Xiv asrning o‘rtalarida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat


Download 1.97 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1372632
Bog'liq
Temirov Аvazbek

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


“Tarix (mamlakatlar va mintaqalar)” fakulteti
АU-20-guruh 3-bosqich talabasi
Temirov Аvazbekning
“Tarix etnografiyasi”
fanidan tayyorlagan taqdimoti
Tekshirdi: O.Karimov

XIV asrning o‘rtalarida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat

Siyosiy tarqoqlik.


XIV asrning 50–60-yillarida Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan.
U yerdagi hokimlar o‘zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar.

Sharqiy Turkiston va Yettisuvda tashkil topgan Mo‘g‘uliston xonlari bir necha bor Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talaydilar.

Amir Temurning yoshlik davri.


Amir Temur Kesh
viloyatidgi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (Yakkabog‘ tumani)da 1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul.

Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro‘li beka (bek og‘o)laridan hisoblangan.


Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lgan.

Yosh Temurni yetti yoshidayoq madrasaga o‘qishga beradilar. U madrasaga kelganda alifbodan mukammal xabardor bo‘lgan.

Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo‘lib,


kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi.

Amir Temur o‘z zamonisining o‘qimishli va uquvli hukmdorlaridan bo‘lib yetishadi.


Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmidan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan.

O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.

Amir Temur Chig‘atoy xonlaridan Qazog‘onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og‘oga uylanishi tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi Amir Husayn o‘rtasida ittifoq yuzaga keladi.

Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.


Temur o‘z yurtini mo‘g‘ullar tajovuzidan himoya qilish
uchun ko‘p o‘ylab, Tug‘luq Temurning huzuriga borishga
qat’iy ahd qildi.
Natijada u Tug‘luq Temurning yorlig‘i bilan
Kesh viloyatining dorug‘asi (hokimi) etib tayinlanadi.

Samarqand sarbadorlari.


Sarbadorlar harakati XIV asrning
60-yillarida Movarounnahrda mo‘g‘ul xonlarining hujumi munosabati bilan vujudga keldi.

Samarqand sarbadorlariga mudarris Mavlonozoda Samarqandiy, hunarmand Abu Bakr Kalaviy va shahar mahallalaridan birining oqsoqoli, mohir mergan Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar.

Husayn bilan Amir Temur o‘rtasida munosabat keskinlashib, ochiqdan ochiq nizoga aylanadi.


1366–1370-yillar davomida ular o‘rtasida bir necha bor o‘zaro to‘qnashuvlar ham bo‘ladi.
Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling