Xiv-variant 1 – topshiriq


– topshiriq Oila, uning vazifalari va turlariga doir blis-so‘rov savollari


Download 157 Kb.
bet5/7
Sana02.01.2022
Hajmi157 Kb.
#193879
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XIV variant

5 – topshiriq Oila, uning vazifalari va turlariga doir blis-so‘rov savollari.
1.“Oila” tushunchasiga ta’rif bering.

Oila deb qon-qarindoshlikqarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini oʻtaydi. Antropologlar oilalarni matrilokal (ona va uning bolalari), er-xotin (bolalari boʻlsa, nuklear oila deyilad) va qon-qarindosh (nuklear oila va qaynata-qaynana birga yashovchi) tiplarga ajratishadi.

2.Oila qanday jiщatlarni o‘zida aks ettiradi?



Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. O.ning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, O. aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos O. tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.

3.Jamiyatga munosabatiga ko‘ra oila qanday vazifalarni bajaradi?

Refroduktiv, iqtisodiy, ijtimoiy, kommunikativ, tarbiyaviy

4.Insonga nisbatan munosabatiga ko‘ra oilaning vazifalariga nimalar kiradi?

Regulyativ, felisitologik

5.Oilaning iqtisodiy funksiyasi qanday vazifani bajaradi?

Oilaning kundalik xarajatlariga, zarur buyumlarga pul ajratish, Bir necha yildan so`ng olinadigan narsalarga mablag` yig`ish, tejab ro`zg`or yuritish, Oila daromadini rejali sarflash, Oila daromadini rejali sarflash, Oila iqtisodiy va budjeti

6.Oilaning reproduktiv funksiyasi nimalardan iborat?

Oilaning muhim bo`lgan funktsiyalaridan yana biri –bu reproduktiv(jamiyatning biologik uzluksizligini ta'minlash, bolalarni dunyoga ketirish) funktsiyasidir. Bu funktsiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan iborat. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo bo`lgandan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va ma'daniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligin saqlab turishdan ham iboratdir. Oilaning reproduktiv funktsiyasi va uning bajarilishi deyilganda, aholi sonining qayta tiklanish uchun har bir oilada nechtadan farzand bo`lishi lozimligi nazarda tutiladi. Statistik ma'lumotlarga ko`ra, agar har bir oilada bittadan farzand bo`ladigan bo`lsa bo`lsa, bunday xalq sakkizinchi avloddan keyin yo`q bo`lib ketishi mumkin. Demograflarning ta'kidlashlaricha, oila o`zining reproduktiv fuktsiyasini bajarishi uchun xar bir oilaga o`rtacha 2,6 farzand to`g`ri kelishi kerak. Albatta, faqat oilagagina jamiyat oldidagi fuktsiyalarini bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga fuktsiyalarini muvaffaqiyatli uddalashlari uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bu o`rinda hukumatimiz tomonidan yuritilayotgan demografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va xuquqiy tadbirlar bunga yaqqol misol bo`la oladi. Bunday siyosatning asosiy yo`nalishlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, ko`p bolali va kam ta'minlangan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilash, yosh oilalarga, onalarga yaratilayotgan imtiyozlar va shu kabilardan iborat.

7.Yendogam va egzogam oilalar tushunchalarini qanday izohlash mumkin?



endogamiya (faqat bir urug‘ vakillari o‘rtasidagi jinsiy ... ta’qiqlanishi orqali ekzogamiya (turli qabila vakillari o‘rtasidagi.

8.Nikohiy holat bo‘yicha oilalarni qanday turlarga bo‘lish mumkin?

Ota-ona va farzandlardan iborat to‘liq oila, Ota (yoki ona) va farzandlardan iborat noto‘liq oila
9.Bolalar soniga ko‘ra zamonaviy oilalarning qanday turlari mavjud?

Kam bolali, ko’p bolali, bir nafar bolali, bolasiz




Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling