Xislatli qushlar Bilasizki qadrdon Inson fe'li turfadir. Kimdir yaxshi, kim yomon Yana kimdir ziqnadir
Download 23.5 Kb.
|
Xislatli qushlar
Xislatli qushlar Bilasizki qadrdon Inson fe'li turfadir . Kimdir yaxshi, kim yomon Yana kimdir ziqnadir. Qushlarga ham xos do'stim, Bunday ajib xislatlar Ba'zi qush mehnatkashdir Ba'zisi xasis ,tanbal Masalan ,bilasizmi Sinchalak degan qush bor ? O'zi jajji va lekin Olam-olam dardi bor Tinmaydi u jasur qush Mitti ojizman demas, Kunduz tugul ,tunlari Rohat ,halovat sezmas . Oyog'in ko'kka cho'zib Uxlaydi mard sinchalak . Maqsadi ushlab qolmoq Tunda qulasa falak. Ha , bu mitti sinchalak Butun olam g'amin yer . Va lek boshqa qushlar bor Undaylarni qarg'ar yer . Masalan kakku nomli Qushni eshitganmisiz ? Kakku yashar bir umr Bevatan uya ,joysiz. Dangasa tanbal kakku Qurmas uya o'ziga. Dushmanlik ham qiladi Xushovoz bulbullarga. Hasad o'tida yonib Kakku bulbul bog'iga Tuxumin qo'yib kelar Bulbul xonadoniga. Avvaliga poylaydi Bo'sh bo'lishin uyani. So'ng amalga oshirar Yovuz mudhish rejani. Bulbul kelib payqamas Tuxumlar bo'lar bir xil Bulbulning mehri sabab Jo'ja ochilar oxir Avvaliga ko'z ochib Kakkuning bolalari Bulbulning tuxumini Uyadan tushiradi. Shu tariqa bor yemish Kakkuchalarga qolar Bexabar bulbul esa Yangi dushmanin boqar Kakku shu razillikda O'sadi, ulg'ayadi Fitna ham g'aflat sabab Bulbullar kamayadi Kakkuga o'xshash yana Mayna degani ham bor Mayna sabab hamisha Musicha chekar ozor Mayna qushi kibrli Azozilga o'xshaydi Musichani yo'q qilib Tanholikni xohlaydi Asli mayna, musicha Edilar do'st-birodar Keling shu do'stlikni Tarixin aytay avval U vaqtlar maynaxonni Oynaxon deb atashgan Musicha va Oynaxon Chin do'st bo'lib ahdlashgan. Barcha qushlar Oynani Qilardi juda hurmat Oynaga go'zal ovoz Bergan edi tabiat Bir kun qushlar bazmiga Oynaxonim kelmadi Musichaga do'stisiz Ziyofat ta'timadi Musicha bilmoq bo'ldi Do'sti sog'mi yo kasal Shu maqsadda Oynaning Uyiga qildi safar Borsa Musicha do'sti Yotardi xurrak ortib Oynaning uyi juda Edi iflos ,betartib Bu holni ko'rgan chin do'st Oynani uyg'otdi tez Do'stlik nasihatini Dildan boshladi shu kez: Qadrligim Oynaxon Uying namuncha iflos Oyna degan nominga Bu holating emas mos Hoziroq bu holatni Qilaylik tez bartaraf Bu holing ko'rsa qushlar Ustingdan kular albat Oyna demoq o'rniga Mayna derlar ehtimol Bu nomni olmay desang Bo'lgin tez ozodahol. Lekin Oyna do'st so'zin Inobatga olmadi Tozalikka erinib Irkitlikdan qolmadi. Bir kuni boshqa qushlar Bu holdan bo'ldi ogoh Irkitga jazo bo'ldi Mayna ismi umrbod. Do'st so'ziga kirmagan Mayna shunday bo'ldi xor Sotqin deb gumon qilib Do'stin qildi aybdor. Shu tariqa mayna qush O'z do'stin bildi dushman Musicha tuxumiga Hujum qilishi shundan. Ha ,mayna musichani Dushman deya poylaydi Tuxumini yo'q qilib Qasos olish xohlaydi Balkim mayna niyati Tozalikni yo'q qilmoq Xohishi irkitlikka To'la bo'lsin hammayoq Shunaqa gaplar ,do'stim, Ko'p turfadir qushlar ham Bu turfa xislatlardan Hikmat izlaylik har dam. O'zgalar baxtin qirqib Baxt topmoqlik imkonsiz O'zgaga baxt ulashish Bilan asli baxtlisiz Sinchalak kabi do'stim Olam g'amin o'ylaylik. Mayna fe'lli bo'lmoqdan O'zimizni asraylik Abbosjon Hakimov Download 23.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling