Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari
Download 33.19 Kb.
|
xbk 1-mavzu referat
Kasallik anamnezi
Hozirgi kasallik anamnezini aniqlash (anamnezis morbi), bemor shikoyatlarini o’rganish bilan bog’liq. Bunda quyidagilarga ahamiyat berish kerak. Kasallikni boshlanish vaqti. Qachondan beri o’zini kasal hisoblaydi: vrach bemor yordamida kasallikning birinchi belgilari paydo bo’lishidan boshlab, hozirgi vaqtgacha bo’lgan o’zgarishlarni kuzatishi kerak. Zo’rayish vaqtlari va uning tezligi. Bemor fikri bo’yicha kasallik yoki uning zo’rayishining sabablari. Ilgari o’tkazilgan tekshiruvlar va muolajalar: invalidligi va h.k. Hayot anamnezi (anamnezis vitae) umumiy harakterga ega: tug’ilgan joyi, ma’lumoti, turmush tarzi, oilaviy sharoiti, boshdan kechirgan kasalliklar (dorilarga allergiyasi, sil kasalligi, sariq (gepatit, teri-tanosil kasalliklari). Irsiy kasalliklarni so’rash alohida o’rinni egallaydi: Ota-onasini nima kasallikdan o’lganigi, masalan: qandli diabet, arterial gipertenziya, ateroskleroz, alkogolizm, ruhiy kasalliklar, xavfli o’smalar va h.k. Kasbiy anamnezida chang, bug’ bilan hafas olish, vibrasiya, nurlanish kabi omillarga ahamiyat berish kerak. Anamnez yig’ishda zararli odatlari ham muhim o’rin tutadi, ayniqsa alkolizm, tamaki chekish va hozirgi kunda narkotiklarni qabul qilish ko’payib bormoqda. Yuqorida keltirilgan narsalarni miqdorini aniqlash ham muhim. Masalan: bir kunda nechta dona sigaret chekadi, yoki qancha spirtli ichimlik ichadi. Jinsiy anamnezida ayollarda oy ko’rishni muntazamligini, og’riqligini, homiladorlikni kechishini, nechta tuqqanligini, necha marta bola oldirganligini, qanday kontraseptiv vositalar qo'llaganligini aniqlash kerak.. Bemorni turmush sharoitini ham so’rash lozim. Uyining sovuqligi, namligi, ovqatlanish, jismoniy faolligi, oilaviy munosabati va h.k. bundan tashqari bemorning ruhiy holatini ham hisobga olish kerak.
Download 33.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling