Pantomimika mavzulari: Maqollar, Ta’limga doir, Hayvon va o‘simliklar, Noqulay vaziyatlar, Tabiat hodisalari.
Boshlovchi: Endigi navbatni mantiqiy savollar yo‘nalishiga beramiz. Bunda har bir guruh savollar yozilgan konvertlardan bittasini olishadi va berilgan savollarga javob berishlari kerak bo‘ladi. O‘ylash uchun 3 daqiqadan vaqt beriladi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha guruhlarning to‘plagan umumiy ballarini e’lon qilamiz.
Umumiy natijalarga ko‘ra, __________________ jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni ___________________ jamoasi a’zolari egalladilar. Va nihoyat uchinchi o‘rin egalari ___________________ jamoasi bo‘ldi.
Jamoalarga esdalik sovg‘alari taqdim qilinadi.
Boshlovchi: Bugungi “Aql charxi” nomli intellektual o‘yinimizni yakunlash uchun so‘zni kollejimiz direktori Salayev Jasurbek Kamilovichga beramiz.
Boshlovchi: Rahmat ustoz. Tadbirimizni yakunlar ekanmiz, sizlarga sihat-salomatlik, o‘qish va ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz. Hayr salomat bo‘ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |