Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari


Download 33.19 Kb.
bet8/8
Sana16.12.2021
Hajmi33.19 Kb.
#181466
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xbk 1-mavzu referat

Tana harorati.

Odatda qo’ltiq ostida o’lchanadi u 360 dan 370 gacha bo’ladi. Tana harorati ko’tarilishining eng ko’p sababi infeksion jarayon hisoblanadi. Ammo noinfeksion yallig’lanish jarayonlarida ham harorat ko’tarilishi mumkin, bazan harorat ko’tarilishining sababi uzoq vaqt noaniq bo’lib qoladi (“noaniq lixoradka (istma) sindromi).

Isitma ko’pgina havfli o’smalarda, ayrim dori preparatlarini qabul qilganda, ayrim endokrin bezlari faoliyati buzilganda (masalan qalqonsimon bez faoliyati ortib ketganda doimiy subfebril isitma kuzatiladi) ko’tariladi.

Hamma hollarda ham isitma ko’tarilish sababini aniqlash katta diagnostik ahamiyatga ega. Ma’lum vaqt oralig’ida bo’ladigan haroratning o’zgarishi harorat egri chizig’i bilan belgilanadi. Masalan, ertalabki va kechqurungi harorat mahsus harorat varag’iga belgilab boriladi. Quyidagi isitma egri chizig’i turlari ajratiladi:

1.
Doimiy isitma (febris continua) bu hil isitmada sutka davomida isitmaning o’sgarishi 10 dan oshmaydi (380-390) bu o’tkir infeksion kasalliklarga xos .

2.
Bo’shashtiruvchi yoki remittirlovchi isitma. Bu isitma sutkada 10-20 ga o’zgaradi. Yiringli kasalliklarga xos. (febris remittens).


  1. O’zgaruvchi yoki intermittirlovchi isitma. (febris intermittens). Bunda isitma birdan yuqori darajada (390-400 gacha) ko’tarilib bir necha soatdan keyin normagacha tushadi. 2-3 kundan so’ng bu isitma qaytariladi. Bundau isitma bezgakka xos.


  2. Qaytalama isitma (febris recurrens) – bu isitma birdan yuqori darajada ko’tarilib bir necha kun turadi, keyin vaqtinchalik normaga tushadi, so’ng yangitdan qaytariladi (2 dan 5 tagacha huruj ). Bu isitma qaytalovchi tif va ayrim spiroxetozlarga xos.


  3. Gektik yoki holdan to’ydiruvchi isitma (febris gectica). Bu isitma sutkada 30-50 gacha o’zgaradi. Bunday isitma sepsis uchun xos.


  4. To’lqinsimon isitma (febris undulans) bunda isitma bir necha kun davomida asta – sekin ko’tarilib borib keyin asta – sekinlik bilan ilgarigi holatiga qaytadi, so’ngra yana ushbu holat qaytariladi. Bunday isitma qora oqsoq kasallikgiga xos.


  5. Noto’g’ri isitma (febris irregularis) – tana haroratining har xil ko’tarilishi bilan xarakterlanadi. Bunday isitma revmatizm, gripp, ichburug’larda kuzatiladi.


  6. O’zgargan (buzilgan) isitma (febris inversa)-ertalabki isitma kechqurungidan yuqori bo’ladi.



Download 33.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling