Xitoy yozuvi tarixi


Download 0.6 Mb.
Sana19.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1102729
Bog'liq
5-mavzu

Xitoy yozuvi tarixi.

Xitoy yozuvi an’anaviy 漢字hànzì, soddalashtirilgan 汉字, pinyin hànzì) — soʻz va morfemalarni yozishda maxsus belgilar — iyerogliflar qoʻllanadigan yozuv. Xitoy yozuvida iyerogliflar shakli turli kombinatsiyalarda takrorlanuvchi

1 dan 36 tagacha boʻlgan standart chiziqlardan tashkil topadi. Iyerogliflar maʼlum yozuv qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda muayyan tartibda (chapdan oʻngga, yuqoridan pastga) yoziladi.

Xitoy yozuvida iyerogliflarning umumiy soni 60 mingdan koʻproq boʻlib, shulardan taxminan 96 foizi murakkab (ikki va undan ortiq qism — chiziqdan tuzilgan) va 4 foizi sodda (faqat bir qismdan iborat) iyerogliflar hisoblanadi. Hozirgi xitoy tilida taxminan 8—10 ming iyeroglif qoʻllanadi.

Xitoy yozuvi dastlab Yaponiya, Koreya va Vyetnam xalqlari tomonidan muayyan miqdordagi xitoycha soʻzlar bilan oʻzlashtiriladi. 20-asr oʻrtalarida iyerogliflardan faqat Yaponiya va Janubiy Koreyada (yapon boʻgʻinli yozuvi va koreys alifbosi bilan qoʻshilgan holda) foydalana boshlandi. Bugungi kunda Janubiy Koreyada Taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, keng isteʼmol uchun qabul qilingan 2000 ta iyeroglifdan foydalanilmoqda.

1958-yil fevralda XXRning Xitoy iyerogliflarini isloh qilish qoʻmitasi tomonidan iyerogliflarning talaffuzi uchun lotin grafikasi asosida 26 harfdan iborat transkripsion alifbo qabul qilindi. Ushbu alifbo hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalarida keng qoʻllanmoqda. Xitoy yozuvini isloh qilish va alifboli yozuvga oʻtish lahjalarning koʻpligi va tarqoqligi, madaniy meros va til muammolari sababli katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 1956 yildan XXR da iyerogliflarni grafik jihatdan soddalashtirish ishlari olib borilmoqda.

 

Qiziqarli fakt

Eng qadimgi Xitoy matnlari toshbaqalarning qobig'ida yozilgan.

 55000 xitoycha belgilar

Miloddan avvalgi 1200 yilda ixtiro qilingan xitoy yozuvi juda oz o'zgargan. Butun dunyoda g'oyib bo'lgan ideogrammalarni saqlab qolgan holda, u o'z izini qoldirdi. original chizma, buni ba'zi so'zlarda ko'rish mumkin. Hozirda xitoydagi Bilimli odamlar 2000 yil avval yozilgan matnni o‘qib, tushuna oladi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling