Xitoy davlati mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg`unligi. O`zbek va Xitoy xalqlari madaniyatlararo muloqoti


Download 24.75 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi24.75 Kb.
#1034217
1   2   3
Bog'liq
Xitoy Xalq Respublikasidagi mafkuraviy

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda Xitoy davlati dunyodagi eng yetakchi davlatlar qatoriga kiradi va dunyoda o`z ovoziga egadir. Bu esa o`z o`rnida ulkan mehnat va mashaqqatli yo`l natijasidir. Xitoy madaniyati milliy qadriyatlarini o`rganish mobaynida uning O`zbekiston milliy qadriyatlari bilan uyg`unligini kuzatish mumkin. Xitoy Konfutsiychilik ta`limoti asosiga qurilgan milliy mafkura, qadriyat va milliy g`oya bugungi kunda bizning qon- qonimizga singib ketgan, o`zligimizni ifoda etuvchi milliy mafkura va qadriyatlarimiz bilan hamohang. Biroq shuni ham ta`kidlash joizki, Xitoy xalqida shunday jihatlar ham borki ularni o`rganish va o`zimizda tadbiq etish zarar qilmagan bo`lardi. Nazarimda Xitoy millati individualism rivojining yuqori cho`qqisiga erishgan davlat. Ha egoizm emas aynan indivudualizm. Masalan, birgina xitoydagi ta`lim sohasini olib qarasak, har bir talaba doimo eng yaxshisi bo`lishga, kelajakda jamiyatda o`zining o`rniga ega bo`lishga jon jahti bilan kirishadi harakat qiladi. ularning ongida hamma o`zining ertangi kuni uchun harakat qilishi tabiiy holat bo`lib o`rnashgan. Bilim olish jarayonida ham biror to`siqqa uchrashsa hech qachon atrofdagilardan yordam kutmaydi. Hattoki eng yaqin do`sti shu masala yechimini bilsada uning javobini so`ramaydi o`zi izlanadi o`rganadi va topadi. Va bu ularda oddiy holga aylangan. Xitoyda o`qish jarayonida yana bir e`tiborimni tortgan holat bu ularning kelajakka tikkan sarmoyalaridir. Ha, ular ma`lum bir fanni yaxshi bahoga topshirish uchun pul sarflashadi. Ammo bu pul pora sifatida emas, balki shu fandan qo`shmcha darslarga sarf etiladi. Qaysidir fanning pora evaziga yopilishi ular uchun g`urur masalsiga borib taqaladi. Shu jumladan ota- onalar ham bu jarayonni qo`llab quvvatlaydi.
Xitoydagi yana bir o`ziga xos jihat bu insonlarning o`zlariga bo`lgan hurmat va e`tibori. Xitoy millati uchun sog`liq, sog`lom turmush tarzi qadriyat darajasiga ko`tarilgan, balki bunga ularda tibbiyot bilan bog`liq sohaning nihoyatda yuqori narx navoni o`zida qamrab olgani bilan bog`liqdir. Ular ularda milliy sport- raqs san`ati bilan doimiy ravishda shug`ullanish hatto dars hisobiga kiritilgan, qariyalar esa har kech tushar paytdagi jamoaviy raqslarini hech qachon o`tkazib yuborishmaydi. Va bu ham ularda odatiy hol tusiga kirgan.
Xitoydagi yana bir o`zlashtirishga arzugulik holat bu turmush qurishga qaratilgan jiddiy e`tibor. xitoyda o`rtacha turmush qurish yosh chegarasi 25- 26 yoshdan 32- 35 yosh oralig`ini tashkil etadi va bu tabiiy hol sifatida qaraladi. Nafaqat yigit balki qiz ham ma`lum soha mutaxasissi, biror ish, kasbi bo`lmay turib o`zini turmush qurishga tayyor emas deb hisoblaydi. Bu esa o`z navatida gender tenglik masalasi bilan uzviy bog`liq. Lekin bu jihatdan olib qaralganda Xitoydagi bugungi matrearxat tizimga asoslanib borayotgan oilalarning vujudga kelishi bizning mintalitetimizga zid holat. Ammo har bir millat jamiyatning asosiy bo`g`ini bo`lmish oila qurishga jiddiyroq tayyorgarlik ko`rishi o`z navbatida uning mustahkamligini ta`minlashi yaqqol haqiqat.
Mamlakatni, xalqni birlashtiruvchi kuch bu uning ma`naviyati, milliy qadriyatlari. Xitoy hududi jihatdan nihoyatta ulkan bo`lishiga qaramay bir butun kuch bo`la olishining asosiy sababi ham uning qadriyatlarga, milliy an`analarga, eng asosiysi millat belgisi bo`lgan tilga qaratgan e`tibori natijasidir. Xitoy hech qanday g`arb madaniyati, ommaviy madaniyatning o`ziga singib ketishiga yo`l qo`ymaydi, hech qanday bayram uning milliy bayrami “Yangi yilidek” e`tabor va mavqe`ga tenglasholmaydi. Xitoyliklarning hattoki o`z an`anaviy yil hisoblari mavjud. Bu esa ularning qadriyat va an`analarga sodiq ekanligidan dalolatdir. Ularni birlashtiruvchi ulakn kuch esa bu ularning tilidir. Ular til qanchalik qiyin bo`lmasin undan voz kechishmaydi. Ulardagi yana bir hayratlanarli holat xitoyliklar hattoki yangi neologizmlarni ham tilga kirib kelishiga yo`l qo`ymaydi, ularning tarjimasini tilde paydo qiladi. Bu esa o`z navbatida tilga bo`lgan yuksak hurmat namunasidir.
Albatta xitoy kamchiliklardan holi emas. Uning kamchilik va xatolaridan xulosa chiqarib, yutuqlaridan o`rnak olish esa biz kabi yosh, navqiron davlatlarga nihoyatda qo`l keladi. Biroq, bu yo`lda buyuk millatimizning milliy qadriyat, an`ana va urf odatlari, milliy g`oya – ma`naviyatimizni, milliy o`zligimizni o`zida aks etgan mintalitetimizni doimo yodimizda saqlashimiz zarur!



Download 24.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling