Bemor vaziyati.
Bemorning faol, passiv va majburiy holatlari farqlanadi. Faol holat kasallik hususiyatiga bog’liq emas. Passiv holat bemor o’ta ozib ketganda, o’ta holsizlikda, behushlikda kuzatiladi. Majburiy vaziyat odatda bemor o’zini ahvolini yngillatish uchun ma’lum bir holatni olish hisoblanadi. Ko’pincha bu og’riqni pasaytirish va harsillashni kamaytirish uchun ma’lum holatga o’tadi. Masalan ,bronhial astma hurujida bemor stul chetiga yoki krovatga qo’li bilan tayangan holatda o’tiradi nafas chiqarishni yengillatish uchun. Yurakning chap qorincha yitishmovchiligida bemor harsillashni yengillatish uchun doimiy yarim o’tirgan ( ortopnoe) vaziyatni egallaydi. Umuman bemorni vaziyatini baholash, uning ahvolini og’irligini aniqlashda va diagnostikada ma’lum ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |