), antipirin, amidopirin (110°C), rezorsin (119°C), benzoat kislota (121°C)dan foydalaniladi. Bu moddalardan biri probirkaga solinadi. Sterilizatsiya tugagandan so‘ng modda suyuqlansa, sterilizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilgan hisoblanadi. Kukun batamom suyuqlanmasa, sterilizatsiyani takrorlash kerak. Bundan tashqari, kam deganda 10 kunda bir marta bakteriologik tekshiruv o‘tkaziladi. Buning uchun materialning kichik bo‘lakchalari probirkaga solinadi, doka tiqin bilan bekitiladi va probirka baraban ichiga qo‘yiladi. Sterilizatsiya tugaganidan so‘ng bu probirkalar bakteriologiya laboratoriyasigajo‘natiladi. Laboratoriyadan olingan xulosa maxsus papkada saqlanishi kerak. 21. Sterillikni nazorat qilish usullari Modda va buyumlar maxsus o‘ralgan bo‘lib, sterillash indikatori ta’sirlangan bo‘lsagina sterillangan hisoblanadi. Havo va bug‘ sterilizatorlari maksimal termometrlar va ximiyaviy testindikatorlar yordamida nazorat qilinadi. Sterilizatorlarning sifatli ishlash ko‘rsatkichlari ximiyaviy test-indikatorlar (rangi, agregat holati) bilan tekshiriladi. Havo sterilizatorlari ishining ko‘rsatkichi bo‘lib rangli termoindikator, TIQ-6 va gidroxinon hisoblanadi. Qog‘ozga tushirilgan och-salat rangli TIK-6 markali termoindikator 175°S -- 180°S temperaturada to‘q qo‘ng‘ir rangga kiradi. Gidroxinon 0,3 g miqdorida shisha flakonlarga solinadi. 170°— 175°S da sarg‘ish qo‘ng‘ir rangdagi kukun erib, qora rangli massaga aylanadi. Bug‘ sterilizatorlarini esa har kuni mochevina va fuksinli benzoat kislota test indikatori yordamida nazorat qilib turiladi. Oq kukunli mochevina 132°S da 2 atm bosimda erib, shu rangli eritma hosil qiladi (bikslarga 0,3 g mochevina flakonlarda quyiladi). 120°S va 1 —1,1 atm bosimida sterilizatsiya nazoratini fuksin, benzoat kislota bajarishi mumkin. Ularni shisha naychaga to‘ldirib, sterilizatsiyadan oldin bikslarga qo‘yiladi. Harorat etarli bo‘lganda fuksin erib, benzoat kislota bilan qizil rang, achchmq turi esa, ishqoriy fuksin bilan ko‘k amorf massani hosil qil adi. _______________________________________________________ Avvallari test indikator sifatida qo‘llanilgan kukunsimon oltingugurt, antipirin, piramidon (110°S — 120°S da eriydi) hozirgi kunda kam ishlatiladi. Shuningdek, Mikulich sinovi bo‘lib, bunda qog‘ozga «steril» so‘zi yozilib, unga kraxmalning 3 % li eritmasi surtiladi va ustidan Lyugol eritmasi (yod — 1,0, kaliy yod — 2,0, distillangan suv 97,0) yuritilganda yod kraxmal bilan birikib qog‘oz ko‘karadi va yozuvlar ko‘rinmaydi. Uni sterilizatsiya qilinadigan materiallar bilan bikslarga solinadi. Yuqori harorat ta’sirida yod bug‘lanib ketib, qog‘oz usti rangsizlanadi va undagi harflar yana ko‘rinadigan («steril» so‘zi) bo‘lib qoladi. Keyingi ko‘rsatilgan ikki usul hozir qo‘llanilmaydi va tarixiy ahamiyatga ega. Etilen oksid bilan sterilizatsiya qilinganda testindikator sifatida etilen bilan glitserin eritmasi (1-sukeqlik) va bromid litiy, bromkreazol purpuri bilan etanol (II suyuqlik) eritmasi qo‘llaniladi. Sterilizatsiya sifatini har kuni tekshirishdan tashqarm, tanlash yo‘li bilan har 6—10 kunda sterilizatsiya qilingan materiallar bakteriologik analizdan o‘tkazilishi zarur. Bakteriologi k nazorat o‘ta aniq bo‘lib, uning kamchiligi uzoq vaqtda javobi ma’lum bo‘ladi va bajarilishi qiyindir. 22. Xirurgik asboblar va shpritslarni sterilizatsiya oldi tayyorgarligidan o'tkazish va sterilizatsiya qilish usullari Shisha buyumlar (shprislar, probirkalar, menzurkalar va hokazo) boshqa asboblardan alohida qaynatib sterillanadi. Shprislarni qismlarga ajratib sterillash shart. Shisha buyumlar sterillashdan oldin dokaga o'ralacli va sovuq yoki ilitilgan suvga solinadi. Orqa miya anesteziyasi uchun ishlatiladigan shpris va ignalar distillangan suvda alohida qaynatiladi. Hozirgi vaqtda operatsiyalarda qodlaniladigan xirurgik asboblar, shprislar, ignalar va boshqa buyumlarni sterilizatsiya qilishda ularni oldin fizikaviy va kimyoviy usulda tozalashga katta ahamiyat beriladi. Shu maqsadda ishdan so'ng ular oqar suvda yuviladi va issiq (50oC) yuvuvchi eritmaga 15 daqiqa solib qo'yilacli. 23. Xalat, oqliklar, boglov materiallarini sterilizatsiyaga tayyorlash va uni utkazish Qasal qabulxona bo‘limida sanitariya xizmati yuzasidan tayyorlangach, unga toza ko‘ylak, xalat (pijama), shalvor va shippak kiydiriladi. O‘rin- ko‘rpa oqliqlari va ustki kiyimi haftada kamida bir marta, gigienik vanna qabul qilingach, almashtiriladi. Zaruriyatga ko‘ra, ular qo‘shimcha ravishda almashtiriladi. Bo‘limda bir-kecha kunduzga yetadigan oqliqlar zahirasi bo‘lishi darkor. Oqliklarnn markaziy isitish radiatorlarida quritish va kasalga qaytadan berish aslo mumkin emas. Iflos oqliqlarni kleyonka qopga yoki qopqoqli idishga solib, darhol palatadan olib chiqib ketish lozim. Oqliqlar kirxonaga jo‘natilguncha maxsus ajratilgan xonada (iflos oqliqlar xonasida) baklarda yoki yashiklarda saqlanishi kerak. O‘rin-ko‘rpa oqliqlarini,-ayniqsa—og‘ir yotgan kasallarning o‘rnini almashtirishni tibbiyot hamshirasi kichik tibbiyot hamshirasi yordamida amalga oshiradi. Tibbiyot hamshirasi kichik hamshira har kuni ertalab iflos oqliqlarni sanab topshirishini kuzatib borishi darkor. Kasallar ustki kiyimlarini imkoniyatlariga ko‘ra o‘zlari almashtiradilar. 24. Sterillash qoidalari buzilganda kelib chiqadigan asoratlar 25. Desmurgiya, ta`rifi, turlari va axamiyati Desmurgiya (yunoncha desmos — aloqa, bog‘lam va ergon — harakat, ish, sinonimi desmologiya) umumiy xirurgiyaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, bog‘lamlarning turi va uni qo‘yish qoidalari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bog‘lam deganda, bemor tanasiga davo maqsadida mahkam o‘rab bog‘langan bog‘lov materiali tushuniladi. Jarohatga yoki tananing boshqa qismlariga davo maqsadida qo‘yiladigan materialga bog‘lov materiali deyiladi. Bog‘lamni almashtirishga qayta bog‘lash deyiladi. Qo‘llanilishiga ko‘ra bog‘lamlar ikki guruhga: yumshoq (plastir, kleol, ro‘mol, bintli) va qattiq (dekstrin, kraxmal, gipsli) bog‘- lamlarga bo‘linadi. 26. Yumshoq bog'lamlarni turlari va qullanilishi YUMSHOQ BOG‘LAM TURLARI Yumshoq bog‘lamlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yelim, leykoplastir, kolloid, kleolli, BF-6 yelimi yopishtirilgan, ro‘molli va bintli. Yelimli bog‘lamlar, asosan, kichikroq shikastlarda va joylashishidan qat’i nazar operatsion jarohat sohasiga qo‘llaniladi. Bu sohada soch (jun) bo‘lsa, u oldin ustarada qiriladi. Leykoplastirli bog‘lam. Jarohatga qo‘yilgan bog‘lov materiali bir necha tilim yopishqoq leykoplastir bilan terining sog‘lom qismiga mahkamlanadi. Leykoplastirli bog‘lamning kamchiligi shundaki, uning ostidagi teri matseratsiyalanadi (shilinadi) va nam tekkanda unchalik mahkam ushlab turmaydi. Kleolli bog‘lam. Kleol qarag‘ay yelimining baravar miqdorda olingan spirt va efirdagi eritmasidir. Jarohat bog‘lam bilan berkitiladi. Bog‘lam atrofidagi teriga kleol surtiladi va biroz quritib qo‘yiladi. Bog‘lam va kleol surtilgan teri sohalari doka bilan berkitiladi. Salfetka chetlari teriga mahkam bosiladi. Dokaning yopishmay qolgan ortiqcha qismi qaychi bilan qirqiladi. Kamchiligi — bog‘lam yetarli darajada qattiq yopishmaydi va teri qotib qolgan kleoldan ifioslanib qoladi. Kolloidli bog‘lamning oldingi bog‘lamdan farqi shundaki, bunda doka teriga kleol bilan emas, balki kolloid (spirt va efir aralashgan nitroto‘qima eritmasi) bilan yopishtiriladi. Bog‘lam qo‘yish usuli: bog‘lamga salfetka yopiladi va salfetka chetlariga kolloid surtiladi. 121 Kolloid qotgandan keyin salfetkaning ortiqcha qismi qirqiladi. Kolloidni shpatel bilan surtish tavsiya etiladi. Bunday bog‘lam 7—8 kungacha tushib ketmaydi. Bogdamning qayishqoqligi kamligi va terini ta’sirlantirishi uning kamchiligidir. Xuddi shu maqsadda rezina yelim (efir bilan benzin aralashgan rezina eritmasi), BF-6 yelimidan foydalanish mumkin. Ro'molli bog‘lamlar. Bu maqsadda uchburchak shakldagi birorta bog‘lov materiali (doka, surp, bo‘z va hokazo) parchasi ishlatiladi. Bunday bogdamning uzun tomoni ro‘molning asosi, uning ro‘parasidagi burchak — tepasi, qolgan ikkita burchagi uchlari deyiladi. Bog'lamlarning quyidagi turlari farq qilinadi: 1. Sopqonsimon bog‘lam. Bir parcha bintdan tayyorlanadi. Bintning ikkala uchi o'rtasiga yo'naltirilgan holda uzunasiga kesilib, uning o'rtasi kesilmaydi. 39.da burunga, iyakka, peshonaga va ensaga (a. b, d, e) sopqonsimon bogdamni bogdash qoidalari ko'rsatilgan. 2. T simon bog‘lam o'rtasiga boshqa bint tikilgan yoki uning uchi tashlab qo'yilgan bint parchasidan iborat bo'ladi va u eng ko‘p oraliq sohasiga bog'lanadi: gorizontal qismi tana tevaragida belboqqa o‘xshab aylantiriladi, vertikal qismi esa belbog‘dan oraliq orqali ohkaziladi va o‘sha belboqqa tananing boshqa tomonidan boghanadi (40., a, b, d). 3. Aylanma bog‘lam. Bint gir aylantirib ohaladi, bintning navbatdagi o'rami avvalgi o'mmni tamomila bekitadi (41.). 4. Spiralsimon bog‘lam. Bintning navbatdagi har bir o'rami avvalgi ohamining yarmini yoki bundan kattaroq qismini bekitadi. Bogdamning bu turi ikki xil: yuqoriga kohariluvchi — bintlash pastdan yuqoriga, pastga tushuvchi xilida bintlash buning aksicha bohadi (42.). 5. O‘rmalovchi bog‘lam spiralsimon bog'lnm kabi boghanadi, lekin ohamlari bir-biriga duch kelmaydi. Odatda bintlashning boshida, murakkab bogdam elementi sifatida tanaga qo‘yilgan salfetkalarni tutib turish uchun qohlaniladi. 6. Sakkizsimon bog‘lam. Bogc lamning bu turida bint o'ramlari bir-biri bilan kesishtiriladi (43-rasm). 7. Boshoqsimon bog‘lam sakkizsimon bog'lamning boshqa bir turi bo'lib, bint o'rami bir chiziq bo'yicha kesishtirilib, bu boshoqni eslatadi. 8. Toshbaqasimon bog‘lam aksariyat bocg c imlarning bukilgan sohasiga qo'llaniladi. Uning ikki: tarqaluvchi va to'planuvchi turlari bor. Tarqaluvchi bog'lam tizza bocg c imi sohasiga yopiladi, bunda bint bocg c imning o'rtasidan, «tizza koczidan» aylantirib olinadi. Keyingi o'ramlari avvalgisining goh pastidan, goh yuqorisidan galma-gal yurgiziladi. Bint o'ramlari taqimda kesishadi va birinchi o'ramdan ikki tomonga tarqalib, asta-sekin bocg c im sohasini yopadi. To'planuvchi bog'lamni yopishda birinchi (mahkamlaydigan) o c ram bocg c im yuqorisidan yoki pastidan oc tadi, ikkinchi oc ram bocg c imning rocparasiga oc raladi, uchinchi oc ram bocg c im sohasiga yaqinlashib, birinchisini, to'rtinchi oc ram ikkinchisini kesishib, bocg c im sohasi tamomila yopilguncha shu tariqa davom ettiriladi (44-rasm, a, b). 9. Qaytuvchi bog‘lam. Bunday bog'lam aksariyat oyoq-qoc lning kesib tashlangandan (amputatsiya) qolgan qismi (choc ltogc i)ni bog'lashga ishlatiladi. Bintni mahkamlash uchun u bir necha marta aylantirib oc raladi. Socngra uni barmoqlar bilan tutib turib 90° li burchak ostida qayriladi, cho'ltoq orqali uzunasiga o'ramlar bilan mahkamlanadi va bint bilan tamomila bekilgunga qadar oc rash davom ettiriladi. Bog'lamlarning sanab o'tilgan 27. Qattiq bog'lamlar turlari va ularning qullanilishi Yumshoq bog‘lamlarni qo‘yish shartlariga qattiq bog‘lamlardan foydalanilganda ham qattiq rioya qilish kerak. Ular uzoq muddatga qo‘yilgani uchun (1,5—2 oygacha) shifokor tomonidan qo‘yilgan xato bemorni og‘ir asoratlarga olib keladi. Ba’zan qattiq bog‘lamlar uzoq muddatga qo‘yilib, ular olinganda ham qo‘l-oyoq harakatlari bajarilmasligi mumkin. Shunipg uchun qo‘l-oyoq qotirilganda ular beiorga bog‘lam olingandan so‘ng kam noqulaylik keltiradigan qilib qo‘yilishi lozim. Bundan tashkari, kattiq bog‘lamlardan foydalanilganda tananing nozik joylarini ham hisobga olish kerak (67-rasm), chunki shu sathlarda bog‘lamlarning qattiq bitishi nagijasida nekrozlar, chaqalar paydo bo‘lishi mumkin. Bu asorat ko‘gtroq suyak bo‘rtib chiqqan joylarda uchraydi. Bu asoratlar bo‘lmasligi uchun paxta-doka moslamalaridan foydalanilsa bo‘ladi. 28. Ishlatilishidan maqsadiga qarab bog'lamlarning turlari Bog‘lamlarni qo‘yishdan maqsad — bog‘lam materiallarini tana sathida ushlab turish (ushlab turuvchi bog‘lamlar), davolash uchun lozim bo‘lsa, masalan, jarohatdan qon ketayotgan bo‘lsa uni qattiq bosib turish (bosib turadigan bog‘lamlar), tananing ma’lum bir qismini immobilizatsiya (taxtakachlash) qilish yoki qo‘l-oyoq, bosh suyagi va boshqalardan tortib turish (tortib turuvchi bog‘lamlar). Parda hosil qiluvchi bog‘lamlar maxsus bog‘lamlarga kiradi. 29. Bintli bog'lamlarni afzalliklari va kamchiliklari Bog‘lam keng ma’noda ma’lum davr ichida davolash va tashqi muhitdan keluvchi salbiy ta’sirlardan jarohat yoki patologik o‘choqni saqlaydigan vosita hisoblanadi. Qiska ma’noda esa bog‘lam — bog‘lov materiali, xom ashyosi (bint, plastil, doka va b.)dir. Bog‘lam atamasining uchinchi ma’nosi davolash maqsadida qo‘yilgan yoki ifloslangan bog‘lov materialini almashtirish, shuningdek ularni fiksatsiya qilish harakatidir. Yumshoq bintli boglamlarni ishlatish (leykoplastir, kleol, plastmassalar, sintetika va b.) eng ko‘p tarqalgan davolash usuli hisoblanadi. Shuni yodda tutish kerakki, to‘g‘ri qo‘yilgan bog‘lam jarohatlangan kasalning tezroq sog‘ayib ketishiga yordam beradi. Noto‘g‘ri qo‘yilgan bog‘lam esa, ikkilamchi salbiy ta’sir qiladi: bemorda kuchli og‘riq va turli asoratlar keltirib chiqaradi. Bintlash aksariyat chetdan markazga tomon, biroq qator hollarda esa bog'lam teskari yo‘nalishda bog'lanadi. Bintning mahkamlaydigan o'ramidan keyin uning har bir keyingi o'rami oldingi o'ramning yarmini yopib borishi lozim. Bint boshchasini bintlanadigan yuzadan uzoqlashtirmaslik va bir me’yorda tortish kerak. Gavdaning konus shaklidagi qismi (son, boldir, bilak)ni bintlashda bint zich yopishib turishi uchun 1—2 marta aylantirilgandan so'ng bint qayirib bog'lanadi. Bintlash oxirida u tikib mahkamlanadi, unga to‘g‘nag‘ich bilan fiksatsiyalanadi yoki bintning o‘rtasidan yirtib, ikki bodakka bodinadi va bintlangan qism ustidan aylantirib o'raladi va tugib qo‘yiladi. Bintni jarohat proyeksiyasi ustida mahkamlash tavsiya qilinmaydi, balki uni chetroqdan mahkamlagan ma’qul. 30. Gipsli bog'lamlarning afzalliklari va kamchiliklari Gips sifatini tekshirish uchun bir necha sinamalar mavjud: 1) teng miqdorda gips bilan suv olib aralashtiriladi, hosil qilingan massa 5—7 daqiqa ichida qotishi, bosib ko‘rilganda sinishi, biroq kukunga aylanmasligi kerak; 2) gips kukunini qismlab siqilganda sifati yaxshi bo‘lsa, u sochiladi, yomon bo‘lsa, qumoq-qumoq bo‘lib qoladi. Gipsli bog‘lam qo‘yishning quyidagi qoidalari mavjud: gavdaning tegishli qismiga o‘rtacha fiziologik yoki funksionaljihatdan qulay vaziyat beriladi. Gavdaning shikastlangan qismidan tashqari ikkita qo‘shni bo‘g‘im immobilizatsiya qilinadi, gipsli bog‘lam taglik bilan qo‘yiladigan bo‘lsa, bu maqsad uchun gigroskopligi past paxtadan foydalangan va uni suyak do‘ngchalariga qo‘ygan ma’qul. Bog‘lam to‘qimalami bosmasligi, biroq haddan tashqari bo‘sh ham bo‘lmasligi kerak. Bog‘lam qo‘yilgandan so‘ng uning yirik tomirlami bosmayotganligi (ko‘karib ketish, shish, etjunjikishi, badanda chumoli yurgandek sezgi paydo bo‘lishi, uvushish, quyidajoylashgan segmentlaming shishishi) tekshirib ko‘rilishi zarur. 31. Dori moddalarini organizmga yuborish usullari Organizmga dorilarni uch xil uslubda yuborish mumkin: 1. Tashqaridan - teri orqali, shilliq pardalar orqali, ko’z, quloq, burunga tomizish orqali; 2. Ichak orqali (enteral uslub) - til ostiga olib so’rish, yutish, to’g’ri ichakga yuborish; 3. Ichakga kiritmay (parenteral uslub) - teri ostiga, mushaklar orasiga, qon tomiriga nine sanchib. Ingalyatsiya - bug' yoki dorivorlarnning havodagi maydalangan parchalarini (aerozol) nafas yo’llari orqali organizmga kiritish, ko’pincha nafas a’zolari kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Aerozol tayyorlaydigan maxsus uskunalar bor; f) Quloqqa tomizadigan dorini albatta badan haroratigacha isitish kerak. Aks holda bemorning boshi aylanib, qusishi mumkin. Dori yuborishdan oldin quloq doka yoki paxta bilan tozalanadi, keyin bemorning boshi sog’ qulog’i tomoniga egiladi va dori tomiziladigan quloq suprasi ozroq orqa yuqori tomonga tortilib eshitish yo’liga 3 — 4 tomchi dori tomiziladi. Burunga dori tomizish uchun bemorning kallasi orqaga egiiib, burunning har bir teshigiga 3-4 tomchi dori tomiziladi. Burun dori tomizishdan avval tozalanadi albatta. Ko zga dori tomizishdan oldin tibbiy hamshira qo’lini tozalab sovun va cho tka yordamida yuvib spirt bilan ishlov berishi kerak. Odatda bemorni yuqoriga qaratib uning pastki qovog’ini hamshira yanada pastroqqa tortib, ko'zga 1 - 2 tomchi dori tomiziladi. 32. Dori moddalari bilan teri va shilliq qavatlar orqali ta`sir etish, uning afzalliklari va kamchiliklari Dorilarni tashqaridan yuborish usullari: a) Ishqalash - teri yupqaroq va kam tukli bo’lgan joyga (sonlarning orqa tomoni, qorin, ko'krak qafasining yonboshi) suyuqlik yoki malham surtilib, to badanga singib ketguncha ishqalanadi. Ishqalanadigan joy terisi toza bo’lishi shart. Ayrim paytlarda teriga malham surtib ustidan polietilen bog'lab qo’yilsa dorining so’rilishi yaxshilanadi; b) Surkash - paxta yoki dokadan tayyorlangan tampon bilan dori teriga surkaladi, ko’pincha bu usul teri kasalliklarini davolashda qo’llaniladi; c) Piastir yopishtirish - havo o’tkazmaydigan matohga tarkibida davolovchi moddasi bo'lgan yopishqoq quyuq malham surtiladi va bu match xasta joyga yopishtiriladi. Piastir yopishtiriladigan joyning terisi spirt yoki efir bilan tozalanishi kerak, tuklar qirib tashlanadi; d) Teri ustiga paxtadan qilingan tampon bilan kukunli dorilarni sepish (talk, kseroform, baneotsin); 33. Dori moddalarini enteral usulda kiritish, uning afzalliklari va kamchiliklari mohiyati va ahamiyati Dori-darmonlarni (Dori-darmonlarni) tarqatish shifokorning retseptiga qat'iyan muvofiq ravishda hamshira tomonidan amalga oshiriladi, u statsionar kasalxonada dori-darmonlarni tayinlash va bekor qilish sanasini ko'rsatadi. Preparatlar ovqatdan oldin, ovqat paytida, keyin va yotishdan oldin olinadi. Dorilarni iste'mol qilishning eng keng tarqalgan, sodda va qulay usuli enteral, ya'ni, dorilarni og'iz orqali (per os) yoki ichkaridan ichish. Ushbu usul ishonchli tarzda boshqariladi. Ichkarida ular asosan qattiq dozalash shakllarini oladi: tabletkalar, drajjelar, pudralar, kapsulalar (rasm). Kukunlar (paketlar) suv bilan suyultirish uchun mo'ljallangan. Tez-tez ichkariga suyuq dozalash shakllari buyuriladi: eritmalar, damlamalar, ichimliklar va boshqalar. Bolaning yoshi qancha yosh bo'lsa, shunchalik suyuq dozalash shakllari, xususan, siroplar keng qo'llanilishini eslang. Shakl: 1. Qattiq dozalash shakllari: a - tabletkalar; b - drajje; c - changlar (paketlarda); d - jelatinli kapsulalarda enterik qoplamali changlar yoki mikrosferalarbDori-darmonlarni tarqatishni boshlash paytida hamshira qo'llarini sovun bilan yuvishi, agar kerak bo'lsa, xalatini almashtirishi, niqob kiyishi kerak. Xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun dori moddalarni shakli, rangi, hidi, ta'mi bo'yicha aniqlay olish kerak. Bola faqat tibbiyot xodimlari - hamshira, shifokor huzurida dori moddalarni iste'mol qilishi kerak.Bolalar bo'limida dori moddalarni tarqatishning bir necha yo'li mavjud. Siz bemorlarning ismlari yozilgan hujayralarga bo'lingan tovoqlardan foydalanishingiz mumkin,dori moddalar ularga oldindan yotqizilgan. Dori vositasini kameraga joylashtirishdan oldin, paketda ko'rsatilgan ism statsionarning tibbiy kartasida yoki emizish varag'ida dori nomi bilan tekshirilishi kerak. ... Keyin hamshira laganda bilan barcha palatalarni aylanib chiqadi. Boshqa usul (bolalar amaliyotida unchalik ma'qul emas) - bu ko'chma stoldan foydalanish, unga og'iz orqali yuborish uchun dorilar yotqizilgan, suv bilan stakan, stakan, qoshiq, toza pipetkalar joylashtirilgan. Hamshira ushbu stolni palataga o'giradi va navbat bilan har bir bemorni karavotga olib boradi, agar u yotoqda bo'lsa. Yuradigan bemorlar mustaqil ravishda stolga yaqinlashadi, u erda opa-singilning nazorati ostida dori moddalar qabul qilinadi. Siz uning qo'lidagi bolaga dori moddalar bermasligingiz kerak, ayniqsa bir nechta tabletkalarni. Dori-darmonlarni qabul qilish ketma-ketligiga rioya qilish muhimdir. Hapni yutib bo'lgach, u suv bilan yuvilib, mayda, lekin tez-tez ichkilikbozlik qiladi, bu preparatning oshqozonga o'tishiga yordam beradi (tabletka qizilo'ngach orqali 2-5 daqiqa davomida o'tadi, agar siz katta qultum ichsangiz, suv tezda tabletkadan o'tib ketadi, ikkinchisi esa nok shaklidagi bo'shliqda to'xtashi mumkin) ). 34. Dori moddalarini parenteral usulda kiritish, uning afzalliklari va kamchiliklari Parenteral yuborish usuli. Nafas yo’llari orqali ingalyastion (ingalacion – nafas olish) yuborish usuli.Teri orqali yuborish usulda asosan dori moddalarning reflektor va qisman mahalliy ta’sir etishi ko’zda tutiladi, bu yo’l bilan malxamlar, pasta, linimentlar, shuningdek spirtli yoki suvli eritmalar, aralashmalar va bolalarga sepma dorilari qo’llaniladi. Shilliq qavatlar orqali yuborish usulda dori moddalarining burun, xalqum, ko’z, buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga ta’sir etishi uchun qo’llanadi. Seroz qavatlar orqali yuborish usuli qorin bo’shlig’i a’zolari jaroxatlanganda va o’pkaning ba’zi kasalliklarida dori yuborish uchun qo’llanadi. Seroz qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli so’ruvchi xususiyatga ega, plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq so’riladi. Teri ostiga yuborish yo’li bilan dori moddalarining asosan suvli eritmalari yuboriladi. Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek dori moddalarining suspenziyalari ham yuboriladi. Venalar ichiga yuborish usulida moddalar bevosita qon oqimiga tushadi, bunda qon bilan o’zaro aralashganda cho’kma xosil qilmaydigan, qonni ivitmaydigan yoki gemoliz xosil qilmaydigan dori moddalari eritmasi qo’llanadi. Dorini venaga asta-sekin yuborish kerak, aks xolda qonda ularni kontsentratsiyasi birdan oshib ketib, organizmga zaxarlovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Dorining ta’siri juda tez, ko’pincha in’ektsiya vaktidayoq boshlanadi, ta’sir muddati teri ostiga va mushak orasiga yuborilgandan ko’ra kamroq bo’ladi. Orqa miya kanaliga yuborish usuli, gematoenstefalik to’siq orqali yaxshi o’tmaydigan dori moddalar subaraxnoidal, peridural yo’l bilan yuboriladi. Dori moddalar to’gridan- to’gri yurakka, bo’gimlarga, suyaklarga yuboriladi. Moddalar elektr toki bilan, ionoforez orqali yuborilishi mumkin. Parenteral usullar juda ko’p , lekin dorilar parenteral yo’l bilan yuboriladi deganda ularni asosan teri ostiga, mushaklar orasiga va venalarga yuborilishi ko’zda tutiladi, chunki boshqa yuborish yo’llari nisbatan kam qo’llanadi. 35. Bolalarni xirurgiya bulimiga qabul qilish qoidalari Qabul bo’limiga murojaat etgan bemorda yuqumli kasalliklar alomatlari borligiga gumon qilinsa, u maxsus izolyator xonasiga yotqizilib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o'tkazish uchun maxsus sanitariya transport! chaqiriladi. Har bir bemordan keyin xonaga sanitar- epidemiologik ishlov beriladi. Yuqumli kasallik aniqlanganligi haqida DSENM ga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. Qabul bo'limida bemor vrach ko'rigi va tekshiruvlardan keyin shifoxonaga yotqizilishi lozim bo'lganida, unga kasallik tarixi (varaqasi) to'ldirilib, vrach tomonidan bo'lim nomi. sanitariya ishlov berish turi va transportirovka uslubi ko'rsatiladi. Qabul bo’limida bemor (ahvoliga qarab) to’liq yoki qisman sanitariya ishlovidan so'ng xonasiga joylashtiriladi. Bemorni qabul qilishdan oldin va javob berilganidan keyin xonadagi krovat, tumbochka mavjud bo'Isa, boshqa jihozlar maxsus tayyorlangan dezinfeksiyalovchi eritmaga (6% li pergidrol +0,5% yuvish vositasi) botirib olingan lalla bilan artib chiqiladi. Krovatga to'shaladigan oqliklar va ko'rpalar bakteriyalarning sporali shakllarini yo’qotadigan kamerali dezinfeksiyadan o’tkazilib qayta qo'llaniladi. Ishlatilgan oqliklar yuvilishidan oldin yuvuvchi vositaning (soda) 2% li eritmasiga botirib qo yilib 2 soat davomida qaynatiladi. 36. Qabul bulimida bemorga sanitariya ishlov berish tartibi va turlari Qabul bo’limida bemor (ahvoliga qarab) to’liq yoki qisman sanitariya ishlovidan so'ng xonasiga joylashtiriladi. Bemorni qabul qilishdan oldin va javob berilganidan keyin xonadagi krovat, tumbochka mavjud bo'Isa, boshqa jihozlar maxsus tayyorlangan dezinfeksiyalovchi eritmaga (6% li pergidrol +0,5% yuvish vositasi) botirib olingan lalla bilan artib chiqiladi. Krovatga to'shaladigan oqliklar va ko'rpalar bakteriyalarning sporali shakllarini yo’qotadigan kamerali dezinfeksiyadan o’tkazilib qayta qo'llaniladi. Ishlatilgan oqliklar yuvilishidan oldin yuvuvchi vositaning (soda) 2% li eritmasiga botirib qo yilib 2 soat davomida qaynatiladi. 37. Qabul bulimining asosiy vazifalari va uning ahamiyati Davolash tashkilotlarining qabulxonasida dastlab tibbiyot hamshirasi «Tez yordam» mashinasida keltirilgan bemoming rasmiy hujjatlari yoki shahar poliklinikalari yo‘llanmalari bilan kelgan bemorlaming rasmiy hujjatlari bilan tanishadi. Qabul boiimida kasallarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlar: — kasalxonaga yotqizishni rasmiylashtirishjumali; — konsultatsiyalami rasmiylashtirish jumali; — har xil sabablarga ko‘ra kasalxonaga yotishdan bosh tortgan yoki yotishi man qilingan bemorlami rasmiylashtirishjumali. Tibbiy hamshira xirurgik bo‘lim ish faoliyati uchun rasmiy hujjatlar tuzishda qatnashadi: bularga kasallik tarixi; titul varag‘i; dorilami qayd qilish varag‘ini to‘ldirish; bemorlaming og‘irligi va bo‘yini o‘lchash; kasallik tarixiga barcha tahlillami yopishtirish; bir yoshgacha bo‘lgan bolalar axlatining sifati, miqdori va tezligini nazorat qilish varag‘ini to‘ldirishlar kiradi. Xirurgiya bo‘limi katta hamshirasi tomonidan yuritiladigan hujjatlar: — kasallaming o‘limini qayd qilishjumali; — dorilar va ulaming sarflanishini ro‘yxatga olishjurnali; — kuchli ta’sir etuvchi va narkotik dorilami ro‘yxatga olishjumali. Operatsiya va bog‘lamlarni ro‘yxatga oladigan hujjatlar: — operatsiyalami qayd qilish jumali; — bog‘lamlami ro‘yxatga olishjumali; — qon, plazma va qon o‘mini bosadigan suyuqliklami ro‘yxatga olish va ular to‘g‘risidagi hujjatlarjumali. Statsionarda yuritiladigan hujjatlar: — xodimlaming kelib-ketishini nazorat qilish jurnali; — bemorlarni ro‘yxatga olishjurnali; — dori-darmon hisoboti jurnali; — shikoyat va takliflarjumali; — 5 daqiqalik yig‘ilishlarjumali; — bo‘limning tekshiruv jumali; — ma’ruzalar, xodimlar saviyasini oshirish uchun suhbatlarjumali; — mehnat xavfsizligi va yong‘inga qarshijumal. 38. Xirurgik operatsiya tushunchasi va turlari Xirurgik operatsiyalar, odatda, davolash maqsadida o‘tkaziladi, biroq diagnostik operatsiyalar ham qilinadi. Diagnostik operatsiya- larga biopsiya, punksiya qilish (qorin bo‘shlig‘i, plevral bo‘shliq, orqa miya punksiyalari va b.), endoskopik tekshirishlar (sistosko- piya, bronxoskopiya, ezofagoskopiya, gastroskopiya, torakoskopiya, laparoskopiya va b.), angiografiya va yurakni kateterizatsiya qilish, diagnostik torakotomiya va laparotomiya kiradi. Diagnostik operatsiyalarning bir qismi, ayniqsa, diagnostik torakotomiya yoxud laparotomiya har holda xavflidir, shuning uchun ham, tekshirishning boshqa barcha imkoniyatlari tugagandan so‘nggina ularni qo‘llash lozim. ( Davolash operatsiyalari radikal va palliativ bo‘lishi mumkin. Radikal operatsiyalar deb, kasallangan (shikastlangan) a’zolar yoki to‘qimalarni yorib ko‘rib olib tashlanishiga (abssessdagi insiziya- lar, appendektomiya, xolesistektomiya, me’da rezeksiyasi, ochiq arterial tomirni bog‘lash va b.) aytiladi, lekin shunisi ham borki, bunday operatsiyalar natijasida kasallikning qaytalanishi yoki yangi paydo bo‘lishi bartaraf etiladi. Radikal operatsiyalar kengaytirilgan va kombinatsiya qilingan bo‘lishi mumkin. Masalan, agar me’da o‘smasi atrofidagi to‘qimalarga tarqalgan bo‘lsa, bir paytning o‘zida me’da bilan birga taloq olib tashlanadi, jigarning o‘sma tarqalgan bo‘lagi, ko‘ndalang-yo‘g‘on ichakning ko‘richakdan to‘g‘ri ichakkacha bo‘lgan qismining bir bo‘lagi rezeksiya qilinadi va yon- atrofdagi limfa tugunlari ham olib tashlanadi, ya’ni o‘sma tarqalgan hamma to‘qimalar olib tashlanadi. Palliativ operatsiyalar kasallikni keltirib chiqargan sa- bablarga barham bermaydi, lekin bemornpng ahvolipi yengillashti- radi. Masalan, o‘sma yo‘g‘on ichak yo‘lini (bo‘shlig‘ini) to‘sibqo‘ygan va uni radikal operatsiya yo‘li bilan olib tashlashning iloji bo‘lmasa, ichak sirtmog‘i qorinning old devoriga keltiriladi-da, keyin yo‘g‘on ichak yo‘li ochiladi. Bunday holda, o‘sma o‘z joyida kolaveradi, lekin ichakdan ovqat o‘tmay qolishiga barham beriladi va ichakdagi ortiqcha narsalar orqa chiqaruv yo‘lidan bemalol chiqa oladi. 39. Rejali operatsiyalar va bolalarni ularga tayyorlash tartibi Rejali operatsiyalar istalgan paytda qilinishi mumkin, shu bilan birga bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolashga tayyorlash bir-ikki kunga, zaruriyat tug‘ilib qolsa bir necha haftaga cho‘zilishi mumkin. Operatsiyaga tayyorgarlik davrida rejali operatsiyalar quyidagicha ajratiladi: 1) olis, 2) yaqin oradagi va 3) bevosita operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davri. Masalan, olis operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrida bemorda buqoq yoki tug‘ma yurak kasalligi bo‘lsa sanatoriy davosi qoTlaniladi, bodomsimon bez va chirigan tishlar sanatsiya qilinadi. Yaqin oradagi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrida (7—15 kun davomida) somatik sistemaning umumiy holati yaxshilanadi, bevosita operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrida esa sanitariya ishlovi o‘tkaziladi, qovuq va to‘g‘ri ichak bo‘shatiladi. 40. SHoshilinch operatsiyalar va bolalarni ularga tayyorlash tartibi Shoshilinch operatsiyalarga bemorlarni tayyorlashda yuqorida qayd etilgan vazifalar qisqa vaqt ichida (3 soatgacha) imkon darajasida bajariladi. Oshqozonga zond qo’yilib yuviladi. Gomeostazni tikiash choralari ko riladi Shoshilinch operatsiyaga tayyorgarlik ko'rishda. Amallar ketma-ketligi: - terini, tananing tukli qismlarini. tirnoqlarini tekshirish va kerak bo'lganda ishlov berish (ishqalanish. yuvish); - qisman sanitariya (artish, yuvish) ishlov berish; - jarrohlik maydonini quruq holda tuklarni qirish; - shifbkorning ko'rsatmalarini bajarish: tahlillar, huqna, oshqozonni yuvish. premedikatsiya va boshqalar. Filonchikov - Grossix bo'yicha operatsion maydonniga ishlov berish. Ko'rsatma: bemorda jarrohlik sohasidagi aseptikaga moslik. Tayyorlang: steril kiyinish va asboblar: sharlar, korntsang, pined, qisqich. choyshablar; steril idishlar; antiseptiklar (yodonat, yodopiron- alkogol 70%, dezmin. dezmitsid va boshqalar); chiqindilar uchun idishlar, dezinfektsiyali eritmalar bilan idishlar Amallar ketma-ketligi: 1. Yodonatning (yodopiron) i% eritmasida 5-7 ml miqdorid3 sterillangan sharni korntsang yoki pincet bilan mo'l miqdorda namlang- 2. Jarrohga korntsangiii uzating. 3. Bemorning jarrohlik sohasini keng qamrovli qayta ishlash. 4. Korntsangiii axlat qutisiga tashlang. 5. Jarrohlik maydonining keng qayta ishlov berish ikki marta takrorlanadi. 6. Bemorni operatsiya sohasida tuynugi bor steril choyshab bilan yoping. 7. Bir marta kesnıa sohasidagi teriga antiseptik bilan ishlov bering. 8. Bir marta chok qo'ymasdan oldin jarohat chetlarini tcrisiga ishlov bering. 9. Bir marta terini chok qo'ilgan sohasida qayta ishlov bering. Tayyorlash tadbirlari bemor ahvoliga, uning yoshiga. operatsiya turiga bog'liq. Bu tadbirlarni o’rta va kichik tibbiyot xodimlari bajaradi. Institut talabalari bu tadbirlarni bajarishni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o’zlashtirishi zarur. 41. Kechiktirib bulmaydigan operatsiyalar va bolalarni ularga tayyorlash tartibi Bolalarni operatsiya qilish uchun ota-onasi yoki vasiylarini yozma roziligini olish shart. Ularga og'ir - yengilligini, xavfi qanday natija bilan tugashi mumkinligini tushuntirish lozim. Ota-onasi yo qligida shoshilinch yoki kechiktirib bo’lmaydigan operatsiyaga zarurat tug’ilsa, bit qoidaga amal qilinmaydi. Bunday hollarda uchta shifokor operatsiya qilish qilmaslik to'g'risida qaror chiqarib, bo'lim boshlig’i yoki bosh vrachga xabar qiladilar va operatsiyani о tkazishlari mumkin. Qabulxona boTimida bemor ahvolining og‘ir-yengilligiga va operatsiyaning nechogTi shoshilinch sur’atda o‘tkazilishiga ko‘ra, to‘liq yoki qisman sanitariya ishlovi o‘tkaziladi. Shoshilinch hollarda bemoming kiyimlari yechiladi, tanasining ifloslangan sohalari bint bilan artiladi, tuk-junlari qirib tashlanadi. Bemoming me’dasi to‘lib ketgan taqdirda undagi modda zond bilan chiqariladi. Huqna qilinmaydi. Siydik ajratish qiyinlashganboTsa, kateterbilan chiqariladi, odatdagi hollarda esa bemomi mustaqil siyishi kifoya qiladi. 42. Operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davr, ularning muddatlari Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davri (operatsiyadan oldingi davr) bemor statsionarga kelgan yoki poliklinikaga murojaat qilgan kundan boshlab, to operatsiya boshlanguncha o‘tadigan vaqtni o‘z ichiga oladi. Operatsiyaga tayyorgarlik davrini bosqichlarga ajratish mumkin: tashxisni aniqlash va bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolashga tayyorlash. Birinchi bosqichda tashxis aniqlanadi, turli a’zo va sistemalaming holati tekshirib ko‘riladi va operatsiya qilish uchun maTumotlar aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa bemor operatsiyaga tayyorlanadi. Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrining qancha davom etishi kasallikning xususiyatiga, bemorning umumiy ahvoliga, operatsiyaning shoshilinchlik darajasiga va jarrohlik yo‘li bilan davolashmng ko‘lamigabog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Kechiktirib boTmaydigan operatsiyalar (qon ketishini to‘xtatish, chuvalchangsimon o‘simtaning o‘tkir yalligTanishi, me’da yarasining teshilishi, homilaning bachadondan tashqaridaboTishi hollari)da operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davri qisqa boTadi. Og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun, shuningdek, operatsiya zudlik bilan qilinadigan bo‘lsa, suv muolajalari qoTlanilmaydi. Shu bilan birga yurak va tomirlar, transplantologiya xirurgiyasida, me’da va o‘t yoTlarini tiklash xirurgiyasida operatsiyaga tayyorgarlik davri ba’zan bir necha haftaga cho‘zilib ketadi. Bemomi operatsiyaga tayyorlashning ahamiyatini baholash mushkul, chunki qilinadigan operatsiyaning muvaftaqiyatli o‘tishi, ko‘pincha, ana shubemomitayyorlashgabogTiqboTib qoladi. Xirurg operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davridayoq ehtimol tutilgan qiyinchiliklarni oldindan ko‘ra bilishi kerak. Bu qiyinchiliklar shartli ravishda og‘riqsizlantirishning turi, qon ketish ehtimoli, operatsiya shoki yoki hayotiy muhim a’zolarning shikastlanish ehtimoli bilan bogTiq boTishi mumkin. Operatsiyaga tayyorgarlik davrida rejali operatsiyalar quyidagicha ajratiladi: 1) olis, 2) yaqin oradagi va 3) bevosita operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davri. Masalan, olis operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish davrida bemorda buqoq yoki tug‘ma yurak kasalligi bo‘lsa sanatoriy davosi qoTlaniladi, bodomsimon bez va chirigan tishlar sanatsiya qilinadi. Bemoming operatsiyadan keyin tuzalib, kasalxonadan uyiga javob berilgungacha bo‘lgan davr operatsiyadan keyingi davr deb ataladi. Operatsiyaning og‘ir-yengilligiga, hajmi va bemorning umumiy ahvoliga ko‘ra bu davr bir necha kundan bir necha oygacha cho‘zilishi mumkin. Xirurgik operatsiyaning natijasi ko‘pjihatdan operatsiyadan keyingi davming qanday o‘tkazilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlami parvarish qilishda o‘rta tibbiy xodimning o‘mi katta. Bunda shifokor ko‘rsatmalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarish hamda bemorga yaxshi parvarish qilish uning tezroq sog‘ayib ketishi uchun imkon yaratib beradi. Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarga nazoratni to‘g‘ri va aniq uyushtirish turli xil asoratlarning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi chora-tadbir hisoblanadi. 43. Operatsiyadan keyingi davrda bolalarni parvarish kilishning asosiy qoidalari Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarga nazoratni to‘g‘ri va aniq uyushtirish turli xil asoratlarning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi chora-tadbir hisoblanadi. Yurak-tomirlar sistemasining ishi to‘g‘risida puls, arterial bosim va terining tusiga qarab xulosa chiqariladi. Pulsning sekinlashishi va tarangligining oshishi. Bunday holatlarda miya shishi va miyaga qon quyilishi yoki meningit sababli markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilganligi oqibatida yurak daqiqasiga 40—50 marta uradi. Arterial bosimning pasayib ketishi va terining oqarishi bilan bir qatorda pulsning tezlashishi va sekinlashishi (daqiqasiga 100 martadan ko‘p) ikkilamchi shok rivojlanganda yoki qon ketganda yuz berishi mumkin. Agar xuddi shunday manzara to‘satdan paydo boTsa, bu holda bemorda o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi borligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Bu patologiyada bemor bir necha soniya ichida halok boTishi mumkin. 44. Bolalar reanimatsiyasi bulimida bolalarni parvarish kilish qoidalari Anesteziologiya va reanimatsiya bo'iimi shifoxonaning barch xirurgiya bo'limlari joylashgan qismida tashkil qilinib, ushbu bo'limlar bilan bevosita bog'langan bo'lishi shart. Chunki og’ir operatsiyadan chiqqan yoki ahvoli og'ir bemorlar shu bo'limga o’tkazilib, davolanishi maqsadga muvofiq. Reanimatsiya bo'limining tuzilishi boshqa bo’limlardan ajralib turadi. Bo’limda reanimatsiya (qayta tiriltirish) zali va bemorlar yotib davolanadigan 2 - 3 ta xonalar tashkil qilinadi. Bu xonalar shunday joylashganki, tibbiy hamshira har bir yotgan bemorni ahvolini uzluksiz nazorat qila oladi. Bu yerda davolanayotgan bemorlar ahvolini nazorat qilish uchun turli tibbiy asbob uskunalar qo’llaniladi. Reanimatsiya zalida I - 2 ta maxsus krovatlar bo’lib, ularning har tomonidan tibbiyot xodimlari bemorga bemalol yaqin borishi mumkin bo'lishi kerak. bu zalda bemorga sun'iy nafas berish asbob - uskunalari, yurak faoliyatini qo’zg'atish va boshqa asbob — uskunalar bo lishi ta’minlanadi. Reanimatsiya tadbirlari quyidagi tartibda bajariladi: Yurak to'xtagani vaqtni belgilash; Nafas yo’llarini tozalash; Bemor qattiq joyga chalqancha, boshi orqaga egilgan holda yotqiziladi; Pastki jag i burchaklaridan ushlanib oldinga tortiladi va ustki jag iga tomon bosiladi, keyin burun teshiklari yopilib, og'izni bemor z'La qo yib, 2-3 sinov nafasi yuboriladi, nafas yo’llari ochiq bo'Isa, ко krak qafasi havo yuborganimizda ko’tariladi. 45. Antropometriya, uni utkazish qoidalari va ahamiyati Аntrоpоmеtriya – yunоnchа аntrоpо-оdаm, mеtriya-o’lchаymаn so’zlаridаn оlingаn. Pеdiаtriya аmаliyotidа bоlаning аntrоmеtrik ko’rsаtgichlаri muhim o’rin tutаdi. Jumlаdаn bоlа vа usmilаrning jismоniy rivоjlаnish dаrаjаsini tаhlilqа qulаy vа sаmаrаli usul bulib hisоblаnаdi. Bundаn tаshqаri pеdiаtriya аmаliyotidа kаttаlаrdаn ulаrоq bоlа vаznigа qаrаb dоrilаr dоzаsi o’lchаb tаvsiya etilаdi. 8 yoshdа vаzn- 28 kg 8 yoshdа buyi – 130 sm 9 yoshdа vаzni-31 kg 9 yoshdа buyi- 135 sm 5 yoshdаn 12 yoshgаchа bo’lgаn bоlаning hаr bir yoshigа 3 kg qushilib bоrаdi. 5 yoshdаn 12 yoshgаchа bo’lgаn bоlаning hаr bir yoshigа 5 sm qushilаdi. 46. Yurak va nafas to'xtaganda yordam ko'rsatish Yurak faoliyati va nafas olish to’satdan to’xtab qolganda klinik o’lim holati boshlanadi. Shu vaqtda darrov uqalash va sun’iy nafas olishga kirishiladigan bo’lsa, insonni qutqarib qolish mumkin. Ushbu maqolada muallif tomonidan yurak faoliyati va nafas olish to’xtaganda birinchi yordam berish usullari haqida fikr mulohazalar yuritilgan. Yurak faoliyati to‘satdan to‘xtab, odam nafas olmay qolgan mahalda klinik o‘Jim holati boshlanadi. Yurakni darrov bilvosita uqalash va sun’iy nafas oldirishga kirishiladigan bo‘lsa, bir qancha hollarda odamni qutqarib qolish mumkin bo‘ladi. Odam elektr tokidan zararlanganida, suvga cho‘kkanida va nafas yo‘llari bosilib yoki tiqilib qolgan boshqa bir qancha hollarda yurak faoliyati birdan to‘xtab qolishi mumkin. Bunda sun’iy nafas oldirish uchun o‘pkaga havo yuborishga imkon beradigan maxsus apparatlardan foydalanish hammadan ko‘ra ko‘proq naf beradi. Ana shunday apparatlar bo‘lmagan taqdirda har xil usullar bilan sun’iy nafas oldiriladi, masalan, «og'izdan ogVizga» nafas berish usuli. Sun’iy nafas oldirishga kirishishdan avval shikastlangan odamni chalqancha yotqizib, havo o‘tkazuvchi yo‘llari havo o‘tishi uchun ochiq turganiga ishonch hosil qilish kerak, buning uchun uning boshini imkoni boricha ko‘proq orqaga engashtirib qo‘yiladi. Jag‘lari qisiiib qolgan bo‘lsa, pastki jag‘ini oldinga tortib engagiga bosish, og'zini ochish, so‘ngra salfetka bilan og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak yoki quruq massalardan tozalab olish va sun’iy nafas oldirishga kirishish: shikastlangan odamning ochiq turgan og‘ziga bir qavat salfetka (dastro‘mol) qo‘yib, bumini qisish, chuqur nafas olib, lablami shikastlangan odam lablariga mahkam taqash va germetik qilib turib, kuch bilan uning og‘ziga havo puflab kiritish kerak. Kam havo puflab kiritiladigan bo‘lsa, bunday sun’iy nafas naf bermaydi. Havoni tabiiy nafas tiklanguncha, bir daqiqada 16-18 martadan bir maromda puflab yuborib turiladi. Shikastlangan odamning pastki jag‘i yaralangan bo‘Isa, sun’iy nafasni boshqa usul bilan oldirish mumkin,bunda havo shikastlangan odamning burnidan puflab kiritiladi Zambilning tasmalari yoki bir-biriga ulangan ikkita-uchta shimning kamari bilan shikastlangan odamni dam-badam (nafas harakatlari maromida) 10 sm gacha yuqori ko'tariladi va pastga tushiriladi. Shikastlangan odam yuqori ko‘tari!ganida ko‘krak qafasi yozilishi natijasida unga nafas kiradi, pastga tushirilganida ko‘krak qafasining siqilishi tufayli undan nafas chiqadi. Yuraк faoliyati birdan to'xtab qolgan paytda (buning alomatlari puls yo4qolib qolishi, yurak urishining biiinmasligi, ko‘z qorachiqlarining yorug‘likka reaksiya ko‘rsatmay, kengayib turishidir) darhol yurakni bilvosita uqalashga kirishiladi: shikastlangan odamni chalqancha yotqiziladi. u imkon qadar usti qattiq joyda yotishi kerak. Yordam beruvchi kishi uning chap tomoniga o‘tib, ustma-ust qo‘yilgan o ‘z kaftiarini to‘sh suyagining pastki uchdan bir sohasiga qo‘yadi. Ulaming birinchisi yurakni bilvosita uqalab boradi, ikkinchisi «og‘izdan og‘izga» usuli bilan sun’iy nafas oldiradi, uchinchisi esa shikastlangan odamning o‘ng tomoniga o ‘tib, uning boshini ushlab turadi va sun’iy nafas oidirish bilan yurakni bilvosita uqalashni kerakli vaqt davomida uzluksiz davom ettirib borish uchun yordam beruvchilardan 47. Terminal holatlar va ularda yordam ko'rsatish Reanimatologiya — organizmni tiriltirish, terminal holatdan chiqarish, terminal holatlar vujudga kelishining oldini olish va ularning etiopatogenetik omillarini o‘rganuvchi fandir. Organizm himoya kuchlarining susayishi va hayotiy muhim organlar faoliyati- ning izdan chiqishi oqibatida ro‘y bergan, o‘limga chegaradosh holat terminal holat deb ataladi. 48. Suyaklar singanda yordam ko'rsatish Singan suyak uchun birinchi yordam Tez yordam mashinasi yoki shifoxona juda uzoqda deylik. Yordam kutayotganda suyak singan odamga birinchi yordam ko'rsatishingiz mumkin. Har qanday qon ketishini kamaytiring: Agar odam yoriq atrofidagi qon ketayotgan bo'lsa, siz bosim o'tkazib, qon ketishini atrofini steril bandaj, toza kiyim yoki mato bilan o'rashingiz mumkin. – Bu hududga muz qo'llang: shish va og'riqni kamaytirish uchun muz paketini lattaga o'rang va shikastlangan joyga surting. – Shikastlangan joyni immobilizatsiya qiling: suyak singan joyda, iloji boricha harakatsiz saqlanishiga ishonch hosil qiling. Agar a bo'yin yoki orqa miya singan bo'lsa, odamni qimirlatmang va harakatsiz turishiga yordam bering. Agar bu oyoq yoki qo'l bo'lsa, siz ularni vaqtincha gipsga qo'yishingiz yoki singan suyaklarga bosim o'tkazmasdan tashish uchun yurishga yordam berishingiz mumkin. - Shok uchun g'amxo'rlik qiling: agar odam shokda bo'lsa, bu odatda travmatik hodisadan keyin sodir bo'ladi, chunki tana parvoz yoki jang rejimiga o'tadi. Insonga g'amxo'rlik qilish muhim! Bu shunchaki tasalli beradimi yoki ularni qulay holatga o'tkazadimi. Yordam kelganda shok uchun yordam ko'rsatish dunyoni o'zgartiradi Agar odam kuchli qon ketayotgan bo'lsa, ko'p miqdorda og'riq his qilsa yoki hushidan ketsa. Shoshilinch raqamni tering va ularga vaziyatni aytib bering. Yordam tezda kelishi juda muhimdir. Agar kerak bo'lsa, ular nafas olmasa, yurak massajini bajaring. Favqulodda yordam raqamini ko'p hollarda suyak singan bo'lsa, boshqa shikastlanmaslik uchun chaqirish kerak. Eng ko'p uchraydigan suyak sinishi va sinishi Suyaklar tananing turli joylarida sinadi. Biroq, suyaklarning sinishi ehtimoli ko'proq bo'lgan alohida joylar mavjud. Eng keng tarqalgan sinishlar: Wide Group Expo 720×90 logotipi Bilagi to'piq suyagi Hip Bu suyaklar biz ham qarigan sari sinishi mumkin. Shuning uchun bu suyaklarga zarar bermaslik uchun diqqat bilan qarash kerak. Suyak sinishi va sinishi turlari: - Yopiq sinish - Ochiq sinish - Greenstick sinishi - Soch chizig'ining sinishi - Murakkab sinish - maydalangan sinish - Avulsiya sinishi - Siqish sinishi Bu sinishlar va tanaffuslar nafaqat oyoq va qo'llarda emas, balki tanadagi har qanday suyakda paydo bo'lishi mumkin! Ba'zi turdagi yoriqlarni davolash va tuzatish boshqalarga qaraganda qiyinroq bo'lishi mumkin. Singan suyakni davolash Singan suyakni tuzatish hech qachon oson ish emas. Biroq, singan suyaklar tez-tez uchraydi va zamonaviy texnologiyalar shifokorlarga singan suyaklaringizni tuzatishning eng yaxshi usulini topishga yordam berdi. Afsuski, singan suyakning tiklanishi yoriqning og'irligiga qarab bir necha oy davom etishi mumkin. Suyak va uning atrofidagi mushaklar tiklanishi uchun jarrohlik yoki reabilitatsiya talab qilinishi mumkin. Yuqorida aytib o'tganimizdek, rentgen - bu yoriqni tashxislashning eng yaxshi usuli va eng yaxshi tiklanish usuli. Davolash har xil, ammo bu erda eng keng tarqalgan usullar mavjud: - Qavslar - Gips quyma -Traktsiya (shkivlar, pinlar va og'irliklarning kombinatsiyasi, odatda tananing pastki qismida, lekin kamdan-kam uchraydi) -Suyakni ushlab turish uchun jarrohlik yo'li bilan o'rnatilgan metall tayoq yoki plastinkalar - Og'riq qoldiruvchi dori Ko'pchilik singan suyaklar gipsga joylashtiriladi. Gips - bu suyakning to'g'ri tiklanishi uchun suyakning harakatini yo'q qilishning ajoyib usuli. Agar gips qo'yilganda suyak egilgan yoki noto'g'ri bo'lsa, singan suyak to'g'ri tuzalishi uchun uni qayta sindirish kerak bo'ladi. Misol uchun, gips sizning buzoq mushaklari atrofiga qo'yilgan bo'lsa va oyog'ingiz butunlay tekis bo'lmasa. Suyakni sindirish va gipsni qayta qo'llash kerak bo'ladi. Nogironlar aravachalari va Crunches, shuningdek, suyak ustida yurganda ortiqcha kuchlanish bo'lmasligiga ishonch hosil qilish uchun reabilitatsiya jarayonida qo'llaniladi. 49. Kuyishda birinchi yordam Kuyish deganda to‘qimalarning kimyoviy va termik ta’sirlar natijasida travmatik jarohati tushuniladi. Yuqori harorat bilan kuyish ko‘pincha yong‘in sodir bo‘lganda, issiq jismlar, suv, yog‘ va boshqalar bilan kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Kimyoviy kuyish esa teri qoplamasiga ishqor, kislota va og‘ir metall tuzlari tushganda kelib chiqadi. Aynan kuyish, inson o‘limiga sababchi bo‘luvchi jarohatlar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi, ko‘pincha kuygan inson yon atrofidagilar o‘z vaqtida va to‘g‘ri usulda birinchi yordamni ko‘rsata olishmaydi. Shuning uchun ham har bir inson kuyishda birinchi yordam sifatida bajariladigan elementar harakatlarni bilishi shart. Kuyish jarayoni kuzatilsa, birinchi navbatda tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak. Ular kelgunicha bemor ahvolini yaxshilash uchun ayrim harakatlar bajarilishi kerak: Jarohatlovchi manbani olib tashlash, kuygan kiyimlardan halos etish kerak; 10-20 daqiqa davomida kuygan sohani muzlatish zarur (uzoq muddatga muzlatish qon tomirlarni kuchli spazmiga olib keladi, qon bilan ta’minlanishni buzadi), bu terining kuyish chuqurligini kamaytiradi, to‘qimalar zararlanishini va og‘riq hissini kamaytiradi. Kuygan sohani muzlatish faqatgina kuygandan keyin 2 soat davomida bajariladi; Og‘riqsizlantirish, undan keyin kuygan sohaga steril bog‘lam qo‘yish, agar kuyish katta sohani egallagan bo‘lsa, toza yopinchiq bilan yopib qo‘yish kerak; Birinchi darajali kuyishlarda maxsus kuyishda qo‘llaniladigan moddalardan foydalansa bo‘ladi. Agar yosh bola kuygan bo‘lsa, terini qayta ishlashda e’tiborli bo‘lish kerak. Bolalarda kuyishda eng asosiy qilinishi kerak bo‘lgan chora antiseptikadir. Ota-onalar doimo savollar berishadi, kuyganda paydo bo‘ladigan pufakli yaralarni qanday qilib zararsizlantirish va og‘riqni qanday kamaytirish mumkin? Briliant yashili (Бриллиантовый зелёный) va yod eritmasi haqida unuting, bolakayning nozik terisiga bunday vositalar qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hozirgi pediatrlar antiseptik vosita sifatida kumush tuzlari eritmalaridan foydalanishni tavsiya etishmoqda. Masalan, «Surfalgin» preparati bakteriyalardan himoya qiladi, regeneratsiya (bitish) jarayonini tezlashtiradi va har qanday bolalar terisiga mos keladi. 50. O'pka-yurak reanimatsiyasi nima degani va uni o'tkazish tartibi 51. Qusishda bemorlarda birinchi yordam ko'rsatish 52. Muz va sovuq quyish tartibi va qoidalari 53. Narkoz haqida tushuncha, uning xirurgiyada ahamiyati Narkoz bosqichlari va darajalari. Narkoz vaqtida narkotik moddaning konsentratsiyasi va turiga bog‘liq holda uning muayyan bosqichlarini va darajalarini farq qilish mumkin. Quyida efirdan foydalanishda narkozning klassik kechishi tasvirlangan. Boshqa narkotiklar qo‘llanilganda narkozning kechishida ba’zi bir o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. 1- bosqich — analgeziya bosqichi 3—4 daqiqa davom etadi va es-hushning xiralashuvi, og‘riq sezgisining yo‘qolishi bilan xarakterlanadi. Qorachiqlar yorug‘likka reaksiya beradi, reflekslar saqlanib qoladi, arterial bosim, puls awalgi darajada bo‘ladi. Bu bosqichdan (hushsiz qiladigan raush narkozi) kichikroq operatsiyalar (yiringlagan joyni kesish) qilish, ba’zan og‘riqqa sabab bo‘ladigan muolajalami bajarishda foydalaniladi. 2- bosqich — qo‘zg‘alish bosqichi birmuncha uzoq vaqt davom etadi va bemorda harakat reaksiyasining oshishi, nutq markazining qo‘zg‘alishi bilan xarakterlanadi (bemor nima deyayotganini bilmay ko‘p gapiradi). Arterial bosim oshadi, puls tezlashadi, mushak tonusi va reflekslari oshgan bo‘ladi, tez va notekis nafas olish, qayt qilish kuzatilishi mumkin. Bu bosqich ichkilikdan qattiq mast bo‘lgan odam holatini eslatadi. Ichkilikm suiiste’mol qiladigan bemorlarda qo‘zg‘alish birmuncha keskin namoyon bo‘ladi. 3- bosqich — xirurgik bosqich. Narkoz paydo bo‘lishi vaqti narkotik moddaga bog‘liq. Bu bosqichda xirurgik operatsiyalar o‘tkaziladi. Bosqichning to‘rt darajasi bor. Birinchi darajasi: es-hush batamom yo‘qoladi. Og‘riq va taktil (teri) sezuvchanligi bo‘lmaydi, qorachiqlar toraygan, biroq muguz parda refleksi va mushaklaming tarangligi saqlanib qoladi. Ko‘z soqqalarining «suzib yuradigan» harakatlari saqlanib qoladi. Ikkinchi darajasi: qorachiqlar toraygan, muguz parda refleksi saqlanib qoladi. Mushaklar qisman bo‘shashadi. Bu darajada tilning halqumga tiqilib qolish xavfi bo‘ladi. Uchinchi darajasi: puls sekinlashadi, arterial bosim pasayadi, nafas yuzaki bo‘lib qoladi. Ko‘z qorachig‘i kengayadi, muguz parda refleksi yo‘qoladi. Mushaklar batamom bo‘shashadi. To‘rtinchidarajasi:nafasbirmunchayuzaki, qorachiqlarkengaygan, yorug‘likka reaksiya bermaydi, muguz parda nursiz. Puls tez, to‘liqligi sust. Arterial bosim tobora pasayadi. Narkozning bu darajasiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki o‘lim bilan tugashi mumkin. 4- bosqich — uyg‘onish davri. Narkozning barcha alomatlari tartib bilan yo‘qoladi. Bu bosqich uxlab qolish davridan uzoqroq davom etadi. Ingalatsion narkoz uchun niqoblar va apparatlar. Narkoz paydo bodgan davrdan boshlab ko‘p sonli niqoblar va apparatlar taklif qilingan. Ularning sifati va tuzilishi narkozning kechishiga ko‘p jihatdan bogdiq. Ularning ko‘pchiligi hozirgi kunda xirurgiya amaliyotida qodlanilmaydi, faqat tarixiy ahamiyatga ega, xolos. Esmarx va Shimmelbush niqoblari tuzilishijihatidan eng oddiy niqoblardan hisoblanadi (21-rasm). Ular sim tohdan iborat bo‘lib, operatsiyadan oldin unga bir necha qavat doka tortib qo‘yiladi. Niqobni yuzga qo‘yib, unga bir necha tomchi narkotik modda tomiziladi. Sadovenko niqobi namat toddirilgan va narkotik modda quyiladigan metall rezervuar 1, nafasni tekshirib turish uchun rezina qopcha 2 va narkotik modda yuboriladigan regulator 3, niqob 4 dan tashkil topgan 54. Narkoz turlari va ularga ko'rsatmalar Narkoz turlari. Narkotik moddani kiritish yo‘llariga ko‘ra ingalatsiyali va ingalatsiatsiz umumiy og‘riqsizlantirish farq qilinadi. Ingalatsion narkoz deb, narkotik modda nafas yo‘llari orqali yuboriladigan umumiy og‘riqsizlantirish turiga aytiladi. Ingalatsiyasiz narkozlarga vena ichi, to‘g‘ri ichak, teriosti turlari kiradi. Narkotik uyquning chuqurligiga ko‘ra narkoz yuzaki va chuqur bo‘lishi mumkin. Bitta narkotik modda yuboriladimi yoki ulaming aralashmasimi, shunga ko‘ra quyidagilar farq qilinadi: bitta modda beriladigan sof narkoz (azot (I)-oksidi, efir, ftorotan va boshqalar), bu moddalarning aralashmasi qo‘llanadigan narkoz aralash narkoz deyiladi, faqat narkotik moddalar emas, balki ularni yuborish yo‘llari ham kombinatsiya qilinadigan narkoz kombinatsiyali narkoz deyiladi. Ko‘pincha narkozning bir turi bazis (asosiy) narkoz sifatida qilinadi, so‘ngra boshqa narkotik modda bilan davom ettiriladi. Ingalatsion narkoz. Narkozning bu turiga turli xil narkotik moddalar (efir, ftorotan, xloretil va boshqalar) yoki gazlar (azot (I)-oksidi, siklopropan va boshqalar)ni nafasga olish (ingalatsiya) yo‘li bilan erishiladi. Ingalatsiya uchun quyidagi moddalar keng qo‘llanilmoqda. A. Suyuq narkotik moddalar. Efir (Aether pro narcosis) — o‘ziga xos hidi va achishtiruvchi ta’mi bo‘lgan rangsiz tiniq suyuqlik. Oson alangalanadi. Efiming havo bilan aralashgan bug‘lari portlashi mumkin. Efiming sifati quyidagi usullar yordamida sinab ko‘riladi: 1) filtr qog‘ozdan bug‘langandan so‘ng hidi qolmasligi kerak; 2) oynadan bug‘latilgandan so‘ng nordon reaksiya beradigan cho‘kma qolmasligi kerak (eritilganda ko‘k lakmus qog‘ozni qizartiradi). Zarg‘aldoq rangli shisha flakonlarda 100 ml dan chiqariladi. Olovdan uzoqda, yorug‘lik tushmaydiganjoyda saqlanadi. Xloroform (Chloroformium) — tiniq rangsiz suyuqlik. Yorug‘- likda parchalanadi. Organizmdan, asosan, siydik bilan chiqariladi. Sofligiga sinash: 1) filtr qog‘ozidan bug‘langanda hidi qolmasligi kerak; 2) ko‘k lakmus qog‘oz botirilganda xloroform uni qizar82 tirmasligi kerak. Zarg‘aldoq rangli shisha flakonlarda 50 ml dan chiqariladi. Salqinjoyda saqlanadi. Xloretil (Aethylicum chloratum) — o‘ziga xos hidli, uchuvchan rangsiz suyuqlik. Oson alangalanadi. Shisha ampulalarda 20 ml dan chiqariladi. Yorug‘lik tushmaydigan, salqinjoyda saqlanadi. Ftorotan (Phtorotanum) — yoqimli hidga ega bo‘lgan rangsiz suyuqlik. Alangalanmaydi va portlamaydi. Efirdan birmuncha kuchli, biroq toksini bor. Bemor 1—2 daqiqa ichida hushidan ketadi, narkotik holat tezda yuz beradi. Ko‘pincha azot (I)-oksidi bilan birga qo‘llaniladi. Zarg‘aldoq rangli flakonlarda chiqariladi. Pentran (Pentran), metoksifluran, ingalan—o‘ziga xos meva hidi keladigan tiniq suyuqlik, alangalanmaydi va portlamaydi. Narkotik faolligijihatidan efir va xloroformdan ustunlik qiladi. 0,5—0,8 hajm foizini nafasga olish ro‘y-rost analgeziyani keltirib chiqaradi. Narkoz apparatlarining rezina detallariga shimilib qolish va keyin qayta difiuziyalanish xossasiga ega, shunga ko‘ra operatsiya tugashidan 10—20 daqiqa oldin anestetik uzib qo‘yiladi. To‘q rangli zich berkiladigan idishlarda saqlanadi. Trixloretilen (Trichloraethylenum), trilen, narkogen — rangsiz, o‘ziga xos hidli, tiniq uchuvchan suyuqlik. Kuchli narkotik ta’sirga ega, 0,4—0,7 hajm foiz konsentratsiyada analgeziya hosil qiladi, 2— 3 hajm foizi narkotik ta’sir beradi. Qisqa muddatli operatsiyalarda analgeziya uchun qo‘llaniladi. Germetik idishda, yorug‘lik tushmaydigan salqinjoyda saqlanadi. Vineten (Wineten) — tiniq, benzin hidini eslatadigan uchuvchan suyuqlik. Kuchli anestetik. Nafasga olinadigan aralashmada 0,2 hajm foiz konsentratsiyada analgeziya keltirib chiqaradi. 2—3 hajm foizda bug‘lanib yo‘qolishi mumkin, 4 hajm foizda narkozning xirurgik bosqichini hosil qiladi. To‘q rangli idishda, past haroratda saqlanadi. B. Gazsimon narkotik moddalar. Azot (I)-oksidi (Nitrogenium oxydulatum) — shodlantiruvchi gaz. Po‘lat ballonlarda saqlanadi. Yonmaydi, hidi yo‘q. Kislorod bilan aralashmasi, aksariyat 70—80% li azot (I)-oksidi va 20— 30% li kislorod hisobidagi aralashmasi ishlatiladi. Siklopropan (C3H6) — tez yonuvchi gaz. Portlashi mumkin. Ballonlarda saqlanadi. Tez ta’sir qiladi. Ko‘pinchaboshqa vositalar (azot(I)-oksidi, efir) bilan birga qo‘llaniladi. Narkotik moddalarning farmakologik ta'siri. Narkotik moddalarning ta’sir mexanizmi hali to‘la-to‘kis o‘rganilmagan. Narkozning bir necha nazariyalari bor. Ko‘pchilik olimlar narkotik moddalar markaziy nerv sistemasiga falajlovchi ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydilar. 55. Mahalliy narkoz turlari va ularaga ko'rsatmalarni ayting MAX.ALLIY ANESTETIQLAR Novokain (prokain, parakain, xemokain, etokain). Rangsiz, hidsiz, taxir mazali kristall, suv va spirtda eruvchan modda. Infiltratsion anesteziya uchun keng qo‘llaniladi, bu maqsadda 0,25 % — 0,5 % eritmalardan foydalaniladi. Shillik. pardalar anesteziyasi uchun 5—10 % eritmasi, regionar anesteziya uchun 1—2 % eritmasi ishlatiladi. Subaraxnoidal anesteziya uchun novokainning 5 % eritmasidan 2—3 ml, peridural anesteziya uchun esa 2-3 % eritmasidan 20—25 ml yuboriladi. Ishlatilishi mumkin bo‘lgan maksimal dozasi 20 mg/kg, ta’siri 60 min davom etadi. Novokain . intoksikatsiyasi ro‘y berganda bemorning rangi-ro‘yi o‘zgaradi, boshi aylanib, ko‘ngil behushligi va qusish paydo bo‘ladi. Yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, arterial qon bosimi tushadi. Bemor notinchlanadi, qo‘rquv va alahsirash, gallyusinatsiyalar boshlanadi. Og‘ir intoksikatsiya holatlarida bemor hushini yo‘qotadi, harakat qo‘zg‘alishi, tutqanoq tutadi. 56. Umumiy narkoz turlari va ularaga ko'rsatmalarni ayting UMUMIY ANESTETIQLAR INGALYATSION ANESTETIKLAR Azot oksidi. Rangsiz, hidsiz va chuchukroq mazali gaz. Azot oksidi 36,5°S dan past haroratda suyuqlikka aylanadi. 1 kg suyuk holdagi azot oksididan 500 l gaz hosil bo‘ladi. Azot oksidi «nyudlantiruvchi gaz» ham deyiladi. NOINGALYATSION ANESTETIKLAR Natriy tiopentali (pentotal-natriy, tiopentobarbital). G‘ovaksimon massa, suvda eruvchan. Natriy tiopentali organizmga asosan vena orqali yuboriladi. Buning uchun 1—2,5 % li eritmalar ko‘llaniladi. Goho mushaklarga in’eksiya kilish uchun ham ko‘llani- ladi. Pediatriya sohasida tiopental natriy to‘g‘ri ichak ork.ali ham yuboriladi. 57. Yotoq yaralar va uning oldini olish chorlalari. Yotoq yara (lat. decubare - yotmoq) - ma’lum sharoitlarda, tananing ma’lum qismlarida bosim tufayli kelib chiqadigan va to’qimalarning ishemiyasi (qonsizlanishi) hamda nekroziga (to’qima o’lishi) olib kelish bilan xarakterlanadigan kasallik bo’lib hisoblanadi. Yotoq yaralar kelib chiqishidagi xavfli omillar • Noratsional ovqatlanish; • Ortiqcha vazn va ozib ketish; • Chekish; • Yurak-qon tomir kasalliklari; • Qandli diabet; • Аxlat va siydik tuta olmaslik; • Orqa miya va bosh miya travmalari; • Tana haroarti ko’tarilganda ko’p terlash; • Iflos teri; • To’shakdagi mitti va kichik narsalar; • Kiyimlardagi burmalar, choklar, tugmalar; • Teriga ishlov berish vositalariga allergik reaktsiya. 58. Infektsiyaning tarqalish yo'llari va ularni oldigi olish chora - tadbirlari Infeksiyaning jarohatga tushish yo‘llari. Jarohatga infeksiya ekzogen va endogen yo‘l bilan tushishi mumkin. Ekzogen yo‘l bilan infeksiya tashqi muhitdan — havodan, jarohatga tekkan buyumlardan (kontakt infeksiya), xodimlar so‘zlashayotganda va yo‘talayotganda ajraladigan so‘lagidan va shillig‘idan (tomchi infeksiya), to‘qimalarda qoldiriladigan chok, drenaj, metall sterjen, tampon va boshqalardan (implantatsion infeksiya orqali) tushishi mumkin. Endogen yo‘l bilan infeksiya bemor organizmining o‘zidagi infeksiya o‘choqlaridan (terining yiringli zararlanishi, murtak bezlari, nafas yo‘llari, ichak shilliq pardasining o‘tkir hamda surunkali yallig‘lanishi va hokazo) yuqadi. Infeksiyajarohatga operatsiya vaqtida, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda qon tomirlar (gematogen yo‘l) va limfa tomirlari (limfogen yo‘l) orqali tushishi mumkin. Xirurgiyada jarohatga mikrob tushish xavfini kamaytirish imkonini beradigan izchil tadbirlar sistemasi ishlab chiqilgan. Bunga hozirgi zamon xirurgiyasining asosi hisoblangan antiseptika va aseptika usullarini qo‘llash yo‘li bilan erishiladi. 59. Parxez stollari va uni tibbiyotda o'rni 60. Yatrogeniya tushunchasi nima va ularing turlari ayting Tibbiyot xodimining so‘zi bemoming davolanishida doimo muhim o‘rin tutib kelgan. Bemorga aytilgan har bir og‘ir so‘z uning ko‘nglini tinchlantirishi, sog‘ayishga umid uyg‘otishi lozim. Ba’zan tibbiyot xodimlarining o‘ylamasdan aytib yuborgan so‘zlari bemorda kasallik chaqiradi, bu yatrogeniya deb ataladi. Yatrogen kasalliklarning asosiy sababchisi umumiy tibbiy madaniyatning yetishmasligi, shoshmashosharlik, vaqtning kamligi, bemorga kasallikning yomon tashxisi yoki oqibatini, tahlillaming natijalarini, ayniqsa, u ko‘ngilsiz bo‘lsa, aytib qo‘yish va boshqalardir. 61. Eftanaziya tushunchasi nima va ularing turlari ayting. Evtanaziyada bevosita va bilvosita qatnashish. Ko’pincha kasbiy bilimlarning yetishmasligi xirurgiyadagi yatropatgeniyalarning sababi bo’lib qolishi mumkin. Masalan bemorda kam uchraydigan va qiyin tashxis qo’yiladigan kasallik bo’lganda shifokor bilimining yetishmasligi oqibatidagi yatrogen patologiya kelib chiqishi mumkin. Bunday yatropatogeniyalarning yaqqol misoli qilib davriy kasalliklardagi ko’p sonli jarroxlik aralashuvlarini keltirish mumkin. Kelib chiqishi fizik omillarga asoslangan yatrogen kasalliklarni davolash (turli xil diagnostik va davolash muolajalari va operatsiyalar) konservativ (fizioterapiyaning turlari, medikamentoz, sanator-kurort davolash) yoki qayta operatsiya qilishni talab qilishi mumkin, masalan, chandiqlanish kasalligida, operatsiya qilingan oshqozon kasalliklarida. Kelib chiqishi fizik omillarga asoslangan yatropatogeniyalar profilaktikasida hаr qanday ko’lamdagi instrumental tekshiruv usullari va diagnostik va davolash xarakteridagi muolajalarga ko’rsatmalarni ongli ravishda cheklash, operativ davolashni faqatgina kasallik etiologiya va patogenezi, patofiziologik mexanizmlari chuqur va ko’p tomonlama o’rganilganda, operatsiya vaqtida a’zo va to’qimalar bilan iloji boricha avaylab muomila qilishga qaratilgan, chuqur o’rganib chiqilgan jarroxlik texnikasi bilan olib borish kerak. Evtanaziya (yoki eytanaziya) (yunon. εὖ - “yaxshi” tάνᾰτος “o’lim”), (ingl. Euthanasia yengil (og’riqsiz)) – tuzalmas kasallikka chalingan, chidab bo’lmas azoblarni boshidan o’tkazayotgan inson xayotini to’xtatish yoki qisqartirish, tibbiy ko’rsatma bo’lmaganda og’riqsiz yoki kam og’riqli shakldagi azoblarini to’xtatish iltimosini bajarish amaliyoti. Laboratoriyadagi va daydi hayvonlarni uxlatib o’ldirish ham “evtanaziya” deyiladi. Evtanaziya ikki turga bo’linadi: passiv evtanaziya (be’mor xayotini ta’minlab turgan davoni tibbiyot xodimlari tomonidan kasddan to’xtatish) va aktiv evtanaziya (o’layotgan be’morga tez va og’riqsiz o’limga olib keluvchi preparatlarni yuborish yoki boshqa amallarni bajarish). Bundan tashqari ixtiyoriy yoki noixtiyoriy evtanaziyalarni farqlash lozim. Ixtiyoriy evtanaziya bemor iltimosi yoki oldindan berilgan roziligi bilan o’tkaziladi. Noixtiyoriy evtanaziya be’mor roziligisiz, odatda xushsiz yetgan holatida amalga oshiriladi. U nokompitent bemor bilan qarindoshlari yoki javobgar shaxs tomonidan berilgan rozilik bilan amalga oshiriladi. Rossiyada aktiv va passiv evtanaziya jinoyat hisoblanadi va qasddan sodir etilgan jinoyat kabi tasniflanadi. O’zbekistonda evtanaziyaning barcha turi ta’qiqlangan. 62. SHaxsiy gigiena qoidalari haqida tushuncha va uning tibbiyotda ahamiyati Shaxsiy gigiyena - gigiyenaning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib, aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyim-kechak, poyabzal, koʻrpa-toʻshak, turar joy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va hokazo. ham Shaxsiy gigiyenaga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qoʻlni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur. Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa, badanning ochiq, ayniqsa, koʻp terlaydigan joylarini, qoʻltiq va koʻkrak ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish, agar barmoq burmalarida chaqalangan, bichilgan joylar boʻlsa davolatish kerak. Ogʻiz boʻshligʻini toza tutish faqat tishlarning sogʻlom boʻlishini taʼminlabgina qolmay, balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, ovqatlangandan keyin ogʻizni chayishga odatlanish kerak; agar ogʻiz hidlansa, darhol vrachga koʻrinish zarur. 63. OITS tushunchasi va uni profilaktikasi Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — retrovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻlinadi: OIV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OIV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda professor Lyuk Montanye hamda AQShda professor Gallo boshchiliYo-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983-yil). Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng, 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OIV infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin. 64. Siydik va ichak oqmalari bilan bemorlar parvarishi Ichak oqmasidan tashqariga chiqib ketayotgan ichak shirasini organizmga qaytarish, Ichak oqmasidan tashqariga chiqib ketayotgan ichak shirasini organizmga qaytarish, Infuzion muolaja (elektrolit eritmalari, ugle-vodlar, aminokislotalar, qon, plazma, vitaminlar va boshqalar, Parenteral ozuqalantirish (Selemin, Selepid), Enteral zondli ozuqalantirish. Siydik oqmasi bor yoki qovug’i bo’sh (chakmazak) bemorlarni kuniga bir necha marta kaliy permanganat eritmasida badanlarining pastki qismini yuvib, yotish oldidan gigiyenik vanna qildirish mumkin. Siydik ta’sirida yallig’langan teriga Lassar pastasi, rux malhami surtilsa, ultrabinafsha nurlarini ta’sir etkizsa foyda qiladi. 65. Tana haroratini o'lchash turlari Termometriya – bemorning tana haroratini o’lchash odatda simobli termometr bilan amalga oshiriladi. Buning uchun oldindan dezinfeksiya qilinib, yuvib, quritilgan va maxsus idishda saqlanayotgan termometr ko’zdan kechiriladi, yuqori qismidan ushlab silkitish yo’li bilan simob ustunchasi pastki keng qismiga o’tishi ta’minlanadi. Bemorning qo’ltig’i osti quruq toza sochiq bilan artilib, termometrning simob solingan qismi qo’ltig’iga qo’yilib, yelkasi bilan qisib turiladi. O’n daqiqa vaqt o’tganidan keyin natija baholanadi. Simob ustunchasining uchi termometrning raqamlangan qismida bemor tanasining haroratini ko’rsatib turadi. Ishlatilgan termometrlar dezinfeksiya qilinib, yuvilganidan keyin maxsus idishlarda saqlanadi. Ayrim holatlarda harorat chov burmasi, og’iz bo’shligi, to’g’ri ichak yoki qinda o’lchanishi mumkin, Gemodinamik ko’rsatkichlarni baholash bemorda shok, yurak – qon tomir kasalliklarining xuruji natijasida rivojlanadigan shoshilinch, kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam ko’rsatilishi lozim bo’lgan holatlarni tezda aniqlash imkonini beradi. Termometriya o’tkazishda aniqlanadigan gipertermiya holatlari shaytonlash sindromi bilan asoratlanishi, markaziy asab tizimi va boshqa a’zolar faoliyatining buzilishiga sabab bo’lishi mumkinligi uchun bemorga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatilishini talab qiladi. Gipotermiya bemor organizmining kompensatsiya imkoniyatlari qolmaganligi, ahvoli o’ta og’ir bo’lganidan dalolat beradigan alomat bo’lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda tana haroratining o’zgarishlari yuqumli kasalliklar mavjudligi to’g’risida gumon qilish uchun asos bo’ladi, epidemiologik hushyorlik choralarini ko’rishga undaydi. Antropometriya bemorning jismoniy rivojlanishi holati, umumiy ahvoli to’g’risida ma’lumot berib, dori – darmonlar dozasi va davolash uslublarini to’g’ri tanlashda foydali bo’lishi mumkin. 66. Qon bosimni o'lchash usullari Qon bosimini oʻlchash tibbiyot xodimi uchun muhimdir. U quyidagi hollarda, ayniqsa, foydalidir: Homilador ayollar. Onalar tugʻruqdan oldin va keyin. Koʻp qon yoʻqotayotgani(tashqi yoki ichki qon ketish hollari). Shok yoki allergik shok holatidagi odamlar. 40 yoshdan oshgan odamlar. Semiz odamlar. Yurak muammolari, insult, nafas olishga qiynalyotgan, tez-tez boshi ogʻriydigan, shishgan, qand kasali, siydik yoʻllarining surunkali kasalliklari, shishgan yoki ogʻriqli venalari bor odamlar. Yuqori qon bosimi bor odamlar. Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalarni ichayotgan (yoki ichishni rejalashtirayotgan) ayollar. Qon bosimini pastlab ketishi ham, yuqorilab ketishi ham xavfli belgi hisoblanadi. Arterial qon bosimini oʻlchash Arterial qon bosimini oʻlchash yurak tomirlar va nafas tizimi kasalliklarida qoʻllaniladigan muhim tashxisiy usul hisoblanadi. Sogʻlom, katta yoshli odamlarda arterial bosim qator sabablarga, ayniqsa yoshga, nerv sistemasi holatiga, sutka soatlari va shunga oʻxshaganlarga koʻra oʻzgarib turadi. Sistolik bosim 120dan 140mmgacha, diastolik bosim esa 70-90mmgacha simob ustuni atrofida oʻzgarib turadi. Ertalab arterial bosim 5-10mm simob ustuniga past boʻladi. Qon bosimini oʻlchovchi 2 xil asbob mavjud: 1)Koʻrsatkichli qon bosimini oʻlchaydigan asbob(manometr). 2)Simobli qon bosimini oʻchaydigan asbob(sfigmomanometr). Qon bosimini oʻlchash ketma-ketligi Odam oʻzini xotirjam tutishi kerak. Yaqinda qilingan mashqlar, achchiqlanish yoki xavotirlanish qon bosimining ortishiga va notoʻgʻri maʻlumot olinishiga olib keladi. Odamning xavotirlanmasligi va qoʻrqmasligi uchun shifokor unga nima qilmoqchi ekanligini tushuntirish kerak. Odam qoʻlining yuqori qismiga asbobning yengini oʻrnatish lozim. Rezinali balonchaning burchagini berkitish kerak. Bosimni simob ustunining 200mmdan ortadigan qilib koʻtaradi. Fonendoskop tirsakning ichki tarafiga qoʻyiladi. Havoni asta-sekin qoʻyib yuborib, qon tomirining urishini diqqat bilan eshitish lozim. Asbobning koʻrsatkichi (yoki simob darajasi)asta tusha boshlaganda yuqori va pastdagi oʻlchamlarga eʻtibor qaratiladi. 67. Bemorlar kiyimlari va oqliklarini almashtirish usullari Zaruriyatga ko‘ra, ular qo‘shimcha ravishda almashtiriladi. Bo‘limda bir-kecha kunduzga yetadigan oqliqlar zahirasi bo‘lishi darkor. Oqliklarnn markaziy isitish radiatorlarida quritish va kasalga qaytadan berish aslo mumkin emas. Iflos oqliqlarni kleyonka qopga yoki qopqoqli idishga solib, darhol palatadan olib chiqib ketish lozim. Oqliqlar kirxonaga jo‘natilguncha maxsus ajratilgan xonada (iflos oqliqlar xonasida) baklarda yoki yashiklarda saqlanishi kerak. O‘rin-ko‘rpa oqliqlarini,-ayniqsa—og‘ir yotgan kasallarning o‘rnini almashtirishni tibbiyot hamshirasi kichik tibbiyot hamshirasi yordamida amalga oshiradi. Tibbiyot hamshirasi kichik hamshira har kuni ertalab iflos oqliqlarni sanab topshirishini kuzatib borishi darkor. Kasallar ustki kiyimlarini imkoniyatlariga ko‘ra o‘zlari almashtiradilar. Og‘ir yotgan ka sallarning ustki kiyimi almashtirilganda (18-rasm) hamshira uning orqa tomonidan ko‘ylagi chetidan ushlab, ehtiyotlik bilan bosh tomoniga tortadi, shundan so‘ng kasalning qo‘llarini yuqoriga ko‘tartirib, uning bo‘yniga qayirib qo‘yilgan ko‘ylakni boshidan chiqaradi, keyin yenglarini yechadi. Kasalni kiyintirayotganda xuddi shu teskarisidan boshlaydi, ya’ni avval ko‘ylak yengini kiydiradi, keyin uni boshidan o‘tkazadi va pirovardida orqa va ko‘krak tomondan to‘g‘rilab qo‘yadi. Og‘ir yotgan, masalan, ko‘krak qafasi a’zolari operatsiya qilingan bemorlar uchun osonlik bilan kiyib-yechiladigan maxsus ko‘ylaklar (raspashonki) mavjud. Agar kasalning qo‘li zararlangan bo‘lsa, ko‘ylak oldin sog‘, keyin kasal qo‘lidan yechib olinadi. Qo‘ylak kiydirilayotganda oldin kasal, keyin sog‘ qo‘lidan kiydiriladi. Qasalning ahvoliga ko‘ra choyshab, yostiq jildi va hokazolarni almashtirishning turli-tuman usullari mavjud. Agar bemorga yurishga ruxsat berilgan bo‘lsa, u kichik hamshira yordamida ko‘rpa- to‘shak oqliqlarini o‘zi almashtira olishi mumkin. Bordi-yu, kasalga faqat o‘tirishga ruxsat berilgan bo‘lsa, u holda kichik hamshira uni o‘rnidan turg‘azib, stulga o‘tqazadida, o‘zi o‘rinni to‘shab beradi. O‘rnidan qimirlamay yotadigan bemorlarning o‘rnini solib berish birmuncha murakkab. Buning uchun iflos choyshab kasalning bosh va oyoq tomonidan taxlanadi yoki dumaloqlab o‘ralib, asta-sekinlik bilan tortib olinadi. Ikki tomonidan bintga o‘xshab o‘ralgan toza choyshab kasalning dumg‘azasi ostiga ehtiyotlik bilan qo‘yiladi, keyin bosh va oyoq tomonga yozib, tekislanadi. Choyshabda yamoq yoki g‘ijimlangan joylar bo‘lmasligi kerak. Choyshabni boshqacha usul bilan ham almashtirish mumkin: kasal o‘rin chetiga surilib, kmr choyshab uzunasiga bint shaklida o‘raladi, unnng o‘rniga bemor yotqiziladigan toza choyshab yoziladi, keyin kir choyshab boshqa narigi tomondan yig‘ishtirib olinib, tozasi solinadi (19-rasm). Odatda o‘rin-to‘shak okliqlarini ikki kishi almashtiradi, ana shunda bemor jismoniy jihatdan kamroq toliqadi. Qasal kasalxonadan chiqib ketgach to‘shak va yostiq dezkamerada dezinfeksiya qilinadi. Og‘ir bemorlarning to‘shagi ustiga choyshab ostidan kleyonka solinadi — u yaxshi to‘shaladi va choyshab har gal almashtirilganda dezinfeksiya qilinadi. Jarohatlar yoki tabiiy deshiklarday—ajralib—chiqadigan ~suyuqliklar tushish ehtimbli bo‘lgan joylarga taglik solinadi. Adyollar paxmoqdan bo‘lgani maqsadga muvofiq, chunki uni yaxshilab shamollatish va dezinfeksiya qilish mumkin. Adyollarga hamisha ko‘rpajild kiydirilgan bo‘lishi kerak. Bemor kasalxonadan chiqarilgandan so‘ng shippak va boshqa oyoq kiyimlari formalinning25 foizli eritmasi yoki sirka kislotaning 68. Bemorlar teri, shilliq qavatlari parvarishi usullari antiseptika quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: a) teri, shilliq qavat va jarohatni tozalash, b) nekrozga uchragan to’qima va patologik tuzilmalarni kesib olib tashlash, d) spetsifik antiseptik tozalash, g) antiseptik moddalarning kuchini tenglashtirish (neytrallash), d) teri va shilliq qavatda tabiiy bo’ladigan mikroflorani tiklaydi. 69. Stomasi bo'lgan bemorlar parvarishi Stoma - bu sun'iy ravishda yaratilgan ichi bo'sh organning teshikidir. Jarrohlikda bu qorinal devorida olib tashlangan ichi bo'sh organning sun'iy tashkiloti teshigi. Bu jarrohlik yo'li bilan juda katta bo'lgan, stoma nomi stoma tomonidan qo'llaniladigan organlar tomonidan belgilanadi. Masalan, lorinx yuvishning buzilishi bilan, taxteston tomonidan qizilo'ngach, qizilo'ngachning ichak tutilishi bilan to'sqinlik qiladi. Stom turlari Og'natmoq - Qorin bo'shlig'ining bir qismi qorin bo'shlig'idagi bir qismi tashqariga chiqib, saraton kasalligi, og'ir shikastlanish, o'chirish bilan olib tashlanadi. Bu vaqtinchalik yoki doimiy bo'lishi mumkin. Sizning qismingizdagi najasni yo'q qilish ustidan nazorat yo'q, o'zgartirilishi mumkin bo'lgan tashish vositasi olinadigan tartibni to'plash uchun ishlatiladi. Ileostoma - ingichka ichakning bir qismini kelishmovchilik. ILestosome Yarativ kolit, Kronum kasalligi, to'g'ri ichak va anus bilan olib tashlanganda qo'llaniladi. Ilostoma, shuningdek, vaqtinchalik yoki doimiy bo'lishi mumkin. Najasni olib tashlashni boshqarish, shuningdek kabememik va qo'shimcha himoya uzukli shoklar yordamida amalga oshiriladi. Ugra - siydik pufagini olib tashlash zarurati bilan Siydikni olib tashlash birida uchib o'tish va siydikda yig'ish. Stoma parvarishining xususiyatlari Stomaning ustki operatsiyasidan keyin 3 oyga, tiklanish muddati talab qilinadi. Stoma shishgan, qon ketishi mumkin. Qayta tiklash davrida o'lcham va shakl farq qilishi mumkin. Muntazam gigienik hojatxona stoma kerak. Maxsus qurilmalar, steril shartlar yoki ko'ylaklar talab qilinmaydi. Qayta tiklanish davridan keyin unga tegmaslikdan qo'rqmang, qo'lqopsiz teginish va jarayoni mumkin. U iliq, yugurish suvi bilan yuviladi, siz chaqaloq sovuni bilan dush qabul qilishingiz mumkin, degichni olib tashlang. Keyin yumshoq sochiqni yuving. Sog'ni stoma atrofidagi sochni sochma tavsiya etilmaydi, ularni qaychi qilish yaxshiroqdir. Stoma atrofidagi teri bolalar qaymoq bilan yog'lanishi mumkin (lekin bir xil emas), silindr qurilmani kiyishdan oldin, qaymoq yuvilishi kerak. Agar siz buni o'zingiz qila olasiz, siz buni o'zingiz qila olasiz, bu siz uchun qulay bo'lgan oyna oldida yaxshiroqdir. Stoma turini, teridan, najas va kafedranishni bezash va kafedrani bezash va stilzinikni tanlab oling, tsilindinik (bitta komponent yoki ikki komponent) Stoma o'ziga g'amxo'rlik qilmaydi, og'riq yoki yonishning atrofida terining tirnash xususiyati yoki ichakning mustahkamlangan ishi tufayli paydo bo'ladi. Olti oy ichida kamida 1 marta mutaxassisga, shuningdek, stoma, charm yoki o'chib ketganda, mutaxassisga, shuningdek, mutaxassisga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Stoma bilan parhez - yumshoq, qattiq emas. Ammo yog 'yo'qligi bilan, o'tkir, gazni shakllantirish va oziq-ovqat diareya. Oziq-ovqat har xil bo'lishi kerak, etarlicha ishlangan bo'lishi kerak va etarli miqdordagi suv kerak. Kuchli zo'r bo'lmagan kiyim kiying va hech narsaga kelmaslik. Suzish mumkin (mini-tsilindiyamik), oson sport aerobikasi, velosport tennisiga. Siz kazikslarni almashtirish uchun siz bilan birga sayohat qilish orqali sayohat qilishingiz mumkin. 70. Xuqnalar va ularning turlari TAYYORLASH. Operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish davri (operatsiyadan oldingi davr) bemor statsionarga kelgan yoki poliklinikaga murojaat qilgan paytidan boshlab, to operatsiya boshlanguncha o'tadigan vaqtni o'z ichiga oladi. Operatsiyaga tayyorgarlik davrini ikki bosqichga ajratish mumkin: diagnozni aniqlash va bemorni jarrohlik yo'li bilan davolashga tayyorlash. Birinchi bosqichda diagnoz aniqlanadi, turli organ va tizimlarning ahvoli tekshirib ko'riladi va operatsiya qilish uchun ma’lumotlar aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa bemor operatsiyaga tayyorlanadi. Operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish davrining qancha davom etishi kasallikning xususiyatiga, bemorning umumiy ahvoliga, operatsiyaning shoshilinchligi darajasiga va jarrohlik yoii bilan davolashning ko’lamiga bogliq ravishda o‘zgarib turadi. Huqna, klizma — toʻgʻri ichakka a"usdan maxsus asbob yordamida suyuqlik (koʻpincha suv) yuborishdan ibo-rat tibbiy muolaja. Tozalovchi H. (ichakdagi narsalarni chiqarib tashlash uchun qoʻllanadi), dori H. va oziq H. farq qiladi. H. faqat vrach koʻrsatmasiga muvofiq qilinadi, chunki baʼzi hollarda (appenditsit, ichak buralib qolishi va h.k.) u ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. H. uchun maxsus noksimon rezina ballon (baʼzan maxsus qattiq uchlikli qisqichi yoki joʻm-ragi hamda uchligi bor rezina naychali voronka) qoʻllanadi, shuningdek, Esmarx krujkasidan foydalaniladi, unga suyuqlik bir meʼyorda borishi uchun joʻmrakcha, biriktirish naychasiga esa uchlik oʻrnatilgan. Tozalovchi H. qabziyataa, oziqovqatdan zaharlanganda, meʼda-ichak yoʻlini va kichik chanoq aʼzolarini rentgenologik tekshirishdan, operatsiyadan, tugʻishdan, dori va oziq H.dan oldin qoʻllanadi. Baʼzi bir davo H.si ayni vaqtda tozalovchi H. funksiyasini ham oʻtaydi (mas, moychechak-li, gipertonik, yogʻli va boshqalar). H.ning taʼsiri suyuqlik miqdoriga, uning tezlik bilan bosim ostida yuborili-shiga bogʻliq. Katta yoshdagilar uchun oʻrtacha 1 l ga yaqin toza iliq suv kerak boʻladi. Suv yuborib qilinadigan tozalovchi H. qabziyatda ichak shil-liq pardasini taʼsirlab, ichakning toʻlqinsimon harakati (peristalti-kasi)ni kuchaytiradi, natijada bemorning ichi keladi. Agar bemorning qimirlashi mumkin boʻlmasa uni chal-qancha yotqizib H. qilinadi, bemorning ostiga tuvak qoʻyiladi. Qorip muskullari haddan tashqari tarang boʻlsa, H. qilinayotganda bemor tizza va tirsaklariga tayanib turishi kerak. H. qilishdan oldin uchlikka vazelin yoki glitserin surtiladi. bemorni kleyonka solingan oʻrin chetiga chap yonboshi bilan yotqiziladi. Chap qoʻlning birinchi va ikkinchi barmoqlari yordamida dumba kerilib. oʻng qoʻl yordamida uchlik aylanma harakat bilan toʻgʻri ichakka 10—12 sm kirgiziladi. H.dan soʻng mumkin qadar 5—10 min. hojatga chiqmay turgan maʼqul. Yogʻli H. uchun oʻsimlik moyini 200 ml (bolalarga 30 — 50 ml) hajmida kechqurun yuboriladi. Bunda noksimon rezina ballon ishlatiladi. Dori H. dori moddalarining ichak shilliq pardasiga taʼsir etishi va dorining organizmga ichak orqali soʻrilishi maqsadida qoʻllanadi. Dori moddalari 10 ml va undan oz miqdorda yuborilganda yaxshi soʻriladi. Dori H. qilishdan oldin albatta tozalovchi H. oʻtkazish kerak. O z i q. H. — sunʼiy ovqatlantirishning bir turi. U organizmning suyuqlikka, osh tuziga va oz miqdorda boʻlsa-da, oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qoʻllanadi. Oziq H. uchun osh tuzining fiziologik (izotonik) eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi va aminokislo-talar eritmalaridan foydalaniladi. Bunday H. tozalovchi H.dan keyin qilinadi. Oziq H. faqat vrach koʻrsatmasiga binoan davolash muassasalarida qoʻllanadi. @Sammu_test_bot Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling