Xitoy xalq respublikasi


Download 18.31 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi18.31 Kb.
#1637913
Bog'liq
15-mavzu


XITOY XALQ RESPUBLIKASI
Xitoy Sharqiy Osiyodagi davlat bo’lib, hududi jihatidan dunyodagi eng yirik mamlakatlardan biri hisoblanadi (Rossiya va Kanadadan keyin 3-o'rin). Maydoni 9597 ming km2 bo’lib, quruqlikning 7 foiziga teng. Aholisi 1,32 mlrd. kishi bo’lib (2007 yil), b.u ko'rsatkich bo'yicha 1-o’rinda turadi (dunyo axolisining 22foizi). Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 22117 kmni tashkil etib, o’n olti mamlakat bilan umumiy chegaraga ega. Qirg’oq bo'yi hududi uzunligi 14,5 ming kmdir. Xitoy poytaxti — Pekin shahri.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Xitoyning janubi-g'arbiy qismi Tibet tog’liklaridan iborat. Tog’likning yon-bag'irlarida Himolay, Qoraqorum, Kun'lun kabi dunyodagi eng yirik tog’ tizimlari joylashgan. Eng baland cho'qqi - Jomolungma tog'i bo’lib, uning balandligi 8848 mdir. Mamlakatning shimoli- g'arbi tekisliklardan, sharqi esa o’rta va past tog'liklardan tashkil topgan, daryo tizimi zich joylashgan bo’lib, ular yil bo'yi sersuvdir. 0’rmonlar mamlakat hududining 1/10 qismida joylashgan.
Mamlakat hududi bo’ylab yonilg’i resurslari va rudali foydali qazilma boyliklarining zaxirasi katta miqdorda mavjud. Toshko’mir, temir va marganets rudalari, boksitlar va rux, qalay, surma, volfram (dunyo zaxirasining 3/5 qismi), molibden, simob, noyob metallar, titan rudalari, osh tuzi va boshqa tuzlaming zaxirasi bo'yicha Xitoy yetakchi mamlakatlar safiga kiradi. Xitoyning markaziy hududlari foydali qazilmalarga boy. Jumladan, ularning hissasiga ko’mir zaxirasining 40 foizi, misning 52 foizi va oltingugurt kolchedanining 42 foizi to’g’ri keladi. Neft va gazning aniqlangan zaxiralari (12-13 mlrd. t) bo’yicha mamlakat neft eksport qiluvchi yetakchi mamlakatlardangina ortda. Mutaxassislarning fikriga qaraganda, 2008 yil oxirigacha Xitoy oltin qazib olish hajmi bo'yicha bu sohada 1905 yildan beri peshqadam bo'lgan Janubiy Afrika Respublikasidan o’zib o’tib, dunyo birinchiligini qo’lga kiritadi.
Biroq mamlakat iqtisodiyotining jadal odimlab borishi natiiasida turli resurslarga talab oshib bormoqda. Chunonchi, bugungi kunda misga bo’lgan talabning 40 foizi, neftning 34 foizi, kaliy tuzlarining esa 90 foizi import evaziga koplanmoqda. Defitsit bo'layotgan foydali qazilmalar safida, eng awalo, neft, tabiiy gaz, mis va xromni aytish mumkin. Shuningdek, talabning haddan tashqari yuqoriligi tufayli volframning ham aniqlangan zaxiralari miqdori tobora kamaymoqda.
Axolisi. XXR aholisining 91,9 foizi xan xitoylar bo'lib, qolganlar turli etnik guruh vakillaridir, Diniy e’tiqodi bo'yicha aholining orasida daoist, buddist, xristian (3-4 foizi) va musulmonlar (1-2 foizi) bo’lib, turli ma'lumotlarga ko’ra, aholining aksariyati ateistlardan iborat.
Shaharlarda Xitoy aholisining 43 foizi istiqomat qiladi. Yirik shaharlari safiga Shanxay, Tyantszin, Uxan, Dalyan, Shenyan, Chunsi, Xarbin, Guanchjou va Nankin kabilarni kiritish mumkin.
Davlat tiil- xitoy tili.
Davlattuzumi. Ma’muriyjihatdan Xitoy 23 provinsiya (Tayvan bilan birga), 5 avtonom tuman, 4 markazga bo’ysunuvchi shahar (Pekin, Tyanszin, Shanxay, Chunsin) va 2 maxsus ma’muriy tumanga (Gonkong va Makao) bo’linadi.
Xitoy - sotsialistik xalq respublikasi bo’lib, hokimiyatning oliy organi va qonun chiqaruvchi hokimiyat Umumxitoy xalq vakillarining majlisidir (UXVM). U 2972 deputatdan iborat bo’lib, ular har besh yilda saylanadi. UXVM Xitoy raisini (prezident) va UXVM Doimiy qo’mitasi vakillarini saylaydi. Oliy ijro hokimiyati - Davlat kengashi. Mamlakat yetakchi siyosiy firqasi Xitoy Kommunistik firqasidir.
Sanoati. Xitoy ko'p tarmoqii sanoatga ega. Ularning qatorida tekstil, ko'mir, qora metallurgiya sanoatlari an'anaviy tarmoqlar hisoblanib, elektronika, aviatsiya, kosmik, kimyo, neftni qayta ishlash va qazib olish sanoatlari Xitoy uchun nisbatan yangi tarmoqlardir.
Xitoy yoqilg’i-energetika sanoatining asosini ko'mir sanoati tashkil etadi. Mamlakatda iste’mol qilinayotgan elektroenergiyaning 75,6 foizi aynan ko’mir hissasiga to’g’ri keladi (2004 yil). 2005 yilda dunyo bo ' ylab qazib olingan ko’mirning 37 foizi Xitoy ulushini tashkil etdi. Neft sanoati energiya iste’molida ko'mirdan keyin ikkinchi o’rinda (13,5 foiz), gidroelektroenergiya esa uchinchi o'rinda (7,9 foiz) turadi.
Qora va rangli metallurgiya sanoati Xitoy iqtisodiy taraqqiyotining tayanch bo’g’inlaridan hisoblanadi. Talabning yuqoriligi tufayli mamlakatda qora metallurgiya sanoati rvojlanmoqda. Natijada, ko'mir, temirrudasi, cho’yan, po'lat, volfram, rux, alyuminiy, ishlab chiqarish bo'yicha Xitoy dunyoda birinchi o’rinni, qo’rg’oshin, qalay, molibden qazib olish hajmi bo’yicha esa ikkinchi o’rinni egallaydi.
Mashinasozlik sanoati mamlakat sanoatining eng jadal rivojlangan tarmog’i hisoblanadi. Ayniqsa, stanoksozlik, transport mashinasoziigi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, asbobsozlik sohalari so'nggi o'n yillikda rivoj topdi. Mashinasozlik sanoati boshqa tarmoqlarning rivojjanishiga, ularning moddiy-texnik bazasining yangilanishiga katta ulush qo'shdi. Natijada, Xitoy hissasiga jahon traktorlari va konteynerlarining 83foizi, fotoapparatlarning 50 foizi, rangli televizorlaming 45 foizi, uyali aloqa vositalari va kompyuterlarning 40 foizi, konditsionerlaming 30 foizi, kir yuvish mashinalarining 25 foizi, muzlatgichlarning esa 20 foizi to’g’ri keladi (2004 yil).
Tekstil sanoati mahsulotlari hajmi bo’yicha Xitoy dunyoda yetakchi o’rinni egallaydi.
So ' nggi yillarda Xitoyda ilmiy sig’imi yuqori bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga bo’lgan ixtisoslashuv kuchaymoqda. Jumladan, aviakosmik, tibbiyot, kimyoviy va informatsion texnologiyalar sohasida ham ko’plab yutuqlarga erishilmoqda.
Qishloq xo’jaligi. Xitoy yalpi ichki mahsulotining 12 foizi agrar tarmoq hissasiga to’g’ri keladi. Tarmoqning etakchi sohasi Osimlikchilik bo'lib, unda donchilik asosiy yOnalish hisoblanadi. Guruch va bug'doy asosiy agrar donchiligi mahsulotlaridir. Xitoy dunyoda kartoshka, araxis, mevalar, sabzavotlar, go’sht, tuxum, baliq va dengiz mahsulotlari, donchilik mahsulotlari hamda paxta yetishtirish bo’yicha birinchi, jo'xori, choy yetishtirrsh bo’yicha esa ikkinchi o’rinni egallaydi. Mamlakatda texnikaviy mahsulotlardan qandlavlagi, shakarqamish, choy va tamaki yetishtiriladi.
Chorvachilik sohasida cho'chqachilik markaziy ahamiyatga ega bo’lib, cho'chqalar soni bo'yicha Xitoy dunyoda etakchilik qiladi.
Transport. Xitoy temir yo’llarining umumiy uzunligi 75,4 ming. kmni tashkil etib, bu ko’rsatkich bo’yicha u jahonda uchinchi o’rinda turadi. Temir yo’llarining chorak qismi elektrlashtirilgan. Bugungi kunda mamlakat bo'yicha ko'mirning 75 foizi, rudaning 66 foizi, po’lat prokatining 62 foizi, don mahsulotlarining 56 foizi aynan temir yo'l transport yordamida tashiladi.
Avtomobil yo’llari uzunligi bo'yicha ham Xitoy uchinchi o’rinni egallab, u 1870 mln. km ga teng.
Mamlakat suv yo’llarining uzunligi esa 124 ming. km bo'lib, u dunyoda birinchi o'rinda turadi. Asosiy portlari: Dalyan, Guanchjou, Ninbo, Sindao, Sinxuandao, Shanxay, Shenchjen, Tyantszin.
Mamlakatda quvur yo'li ham rivoj topgan bo’lib, tabiiy gazga mo'ljallangan quvurlar 22,7 ming km, neftga mo’ljallanganlari esa 15,3 ming kmni tashkil etadi.
Xitoy havo yo’llari kundan-kunga ri^ojl^nib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatda 467 ta aeroport mavjud. Ichki yo’nalishlarda 700 dan ortiq, xalqaro yo'nalishlarda esa 90 dan ortiq avialiniyalar faoliyat ko’rsatmoqda. 2004 yilda aviayo'lovchilar soni 50 mln. kishini tashkil etdi.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo’yicha Xitoy dunyoda eng yirik uchlikka kiradi. Eksport hajmi bo’yicha 2007 yilda mamlakat AQShdan o’zib, jahon sahnida Germaniyadan keyin 2-o’rinni egalladi (1218 mlrd. doll.). Eksport tarkibida mashina va uskunalar, kompyuterlar, plastmassalar, optik va tibbiy jihozlar, temir, po’lat, ro’zg’or buyumlari va tekstil mahsulotlari asosiy o’rinni egallaydi. Xitoyda import hajmi 2007 yilda 955,8 mlrd.doll.ga etib, bu borada u uchinchi pog’onani egalladi. Xitoy asosan mashina va uskunalar, neft va yonilg'i mahsulotlari, plastmassalar, optik va tibbiy jihozlar, kimyo mahsulotlari, temir va po’lat import qiladi.
Xitoyning asosiy tashqi savdo hamkorlari AQSh, Yaponiya, Gonkong, Janubiy Koreya, Tayvan va Germaniya hisoblanadi.
Download 18.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling