Xirurgik bemorlarni tekshirish usullari
Download 33.19 Kb.
|
xbk 1-mavzu referat
Yuz qiyofasi.
Yuz ifodasi faqat ruhiy hissiyotga bog’liq bo’lmay, balki ichki a’zolar kasalliklariga ham bog’liqdir. Yuz – dil oynasi degan ibora bor. Yuzning ko’rinishi bemorning ichki kechinmalarini aks ettirib turadi. Qator kasalliklarda yuz o’ziga hos ko’rinishga ega bo’ladi. Masalan, o’pkaning krupos yallig’lanishida ko’pincha yuzning bir tomoni qizaradi, burun va lab atroflarida uchuq toshadi va bemor g’amgin ko’rinadi. Aorta qonqoqlarida nuqson bo’lganida yuz oqaradi. Buyrak kasalliklarida yuz terisi oqargan bo’lib, u keskin shishib ketadi, ayniqsa qovoqlar, bazan yuz ko’rinishi tanib bo’lmaydigan darajaga keladi. Mitral qopqoq nuqsonlarida (ayniqsa mitral stenozda)yanoqlari qizargan, quloq va burun uchlari, lablari ko’kimtir-binafsha rangida bo’ladi, bu mitral yuz (fasies mitralis) deyiladi. Uzoq davom etgan yurak kasalliklarida (yurak yetishmovchiligi), yuzlari shishgan terisi ko’kargan yoki sarg’imtirroq, og’zi yarim ochiq holatda xuddi havoni tutayotganidek harakat qiladi. (korvizor yuzi). Gipertirieozda – (bazedov kasalligi) yuz harakatlarga boy bo’ladi, bemorning ko’zlari yaltirab, chaqchayib turadi (ekzoftalm), unda g’azablanish yoki qo’rqish ifodasini kuzatish mumkin. Gipotireozda (miksidema), yuzlari biroz shishgan, so’lg’in, ko’zlari qisilgan ma’nosiz bo’ladi. Akromegaliya kasalligida yuz, burun, lablar, qosh usti ravoqlari haddan tashqari kattalashadi, va tish oralig’i kengayib, pastki jag’ oldinga bo’rtib chiqadi. Isenko-kushing sindromida oysimon bo’lib, ayollarda ko’pincha soqol-mo’ylov o’sib chiqadi. “gippokrat yuzi” (fasies Hippocratica) – yuzi azobl: ko’zlar ichiga botgan, burun o’tkirlashgan, terisi kulrang, peshonasi sovuq ter bilan qoplangan. Bu holat og’ir peritonit bo’lgan bemorlarda kuzatiladi. Parkinsonizm kasalligida yuz harakatsiz (mimikasiz) bo’ladi. Sistemali qizil bo’richada lunj sohasida va qansharda eritematoz toshma qizil dog’lar hosil bo’ladi, hamda u kapalakni eslatadi. Yuz nervi falajida asimmetrik yuz kuzatiladi. Download 33.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling