Xiv asr yarmida qashqadaryo vohasi
Download 28.7 Kb.
|
1 2
Bog'liqXIV ASR YARMIDA QASHQADARYO VOHASI
XIV ASR YARMIDA QASHQADARYO VOHASI Reja:
2. Mo'g'ullarning O'rta Osiyoga istilo yurishi va unga qarshi kurash. Istilo oqibatlari. 3. Chig'atoy ulusi. Undagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. XII asrning oxiri - XIII asrning boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda Mo'g'uliston eng qoloq hisoblangan. Mo'g'ulistondagi mo'g'ul urug' va qabilalari ichida urug'-aymoqchilik munosabatlari kuchli saqlangan holda feodal munosabatlar paydo bo'lib, sinflar vujudga kela boshladi. Bunday sharoitda jamiyatda markazlashuv, ya'ni davlatning vujudga kelishi uchun ob'yektiv zamin yetilib boradi. Mo'g'ul urug' zodagonlari orasidagi kurashda Temuchin (1155-1227 y.) ismli bahodir g'olib chiqadi. Hokimiyat uchun qavm va qabilalar o'rtasida olib borgan kurashda Temuchin g'alaba qozonib, 1204-1205 - yillarda birin-ketin nayman, keroit, tatar, jaloir va boshqalarni o'ziga tobe qilib, butun Mo'g'uliston hududlarining yagona hukmdoriga aylanadi. 1206-yilda Onon daryosining yuqori qismida umummo'g'ul qurultoyi chaqirilib, unda Temuchinning davlat hukmdorligi qonuniylashtiriladi. Qurultoyda Temuchinga Chingizxon nomi beriladi. Aytildiki: "Osmonu zamin tangrisi Chingizxonning ma'nosi turkiycha shohlar shohi deganidir" (Ching - turkiycha qattiq, Chingxon - qattiq xon, ya'ni qattiq, kuchli siyosat yurgizuvchi xon). Shu qurultoyda qabul qilingan "Yaso" - mo'g'ullar davlatining asosiy qonunlar majmuasi ulug' xon (qoon) hokimiyatini yanada mustahkamladi va Chingizxon armiyasining jangovarlik qobiliyatini oshiradi: 1) Yangi saylangan har bir xon Yasoga qat'iy rioya qilishi to'g'risida qasamyod qilish shart edi. Yaso yo'l-yo'riqlariga beparvo qaraydigan bo'lsa, xalqqa xonni ag'darish va uni umrbod qamoqqa olish huquqi beriladi. 2) To'la din erkinligi beriladi. Barcha dinlar ruhoniylariga homiylik qilish, barcha dinlar xudolari ko'nglini ovlash, ularning yerdagi ummatlarini o'z tomoniga jalb etishi kerak edi. Barcha ruhoniylar, machit, cherkovlar soliqlardan ozod qilingan edi. 3) Urush davrida ayollarning huquqlari ta'kidlangan. Xususan, urush sharoitida avlodlar kelajagini ta'minlash sifatida baholangan ayollarning o'z eriga hiyonati qonun tomonidan kechirilgan. 4) O'g'ri chorvani o'g'irlagani uchun uning haqini to'qqiz baravar etib to'lashi, to'lashga mablag'i bo'lmasa, uning bolalari asoratda solinishi, bolalari va mablag'i bo'lmasa, o'lim jazosiga duchor etilishi kerak edi. Yolg'on uchun o'lim, suv va olovni haqoratlaganlik uchun o'lim, sutni yerga to'kkanlik uchun o'lim deb qabul qilinadi. Asirga yordam bergan, qochoq qulni egasiga tutib bermagan, xoinlikda, o'g'irilikda, yolg'on guvohlikda ayblanganlarga ham o'lim jazosi berilgan. 5) Mo'g'ullar ongiga urush olib borishning yalpi qirg'in usulini singdirish Yasoda muhim o'rinni egallagan edi. Shu munosabat bilan mo'g'ullarda odamlarni qirish qahramonlik hisoblanardi. Mo'g'ul askarlaridan kim ko'p dushmanni o'ldirsa, uyini buzsa, yondirsa, unga "Bahodur" unvoni berilgan. Chingizxon qo'shini 10, 100, 1000, 10000 qislarga bo'linib, mingboshi va tumanboshi harbiy lavozimlarini joriy qiladi. Chingizxon mamlakat hududlarini tumanlarga bo'lib chiqadi: Tumanboshi 10000 qo'shin boshlig'i bilan birga 5-10 ming o'tovli 50 mingga yaqin aholini jamlagan hududining hokimi ham edi. Qo'shinni qayta tashkil etib va davlat ma'muriy apparatini tuzishni tugallab, Chingizxon o'z istilochilik maqsadlarini amalga oshirishga kirishadi. Chingizxon 1206-yilda naymanlarni, 1207-1208 - yillarda Yenisey havzasi, so'ngra mo'g'ul sarkardasi Xubilay boshqargan Yettisuvning shimoliy hududlarini egallab, Xorazmshohlar davlati chegaralariga yaqinlasha boradi. Mo'g'ullar 1211-1215 - yillarda bir necha bor Xitoyga hujum qilib, 1215-yili shimoliy Xitoyning markazi Chjundao (Pekin) shahrini egallaydilar. Chingizxon Xitoyni qo'lga kiritgach, ko'p miqdorda oltin, kumush buyumlar, shoyi, atlas matolardan tashqari har xil qurol-yaroq, harbiy texnika moslamalari, manjaniq, palaxmon, naftandozlarni ham olib keladi. Natijada Chingizxon armiyasi o'sha davrdagi eng qudratli kuchga aylanadi. 1218-yilga kelib Yettisuv viloyatining qolgan qismini ham mo'g'ullar o'zlariga tobe qilishadi. Endi Chingizxonning nigohi Xorazmshoh yerlariga qaratiladi. Bu davrga kelib Muhammad Xorazmshoh o'zini "Iskandari Soniy" (Xudoning yerdagi soyasi) deb bilsa-da, mamlakat tanazzul tomon yuz tutgan edi. Bir tomondan shohning onasi Turkon xotun boshliq qipchoqlar bilan yerli qavmlar o'rtasidagi ixtiloflar bo'lsa, ikkinchi tomondan mahalliy hududlar beklari va hokimlarning o'zboshimchaliklari, haddan tashqari jabr zulumi xalqning noroziligini kuchaytirayotgan edi. Bundan tashqari Muhammad Olovuddin Xorazmshohning xalifalik hududlarini qo'lga kiritish da'vosi bilan 1217-yilda Bag'dod sari muvaffaqiyatsiz yurishi Xorazmshohning islom olamidagi obro'siga putur etkazadi. Chingizxon Xorazmshoh davlatining bu siru-ahvolidan Mahmud Yalavoch, Hasan hoji, Yusuf O'troriy kabi josuslari orqali xabardor edi. Chingizxonga Xorazm yerlariga kirish uchun bahona kerak edi. Xuddi shunday bahona 1218-yilda sodir bo'ldi. Shu yili Chingizxon amri bilan Xorazm davlatiga 500 tuyadan hamda 450 musulmon savdogarlaridan iborat boy karvonga Umarxo'ja O'troriy, Hammol Merokiy, Faxriddin Dizzakiy Buxoriy, Amuniddin Xaraviy kabi savdogar-elchilarini yuboradi. Ammo karvon O'trorga kelishi bilan Turkon xotinning maxfiy topshirig'i bilan va shahar hokimi Inalxonning buyrug'iga asosan karvon talanib savdogarlarning hammasi qirib yuboriladi. Faqat bitta tuyakash o'limdan saqlanib qoladi. U Chingizxonning qarorgohiga yetib boradi va karvonning fojeali qismati haqida gapirib beradi. Chingizxon g'azabini bosib, Ibn Kafroj Bug'roni va 2 ta tatarni Xorazmga elchi qilib yuboradi. Chingizxon Sulton Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inalxonni tuttirib, uning ixtiyoriga jo'natishni talab qiladi. Bundan g'azablangan Xorazmshoh Muhammad bosiqlik bilan mulohaza qilib javob berish o'rniga Ibn Kafroj Bug'roni qatl etishga, qolgan 2 ta tatarning soqolini qirdirib, orqaga jo'nattirib yuboradi. Bu diplomatik o'yinda yutib chiqqan Chingizxon Movarounnahrga bostirib kirishi uchun bahona yetarli darajada, vaziyat esa yetilgan edi. O'tror voqeasi bilan Chingizxonning so'nggi echisi kelgan vaqt oralig'ida Xorazmshoh Urganchda bir kengash chaqiradi. Kengashda saroy vakillaridan biri Shahobiddin Xivakiy birdan-bir to'g'ri fikrni bildiradi. Uning fikriga muvofiq katta armiyani bir joyda to'plab Sirdaryoning qulay bir yerida hal qiluvchi jangga kirishish zarurligini aytadi. Juvayniyning so'zlariga qaraganda Jaloliddin otasidan butun qo'shinni unga topshirishni so'ragan, ammo sulton rozilik bermagan. Sulton Muhammad qipchoq harbiylarini bir yerga to'pladi va isyon bo'lishidan qo'rqib qarorni o'zi qabul qiladi. Unga muvofiq qo'shin katta-kichik shaharlarga tarqatib yuborilishi va har bir shahar o'zini-o'zi himoya qilishi kerak edi. Bu - mag'lubiyat taktikasi edi. 1219-yilining sentabrida Chingizxon qo'shini bilan o'z o'g'illari Jo'ji, Chig'atoy, O'g'odoy, Tuli va lashkarboshilari Jebe hamda Subutoylar boshchiligida O'tror shahriga hujum qiladi. Chegara shahar bo'lgan O'trorda Inolchiq rahbarligida 50 minglik otliq qo'shin bor edi. Unga Sulton Muhammadning 10 minglik qo'shini kelib qo'shiladi. Shu yerda Chingizxon qo'shinini 4 qismga ajratadi, Jo'jini Sirdaryoning quyi sohilidagi shaharlarni olishga amr beradi. O'trorliklar Inolchiq boshliq o'zlarini besh oy mardonavor himoya qiladilar. Shahar olingach, uni kultepaga aylantirib, aholisi asosan qirib tashlanadi. Asirga olingan Inolchiqni Samarqandga olib borilib, Ko'ksaroyda og'ziga va qulog'iga qaynagan qo'rg'oshin quyib o'ldiriladi. 1220-yilning 16-fevralida mo'g'ullar Buxoroni egallaydilar. Shahar arkida Go'rxon boshliq 400 mudofaachilar 12 kun davomida qarshilik ko'rsatishadi. Samarqandga mo'g'ullar 1220-yil mart oyida yaqinlashdilar. Juvaynining so'ziga qaraganda Samarqand gornizonida 100 ming kishi (60 ming askar va 50 ming ko'ngillilar) bo'lgan. Gornizonining boshlig'i Turkon xotunning inisi Tug'ayxon edi. Chingizxon shahardan tashqari Ko'ksaroyga kelib tushib, shaharni qamal qilish ishiga o'sha yerdan rahbarlik qiladi. Mo'g'ullar shahar qamalining barcha qora ishlarini minglab asirlar, qo'lga tushirilgan yerli aholi bajardi. Qamalning uchinchi kuni birinchi marta shahar himoyachilari shahardan chiqib jang qiladilar. Mo'g'ullar ularni tuzoqqa tushirib, qirib tashladilar. Bundan tushkunlikka tushgan Shayxulislom, imom va qozilar Tug'ayxon bilan til biriktirib, Samarqandning Namozgoh darvozasini ochib berishga tayyorliklarini aytishadi. Garchi bunday taklif Chingizxon tomonidan qabul qilingan bo'lsa-da, ko'p o'tmay Tug'ayxonning 30 minglik qo'shini tunda 20 nafar sarkardalari bilan birga qirib tashlanadi. Sotqinlik evaziga ruhoniylar o'zlarining qarindosh-urug'larini shahardan eson-omon olib chiqib ketadilar. Bosqinchilar Namozgoh darvozasidan shaharga bostirib kirib, Samarqandni talashadi. Himoyachilardan 1000 nafari Jome' masjidiga kirib olib, dushmanni o'zlariga yo'lattirmaydilar. Masjidga o't qo'yilib, o'tda qahramonlarcha halok bo'ladilar. Xitoy monaxi Chan Chunning so'ziga qaraganda shaharda 25 ming oila, ya'ni avvalgi aholining chorak qismi qolgan. Demak, mo'g'ullar bostirib kelgunga qadar Samarqandda 100 ming oila bo'lgan, ya'ni uning aholisi 400 ming kishidan ortiq bo'lgan. Mo'g'ullar birgina Samarqanddan 30 ming hunarmandni qul qilib, Qoraqurumga yuborgan. Samarqand taslim bo'lgach, Chingizxon Xorazmshohning qo'shin to'plab, qarshilik ko'rsatishiga yo'l qo'ymaslik va uni qo'lga kiritish uchun sarkardalari Jebe va Subutoy no'yonlarni 20 minglik qo'shin bilan yuboradi. Ularning ta'qibidan qochgan Sulton Olovuddin Kaspiy dengizining orollaridan biriga berkinadi. U onasi Turkon xotunning mo'g'ullarga asir tushganligini eshitib, valiaxd tayinlash haqidagi avvalgi onasi taziqi ostida O'zlokshohni belgilagan qarorini bekor qilib, Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlaydi. Sulton Olovuddin Muhammad 1220-yilning dekabrida zotiljam kasali tufayli vafot etadi. Sulton Jaloliddin otasini ko'mgach, ikki ukasini olib Urganchga qaytadi. Olloqno'yon, Seketu Cherbi va Tugay kabi boshliqlari besh minglik otliq qo'shin bilan Sirdaryo bo'yidagi Binkat shahriga hujum qiladi. Binkat amiri Elathumalik qang'li qabilasidan yig'ilgan askarlari bilan shaharni 4 kun himoya qilib taslim bo'ladi. Endi -navbat Xo'jandga keladi. Xo'jand hokimi sarkarda Temur Malik edi. Juvayniy va Rashididdinning so'ziga qaraganda, Xo'jandni bosib olishda 20 ming mo'g'ul va 50 ming asir qatnashadi. Kuchlar nisbatining teng emasligini hisobga olgan holda Temur Malik 1000 nafar askari bilan shahar yaqinidagi orollarning biriga joylashadi. Temur Malikning buyrug'i bilan 12 ta qayiq yasalib, usti kigiz bilan qoplanib, sirkali loy bilan suvab chiqiladi. Shu qayiqlar bilan kechalari qirg'oqqa yaqin kelib, mo'g'ullar bilan kurash olib boradi. Nihoyat bu harakatlarning foydasizligini ko'rgach, oroldagi oziq-ovqat va qurol-yarog'larni 70 ta kemaga yuklatib, kechasi Sirdaryoning quyi oqimi bo'ylab suzib ketishadi. Temur Malik sarbozlari o'z kemalarida Jand shahriga suzishadi. Dushman buni payqab, Jo'ji va Chig'atoylar farmoniga muvofiq Xo'janddagi zobit no'yonlar daryo ustida zanjir tortib, mustahkam to'siqlar quradilar. Temur Malik bu to'siqni buzib, Jand shahrida qirg'oqqa chiqadi va qirg'inbarot jang bo'ladi. Shundan so'ng Qizilqum orqali Xorazmga jo'naydi. Orqadan ta'qib qilib kelayotgan dushmanni yo'l-yo'lakay chopib, kamondan o'qqa tutib parokanda etadi. Vahimaga tushgan mo'g'ullar otlari jilovlarini orqaga tortib, qaytib ketadilar. Temur Malik bir guruh yigitlari bilan Urganchga yetib borib, Jaloliddin Manguberdiga qo'shiladi. 1221-yilning boshlarida Xorazm davlatining sultoni deb e'lon qilingan Jaloliddin Manguberdi Urganch mudofaasini tashkil etishga jiddiy kirishadi. Jaloliddinning qattiqqo'llik bilan qilgan bu harakatiga qarshi qipchoq zodagonlari sobiq Jand hokimi Qutluqxon boshchiligida o'zaro til biriktirib, fitna tayyorlashadi. Bundan xabar topgan xalablik elchi Inonchxon Jaloliddinni o'z vaqtida voqif etadi. Natijada, u Temur Malik bilan Xurosonga jo'nashga majbur bo'ladi. Bunday paytda yovuz niyatli qipchoqlarning adabini bera oladigan harbiy kuchga ega bo'lmagan Jaloliddin safdoshi Temur Malik, onasi, xotini, bolalari va oz sonli, lekin ishonchli navkarlari bilan 1221-yilning mart oyi kunlaridan birida erta tongda shaharni tashlab chiqib ketishadi. Jaloliddin Manguberdi Nishopur, G'azna, Niso kabi shaharlar atrofida mo'g'ullarga qaqshatqich zarbalar beradi. G'azna yaqinidagi Voliyon qal'asidagi jangning o'zida mo'g'ullardan 9 mingtasi halok bo'lgandi. Ayniqsa, 1221- yilning yozida Parvona dashtida Kaykur no'yon boshchiligidagi 30 minglik qo'shin Jaloliddin tomonidan tor-mor etilganligi Chingizxonni hayratga soladi. Temur Malik boshliq fidoiy jangchilar Parvona dashtida bo'lgan jangda uyushqoqlik bilan qat'iy harbiy intizomni saqlagan holda butun jang davomida qahramonona olishadilar. Jangning ikkinchi kuni mo'g'ul askarlari o'rab olinib qirib tashlanadi. Bu mo'g'ullar uchun yirik mag'lubiyat edi. Jaloliddin Manguberdiga qarshi Chingizxonning o'zi 100 ming qo'shini bilan keladi. Bu hal qiluvchi jang 1221-yilning noyabrida Hind daryosi sohilida bo'ladi. Jangning boshida Jaloliddin mo'g'ul qo'shinining markaziy qismini to'zg'itib yuboradi. Ammo jangning oqibatini Chingizxonning pistirmaga qo'ygan 10 ming kishilik tanlangan otryadi hal qiladi. Jaloliddin qarshilikning ortiq davom ettirishni befoyda ekanini ko'rgach, oilasi - xotini Oychechak va bola-chaqalarini baland jar tepasidan daryoga tashlashga buyruq beradi. Bu judolik butun borlig'ini o'tday yondirib yuborgan Jaloliddin qahr-g'azabini yovga qaratib, unga sherday tashlanib mo'g'ul saflarini yorib o'tib, daryo labiga keladi. U sovutini yelkasidan tashlab, sevimli turkman jayroniga qamchi bosadi va balandlikdan o'zini Sind daryosiga otadi. Qolgan askarlardan bir qanchasi ham shu payt Jaloliddinning orqasidan o'zlarini daryoga tashlaydilar. Mo'g'ullar qo'ldan chiqqan Jaloliddin va uning qismi ham dovyurak sarkarda ortidan o'zlarini daryoga otgan yigitlarning cheksiz botirliklaridan hayratga tushib, alamlaridan qichqirib yuboradilar. Bu manzarani kuzatib turgan Chingizxon hayratga tushib o'g'illariga qarata shunday degan ekan: "Otadan dunyoda hali bunday o'g'il tug'ilmagan. U sahroda sher kabi g'olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi botir. Qanday qilsinki, hali hech kim taqdir bilan hech bir mojaroda teng kelmagan. Lekin u mardlikning dodini berdi, kazoiy qadar qarshisida qudrat qo'lini mardona ochdi. Mardlik bilan undan qutilib bo'lmaydi. Nima qilish-qilmaslik bu ulug' Xudo ishidir". Jaloliddin Manguberdi umrining oxirlarigacha mo'g'ullar bilan kurashadi va 1231-yilning 17-20 avgustlarida alamzada kurdning tig'idan halok bo'ladi. U o'n yil davomida Markaziy Osiyoning turli nuqtalarida mo'g'ullarga qarshi kurashdi. O'z xalqi yerining mustaqilligi va ozodligi yo'lida astoydil kurashdi. Garchi halok bo'lgan bo'lsa-da, Jaloliddin Manguberdi bo'ysunmas vatanparvar, milliy qahramon sifatida tarixda o'chmas iz qoldirdi. Shunday qilib, 140 yil hukmronlik qilgan buyuk Xorazmshohlar davlati va uni boshqargan xonadon yakun topdi. Mustaqil O'zbekistonida o'zbek xalqining mard o'g'loni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi yubileyini 1999-yili keng miqyosda nishonlandi. Unga atab Xorazmda haykal qo'yilib, memorial ochildi. 1221 yil Jaloliddin Urganchdan chiqib ketgach, poytaxt amir Xumor tegin qo'lida qoladi. Ammo u qo'rqoqlik qilib, darvozani ochib beradi va mo'g'ullarga taslim bo'ladi. Chingizxon Urganch shahri istilosiga eng sara 50 ming kishilik askar kuchlarni tashlaydi. Mo'g'ullar shafqatsiz jang olib boradilar. Shahar himoyasida sabot turgan 76 yoshli shayx Najmiddin (asl ismi-sharifi-Ahmad ibn Umar Xivakiy)ning "Yo Vatan, yo sharafli o'lim!" deb qilgan xitobi ila har qaysi uy uchun jang olib boriladi. Urganch katta shaharlar ichida mo'g'ullar bilan qat'iy jang qilgan birinchi shahar bo'ldi. Urganchni bosib olish uchun shimoldan Jo'ji, Buxoro tarafdan Chig'atoy va O'qtoy askarlari bilan yetib kelgan. Shunday vaziyatda shayx Najmiddin Kubro Chingizxon quyidagi mazmunda xat oladi: "Men Xorazmni qirg'in va talon-taroj qilmoqqa hukm etganman. Zamonning tabarruk zoti sharifi Xorazmiylar muhitini tark etib, bizga kelib qo'shilmog'i lozim!" Shayx unga shunday javob beradi: "Mana necha yildirki, men Xorazmda osoyishta yashab, shu xalq bilan hayotning achchiq-chuchugini birga tatib kelmoqdaman. Endilikda falokat yuz bergan joyda men uyimni tashlab qochsam bu - vijdonsizlik va nomardlik bo'ladi". Shayx Najmiddin Kubro shaharning mudofaa janglaridan birida qahramonlarcha halok bo'ladi. Urganch qamali 7 oy davom etadi, ko'plab qurbonlar beriladi. Shahar egallangach, mo'g'ullar bu yerda barcha erkaklarni va bolalarni qilichdan o'tkazishadi. Xotin-qizlar qip-yalong'och qilinib, bir-biri bilan urishishga majbur qilishadi, so'ngra mo'g'ul askarlari tanloviga beriladi, qolganlari chopib tashlanadi. Amu to'g'oni ochilib, shaharni suvga bostirishadi. Shahardagi uzoq asrli ma'naviyat durdonalari, qimmatli qo'lyozmalar, kitoblar, kutubxonalar, tarixiy obidalar yakson bo'ladi. Shunday qilib, ikki yil ichida mo'g'ullar Movarounnahr va Xuroson hududlarini egallab, bu hududlarga mislsiz moddiy va ma'naviy zarar yetkazib, o'z hukmronligini o'rnatishga muvaffaq bo'ladilar. Istilo nihoyatda og'ir iqtisodiy-madaniy oqibatlarga sabab bo'ldi. Gullab-yashnagan vohalar huvillab qoldi, o'nlab shaharlar butunlay yo'q bo'lib ketdi. IX-XII asrda yaratilgan noyob yodgorlik va me'moriy asori-atiqalar vayron etildi. Arxeolog Vyatkin Buxoro ostonasida topgan 120x70m maydondagi yarim metrlik kul qatlami yondirib yuborilgan yozma manbalar ekanligi aniqlangan. Salkam 1 million odam qirilib ketgan edi. Chingizxon o'limidan oldin 1224-yili bosib olingan yerlarini o'zining o'g'illari va nabiralariga taqsimlab berdi. Janubiy Sibir, Dashti Qipchoq, Itil (Volga) bo'yi, Xorazm va Darbandgacha bo'lgan yerlar to'ng'ich o'g'li Jo'jiga, uning vafotidan keyin nabirasi Botuxonga beriladi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Movarounnahr, Sind daryosigacha, Balx, Badaxshon, Qobul, G'azna yerlari uning ikkinchi o'g'li Chig'atoyga beriladi. Mo'g'uliston va Xitoyni vorisi uchinchi o'g'li O'qtoyga, kenja o'g'li Tuliga Xuroson va Eron tegadi. Chingizxon vafotidan keyin (1127 yil) O'qtoy mo'g'ullar davlatining ulug' hoqoni etib saylanadi. Ulug' hoqonning qarorgohi Qoraqurum shahri bo'lib, u yerdan turib ulus boshliqlari, ya'ni xonlarning faoliyati qattiq nazorat qilib borilar edi. Movarounnahr asosan Chig'atoy va uning vorislari qo'liga o'tib, uni Chig'atoy ulusi deb atala boshlanadi. Mo'g'ul hukmdorlari o'lkani boshqarishga bu yerlik ko'plab sotqin kimsalardan foydalanadilar. Bulardan Mahmud Yalavoch, Badriddin Amin, Yusuf O'troriy, Qutbiddin Xabash Amid singarilar mo'g'ul hukmdorlari bilan hamkorlik qilishadi. Movarounnahr hukmdori Chig'atoy (1217-1241 yillar) Chig'atoy ulusini o'zining sotqinligi evaziga mo'g'ullar ishonchini oqlagan Mahmud Yalavochga boshqarishga beradi. Maxmud Yalovochning qarorgohi Xo'jand shahrida edi. Harbiy hokimiyat dorug'achi va tamg'ach deb ataluvchi mo'g'ul hukmdorlari qo'lida bo'lgan. Mahmud Yalavoch mo'g'ullar ixtiyoridagi ko'p sonli jangchilarga tayanib hududni boshqargan. Aholidan quyidagi soliqlar undirilgan: 1) Kalon yoki yer solig'i. Yerning sharoitiga va sifatiga qarab hosilning o'ndan biri olingan. 2) Ko'pchur va Shulsi solig'i. Ko'chmanchi aholidan har 100 bosh qoramoldan 1 tasi olingan. Shulsi solig'i bo'yicha har bir qora chorvadan (qo'y, echki) bittasini, ming otdan 1 ta biya olingan. 3) Targ'u solig'i hunarmandlar va savdogarlardan olinib, ishlab chiqarilgan yoki sotilgan molning o'ttizdan bir qismi hajmida belgilangan. 4) Tuz solig'i. 5) Jon va kumush solig'i. Aholi savdo yo'llarida bekatlar-yomlar uchun go'sht, un, guruch bilan ta'minlashga, ot-ulov berishga majbur qilingan. Elchilarning yo'l harajatlari ham yerli aholi hisobiga qoplangan. Soliq va majburiyatlarning haddan tashqari ko'p bo'lishi, zulm va qashshoqlikning kuchayishi xalqning o'z erki va mustaqilligi uchun kurash boshlashiga olib keladi. 1238-yilda Buxoro yaqinidagi Tarob qishlog'ida elakchi hunarmand Mahmud Tarobiy boshchiligidagi xalq qo'zg'oloni bo'lib, mo'g'ul hukmdorlarini tahlikaga solib qo'yadi. Qo'zg'olonga Buxoro ruhoniylarining boshlig'i Shamsuddin Mahbubiy ham qo'shildi. Qo'zg'olonchilar mo'g'ul lashkarlarini Buxoro ostonalarida tor-mor keltirdilar. Mag'lubiyatga uchragan mo'g'ullar Karmanaga chekinadilar va Mahmud Yalovoch yordamini kutadilar. Mahmud Torobiy o'zini Buxoro va atrof yurtlarning hukmdori deb rasmiy ravishda e'lon qiladi. Karmana ostonalarida qo'zg'olonchilar bilan mo'g'ullar o'rtasida qattiq jang bo'ladi. Bu jangda mo'g'ullardan 10 ming kishi o'ldiriladi. Ammo qo'zg'olonchilarning rahbari Mahmud Torobiy va Shamsuddin Maxbubiylar ham jangda halok bo'ladi. Mahmud Torobiyning ukalari Muhammad va Ali qo'zg'olonga rahbarlikni o'z qo'llariga olgan bo'lsalar-da, ular yoshlik va tajribasizlik qildilar. Xo'janddan yetib kelgan Mahmud Yalovoch qo'zg'olonni shafqatsizlik bilan bostiradi va qo'zg'olonchilar qattiq jazolanadi. Mahmud Torobiy qo'zg'oloni mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham uning ahamiyati katta bo'ldi. Mahmud Yalavochning o'g'li, Ma'sudbek davrida (1238-1289 yillar) Movarounnahrda nisbatan tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Ma'sudbekning bevosita tashabbusi bilan 1271-yilda pul islohoti o'tkazilib, bir xil vazn va o'lchovdagi sof kumush buyumini tangaga aylantirishi mumkin edi. Pul islohoti ulusda ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga ta'sir qiladi. Ma'sudbek davrida mo'g'ullar istilosi natijasida vayronaga aylangan Buxoro, Samarqand, Xo'jand, Toshkent, Termiz kabi shaharlar biroz tiklanib, savdo va hunarmandchilik rivojlanadi. XIII asrning 60-yillarida Movarounnahrda ba'zi turk va mo'g'ul urug'lari ko'chib keladi. Jaloirlar Ohangaron vodiysiga, barloslar Qashqadaryo vodiysiga, arlotlar Afg'oniston shimoliga joylashadilar. Chig'atoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon islom dinini qabul qiladilar. Muborakxonning 1266-yilda Chig'atoy taxtiga o'tirish marosimi ham Ili daryosi vodiysida emas, balki Movarounnahrda, Ohangaron vodiysida bo'ldi. O'troq hayot kechirishga intilgan Chig'atoy xonlaridan biri Kebekxon (1309-1326 yillar) edi. Kebekxon qadimgi Nasaf shahri yonida o'ziga saroy qurdiradi. Saroy mo'g'ul tilida "Qarshi" deb yuritilib, shu yerdan ulusni boshqargan. Kebekxon davlatni idora etishni takomillashtirish maqsadida ulusni viloyatlarga bo'lib, ularni mo'g'ulcha "tuman" deb yuritadi. Ma'muriy islohot mahalliy hokimliklar bekliklarga moslashtiriladi. Ichki savdo-sotiqni yaxshilash uchun butun mamlakatda 1321-yili yagona pul joriy qilinadi. Kebekxon ikki xil pul yirik kumush tanga - "dinor" va kumush tanga "dirham" lar zarb ettiradi. Dinorning vazni ikki misqol bo'lib, dirhamning og'irligi 1/3 misqolga teng bo'lgan. Yangi pul birligi "Kepaki" nomi bilan mashhur bo'lib, bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb qilinib muomalaga chiqarilgan. XIV asrning 40-yillarida Chig'atoy ulusi ikkiga bo'linib ketadi, uning sharqiy qismida - Sharqiy Turkiston, Yettisuvda Dug'lat amirligi, g'arbiy qismida Movarounnahr amirligi tashkil topadi. Kebekxonning o'lkada tinchlik, totuvlik o'rnatish borasidagi siyosatini Tarmashirin (1326-1334) davom ettiradi. U islom dinini qabul qilib, uni davlatning rasmiy dini darajasiga ko'taradi. Chig'atoy xonlarining navbatdagi vakili Qozonxon (1336-1346) ham Movarounnahr hududlarining yaxlitligini saqlash yerli xalq va mo'g'ul zodagonlarining manfaatlarini hisobga olgan holda siyosat olib borishga harakat qiladi. Mo'g'ullar hukmdorligi davrida O'rta Osiyodagi yerga egalik qilishning to'rt xil usuli mavjud edi: 1) Mulki devon - davlat yerlari. 2) Mulki inju - xon noiblari va ularning avlodlari tasarrufidagi yerlar. 3) Mulki vaqf - masjid, madrasa, xonaqo, mozor va maqbaralar ixtiyoridagi yerlar. 4) Mulklar - xususiy yerlar. Mulklarning kattagina qismi harbiy zodagonlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun xadya qilingan yerlar bo'lib, ular "iqto" yoki "suyurg'ol" deb atalgan yerlar avloddan-avlodga meros tariqasida o'tar edi. Qozonxon Kebekxonning siyosatini ustalik bilan davom ettirdi. Shu sababli Chig'atoy urug'larining boshliqlari unga dushmanlik qilib, harakat boshladilar. Unga Amir Qozog'on boshchilik qiladi. Fitna oqibatida 1346-yilda Qozonxon qatl etiladi. Hokimiyat tepasiga kelgan Qozog'on (1346-1358 yillar) o'zini xon deb atamadi, o'ziga amir unvoni berish bilan kifoyalanadi. Qozog'on mamlakatlarga hujumlar qilishdan manfaatdor bo'lgan harbiy feodal aristokratiyasi manfaatlarining ifodasi edi. 1358- yili Amir Qozog'on mo'g'ul xoni Tug'luq Temurning turtkisi bilan o'z ayonlarining biri tomonidan ovda o'ldiriladi. Amir Qozog'on o'lganidan keyin Movarounnahrda kuchli bir hukmdor bo'lmadi. Mamlakatda feodal tarqoqlik hukm surdi. El-yurt oldida mo'g'ullar zulmidan Vatanni ozod qilish, tarqoqlikka barham berish vazifasi turar edi. Mo'g'ullar istilosi natijasida jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri Movarounnahr xarobazorga aylantirildi. Bosqinchilardan madaniy, ma'naviy jihatdan ustun bo'lgan Turon xalqi o'zining orasidan yetishib chiqqan ajoyib me'morlar, hunarmandlar moddiy madaniyat namunalarini yaratadilar. Bular jumlasiga Buxorodagi Sayfiddin Boxarziy, Bayonqulixon maqbaralari, Samarqanddagi shohi Zinda me'moriy ansamblining asosiy qismi bo'lgan Qussam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, ko'hna Urganchda Najmiddin Kubro va To'rabekxonim maqbaralari, Xo'jand shahrida bino qilingan va keyinchalik vayron bo'lib ketgan Do'vaxon maqbarasi kabilar kiradi. XIII asr o'rtalarida Buxoroda har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil ko'radigan "Ma'sudiya" va "Xoniya" madrasalari quriladi. Ko'hna Urganchda qurilgan qo'sh minorali masjidning bizgacha yagona minorasi (balandligi 62 metr) yetib kelgan. Bu davr binokorligi va me'morchiligida pishiq g'isht, me'moriy o'ymakor g'ishtlar hamda ohak, qumlardan tayyorlangan qorishma kabi qurilish materiallaridan foydalaniladi. Binolarda ishlangan naqshlar xilma-xil va boy bo'lib, o'ymakorlik san'ati qayta tiklanib, yanada rivojlanadi. Bu davrda ma'lum darajada ilm-fan, ayniqsa, tarixshunoslik sohasida ham muayyan yutuqlar qo'lga kiritilgan. Tarixchi Juvayniyning "Tarixi jahongo'sha" ("Jahon fotixi tarixi"), Rashididdinning "Jamsud tavorix" ("Yilnomalar majmuasi") asarlari mo'g'ullar istilosi va hukmronligi davri tarixini o'rganishda muhim manbalardan hisoblanadi. O'rta Osiyo xalqlari orasida badiiy adabiyotning ko'plab yirik namoyondalari yetishib chiqadi. Jaloliddin Rumiy, Muslixiddin Sa'diy, Xusrav Dehlaviy, Nosiriddin Rabg'uziy, Pahlavon Mahmud kabi shoirlar umrboqiy asarlarni yaratadilar. Jumladan, XIII asrning 2-yarmi, XIV asrning 1-yarmida yashab ijod qilgan xorazmlik Pahlavon Mahmud o'z kechinmalari va qarashlarini o'zining ruboiylarida ustalik bilan bayon etgan. O'z davrining buyuk adiblaridan biri Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325) Nizomiy Ganjaviydan keyin "Xamsa" poemasini yozgan ham shoir, ham musiqashunos mutafakkirlardan edi. Yana shu davrda ijod qilgan iste'dod sohibalari Sa'diy Sheroziy (1219-1293)ning "Bo'ston", "Guliston", Nizomiy Ganjaviyning (1141-1203) "Xamsa"si, Xorazmiy (XIV asrning 2-yarmi)ning "Muhabbatnoma"si, Qutb (XIV asrning 1-yarmi va o'rtalari)ning "Xusrav va Shirin", Sayfi Saroyi (1321-1396)ning "Gulistoni bit turkiy" kabi asarlari O'rta Osiyo adabiyotining tarixida muhim o'rin tutadi. Ular hozir ham ma'naviyatimizning manbalaridan biridir. Shunday qilib, XIII-XIV asrlarning 1-yarmida Movarounnahr hududi mo'g'ullar hukmronligi davrida hayot qanchalik ziddiyatli va og'ir bo'lmasin, xalqning yaratuvchanlik ijodi ham moddiy, ham ma'naviy durdonalarni yaratishda yovuzlik, buzg'unchiliklardan ustun keldi, o'z davrining merosini yaratdi va bu kelajak Download 28.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling