Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy jihatdan tez rivojlanayotgan
Download 38 Kb.
|
Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy jihatdan tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biri sifatida dunyoning ko`plab mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini rivojlantirib kelmoqda. Shunigdek, bir qator makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha ham dunyoning yetakchi mamalaktlari qatoridan joy olmoqda. Xitoy hukumati tomonidan ilgari surilayotgan iqtisodiy loyihalar hozirgi davrda jahon ho`jaligida muhim ahamiyat kasb etishi bilan birgalikda, dunyo mamlakatlari o`rtasida integratsion jarayonlarning yangi bosqichga ko`tarilishi uchun asos bo`lib xizmat qilmoqda. Qadimda Buyuk Ipak Yo`li deb nomlangan hamda Xitoy va g`arb mamlakatlarini bog`lab turgan savdo yo`llari o`sha davrda mamlakatlar o`rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi kunda Xitoy hukumati tomonidan ilgari surilayotgan loyiha ―Buyuk Ipak Yo`li iqtisodiy tasmasi‖ deb nomlanib, ushbu yangi iqtisodiy konsepsiya dunyoning 65 mamlakatini, dunyo aholisining 60% qismini o`z ichiga qamrab oladi. Buyuk Ipak Yo`li iqtisodiy tasmasi sharqiy Osiyo mamlakatlarini G`arbiy Yevropa mamlakatlari bilan bog`lovchi ikki yo`nalish: quruqlik hamda dengiz yo`nalishiga ega ekanligi bilan qadimgi Buyuk Ipak yo`lidan farq qiladi. Ushbu konsepsiya Xitoy hukumati rahbari Si Szinpin tomonidan 2013-yil sentabr oyida XXR raisining Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlariga qilgan rasmiy tashriflari davomida Qozog`istonning Ostona shahrida keng jamoatchilikka e`lon qilindi. Ushbu loyihaning dunyo mamlakatlari, xususan, Markaziy Osiyo hamda O`zbekiston uchun iqtisodiy ahamiyati haqida gapirganda quyidagi xulosa va takliflarni bildirish mumkin. Birinchidan, Ushbu konsepsiya jahon xo`jaligida integratsion jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqishi hamda Markaziy Osiyo mintaqasi bu loyihada Sharq va G`arbni bog`lovchi iqtisodiy ko`prik vazifasini bajarishi mintaqa mamlakatlari iqtisodiy salohiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 42 Ikkinchidan, Mintaqa mamlakatlari konsepsiya doirasida quruqlikdagi 6 ta yirik iqtisodiy ko`ridorning 4 tasida bevosita ishtirok etishi mintaqada savdo hamda transit hududlarning ahamiyati va samaradorligi ortishini ta`minlaydi. Uchinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasi tabiiy resurslar, xususan gaz va neft zahiralariga boy mintaqa sifatida jahon xo`jaligida muhim ahamiyatga egadir. Xitoy esa so`nggi yillarda tabiiy gaz va neft iste`moli va importini keskin oshirishi bilan birgalikda import qiluvchi mamlakatlar diversifikatsiyasini ham kengaytirmoqda. O`rta Sharq hamda Rossiya kabi mintaqa va mamlakatlar singari Markaziy Osiyo mintaqasi mamalakatlari ham Xitoyga gaz va neft eksportini tobora orttirib bormoqda. 2008-yildan Xitoyning CNPC kompaniyasi tomonidan amalgam oshirilayotgan Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvuri loyihasi 4 liniyadan iborat loyiha hisoblanib, dunyodagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Kelajakda ushbu gaz quvuri orqali Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Xitoyga gaz eksporti yanada ortishi bevosita konsepsiyaning rivojlanishi bilan bog`liqdir. To`rtinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi savdo hamkorlari orasida mintaqaning barcha mamlakatlari uchun Xitoy eng yirik savdo hamkori hisoblanadi. Ikki tomonlama o`zaro hamkorlik loyihalarining amalgam oshirilishi mintaqa mamlakatlarining Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlaydi. Oltinchidan, Ushbu iqtisodiy kosepsiyaning amalgam oshirilishi natijasida mintaqa mamlakatlarining Yalpi ichki mahsuloti hamdauning aholi jon boshiga tog`ri kelish qiymati sezilarli darajada ortishini ko`rishimiz mumkin. 2015 -yilda mintaqa mamlakatlarida YAIMning aholi jon boshiga to`gri kelishi 4495$ni tashkil etgan bo`lsa, 2030-yilga qadar bu ko`ratkich 6202$ga yetishi taxmin qilinmoqda. Bu esa mintaqa mamlakatlarida aholi turmush darajasi ortishidan dalolat beradi. Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari orasida O`zbekiston iqtisodiy salohiyati va barqaror o`sish sur`atlari bilan ajralib turadi. Buyuk Ipa k Yo`li iqtisodiy tasmasi konsepsiyasida ishtirokchi mamlakat sifatida O`zbekistonning hozirgi davrdagi iqtisodiy salohiyati va imoniyatlaridan kelib chiqib quyidagilarni taklif etish mumkin. 43 Birinchidan, O`zbekistonda erkin savdo hudularini tashkil etish va bu orqali xorijiy va mahalliy tovarlar savdosini kengaytirish natjasida mintaqada yirik savdo markazlarini tashkil etish. Ikkinchidan, O`zbekistonning turizm salohiyatini yanada kengaytirish, Buyuk Ipak yo`li chorrahasida joylashgan Samarqand va Buhoro kabi turizm markazlariga xorijiy sayyohlar oqimini ko`paytirish. Uchinchidan, O`zbekistonda rivojlanayotgan tekstil sanoati va tekstil mahsulotlarini tashqi bzorga yo`naltirish va Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatidan foydalanish. To`rtinchidan, O`zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar salohiyatini yanada kengaytirish hamda bu hududlarda qo`shma korxonlar tashkil etishni yanada rivojlantirish orqali sanoat sohasini yanada rivojlantirish. Buyuk Ipak yo`li iqtisodiy tasmasi konsepsiyasi dunyo mamlakatlari shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini xulosa qilish mumkin. Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling