Xisoblang (444+555+666+777) + (445+556+8223+1334) A. 12000 B. 1300 C. 13000


Download 0.8 Mb.
bet13/13
Sana15.11.2020
Hajmi0.8 Mb.
#146428
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
test 4 1 qism


FIZIKA

  1. Avtomobil massasi 3500 kg. Massa markazi avtomobil g’ildiraklari orasidagi masofani 1:4 nisbatda bo’lsa, har bir juft g’ildirakka tushuvchi kuch topilsin.

A. 0.7; 2.8 B. 28; 7 C. 70 ; 28 D. 2.8; 0.7

  1. Bir uchiga 120 N yuk osilgan sterjenga yukdan sterjen uzunligining 1/5 qismiga teng masofada tirgovuch qo’yilsa, u gorizontal holatda muvozanatda bo’ladi. Sterjen og’irligi nimaga teng?

  1. 24 N B. 60 N C. 8 N D. 80 N




  1. Bloklar sistemasi muvozanatda bo’lishi uchun qanday yuk osish

kerak? (Bloklar og’irligi va ishqalanishni hisobga olmang)

  1. 20 N B. 5 N C. 10 N D. 15 N

10 N 10N

  1. 100 N kuch qo’yib, qo’zg’aluvchan blok yordamida yuk ko’tarildi. Agar blokning og’irligi 20 N ga, yukning og’irligi 165 N ga teng bo’lsa, ishqalanish kuchini toping.

  1. 145 N B. 7.5 N C. 20 N D. 75 N

  1. Eskalator metro qo’zg’almay turgan passajirni 30 s da yuqoriga olib chiqadi. Harakatdagi passajirni esa 20 s da olib chiqadi. Passajir qo’zg’almay turgan eskalatorda qancha vaqtda yuqoriga chiqadi?

  1. 60 s B. 6 min C. 30 s D. 50 s

  1. 20 m balandlikdan jismni qanday boshlang’ich tezlik bilan tashlansa, erkin tushayotgan jismdan 1 s oldin yerga tushadi?

  1. 2 m/s B. 20 m/s C. 15 m/s D. 5 m/s

  1. Avtomatdan 10 g o’q 300 m/s tezlik bilan otildi. Avtomat 1 minutda 300 ta o’q otadi. Odam yelkasiga qanday bosim kuchi ta’sir qiladi.

A. 15 N B. 25 N C. 30 N D. 35 N

  1. Massasi 200 g bo’lgan sharcha polga 5 m/s tezlik bilan tushdi va 46 sm balandlikka ko’tarildi. Urilish paytidagi sharchaning impuls o’zgarishini toping.

  1. 1.6 m/s B. 4 m/s C. 16 m/s D. 0.4 m/s

  1. Inersial sanoq sistemasida F kuch m massali jismga 2 m/s2 tezlanish berdi. Shu inersial sanoq sistemasida 2 F kuch m/2 massali jismga qanday tezlanish beradi?

  1. 4 m/s2 B. 1 m/s2 C. 2 m/s2 D. 8 m/s2

  1. Shamolning tezligi 10m/s bo’lganda yomg’ir tomchisi vertikal bilan 30° burchak hosil qilib tushadi. Shamolning tezligi qanday bo’lganda yomg’ir tomchisi vertical bilan 60° burchak hosil qilib tushadi?

A. 32 B. 25 C. 10 D. 30

  1. F = 0.5 N kuch jismga (m=10 kg) 2 s davomida ta’sir qildi. Boshlang’ich kinetik energiya 0 ga teng bo’lsa, oxirgi kinetik energiyani toping.

  1. 5 J B. 0.05 J C. 0.2 J D. 0.02 J

  1. Suzuvchi kengligi 225 m bo’lgan daryoda qirg’oqqa tomon suzmoqda. Oqim tezligi 1.2 m/s. suzuvchining suvga nisbatan tezligi 1.5 m/s bo’lib, oqim tezligi vektoriga perpendikulyar yo’nalgan . Suzuvchi qirg’oqqa yetib kelganda oqim uni qanchaga suradi?

  1. 200 m B. 180 m C. 125 m D. 80 m

  1. Ikki kubcha bir xil materialdan yasalgan. Birinchi kubcha tomoni ikkinchisidan 2 marta katta. Kubchalar massalarini solishtiring.

  1. 1-kubchaniki 8 marta katta C. 2-kubchaniki 4 marta kichik

  2. 2-kubchaniki 8 marta katta C. 1-kubchaniki 2 marta katta

  1. Massasi 40 g va hajmi 250 sm3 bo’lgan kub suvda suzmoqda. Kubga ta’sir qiluvchi Arximed kuchini toping.

  1. 4 N B. 0.4 N C. 0.25 N D. 2.5 N

  1. Tutash idishga suv va kerosin quyilgan.  ,

, b = 10 sm; H = 30 sm; h - ?

  1. 20 sm B. 24 sm C. 13 sm D. 26 sm



  1. Tramvayning 8-sekunddagi quvvatini toping. bu vaqtda tramvay 36 km/soat tezlikka erishgan. Tramvay massasi 10 t.

  1. 260 kW B. 130 kW C. 125 kW D. 25 kW

  1. Bir xil uzunlikdagi ikki prujina k1 = 10 N/m; k2 = 20 N/m bikirlikka ega bo’lib, parallel ulangan. Bu prujinalarni 3 sm ga cho’zish uchun qancha ish bajarish kerak?

  1. 1.35 J B. 1.55 J C. 13.5 mJ D. 15.5 N

  1. Sportchi 4 s da tezlashib, 10 m/s tezlikka erishdi. So’ngra o’zgarmas tezlik bilan harakat qildi. U 100 m masofada qanday natijaga erishadi?

  1. 4 s B. 8 s C. 12 s D. 10 s

19. ikkita shar ingichka ipga osilib bir-biriga tegib turibdi. Birinchi sharni ko’tarib, qo’yib yuborildi. Elastic urilishdan so’ng ikkala shar bir xil balandlikka ko’tarildi. Agar ikkinchi shar massasi 0.6 kg bo’lsa, birinchi shar massasini toping.

A. 0.4 kg B. 200 g C. 300 g D. 0.6 kg

20. 12 m/s harakatlanayotgan va 18 m diametrli aylana shaklidagi ko’ndalang kesimga ega bo’lgan havo oqimining quvvatini toping.

A. 283.5 kW B. 285 kW C. 280 kW D. 273 kW

21. massasi 40 g bo’lgan jism tik yuqoriga 30 m/s boshlang’ich tezlik otildi. Eng yuqori nuqtaga 2.5 s ichida chiqdi. Havoning qarshilik kuchini toping.

A. 0.05 N B. 0,8 N C. 0.5 N D. 0.08 N

22. planetaning radiusi Yer radiusidan 3 marta kichik. Zichligi Yernikidan 40 % ga kichik. Bu planetada erkin tushayotgan jism 3 s da qancha masofa o’tadi? g = 10 m/s2

A. 6 m B. 9 m C. 10 m D. 8 m

23. radiusi 28 sm bo’lgan bir jinsli sharda sharsimon bo’shliq bo’lib, bu bo’shliqning radiusi shar radiusidan 2 marta kichik va shar sirtiga tegib turadi. Sistemaning og’irlik markazi katta shar markazidan necha sm masofada joylashgan?

A. 16 sm B. 14 sm C. 2 sm D. 12 sm

24. massasi 190 g bo’lgan jism radiusi 90 sm bo’lgan yarim sfera ustida turibdi. Jismga massasi 10 g bo’lgan gorizontal uchayotgan o’q kelib urilib, unda qoldi. O’qning qanday tezligida jism yarim sferadan darhol ajraladi?

A. 60 m/s B. 30 m/s C. 40 m/s D. 50 m/s

25. massasi 0.1 kg bo’lgan po’lat sharcha gorizontal tekislikka 0,2 m balandlikdan tushdi va urilgandan so’ng yana 0.2 m balandlikka ko’tarildi. Sharchaning tekislikka bosim kuchini toping. t = 0.04 s. g = 10 m/s2

A. 10 N B. 11 N C. 9 N D. 1 N

26. ipning bir uchi idish tubiga mahkamlangan. Ikkinchi uchi esa po’kak tiqinga. Buning natijasida po’kakning 75 % i suvga botgan. Ipning taranglik kuchini toping. Po’kak massasi 2 kg, zichligi 300 kg/m3.

A. 20 N B. 10 N C. 30 N D. 35 N

27. uzun ipga bir xil yuklar osilgan. Yuklardan birining 1/5 qismi uzilib, 1 s da yerga tushdi. Qancha vaqtdan so’ng ikkinchi yuk yerga tushadi?

A. 3 s B. 2 s C. 1 s D. 0.5 s

28. bir nuqtadan 2 ta jism otildi. Biri 6 m/s tezlik bilan gorizontal, ikkinchisi esa 7 m/s tezlik bilan vertical yuqoriga. 2 s dan keyin ular orasidagi masofani toping.

A. 16 m B. 12 m C. 20 m D. 28 m

29. ikkita tosh bitta vertikalda bir-biridan 20 m masofada turibdi. Yuqoridagi tosh pastga 2 m/s boshlang’ich tezlik bilan otildi. Ikkinchi tosh esa erkin tusha boshladi. Qancha vaqtdan keyin ular to’qnashadi?

A. 10 s B. 20 s C. 5 s D. 15 s

30. Koptok yuqoriga 50 m/s tezlik bilan otildi. Qancha vaqtdan keyin tezligi 30 m/s bo’lib pastga yo’nalgan bo’ladi?

A. 5 B. 2 C. 8 D. 3




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling