Xiv-variant 1 – topshiriq


Maktabning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi negizidagi vazifalari


Download 157 Kb.
bet3/7
Sana02.01.2022
Hajmi157 Kb.
#193879
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XIV variant

Maktabning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi negizidagi vazifalari

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi tomonidan yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, o‘rnatilgan tartibda hududiy Jamoat kengashlarining yillik rejalari Jamoat kengashi a’zolari bilan kelishilgan holda ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. Mazkur rejani ishlab chiqishda hududiy xususiyatlar va imkoniyatlarni inobatga olish maqsadga muvofiq. Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashining yillik rejasida belgilangan vazifalarning to‘liq ijrosini ta’minlashga 39 hududlarga biriktirilgan Jamoat kengashi a’zolari, hududiy Jamoat kengashi raislari va qaror bilan mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralar rahbarlari mas’uldir. Jamoat kengashi a’zolari hamda tegishli vazirliklar va idoralar “oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan o‘z tizimlarida yarim yil va yil yakunlari bo‘yicha monitoring yuritib, ularning ijrosini majlislarda muhokama qilib borishlari belgilangan. Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi oila – mahalla – ta’lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi tomonidan ijro monitoringini yuritish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘z navbatida hududiy Jamoat kengashlarida ham monitoring yuritiladi. Monitoring guruhlari tomonidan ma’lumotlar ѐzma va elektron nusxada belgilangan tartibga muvofiq quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: - har oyning 22-sanasigacha umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman bo‘limlariga; - har oyning 23-sanasigacha Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman bo‘limlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi Jamoat kengashiga; - har oyning 25-sanasigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi Jamoat kengashidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Jamoat kengashiga;


Topshiriqni bajarish chog‘ida guruhlarning e’tiboriga quyidagi matnlar taqdim etiladi:




Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling